I bob. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari 8


-rasm. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyati va iqtisodiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur bo‘limlari


Download 0.84 Mb.
bet27/37
Sana23.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1651298
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37
3.1-rasm. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyati va iqtisodiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur bo‘limlari
Misol uchun bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini iqtisodiy madaniyatini oshirish maqsadida bahs – munozara uchun quyidagi savolni berdik. “Talabalar tadbirkor bo‘lishi mumkinmi?” Izohlab bering, ushbu savol qaysidir ma’noda iqtisodiy muammolarga borib taqaladi. Mazkur mavzuni ko‘rib chiqishda rolli o‘yindan foydalanish mumkin. Bu o‘yin talabalarning yashash joylari bilan bog‘liq qanday ustuvorliklar va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatadi:OTM da;
Oilada;
Qishloqda;
Shaharda;
Respublikada;
Chet elda;
Bu o‘yinda ikki va undan ortiq odam ishtirok etishi mumkin, ular suhbat (munozara, bahs) davomida suhbatdoshlariga u yoki bu erda yashashining barcha ustuvorliklarini, talabani tadbirkor bo‘lishi yo‘lidagi imkoniyat va to‘siqlar yuzasidan munozara o‘tkazishadi. Bahs-munozaralar va rolli o‘yinlar yaratish uchun bu kabi savollar to‘plamning barcha bo‘limlarida mavjud, bu esa, fikrimizcha, talabalarda iqtisodiy bilimlarining oshishida, shu bilan birga, muloqot madaniyatini o‘rganishda judayam zarur bo‘lgan kommunikativ malakalarini rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Tadqiqotimiz davomida o‘quv jarayonida talabalarning iqtisodiy –madaniyatini rivojlantirish maqsadida o‘quv loyihalarini taqdim etdik.

  1. O‘quv loyihasi tuzish

Kompleks yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirish usullari.
Loyiha (design-dizayn) - ba’zi murakkab ishlanmalarni yaratish bo‘yicha hujjatlar to‘plami.
Loyiha (projekt) mazmunan kengroq ifodalanib, ma’lum yo‘nalishdagi mavzu bo‘yicha maqsadli faoliyat tashkil etilib, oldindan natija prognozlanadi.
Loyihaviy ta’lim –ta’lim modeli bo‘lib, mustaqil o‘quv faoliyati hisoblanadi. Unda muammo aniqlanib, uni tadqiq etish, hal etish bosqichlari asoslanadi. Shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega natijaga ( yoki mahsulotga ham) erishiladi. Loyiha ommaviy taqdim etilgach, jamoatchilik tomonidan baholanadi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling