I bob. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari 8
-rasm. Iqtisodiy madaniyatning tarkibiy tuzilmasi
Download 0.84 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy madaniyat
- Iqtisodiy madaniyatli shaxs
1.2-rasm. Iqtisodiy madaniyatning tarkibiy tuzilmasi
Tadqiqot natijalari asosida iqtisodiy madaniyatning quyidagi tarkibiy tuzilmasi aniqlashtirildi (1.2-rasmga qarang). Bo‘lajak mutaxassislarning iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishdagi jiddiy to‘siq, bu talabalarning iqtisodiy bilimlarini passivligi quyidagi omillar bilan belgilanadi: ularning iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishi, mehnat natijalarini tahlil qilishi va baholashda imkoniyatlarini cheklanganligi; shaxsiy moliyaviy ishlarni tashkil qilish imkoniyati etarlik emasligi. Agar iqtisodiy – madaniyatni individual daraja deb hisoblansa, zamonaviy adabiyotlarda bir nechta ko‘rsatkichlarga ajratib, tahlil qilinganligini ko‘rishimiz mumkin [78; 215-b.]: bilim (kognitiv komponent); ko‘nikma (mazmunli - operatsion); o‘z – o‘zini baholash (baholash - reflektiv); muloqot (kommunikativ). Shuningdek, iqtisodiy – madaniyat ko‘rsatkichlari quyidagi sifatlarga ajratiladi: iqtisodiy bilimlarni; yangiliklar va ko‘nikmalarni; intellektni; ijtimoiy – iqtisodiy faoliyat va munosabatlar jarayonida insonlar muloqotining shakllari. Olimlarning tahlillaridan va ilmiy izlanishlarimizning natijalariga tayangan holda quyidagi fikrga keldik: Iqtisodiy madaniyat - iqtisodiy bilimlar, tijorat yuritish bilimi va ko‘nikmalarining rivojlanganligi, iqtisodiy tahlil ko‘nikmalarini, iqtisodiy tafakkur va o‘ziga xos ijtimoiy sezgilarni (mulk egaligi hissini) o‘zlashtirish darajasini ta’riflovchi bilimlar, tashabbuskorlik va tadbirkorlik ko‘nikmalari, ijtimoiy sezgilarni insonning amaliy faoliyatida ro‘yobga chiqarish darajasini ochib beruvchi madaniyat turidir. Iqtisodiy madaniyatli shaxs deganda - iqtisodiy jarayonlarni oldindan ko‘ra biladigan, tadbirkor, halol va haromni ajrata oladigan kishilar tushuniladi. Shunday qilib, iqtisodiy bilimlarni egallash va o‘zlashtirish iqtisodiy madaniyatdan ma’naviyatga, bilimdan e’tiqodga, undan esa, o‘z navbatida, real amaliy harakatlar sari yuksalishni nazarda tutadi. Ko‘rib turganimizdek, iqtisodiy madaniyat va tarbiya tuzilishi o‘z tarkibiy qismlariga va aloqalarining tipiga ko‘ra bir-biriga juda yaqin bo‘lib, bu ularning hamkorligidan dalolat beradi. Insonning iqtisodiy madaniyatini shakllantirishning yakuniy natijalaridan kelib chiqib, iqtisodiy jihatdan madaniyatli shaxs – uning shakllantirish mezonlari bilan belgilanganligida ko‘rishimiz mumkin. Shu bilan birga, tanqidiy iqtisodiy fikrlashni mavjudligida. [56; 162-b.]. Insonning tanqidiy iqtisodiy fikrlash asoslari iqtisodiy qonunlar, iqtisodiy jarayonlar va o‘z mamlakatlarining iqtisodiy tizimida va boshqa davlatlarning iqtisodiy tizimlarining asosiy mazmuni o‘rtasidagi mohiyatini tushunishidadir. Tanqidiy iqtisodiy fikrlash, eng avvalo oiladan boshlanadi, masalan oila byudjetini rejalashtirish, tejamkorlik, biror bir manfaatli ishdan qo‘shimcha daromad olish kabi tushunchalar oiladagi muxit orqali shakllanadi [32; 155-b.]. Shaxsning iqtisodiy madaniyatini shakllantirishning muhim ko‘rsatkichlaridan biri, har bir aniq vaziyatda o‘zining shaxsiy qobiliyatini namoyish eta olishidadir. Iqtisodiy madaniyatni shakllantirib borishda o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lishi, iqtisodiy bilimlarini doimiy ravishda rivojlantirib borishi va kerakli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olish hissini rivojlantirish zarur. Bundan tashqari iqtisodiy jihatdan madaniyatli insonning etakchi ko‘rsatkichlaridan biri, ma’lum iqtisodiy mahorat, malaka va tajribasidadir. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling