I bob. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari 8
Download 0.84 Mb.
|
Iqtisodiy madaniyat – iqtisodiy mustaqillik, erkinlik, ijodiy faollik, qabul qilinayotgan qarorga nisbatan mas’uliyat, hamkorlarga hurmat va boshqa jamiyatning samarali taraqqiy etishi uchun zarur axloqiy sifat va fazilatlar bilan bog‘langan [76; 20-b.].
«Madaniyat» va «iqtisod» tushunchalari mazmun-mohiyatini aniqlashtirish orqali tadqiqotda “iqtisodiy – madaniyatni rivojlantirish” tushunchasiga mualliflik nuqtai nazaridan quyidagicha ta’rif berildi: Iqtisodiy madaniyatni rivojlantirish – shaxs taraqqiyotining muhim tavsifini o‘zida ifoda etib, hayotiy extiyojlardan kelib chiqqan holda shaxs faolligini oshirish, o‘z – o‘zini namoyon etish imkoniyatini kengaytirish, jamiyat talablariga muvofiq faol harakatlanish va faol turmush tarzini yo‘lga qo‘yish, egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatidir. Iqtisodiyot jamiyat hayotining eng murakkab tizimlaridan biri sifatida oziq – ovqat, kiyim – kechak, uy – joy, ishlab chiqarish qurollari hamda vositalari kabi cheksiz narsalarga umumiy ehtiyojlar va ularni qondirishning usullari mavjudligini gavdalantiradi. Qadimgi Yunon faylasufi Arastu aytganidek, moddiy ne’matlarni ayriboshlash mehnat taqsimoti tufayli yuzaga kelgan. Biron – bir narsaga kishilarda ehtiyoj bo‘lmaganda, ayirboshlash mutlaqo yo‘q bo‘lar edi. Bunday ayriboshlarsiz nafaqat kishilar, davlatning ham yashashi mumkin emas [53; 141-b.]. Demak, madaniyat va iqtisod tushunchalarini pedagogik-psixologik jihatdan olimlarimiz tomonidan talqin qilinishini ko‘rib chiqdik. Endi iqtisodiy madaniyatni integral tavsifga egaligini tahlil qilsak. Integratsiya (lot. integtatio — tiklash, to‘ldirish, integer — butun): 1) sistema yoki organizmning ayrim qismlari va funksiyalarining o‘zaro bog‘liqlik holatini hamda shunday holatga olib boruvchi jarayonni ifodalaydigan tushuncha; 2) fanlarning yaqinlashish o‘zaro aloqa jarayoni; differensiatsiya bilan birga kechadi; 3) 2 va undan ortiq davlatlarning iqtisodiyotini o‘zaro muvofiqlashtirish va birlashtirish [27; 54-b.]. Iqtisodiy madaniyat integral tavsifga ega bo‘lib, falsafiy, huquqiy, iqtisodiy, sotsiologik, psixologik va pedagogik jihatlar bilan bog‘liqlikda rivojlanib boradi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling