I bob. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari 8


Download 0.84 Mb.
bet2/37
Sana23.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1651298
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Tadqiqotning obyekti sifatida oliy ta’lim muassasalarining boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirish jarayoni belgilanib, tajriba-sinov ishlariga Farg‘ona davlat universitetitining 260 nafar respondent-talaba­lari jalb qilindi.
Tadqiqotning predmeti: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirish mazmuni, shakl, metod va vositalari.
Tadqiqotning maqsadi : bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillash­tirishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning xalqaro baholash dasturlari bilan aloqadorligini asoslash;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning didaktik ta’minotini ishlab chiqish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishning xalqaro baholash dasturlari bilan aloqadorligi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning moliyaviy savodxonligini shakllantirish ko‘nikmalarini bilan maqbul integratsiyasini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
kompleks yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari kasbiy faoliyatga tayyorlashning majmuaviy omillari (ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, ekologik, texnologik) va komponentlarini (kognitiv, operatsion, aksiologik) hisobga olish asosida pedagogik risklarning o‘qitish sifatiga salbiy ta’sirini bartaraf etish mexanizmi barqarorligiga erishish asosida aniqlangan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning didaktik ta’minoti (masofaviy ta’lim kontenti, kognitiv topshiriqlar, o‘quv loyihalari, elektiv kurslar) talabalarning individual ta’lim traektoriyasini belgilashga xizmat qiluvchi faoliyat jarayonlarini tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling