I bob. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari 8


Тadqiqotning asosiy masalalari va farazlari


Download 0.84 Mb.
bet3/37
Sana23.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1651298
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Тadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslarini belgilash natijasida kompleks yondashuv asosida talabalarning iqtisodiy madaniyatini rivojlantirish samaradorligi oshadi, agar,
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning xalqaro baholash dasturlari bilan aloqadorligi asoslansa;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari aniqlashtirilsa;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning didaktik ta’minoti ishlab chiqilsa.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi
Yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularda iqtisodiy madaniyatni shakllantirish va tadbirkorlik sifatlarini tarbiyalash masalalari Sharq mutafakkirlari Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Xos Xojib, Axmad Yugnakiy, Alisher Navoiy, jadid mutafakkirlari Maxmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitratlar ning pedagogik qarashlarida o‘z aksini topgan.
Respublikamiz olimlaridan M.Artikova, D.Djuraev, N.Kamolova, S.Musaeva, D.Toxtaxunova, X.Umarova, X.Xudoyqulov, N.Xo‘jaev, J.Hasanboev, Eshmurovadovalar o‘quvchilarning iqtisodiy bilimlarini rivojlantirish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish, iqtisodiy ta’lim jarayonida modulli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, umumta’lim maktabi va oila hamkorligi asosida o‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalarini tadqiq etishgan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) olimlaridan O.Bajina [35], T.Bloxina, M.Vikulina, M.Vladka, S.Vlaznev, N.Gordienko, E.Dukanova, N.Zagvyazinskaya, N.Zaichenko, V.Kozlov, E.Savina, T.Skiba, A.Sыsoeva, S.Chernerlar tomonidan o‘quvchi-yoshlarning shaxsga yo‘naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy tayyorgarligi nazariyasi va amaliyoti, kasbiy tayyorgarlik sharti sifatida pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarining iqtisodiy madaniyatini shakllantirish, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarning iqtisodiy ta’limini amalga oshirishga tayyorlashning didaktik asoslari o‘rganilgan.
Xorijlik olimlardan Sh.Aincvort (Sh.Ainsworth) [133], C.Bleccing (S.Blessing) [134], T.Jong (T.Jong) [137], T.Murray (T.Murray) [139], C.Coutrac (C.Coutras) [135], E Lekos (E.P Lecos) [138], C.Erduran (S.Erduran) [136] larning tadqiqotlarida iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishda uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash, iqtisodiy madaniyat va biznes ta’limining integratsiyasi, bo‘lajak o‘qituvchilarda moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan ilmiy izlanishlar amalga oshirilgan.
Biroq xalqaro baholash dasturlarini joriy etish sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirish komponentlari, mezonlari va ko‘rsatkichlarining aniqlashtirilmaganligi, kompleks yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatni rivojlantirish mazmuni, fanlararo modulli ta’lim texnologiyasi, modeli va elektiv kursning ishlab chiqilmaganligi mazkur yo‘nalishda ilmiy izlanish olib borishni taqozo etdi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling