I bob. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari 8
Download 0.84 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3-§. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini shakllantirish komponentlari
Iqtisodiy ko‘nikmalar qayta takrorlanish natijasida tez, aniqlik bilan avtomatik ravishda amalga oshirishda shaxsning harakterini aks ettirishdir. Iqtisodiy faoliyatda foydalaniladigan ishlar masalan, kompyuter dasturlari, iqtisodiy hisob – kitoblar, iqtisodiy faoliyatni tahlil qilish, biznes rejalar ishlab chiqish, daromad va stavkalarni hisoblash, soliq miqdorini aniqlash, uy – joy byudjeti loyihasi va boshqa ko‘plab iqtisodiy faoliyatga doir ishlarni amalga oshira olishi. Ishbilarmonlik aloqasi, mehnatni mustaqil tanlash, o‘z ishlarini rejalashtirish va tashkil etish, mahsulotlarni sotib olish va sotish, narxlarni belgilash, reklama yaratish va targ‘ib qilish kabi qobiliyatlar ham zarur.
Insonning ma’lum iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish qobiliyati yoki iqtisodiy mahoratga asoslangan alohida faoliyati iqtisodiy mahoratdir. Har bir o‘zini xurmat qilgan shaxs o‘z – o‘zini, o‘z ish joyini, belgilangan ish vaqtini, bajarishi kerak bo‘lgan ishlarining tartibini boshqara olishi lozim. Iqtisodiy ko‘nikmaning takroriy darajasi – amaliy faoliyat natijasida erishiladigan tajribadir. Shunday qilib iqtisodiy madaniyat insonning savodxonligida, oilani, ta’limni va butun jamiyatni iqtisodiy hayot asoslarini bilishida namoyon bo‘ladi. 1.3-§. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini shakllantirish komponentlariBugungi kunda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashning zamonaviy muammolari ta’limning umumiy muammolari va jamiyat madaniyatini rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Mavjud qonunchilikka muvofiq, mamlakatimizda ta’lim tizimi madaniyati va ta’lim sohasining uyg‘unligi birgalikda amalga oshiriladi. Aslida ta’lim madaniyatga kirishishning asosidir, shaxsni shakllantiradigan, shaxsni tarbiyalaydigan uning madaniyatini rivojlantiradigan bu ta’limdir. Bugun yurtimizda erkin demokratik jamiyat shakllanmoqda, bozor munosabatlari hayotimizga kirib kelmoqda. Xalqni to‘kin hayot kechirishi iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishi yangi – yangi innovatsion g‘oyalarni olib chiqishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan qabul qilingan “Yoshlar kelajagimiz Davlat Dasturi”da [12], yoshlarni bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish bo‘yicha ishlarni tashkil qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Mustaqillikning sharofati bilan bugun O‘zbekiston uchun dunyo eshiklari ochildi. Rivojlangan mamlakatlar bilan tajriba almashish imkoniyatlari kengaydi. Ta’lim tizimida kechayotgan islohotlar har bir bo‘lajak mutaxassislarni teran fikrlashga, yangiliklarga intilishga o‘rgatmoqda. Bo‘lajak mutaxassislar oliy ta’lim muassasasida tahsil olish jarayonida kerakli kasbiy bilimlarni egallashi, o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini yuzaga chiqara olishi, o‘z – o‘zini anglashi, atrofdagilarni va tengdoshlarini ijobiy fazilatlarini ko‘ra olishi, o‘zini ma’naviyatni iste’molchisi sifatida emas, balki yaratuvchisi sifatida ko‘ra olishi zarur. Davlatimiz tomonidan olib borilayotgan kadrlar siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri, savodli, tashabbuskor va bilimdon mutaxassislarni hayotdagi iqtisodiy yutuqlarini ishlab chiqish va amalga oshira oladigan mutaxassislarni tayyorlashdir. Iqtisodiy madaniyatning sifatiga shuningdek, iqtisodiyot sohasida madaniyatning umumiy shakllanishiga bir qancha parametrlar ta’sir qiladi, ammo buni gumanitar komponentlarni xal qiluvchi rolga aylantirish mumkin. Buning natijasida bo‘lajak mutaxassisning ajralmas hayoliy tasavvuri rivojlanlanadi va ta’limning eng muhim vazifasi bo‘lgan ilmiy dunyoqarash shakllantiriladi. Falsafa, pedagogika, jahon tarixi, etika, estetika, sotsiologiya, psixologiya va madaniyatshunoslik kabi ilmiy fanlar bo‘lajak mutaxassislarga madaniyatni, ilm – fan rivojini, turli axloqiy ta’limotlarni o‘rgatadi. Pedagogik tadqiqotlarning hozirgi holati bo‘lajak mutaxassislarni raqobatbardoshligini ko‘rsatib kelmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida kasbiy tayyorgarlik jarayonida bo‘lajak mutaxassisning iqtisodiy madaniyatini shakllantirish uchun pedagogik shart – sharoitlarni tahlil qilish va iqtisodiy madaniyatning eng muhim modeli va raqobatbardoshliligi uning tarkibiy qismlarining mazmuni bo‘lajak mutaxassislarning iqtisodiy madaniyatini bir nechta komponentlar misolida belgilash imkonini berdi. Iqtisodiy madaniyatni rivojlantirish mazkur jarayon komponentlarini ham aniqlashtirishni talab etadi. Komponent (lot.componens, componentis - tashkil etuvchi; tarkibiy qism) biror narsaning tarkibiy qismi [114; 398-b.] ma’nosini bildiradi. Mavjud tadqiqotlar tahlili asosida ta’lim oluvchilarda iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishning quyidagi komponentlari etakchi o‘rin tutishini ko‘rsatdi: Motivatsion komponent – bu iqtisodiy masalalarning mazmuni va ahamiyatini, ularning huquqiy normalari va iqtisodiy madaniyatning ma’naviy-axloqiy asoslari bilan o‘zaro bog‘liqligini anglash bilan belgilanadi. Kognitiv komponent – iqtisodiy fikrlash va shaxsiy ahamiyatlilikning anglanishi. Jamiyat, davlat, mintaqa va oila iqtisodiy munosabatlaridagi faktlar, tushunchalar, g‘oyalarni tushunish va mulohaza yuritish uchun etarli iqtisodiy bilimlarga egalik darajasi bilan belgilanadi. Faoliyat komponenti – hayotiy va kasbiy faoliyatga doir iqtisodiy masalalarni xal qilishda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishni nazarda tutadi. Refleksiv komponent – hayotiy va kasbiy faoliyat jarayonida o‘z-o‘zining iqtisodiy savodxonligi, tejamkorligi va ish samaradorligini tahlil etish va baholay olish Biroq aniq kasbiy faoliyat (bizning tadqiqotimizda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash) bilan bog‘liqlikda iqtisodiy madaniyatni rivojlantirish komponentlari va ko‘rsatkichlarini aniqlashtirib olish maqsadga muvofiq. Ana shu asosdan kelib chiqqan holda, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishning quyidagi komponentlari belgilab berildi (1.3-rasmga qarang). Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling