Mezoni
|
Mazmuni
|
Intellektualligi
|
Quyidagi ko‘rsatkichlar asosida belgilanadi:
zaruriy iqtisodiy bilim va malakaga ega bo‘lishi;
iqtisodiy fikrlashni rivojlantirish;
iqtisodiy faoliyatning zaruriy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish;
iqtisodiy bilimlarni amalda qo‘llash qobiliyati;
iqtisodiyotga oid adabiyotlardan foydalanish va statistik ma’lumotlarni tahlil qilish.
|
Hissiy jihatdan - qimmati
|
o‘z ishining natijalari bo‘yicha ijtimoiy javobgarlik hissi;
kommunikativlik;
o‘z –o‘zini nazorat eta olish;
ijodiy faollik;
axloqiy va ixtiyoriy fazilatlarini shakllantirish;
faoliyatga nisbatan estetik munosabatni shakllantirish.
|
Amaliy – faoliyati
|
iqtisodiy faoliyatda ishtirok etish;
iqtisodiy xodisalarni umumlashtirish, samaradorligini oshirish uchun iqtisodiy faoliyat jarayonini takomillashtirish zaruriyati;
o‘z –o‘ziga nisbatan talabchanlik, qaror qabul qilishga tayyorlik, o‘z fikrini asoslash qobiliyati.
|
1.1-jadval. Iqtisodiy madaniyatni shakllantirish mezonlari
Ensiklopediyada yozilishicha "Faoliyat - atrofdagi olamga nisbatan insonning o‘ziga xos aktiv munosabati shakli. Odamni maqsadga muvofiq va qayta o‘zgartirish faoliyatning mazmunini tashkil etadi. Har qanday faoliyat maqsad, usul, natija va jarayonlardan iborat. Har qanday faoliyat singari o‘qituvchilik faoliyati ham maqsad, usul, vosita, ob’ekt va sub’ekt majmuasidir. Pedagogik maqsad o‘qitish, tarbiyalash asosida ma’naviy barkamol shaxsni shakllantirishni, usul tarbiyalanuvchilar obro‘siga, hurmatiga sazovor bo‘lishni, pedagogik mehnat ob’ekti sifatida - o‘qituvchining shaxsi (harakteri, irodasi, xulq-odobi, tafakkuri va h.k.) sub’ekt sifatida tarbiyalanuvchilarga ta’sir ko‘rsatishni nazarda tutadi. O‘qituvchi o‘quvchilarni borliq bilan tanishtirar ekan, ularga tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlari haqida tushuncha berar ekan, avvalo, mana shu jarayonlarini o‘z faoliyatining ob’ektiga aylantiradi.
Ko‘pgina tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan nazariy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, nazariy va pedagogik amaliyotda «iqtisodiy ta’lim», «iqtisodiy tarbiya», «iqtisodiyotda ta’lim» tushunchalari qo‘llaniladi.
Bu tushunchalar bir – birlarini to‘ldirib boradi, bu esa talabalarni iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Pedagogik faoliyatda talabalarning iqtisodiy madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tushunchalarning toifalari:
Do'stlaringiz bilan baham: |