I bob. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari 8


O‘quv faoliyatini rejalashtirish bosqichi


Download 0.84 Mb.
bet29/37
Sana23.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1651298
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
2. O‘quv faoliyatini rejalashtirish bosqichi.
Loyiha mavzusiga doir ish reja tuzish, rasmiylashtirish, taqdimotga tayyorgarlik ko‘rish, baholash mezonlarini aniqlash.
Loyiha ishtirokchilariga topshiriqlar beriladi va bajarish muddati belgilanadi.
Loyiha bajarilishining ish rejasi.

Ishti
rokchi
larning F.I.O

Topshiriq

Faoliyat turi

Kutilayotgan natija

Bajari
lish muddati




Har bir qatnashchiga mavzuga doir vazifa belgilash

Qatnashchilar
ning imkoniya
tiga qarab topshiriqlar berish

Loyihani amalga oshi
rish rejasi shakllanadi

Keli
shil
gan xolda

F.I.O

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchi
sining o‘quv predmet
larini o‘rgatish davomida tejamkorligi

O‘qish darslik
larida tejam
korlik mavzu
sidagi matn, hikoya, rivoyat va maqollarni samarali meto
dikalar aso
sida o‘qitish.
Matematika darsligidagi tejamkor
likka doir topshiriqlarni hayotiy vaziyatlar asosida bajarishni o‘rgatish.

O‘qish dars
ligida berilgan mate
riallardan tejamkorlik xususiyatlarini shakllan
tiradi.Suv,
gaz, elektr energiyasini tejash kabi iqtisodiy tarbiyada BKMlarga ega bo‘ladi.




F.I.O

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini tejamkorlikka o‘rgatishning faoliyat yo‘nalish
larini ishlab chiqish. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining
to‘garak mashg‘u
lotlarini tashkil etishida tejamkorlikdan foydalanishi.

To‘garaklarda qayta ishlana
digan xomashyo materiallar
dan qo‘l mehnatida foydali predmetlarni yasash

Ishni bajarish bosqichlari amaliy mashg‘ulot asosida mustahkam
lanib, yangi g‘oyalar shakllanadi.




3. Loyihani bajarish bosqichi.
4. Taqdimot, loyiha himoyasi.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini iqtisodiy madaniyatlarini oshirishda xorijiy davlatlardagi ta’lim tizimini undagi ta’lim jarayonida iqtisodiy madaniyatni oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv kurslarini tahlil qilishni tavsiya etamiz. Biz uchun muhimi shundaki, ana shunday mashg‘ulotlar davomida talabalar ayrim iqtisodiy muammolarga echim topishda boshqa mamlakatlarning ijobiy natijalarini aniq va ravshan o‘rganishlari mumkin. Bunday yondashuv bo‘lajak mutaxassislarni olamga global nigohini shakllantiradi, ularda internatsionalizm tuyg‘ularining rivojlanishiga ko‘maklashadi.
Dasturimizni o‘qitish amaliyotiga kiritishdan oldin biz uchun u qanchalik darajada zarurligini aniqlab olish muhim edi. Biz tajriba-sinov tadqiqoti yordamida o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining kechagi bitiruvchilari iqtisodiy ta’lim va iqtisodiy madaniyatning qanday darajalari bilan oliygohlarga kelayotganliklari haqida etarlicha ob’ektiv tasavvurlar olishga harakat qildik. Eksperimentni o‘tkazish jarayoni va natijalari tadqiqotimizning keyingi paragrafida batafsil yoritiladi va tahlil qilinadi.
Yuqorida ta’kidlanganlarni hisobga olgan holda biz oldimizga “Iqtisodiy madaniyat asoslari” elektiv (maxsus) kursi bo‘yicha talabalarni o‘qitishning shunday texnologiyasini yaratish xususida maqsad qo‘ydikki, bunda mashg‘ulotlarning turlari ularda o‘rganilayotgan fanga nisbatan qiziqishning kuchayishiga hamda iqtisod bo‘yicha olgan kompetensiyalarni amaliyotda qo‘llashga doir motivatsiyalarning shakllanishiga olib keldi. Bunda ta’sir etuvchi modulli-reytingli tizimdan foydalanildi.
Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni ilgari surdik:
1. Muammoli o‘qitish texnologiyasini yaratish, bunda modullar g‘oyasi o‘quv ma’lumotlarini muammoli-modulli o‘qitishning egiluvchan texnologiyasini bersin.
2. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini iqtisodiy ta’lim bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan “Iqtisodiyot” fanini o‘qitilishiga motivatsion tayyorgarligini oshiruvchi omillarni aniqlashtirish.
3. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash sifatini ob’ektiv o‘lchash vazifalarini echimiga ko‘maklashuvchi, shuningdek ishlab chiqilgan kursni o‘zlashtirish jarayonida talabalarning mehnati sarfining samaradorligini baholash imkonini beruvchi nazoratning testli uslubini kompetensiyalarni baholashning reyting tizimi bilan birga ishlab chiqish.
2017–2018 o‘quv yillarida Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlarida Iqtisodiyot nazariyasi fanlari berilgan bo‘lib, unda iqtisodga oid nazariy ma’lumotlar berilgan. Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirish maqsadida tadqiqot obe’ktlarida “Iqtisodiy madaniyat asoslari” nomli elektiv kurs tashkillandi. (1-ilova)
Elektron kurslar - bu o‘quv jarayonini yangilash va individuallashtirishning eng yangi mexanizmi.
Elektiv kurslar - tanlov kurslari bu o‘quv dasturining yangi elementi bo‘lib, profil tarkibini to‘ldiradi, bu talabalarning xilma-xil kognitiv qiziqishlarini qondirishga imkon beradi. Tanlov kurslari har qanday mavzularga, umumiy ta’lim dasturiga va undan tashqariga taaluqli bo‘lishi mumkin.
Elektiv kurslar jarayonida talabalarga iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlar, topshiriqlar berilgan buning natijasida talabalarning iqtisodiy bilimlari rivojlantirilgan. (Tanlov fani o‘qitish jarayonida berilgan tarqatma materiallar va topshiriqlar ilovalarda aks ettirilgan)
Elektiv kursda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini iqtisodiy madaniyatini shakllantirishda foydalaniladigan innovatsion usullardan foydalanildi (2-ilova).
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘tiladigan bir qator fan dasturlarini tahlil qilganimizda talabalarni iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi mavzular mavjudligini ko‘rib chiqdik. Jumladan: Umumiy pedagogika fan dasturidaIqtisod va mehnat tarbiyasi. Iqtisod va mehnat tarbiyasining maqsad va vazifalari. Mehnat va iqtisod tarbiyasi. Mehnat va uni o‘qitish metodikasi fan dasturidaBoshlang‘ich sinf mehnat darslarida iqtisodiy bilim tushunchalarini shakllantirish. Aplikatsiya ishlarini bajarish va uning turlari. Yuqoridagi mavzulardan ko‘rinib turibdiki mutahassislik fanlari bloklaridagi mavzularda ham talabalarning iqtisodiy madaniyatini rivojlantirish mavzulari mavjud.
Biz tomonimizdan olib borilgan maxsus kurs mashg‘ulotlarida bo‘lajak mutaxassislar tomonidan o‘tilgan materialni o‘zlashtirishni baholash va bilimlarni modulli-reytingli tizim bo‘yicha mustahkamlash shaklida o‘tkaziladi. Ma’lumki, oliy kasbiy ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim dasturini o‘zlashtirish jarayonini tashkil etishning bunday tizimi blokli-modulli tuzulmaga asoslanadi. O‘quv jarayonini jadallashtirish, talabalar bilimini doimiy nazorat qilish va reyting baholash hisobiga ta’lim sifatini oshirish modulli-reytingli tizimni joriy qilishning maqsadi hisoblanadi.
Bunday tizimning asosiy tamoyillari:
o‘quv fani mazmunini mantiqan yakunlangan alohida qismlarga tarkiblashtirish – talaba tomonidan o‘tilgan materialni o‘zlashtirishini baholash imkonini beruvchi intizomiy modullar;
talabalarning mustaqil ishini o‘qitishni tobora oqilona tashkil qilish va uning natijalarini doimiy nazorat qilish hisobiga jadallashtirish;
talabalarning fanni o‘zlashtirishga doir motivatsiyalarini oshirish uchun o‘qitishning erishilgan natijalarini reytinglashtirish;
talabalar va mutaxassis ishlari natijalarini baholashning muntazamligi va xolisligi.
Buning uchun biz butun kursni to‘rtta blokga (modulga) ajratib oldik, ular uchta didaktik birlikni o‘z ichiga oladi :
a) iqtisodiy ta’limning muammolari;
b) iqtisodiy madaniyatni o‘quv jarayoniga tadbiq qilish;
v) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha biznes loyihalar tayyorlash.
Bayon etilganlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, maxsus kursni o‘qitishda taqdim etilayotgan modulli-reytingli tizimi talabalarning fikrlashga oid faoliyatini faollashtirishga yordam beradi, ularda iqtisodiy muammolarni Yechishga nisbatan nostandart yondashuvlarning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va talabalarning ijodiy tafakkurini rivojlantiradi. Bu esa aqliy qiyinchiliklar va ularni Yechishning keyingi urinishlariga oid maxsus va joriy voqealar bilan bog‘liq vaziyatlar yaratilishi bilan ta’minlanadi, bu o‘z navbatida, o‘quv amaliyotida muhim motivatsion vosita hisoblanadi. Bu keyingi paragrafda o‘z isbotini topadi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling