I bob. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari 8


Download 0.84 Mb.
bet8/37
Sana23.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1651298
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Iqtisodiy tarbiya. Bu tarbiyaning bir qismi bo‘lib, uning asosiy maqsadi shaxsda iqtisodiy tarbiyani tavsiflovchi (iqtisodiy, ijtimoiy – iqtisodiy madaniyat, iqtisodiy fikrlash) kabi fazilatlarni shakllantirish, zamonaviy iqtisodiy tarbiyaning eng muhim belgisi bo‘lgan ma’naviy asosga ega bo‘lgan iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishdir.
Iqtisodiy bilim. Bu iqtisodiy ta’limning aniq – amaliy komponentlarini o‘z ichiga oladi, shu bilan birga o‘qituvchi va o‘quvchining iqtisodiy bilimlarni rivojlantirishdagi bir maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati. Iqtisodiy bilim berishning asosiy komponentlari iqtisodiy ta’lim mazmuni (iqtisodiy kompetensiya), iqtisodiyotni o‘qitish metodikasi va texnologiyasi.
Iqtisodiy ta’lim bu ta’limning majburiy qismi bo‘lib, uning asosiy maqsadi talaba shaxsini shakllantirish, bozor sharoitiga moslashtirish va o‘z faoliyatini iqtisodiy jihatdan amalga oshira oladigan kadrlarni tayyorlashdir.
Iqtisodiy madaniyat – bu shaxsning jamiyatda iqtisodiy faoliyat va xulq – atvorida o‘z – o‘zini anglashiga, o‘ziga moslashishiga prognozlashgan ijtimoiy – iqtisodiy sharoitlarga integratsiyalashuviga imkon beruvchi intellektual, hissiy va amaliy komponentlar, axloqiy va ma’naviy munosabatlar majmuidir [47; 166-167-b.].
Talabalarga iqtisodiy madaniyat tushunchasini singdirishda eng, avvalo, ularda umuminsoniy qadriyatlarni belgilovchi, iqtisodiy kompetensiyalarni, iqtisodiy jarayonlarda ularning shaxsiy imkoniyatlarini amalga oshirishlarida sub’ekt va ob’ekt munosabatlarini shakllantirish kerak ya’ni unda faqat ob’ekt – iste’molchi sifatida emas, balki, sub’ekt – menejer, tadbirkor turli tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi va ishtirok etuvchi bo‘lishi lozim [65; 148-b.].
Bundan tashqari bir qancha adabiyotlarda iqtisodiy ta’lim ko‘rsatkichlari sohalari o‘rganib chiqilgan. Masalan, iqtisodiy ta’lim quyidagi sohalarga asoslanadi.

(1.1-rasm).







Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling