I bob. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari 8


Download 0.84 Mb.
bet4/37
Sana23.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1651298
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Tadqiqotning usullari. Tadqiqotda uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keluvchi kuzatish, anketa, so‘rovnoma, test sinovlari, pedagogik-psixologik metodikalar, modellashtirish, matematik-statistik tahlil hamda tajriba-sinov metodlaridan foydalanildi.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati: tadqiqotchi tomonidan o‘rganilayotgan muammoga doir materiallarni «Umumiy pedagogika» va «Matematika o‘qitish metodikasi» fanlari qonuniyatlariga asoslanganligi, faraz va maqsadga muvofiq ishlarni real boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida iqtisodiy madaniyatni rivojlantirish, bir-birini to‘ldiruvchi xilma-xil metodikalarni qo‘llash asosida sinovdan o‘tkazganligi bilan tasdiqlanadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati quyidagilarda o‘z aksini topgan: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirish mezonlari va ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan; bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari aniqlashtirilgan; bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining biznes loyihalarni yaratish va amalga oshirishga tayyorlashga doir uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, 3 bob, 7 paragraf, umumiy xulosa va metodik tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, jami 120 sahifadan iborat.

I BOB. BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING IQTISODIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI




1.1.Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishning pedagogik – psixologik tahlillari.


Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy iqtisodiy madaniyat ming yillikni rivojlantirishning maqsadli mazmuni va global aspektlarini aks ettiruvchi vazifalar bilan o‘zaro munosabatdadir. Iqtisod fani va ta’limga tegishli zaruriy talablar pedagogika fani va amaliyoti oldiga bir qator o‘ta muhim vazifalarni qo‘yadi va ularni to‘g‘ri echim topishi yosh avlodni to‘laqonli va sog‘lom turmush tarziga tubdan bog‘liq bo‘libgina qolmay, balki iqtisodiy bilimlarni olish va qo‘llash jarayonidagi ishga qodirligiga aloqador. Bunda ularga singdirilgan ma’naviy-gumanistik asos har tomonlama ro‘yobga chiqariladi va oxir-oqibatda bu yurtimizning milliy iqtisodiyotini samaradorligiga olib keladi.
“Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak[14] ligi ta’kidlandi. Ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash hamda oliy ta’lim tizimida faoliyatning sifati va camaradorligini oshirish ustuvor vazifa sifatida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirish doirasida oliy ta’lim sohasini isloh qilishga doir qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli [5], 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli [8], 2020 yil 27 fevraldagi “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4623-sonli Qarorlari [9], 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi PF-5847-sonli Farmoni [13] kabilarni alohida ta’kidlab o‘tish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 fevraldagi “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4623-sonli Qarorida esa, pedagogik ta’lim sohasini yanada takomillashtirishga doir quyidagi ustuvor yo‘nalishlar muhim vazifa sifatida belgilab berildi: tarbiya va o‘qitish usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega professional pedagog kadrlar tayyorlash; pedagogik kasbga qiziqishi yuqori bo‘lgan yoshlarni aniqlash hamda ularni maqsadli tayyorlab va tarbiyalab borishning uzluksiz tizimini joriy qilish; pedagogik ta’lim sohasining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, innovatsion o‘quv-me’yoriy va ta’lim resurslarini yaratish hamda amaliyotga joriy etish; sohada ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish uyg‘unligini ta’minlash orqali ta’lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish va h.k.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov shunday ta’kidlagan: “Biz o‘z oldimizga buyuk maqsadlarni qo‘ygan ekanmiz, shu marralarga yetib borish, shu darajaga ko‘tarilish uchun nima qilishimiz, qanday shartni bajarishimiz kerakligini ham to‘g‘ri anglab yetishimiz lozim. Albatta, yangidan-yangi shahar va qishloqlar, zamonaviy korxonalar, chiroyli va ko‘rkam binolarni qurishimiz mumkin, lekin hamma havas qiladigan, har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalamay turib, ko‘zlangan maqsadga erisholmaymiz” [2; 85-b.]. Respublikamiz ta’lim tizimini isloh qilishda xorijiy tajribalarga asoslangan xalqaro standartlarga mos keluvchi o‘quv dasturlari bilan muvofiqlashtirish oliy pedagogik ta’lim tizimini takomillashtirishga asos bo‘ldi. O‘zbekiston sharoitida milliy mintalitetimiz, urf-odatlarimizni inobatga olgan holda xorijiy tajribalar asosida ta’lim sifatini tubdan isloh qilish davr talabidir.
Bu borada 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda «Ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy qilish asosida oliy ta’lim muassasasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsion yutuqlarni amaliyotga joriy qilishning samarali mexanizmlarni yaratish», kadrlar tayyorlashning sifat darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatishi va talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish, yoshlar auditoriyasi bilan ish olib borishda interfaol usullardan samarali foydalanish, oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish asosiy vazifalar sifatida belgilandi [10].
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim tizimini “Yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarni ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodni shakllantirishga” yo‘naltirilishi alohida ta’kidlab o‘tilgan. Mazkur talab oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlar shaxsini kasbiy, madaniy va ijtimoiy jihatdan yaxlit tarzda shakllantirishni shart qilib qo‘yadi [1; 34-b.].
Yurtimizdagi o‘zgarishlarni bosh yo‘nalishlaridan biri iqtisodiy sohadagi islohotlardir. Iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishda kishilarimiz madaniyatidagi o‘zgarishlar muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy o‘sish bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining iqtisodiy rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq, chunki madaniyat taraqqiyotni yetaklovchi omildir. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining iqtisodiy madaniyati, uning tuzilishini pedagogik-psixologik nuqtai nazardan tadqiq etish zarur.
Bo‘lajak mutaxassislarning iqtisodiy madaniyatini rivojlantirish haqida gap ketganda, eng avvalo, “madaniyat” tushunchasining mohiyatini aniqlab olish zarur. Madaniyat tushunchasi pedagog-psixolog olimlar tomondan quyidagicha talqin qilingan:
Madaniyat – bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar majmuigina bo‘lib qolmay, ayni paytda u jamiyat taraqqiyotining darajasini ham ifodalaydi, ya’ni jamiyatdagi bilim, mezon va qadriyatlarning yig‘indisi madaniyatda gavdalanadi [52; 6-b].
Madaniyat — jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli ko‘rinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma’naviy boyliklarda ifodalanadi. Madaniyat tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik madaniyat), konkret jamiyat, elat va millat (o‘zbek madaniyati), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining o‘ziga xos sohalari (masalan, mehnat madaniyati, badiiy madaniyat, turmush madaniyati)ni izohlash uchun qo‘llaniladi. Tor ma’noda madaniyat atamasi kishilarning faqat ma’naviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi. madaniyat arabcha madina (shahar) so‘zidan kelib chiqqan [113; 53-b.].
Madaniyat inson faoliyatining ham mahsuli, ham sifat ko‘rsatkichidir. Shu bilan birga, insonning o‘zi ham, o‘zgarmas, madaniyat mahsulidir. Hatto aytish mumkinki, madaniy muhit qanday bo‘lsa, inson ham shunday shakllanadi” [83; 104-b.].
“Madaniyat” atamasi hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarida rang-barang ma’nolarda ifodalangan. “Madaniyat” va “Kultur” atamalari mutaxassislar fikriga ko‘ra ayni ma’noni anglatib, lotincha “ishlov berish”, “parvarish qilish” ma’nosini anglatgan. Keyinchalik “ma’rifatli bo‘lish”, “tarbiyali”, “bilimli bo‘lish” mazmunida ishlatilgan. O‘zbek tilida keng ishlatiladigan “madaniyat” atamasi arabcha “madaniy – shaharlik” degan ma’noni bildiradi. Agar amerikalik madaniyatshunos olimlar A.Kreber va K.Klaskonlarning 1952 yildagi ma’lumotlariga ko‘ra, madaniyat hodisasiga berilgan ta’rif 164 ta bo‘lsa, so‘nggi adabiyotlarda bu raqam 400 dan ortiqni tashkil etadi [52; 6-b.].
“Madaniyat” so‘zi zamonaviy nutqda juda keng qo‘llaniladi. “Madaniyat” so‘zi lotincha “cultural” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, tarbiyalash, o‘stirish, rivojlanish, e’zozlash degan ma’noni anglatadi. Bundan tashqari madaniyat tarixiy nuqtai nazardan inson va jamiyatning o‘zini rivojlanishining ma’lum bosqichi hisoblanadi. Unda inson hayoti va faoliyatining turlari va shakllari aks ettiriladi va bunda u tomonidan yaratilayotgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar inobatga olinadi. Biroq hozirgi vaqtga qadar “madaniyat” tushunchasining yagona va universal ta’rifi deyarli ishlab chiqilmagan edi. Uning ko‘p aspektliligi juda ko‘p turdagi tasniflarni keltirib chiqaradi va ularda uzoq asrlar davomida bashariyot tomonidan yaratilayotgan ma’naviy va moddiy ta’riflarda namoyon bo‘ladi. Shu yo‘sinda “madaniy makon” yaratiladi. Fikrimizcha, optimal falsafiy nuqtai nazar madaniy makon - bashariyat virtualligini (moyillik, imkoniyat, qobiliyat, xohishlarni) amalga oshirish, ijtimoiy dasturlar, maqsad va manfaatlarni ro‘yobga chiqarish, g‘oya va qarashlar, til va an’analar, e’tiqod va me’yorlarni tarqatish makonini anglatadi [20; 2-b.].
G‘.G‘ofurov, N.Hakimov va B.Alievlar o‘zlarining “Madaniyat va jamiyat” kitobida madaniyat tushunchasining quyidagi o‘ziga xosliklarini ta’kidlab o‘tishadi: “Madaniyat tushunchasida moddiy va ma’naviy boyliklar hamda inson ruhiy olami ifodalanadi. Shu bois madaniyat tarkibida uch asosiy qatlam mavjud: 1) insoniyatning muntazam aqliy va jismoniy faol ijodiy faoliyati; 2) moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqish, iste’mol qilish (foydalanish) va asrash; 3) qadriyatlar, axloqiy tushunchalar, huquqiy amallarning hayotga tatbiq etuvchi ijtimoiy tuzilmalar. Madaniyat – faol ijodiy faoliyatdir. Inson faol ijodkorlik orqali rivojlanadi va taraqqiyotga erishadi. Ijodkorlik – inson ma’naviy-ruhiy faoliyatining chegaralarini kengaytiradi. Inson ijodiy ko‘nikmalar, aqliy va jismoniy mehnat orqaligina ijodkorlik maqomiga ega bo‘ladi” [77; 28-b.].
Pedagog olima Oynisa Musurmonovaning ta’kidlashicha esa, “Madaniyat jamiyat taraqqiyoti darajasini xarakterlovchi, ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida mujassam bo‘ladigan tizim bo‘lib, shaxsning ijtimoiy va ma’naviy mazmunini tashkil etadi. Bunda madaniyat shaxs va va uning faoliyati o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirga doir qonuniyatlar, shu jumladan shaxs va jamiyatning borliqqa bo‘lgan madaniy munosabatlarining paydo bo‘lishi, rivojlanishi, shaxsning talabi, qiziqishi, xohishiga mos ravishda uning madaniy faoliyatini tashkil qilish yo‘llari, ma’naviy madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlari tizimi, shaxsning ma’naviy rivojlanishi va ma’naviy madaniyatini shakllantirish qonuniyatlari majmuidan iborat” [82; 48-b.].
Yuqoridagi ta’riflardan ma’lum bo‘ladiki, madaniyat - bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar majmuigina bo‘lib qolmay, ayni paytda u jamiyat taraqqiyotining darajasini ham ifodalaydi, ya’ni, jamiyatdagi bilim, mezon va qadriyatlarning yig‘indisi madaniyatda gavdalanadi. Madaniyatni o‘rganishda ob’ektiv qonuniyatlar, hodisalardagi sababiy bog‘liqlik haqidagi an’anaviy tasavvurlardan foydalanmaslik ham mumkin. Umumiy bir soha sifatida madaniyatga sistemali yondashuv bir-biriga ta’sir etuvchi turli madaniyat sohalarining o‘ziga xos xususiyatlarini qismlarga bo‘lib emas, balki ularni yaxlit tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Sistemali yondashuv tadqiqotning juda ko‘p uslublaridan foydalanishga imkon yaratadi. ya’ni, ayrim bir uslublar bilan olingan natijalarni boshqalariga qarama-qarshi qo‘ymasdan xulosa chiqarishga asos bo‘ladi.
Aynan, sistemali yondashuv madaniyatga o‘ziga xos shaklda munosabat bildirgan holda kishilar hayot faoliyati sohalarini ham tushunish imkonini beradi. Bulardan madaniyat sohalari, madaniyat institutlari tashkil topib, ular aniq tuzilmaga va aniq vazifalarga ega bo‘lgan holda ijtimoiy munosabatlar tamoyili, kommunikatsiya, madaniy namunalarni tashkil qilib madaniyat tizimini belgilaydi.
Ijtimoiy fanlar yordamida ishlab chiqilgan madaniyat definitsiyalari atamaning aristokratik qiyofasini bartaraf etdi. Amerikalik antropologlar A. Kreber va K. Klakxon madaniyat ta’rifining oltita asosiy turini ajratib ko‘rsatdilar:
Tasvirlovchi ta’rif. Ularda madaniyat tushunchasi qamrab olgan barcha holatlarga urg‘u beriladi: “Madaniyat yoki taraqqiyot, keng etnografik ma’noda jamiyat a’zosi sifatida inson o‘zlashtirgan bilimlar, dinlar, san’at, odob, qonunlar, urf-odatlar va ba’zi boshqa qobiliyat va odatlardan tashkil topadi” [104; 45- b.] (E.Taylor).
Tarixiy ta’rif. Bularda ijtimoiy meros qoldirish jarayoni, an’analarga urg‘u beriladi. Lingvist E.Sepir tomonidan berilgan ta’rif bunga misol bo‘la oladi: madaniyat – bu “hayotimizning to‘qimasini tashkil etuvchi ijtimoiy meros bo‘lib qolgan faoliyat va maslak usullari majmuidir” [93; 656-b.]. Bunday ta’riflarning kamchiliklari- insonning taraqqiyoti va madaniyati o‘zgarishida faolligi nazardan chetda qolganligidir.
Me’yoriy ta’riflar. Ularni ikki guruhga ajratadilar. Birinchisi – turmush tarzi g‘oyasiga qaratiladigan ta’rif, (K.Uisler: «…qabila yoki jamoa rioya qiladigan turmush tarzi madaniyat hisoblanadi. Qabilaning madaniyati ushbu qabila rioya qiladigan standartlashtirilgan e’tiqod va amaliyot yig‘indisidir»).
Ikkinchi guruh – ideal va qadriyatlar to‘g‘risidagi tasavvurga qaratilgan ta’riflar. Zero, sotsiolog U.Tomasning fikricha, “madaniyat- bu har qanday kishilar guruhining, gap yovvoyilar yoki madaniyatli kishilar to‘g‘risida borish bormasligidan qat’i nazar moddiy va ijtimoiy qadriyatlaridir (institutlar, urf-odatlar, layoqatlar, xatti-harakat reaksiyalari)».
Psixologik ta’riflar uchta unsurdan biriga e’tiborni qaratadi:
1) yoxud muhitga moslashish jarayonida («kishining hayotiy sharoitlarga moslashuvi yig‘indisi madaniyat, yoki madaniyatni anglatadi…» U.Samner va A.Keller);
2) yoxud o‘rgatish jarayonida («Madaniyat – bu o‘rganilgan xatti-harakat uchun ijtimoiy alomat, ya’ni insonga tug‘ilishi bilanoq shart bo‘lmagan xatti-harakat, uning tug‘ma xujayralarida ari yoki ijtimoiy chumolilardagi singari oldindan belgilanmagan, balki har qaysi yangi avlod tomonidan katta yoshdagi kishilardan o‘rganish orqali o‘zlashtirilishi lozim» – R.Benedikt) [37];
3) yoxud odatlarni shakllantirishga («Madaniyat – bu guruhlar, jamoa yoki jamiyat uchun umumiy bo‘lgan odatiy xatti-harakat shaklidir. U moddiy va nomoddiy unsurlardan iborat» – K.Yang).
Tuzilmaviy ta’riflar, bularda e’tibor madaniyatning tarkibiy tashkil etilishiga qaratiladi. Masalan: R.Linton–«madaniyatlar esa – bu oliy natijada, jamiyat a’zolarining tashkiliy takrorlanuvchi ta’sirlaridir; b) madaniyat – bu mazkur jamiyat a’zolari tomonidan avloddan avlodga o‘tuvchi va taqsimlanuvchi komponentlardan tashkil topgan o‘rgatilgan xatti- harakatlar va xatti-harakat natijalaridir».
Genetik ta’riflar madaniyatni uning kelib chiqish nuqtai nazaridan namoyon etadilar. Bu ta’rif, o‘z navbatida, to‘rt guruhga bo‘linadi:
1) madaniyat mahsulot yoki artefakt sifatida ko‘rib chiqilganda: «Keng ma’noda madaniyat so‘zi, ikki yoki undan ko‘proq bir –biri bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi yoki bir-birining xatti-harakatiga ta’sir etuvchi shaxslarning ongli va yoki ongsiz faoliyati bilan yaratilgan yoki modifikatsiyalangan holatlar yig‘indisini anglatadi» [101; 542-548-b.] (P.Sorokin);
2) g‘oyalarga urg‘u berilganda: «Madaniyat – bu jamiyatda umumlashtirish jarayoni vositasida uzatiladigan nisbatan doimiy nomoddiy mazmunni anglatadi» [36; 672-b.] (G.Bekker);
3) ramzlarning o‘rni qayd etilganda: «Madaniyat – bu alohida tartib yoki fenomenlar sinfi, aynan: biz “ramziylik” deb ataydigan inson zotiga xos bo‘lgan aqliy qobiliyatlarni amalga oshirishga bog‘liq bo‘lgan narsa va hodisalar uchun tushunchadir [109; 960- b.]» (L.Uayt);
4) madaniyatni “insonni hayvondan farqlovchi” sifatida belgilangan (V.Ostvald).
Madaniyatni ta’riflash variantlaridan biri quyidagilar bo‘lishi mumkin: madaniyat - bu maslak, qadriyatlar va ularni ifodalovchi ramzlardir (san’at va adabiyot bilan birga), bunda ular guruhlar uchun umumiy hisoblangan va uning a’zolari xatti-harakati va tajribalarini tartiblashtirishga xizmat qiladi. Kishilarning biror qismining maslaklari, qadriyatlari va ramzlarini ko‘pincha submadaniyat deb ataladi.
Madaniyat o‘zining tuzilishi va shakliga ega. Antropolog Uord Gudenau, madaniyatga unsurlarning to‘rt turini kiritdi:
1. Tushuncha (konseptlar). Ular asosan tilda mavjud bo‘ladi va kishilarga o‘z tajribalarini orttirish va tartiblashtirishga yordam beradi. Biz barchamiz dunyoni predmetlarning shakli, rangi va ta’mi orqali qabul qilamiz, turli madaniyatlar o‘z dunyosini turlicha tashkil etadi. Nemislar ovqatni tanovul qilish bo‘yicha insonlar (essen) va hayvonlarning (fressen) orasidagi farqni tadqiq etadilar, ingliz tilida esa buning uchun faqat birgina so‘z – «eat» mavjud.
2. Munosabat. Agar tushuncha dunyoni yoritib bersa (u nimadan tashkil topganini), u holda munosabat – ushbu qismlar bir biri bilan makonda va vaqtda belgilari bo‘yicha qanday bog‘lanishi to‘g‘risidagi ma’lum tasavvurni anglatadi.
3. Qadriyatlar – ular intilish lozim bo‘lgan maqsadlarga nisbatan jami maslaklar tomonidan taqsimlanadi. Qadriyatlar shubha ostida qolmaydi, ular barcha kishilar uchun etalon, ideal sifatida xizmat qiladi. Agar vafodorlik qadriyat hisoblansa, u holda undan chekinish sotqinlik singari qoralanadi. Agar ozodalik qadriyat hisoblansa, u holda pala-partishlik va ifloslik nojo‘ya xatti-harakat kabi qoralanadi.
Jamiyat alohida shaxslardan tashkil topgan, bunda ular mazkur yoki boshqa qadriyatlarni taqsimlashni tanlashlari mumkin. Ba’zilari jamoatchilik qadriyatlari bilan boshqalari esa yakkalashtirish qadriyatlari tarafdoridirlar [41; 134-b.].
Ba’zilar uchun oliy qadriyat bu pullar bo‘lishi, boshqalari uchun – ma’naviy benuqsonlik, uchinchi shaxslar uchun esa – siyosiy martaba bo‘lishi mumkin. Kishilar qanday qadriyatlarga asoslanishlarini yoritib berish uchun sotsiologlar qimmatli orientatsiya atamasini kashf etdilar. Ular xulq-atvor me’yorlari sifatida muayyan qadriyatlarni tanlashni yoki yakka munosabatlarni yoritib beradilar.
Qadriyatlar guruh yoki jamiyatga, qimmatli orientatsiyalar- shaxsga tegishlidir. Qadriyatlar siz tomoningizdan boshqalar bilan hamkorlikda taqsimlangan maslaklarni namoyon etadi.
Qadriyatlar negizida yotuvchi g‘oyalar bilimlar asosi bo‘lib xizmat qiladi. Bilimlar – biror bir narsa haqidagi to‘g‘ri ma’lumotlar, ilmiy ma’lumotlar. Bilimlar tayyorlangan kishilar tomonidan amalga oshirilgan ixtisoslashtirilgan faoliyat – ong natijasi bo‘lib xizmat qiladi.
E’tiqod – biror-bir real yoki illyuzor g‘oyaning hissiy tarafdorligi, maslakdir. E’tiqod – nima haqiqat yoki deyarli to‘g‘riligi haqidagi tasdiqdir. Qadriyatlar esa yaxshi yoki kutilganlarga taalluqlidir. Ular o‘rtasidagi farq aynan shundan iborat. E’tiqod o‘z-o‘zidan afsonani bilimdan farqlamaydi.
4. Inson o‘z madaniyatining qadriyatlar bilan kelishgan holda yashashi uchun o‘zini qanday tutishi lozimligini belgilovchi qoida va me’yorlar. Me’yorlar – bu: odatlar, etiket, qonunlar, urf-odatlar, marosimlar.
Milliy, o‘ziga xos rangga ega bo‘lgan madaniyat komponentlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- an’analar (yoki madaniyatning barqaror unsurlari), shuningdek urf-odatlar (madaniyatning “sotsiome’yoriy” sohasida an’ana sifatida belgilangan) va marosimlar (mazkur tizimda ustunlik qiluvchi me’yoriy talablarga anglanmagan murojaat vazifasini bajaruvchi);
- an’analar bilan uzviy bog‘liq maishiy madaniyat (u ko‘pincha me’yoriy talablarning ushbu tizimida ustunlik qiladi);
- kundalik xulq-atvor (ba’zi muomala sotsiumida qabul qilingan ba’zi madaniyat vakillarining odatlari), shuningdek ba’zi lingomadaniy birlik tashuvchilari foydalanadigan ular bilan bog‘liq imo-ishora va pantomimik (kinesik) kodlar;
- atrof olamni idrok etishning o‘ziga xosligini aks ettiruvchi «dunyoning milliy tasviri», biror-bir madaniyat vakillari fikrining milliy xususiyatlari;
- biror-bir elatning madaniy an’analarini aks ettiruvchi badiiy madaniyat [10].
Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo‘ldagi faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo‘lib, bu intilish iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kerak bo‘lgan tomonga yo‘naltirishga ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan kelib chiqqan.
Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning ko‘zga ko‘ringan olimlari Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida, shunigdek qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida qarab chiqilgan edi.
Ming yillar osha bizga etib kelgan Qur’oni Karimni, hadislarni, Qobusnomani, Ibn Xaldun asarlarini, bobolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek asarlarini o‘qir ekanmiz, ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari etarli emasligi, ijodiy mehnat qilish kerakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir karra amin bo‘lamiz. Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xaldun Abduraxmon Abu Zayd (1332-1406) ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir. Uning 1370 yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») [22] asarida dunyoda birinchi bo‘lib tovarning ikki xil xususiyatini - iste’mol qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy va murakkab mehnatni, zaruriy va qo‘shimcha mehnat hamda zaruriy va qo‘shimcha mahsulot tushunchalarini ajrata bildi. Shuningdek, tovarlarni ayirboshlash jarayonida, ular bir-biriga taqqoslanganda mehnatni tenglashtirish shaklida yuzaga chiqishi, ya’ni tovarda gavdalangan mehnatning va uning nafliligini hisobga olinishi ham ta’kidlangan [86; 42-b.].
Iqtisodiy ta’lim-tarbiya masalasi Sharq mutafakkirlari tomonidan doimo dolzarb hisoblanib kelingan. Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiyning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va o‘z ishiga pishiq bo‘lishi kerak. SHunda u o‘z mehnatining natijalarini o‘lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin.
Abu Nasr al-Farobiy inson o‘z mablag‘ini sarflashni bilishi kerakligi, pul sarflashda qizg‘anchiqlik qilish xasislikka olib kelishi va pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka etaklashini ta’kidlaydi.
Ibn Sino bolalarga hunar o‘rgatish zamirida o‘ziga ishonch paydo bo‘lishi, vaqt, undan unumli foydalanish, iqtisod qilishini ta’kidlab, bu jarayonda bola hisob-kitob qilishni o‘rganishi va ishbilarmonlik, tashabbuskorlik xususiyatlari shakllanishini aytib o‘tadi.
Sharq iqtisodiy tafakkurining rivojlanishida Yusuf Xos Hojibning "Qutadg‘u bilik" asari muhim o‘rin tutadi. Yusuf Xos Hojib ma’naviy merosida insonlarning mehnatiga loyiq haq to‘lash, mehnatni to‘g‘ri baholab taqdirlash, har bir aqliy-jismoniy mehnatni qadriga etish, moddiy manfaat, kasb-hunar egallash hamda kuchli ijtimoiy himoya masalalariga katta o‘rin berilgan.
Buyuk sarkarda, davlat arbobi Amir Temurning iqtisodiyotga doir qarashlari, boj to‘lovlari, sarmoya masalasidagi fikrlari iqtisodiy siyosatda haligacha ahamiyatga ega. U "Temur tuzuklari" asarida "Kasb-hunar va ma’rifat ahllariga saltanat korxonalaridan ulush berilsin, bilagida kuchi bor faqir miskinlar esa o‘z ahvoli va kasb-koriga qarab yo‘l tutsinlar". "Sarmoyasi qo‘lidan ketib qolgan savdogarga o‘z sarmoyasini qaytadan tiklashi uchun xazinadan etarli oltin berilsin", "Aholidan olinadigan soliqlar ularning ishlab topgan daromadlariga qarab belgilanishi, ularning qaysi birlari el-yurt obodonchiligi yo‘lida o‘z mol mulki va sarmoyasini ayamay sarflasa; ularga davlat soliq to‘lashda imtiyoz berishi kerak" [28; 88-b.] kabi fikrlar mavjud. Amir Temurning iqtisodiy qarashlari zamirida xalq manfaati, moddiy va ma’naviy hayotni rivojlantirish masalarlari yetakchi o‘rinda turgan.
Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g‘oyalari 1482 yilda yozilgan «Vaqfiya» va 1500 yilda yozilgan «Mahbub-ul-qulub» asarlarida bayon etilgan. U kishi mahsulotni uch qismga bo‘lib, birinchi qismini ketgan harajatga, ikkinchi qismini o‘zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi. Bundan tashqari mahsulotni yaratishda mehnatning roliga va ishlab chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e’tibor beradi. Shu bilan birga boylikni halol mehnat bilan topish, to‘plash va foydalanish zarurligini ta’kidlaydi [86; 89-90-b.].
Iqtisod grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, «oykos» - uy, uy xo‘jaligi, «nomos» - qonun degani. ya’ni uy yoki ijtimoiy xo‘jalik qonunlari ma’nosini beradi. 1575-1621 yillarda yashab, ijod qilgan fransuz iqtisodchisi Antuan Monkreten birinchi marta 1615 yilda «Siyosiy iqtisod traktati» nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi. Keyinchalik klassik iqtisodchilar bu fikrni tasdiqlab, siyosiy iqtisod keng ma’noda moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqaruvchi qonunlar to‘g‘risidagi fandir, [31;48-b.] deb yozgan edilar.
Jamiyatda shaxsning iqtisodiy madaniyatini rivojlantirish tushunchasi nafaqat pedagogika fanida balki falsafa fanida ham o‘rganib tadqiq etilgan. B.Tolipov [106] tomonidan olib borilgan tadqiqotda: jamiyat va shaxsning iqtisodiy madaniyati tushunchasi nafaqat iqtisod falsafasi balki, madaniyat falsafasi negizida ham qamrab chiqilishi ilmiy e’tirof etilgan.
Jamiyat va shaxsning iqtisodiy madaniyati haqida fikr yuritish, tabiiyki jamiyat hayotining iqtisodiy sohasini falsafiy jixatdan tahlil etishni taqozo etadi. Binobarin, iqtisod jamiyat hayoti va uning taraqqiyotida muhim omil hisoblanadi. Bugungi kunda chuqur va mustahkam iqtisodiy tafakkur, bilim, ma’rifatga ega bo‘lmasdan, ularni omilkorlik bilan amaliyotda qo‘llamasdan turib, nafaqat jamiyat, davlat, balki oddiy insonning hayotiy faoliyatini ham tartibga solish va boshqarish murakkabdir [106; 152-b.].
«Iqtisodiyot» fan sifatida shakllanguncha bosib o‘tgan yo‘l va unda vujudga kelgan g‘oyalar, oqimlar juda murakkab, ko‘pincha bir-biriga zid va qarama-qarshidir. Shu bilan birga aytishimiz kerakki, hech qaysi iqtisodiy maktabning nazariyalari mutlaq va doimiy haqiqat kursisiga egalik qila olmaydi. Har bir maktab ma’lum darajada muammolarga bir tomonlama yondashganligini yoki bo‘lmasa ba’zi bir nazariy savollarni yoritishda anglashilmovchilikka yo‘l qo‘yganligi bilan ajralib turadi, sababi barcha nazariy oqimlar qaysidir ijtimoiy guruh manfaatlari nuqtai nazaridan va o‘sha davr real holatidan kelib chiqqanlar. Shunday bo‘lsada, ular bir-birini to‘ldiradi, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning ichki ziddiyatlarini, qonunlarini ma’lum darajada umumlashtirib ifodalaydi. Demak, jamiyat alohida bir nazariya asiri bo‘lib qolmasligi kerak, uning rivojlanishi umummilliy manfaatlari bilan yo‘naltirilishi zarur.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling