I bob. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari 8


Download 0.84 Mb.
bet9/37
Sana23.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1651298
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
Motivatsiya sohasi bo‘yicha
Iqtisodiy muammolarga qiziqishning mavjudligi, iqtisodiy bilimlarga bo‘lgan doimiy ehtiyoj, zamonaviy tadbirkorlikka intilish

1.1-rasm. Iqtisodiy ta’lim ko‘rsatkichlari sohalari
Iqtisodiy ta’lim va iqtisodiy tarbiya oliy ta’lim muassasalari talabalariga iqtisodiy tejamkorlik, ishlab chiqarish sohalarini tahlil qilish, iste’molchi huquqlarini anglab olish, moddiy- ma’naviy va axloqiy tushunchalarni tahlil qilishni o‘rgatadi [108; 120-b.]. Shu bilan birga talabalar asosiy iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarni egallashni, zamonaviy iqtisodiy fikrlashni, ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlarda ongli ravishda ishtirok etish va tegishli amaliy faoliyatni maqsad qilib oladi.
Pedagog kadrlarni tayyorlash tizimida ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ilg‘or xorijiy tajribalar va xalqaro baholash dasturlariga muvofiq innovatsion ta’lim texnologiyalarini samarali o‘zlashtirishi, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlikni shakllantirish uchun ularning iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishni taqozo etadi. O‘z navbatida iqtisodiy madaniyat integral tavsifga ega bo‘lib, falsafiy, huquqiy, iqtisodiy, sotsiologik, psixologik va pedagogik jihatlar bilan bog‘liqlikda mazkur jarayonga kompleks yondashuv zarurligini ko‘rsatdi.
Metodologik nuqtai nazardan kompleks yondashuv deganda ijtimoiy ehtiyojlardan kelib chiqqan holda shaxsni shakllantirishda bevosita yoki bilvosita aloqadorlikka ega turli shart-sharoitlar va omillar majmuini integratsiyalash usuli tushuniladi. “Kompleks” tushunchasi o‘zaro umumiylik, yaxlitlikka ega narsa-buyum, hodisalarning uyg‘unligi, yig‘indisi sifatida talqin qilinadi. SHu nuqtai nazardan mazkur istiloh bilan bog‘liqlikda bugungi kunda “kompleksli (majmuaviy)” tushunchasi keng ommalashgan: maqsadli kompleks dasturlar, kompleks qaror, kompleks tadqiqot, kompleks rejalar, kompleks o‘quv-metodik qo‘llanma, tarbiyaga kompleks yondashuv va h.k.
Shaxs umummadaniy kompetentligining asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida “iqtisodiy madaniyat” ham kompleks yondashuvni taqozo etadi.
Iqtisodiy madaniyat – bilim va ko‘nikmalarning rivojlanganligi, iqtisodiy tahlil ko‘nikmalarini, iqtisodiy tafakkur va o‘ziga xos ijtimoiy sezgirlikni (mulk egaligi hissi) o‘zlashtirish darajasini tavsiflaydigan bilimlar, tashabbuskorlik va tadbirkorlik ko‘nikmalari, ijtimoiy ziyraklikni insonning amaliy faoliyatida ro‘yobga chiqarish darajasini ochib beruvchi shaxs sifati yig‘indisidir.
Mazkur ta’rifga asoslangan holda tadqiqotda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy ijtimoiylashtirish jarayoni bilan bog‘liq iqtisodiy madaniyatning quyidagi o‘ziga xosliklari aniqlashtirildi:

  • iqtisodiy madaniyat moddiy va ma’naviy qadriyatlar birligi sifatida talqin qilinishi zarur;

  • iqtisodiy madaniyatni madaniy-tarixiy jarayon sub’ekti sifatida ijtimoiy individning o‘z-o‘zini namoyon etish sohasi sifatida tasavvur qilish;

  • iqtisodiy madaniyatni tarbiyalash – ijtimoiylashuv jarayonining asosi, chunki iqtisodiy madaniyat biologik yo‘l bilan tarkib topmaydi, tarbiya orqali amalga oshadi;

  • iqtisodiy madaniyatning mohiyati kasbiy faoliyatga tayyorgarlikka ega bo‘lishni ta’minlaydigan pragmatik va axloqiy sifatlarni rivojlantirishga imkon beruvchi uning ijtimoiylashtiruvchi funksiyasida namoyon bo‘ladi.







Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling