I bob. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari 8


-rasm. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatni rivojlantirish komponentlari


Download 0.84 Mb.
bet12/37
Sana23.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1651298
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
1.3-rasm. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatni rivojlantirish komponentlari
1.3-rasmda ko‘rsatilgan komponentlar asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning uch guruh mezonlari aniqlashtirildi: motivatsion-qadriyatli, intellektual- kognitiv; kreativ-faoliyatli. Mazkur mezonlar asosida uch (yuqori, o‘rta va past) darajaga mos ko‘rsatkichlar aniqlandi:
yuqori darajayuqori darajadagi iqtisodiy bilim, ko‘nikma va malakalarga egalik, iqtisodiy mulohaza yuritish, iqtisodiy bilimlarini umumta’lim fanlarini o‘qitish jarayonida samarali qo‘llay olish ko‘nikmasini egallaganlik, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida iqtisodiy savodxonlikni shakllantirishga yuqori tayyorgarlikning mavjudligi;
o‘rta daraja – iqtisodiy bilimlarga egalik, iqtisodiy ma’lumotlarni grafik, chizma ko‘rinishida tasvirlay olish, iqtisodiy hodisalardan fanlarni o‘qitish jarayonida foydalana olish, o‘quvchilarda iqtisodiy savodxonlikni shakllantirishga o‘rtacha tayyorgarlikning mavjudligi;
past daraja – nazariy bilimlardan xabardorlik, biroq ularni iqtisodiy mulohaza yuritish jarayonida qo‘llay olmaslik, o‘quvchilarda mantiqiy va kreativ fikrlash, matematik hamda tabiiy savodxonlikni oshirishga doir tasviriy modellarni tuzish va tahlil qilish ko‘nikmalarining pastligi.
O‘quv jarayonida iqtisodiy madaniyatni rivojlantirish pedagogik texnologiyalar yordamida loyihalashtirish va amalga oshirish samarilidir, bu esa talabalarni boshqa vositalar orqali iqtisodiy bilimlarini rivojlantirib borishlariga amaliy yordam beradi. Iqtisodiy madaniyatni shakllantirishni rag‘batlantirish texnologiyalari ichki va tashqi omillardan iborat.
Iqtisodiy madaniyat pedagog ta’sirisiz shakllanmaydi, pedagogik jarayon ishtirokchilari, pedagoglar, rahbarlar talabalarning iqtisodiy madaniyatlarini rivojlantirishda ularning motivatsiyasini oshiruvchi pedagogik vositalardan foydalanishlari zarur. Talabalarni qo‘shimcha rag‘batlantirish iqtisodiy madaniyatni shakllantirish uchun rag‘batlantiruvchi omil bo‘lishi mumkin. Talabalarni ijobiy rag‘batlantirish ularning iqtisodiy madaniyatlarini oshishidagi motivatsiyalarini rivojlantirishda asos bo‘lib xizmat qiladi.



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling