I-bob. Fizika va astranomiya o’qitishni loyihalashtirish


Download 79.98 Kb.
bet3/10
Sana17.06.2023
Hajmi79.98 Kb.
#1527626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu O’zgarmas to’k dvigatellari

Kurs ishining vazifasi: - O’zgarmas tok elektr dvigateli mavzusini to’rtinchi guruh ta’lim usullarini qo’llab oʻqitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash, dars o’tish jarayonida aynan dars mavzusiga mos interfaol metodlarni qo’llay olish va yangi interfaol metodlarni ta’lim tizimiga joriy etishdan iborat. Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar qo’yildi:

  1. Fizika ta’limida yaxshi samara beradigan pedagogik texnologiyalarni aniqlash.

  2. Tanlab olingan interfaol metodlarni mos mavzularga qo’llash texnologiyasini ishlab chiqish.

  3. Bu interfaol metodlarni dars jarayoniga qo’llab sinovdan o’tkazish, tahlil etish va yaxshi samara bergan usullarni tanlab olish



I-BOB. FIZIKA VA ASTRANOMIYA O’QITISHNI LOYIHALASHTIRISH
1.1. FIZIKANI OʻQITISH VA LOYIHALASHTIRISH
Fizika fanini o'qitish va loyihalashtirishning umumiy-nazariy masalalariga quyidagilar kiradi:

  • turli o'quv yurtlarida fizika fanini o'qitishning maqsadi va vazifalari;

  • o'quv yurtlarida o'qitiluvchi fizika kursining mazmuni, tuzilishi va hajmi;

  • fizika fanini o'qitishning metodologik va psixologik asoslari;

  • fizika fanini o'qitish jarayonida politexnik ta’lim berish va uni amaliyot bilan bog'lash;

  • fizika kursini fanlararo aloqasini o'matish va o'qitishning turli bosqichlari orasida izchillikni amalga oshirish;

  • fizika fanini o'qitish jarayonida o‘quvchilarda dialektik-materialistik dunyoqarashni shakllantirish va ularning fikr yuritishini o'stirish:

  • o'qitishning adekvat (o'xshash, mos) texnologiyasi, metodlari hamda vositalari, o‘qitishning tashkiliv shakllarini, talabalarning bilimini tekshirish va baholash mezonlarini aniqlash va boshqalar

Fizika fanini o'qitish va loyihalashtirishning ilmiylik prisipiga ko'ra, o'rganilayotgan o'quv materiali fizika fanining zamonaviy yutuqlari darajasida fikrlashga mos kelishini ko'rsatadi va ta’lim berish jihatining asosini tashkil qiladi. O'qitish va tarbiyalash, uzluksiz ta’lim tizimi o'quv jarayonining bir-biri bilan uzviy bog'langan ikki qismi bo'lib, ular shartli ravishda ajratilsa ham, aslida parallel tarzda amalga oshadiganyagona jarayonning turli jihatlaridir. Fizika fanini o'qitish jarayonida talabalar fizikaning asosinigina o'ziashtirib qolmasdan, ularda tabiat hodisalariga dialektik-materialistik nuqtayi-nazardan qarash ham shakllanadi. Eng muhimi, ushbu prtnsipni amalga oshirish, talabalarning o'quv faoliyatini to'g'ri tashkil qilishiga hamda bilim. malaka va ko'nikmalarni yetarli darajada egallashlarigaxizmat qiladi. Fizika kursining ayrim bo'limlari va mavzularining mantiqiy bog'liqligini, ular orasida uzviylik yoki izchillikning bo'lishini ko'rsatadi. Masalan, umumiy fizika va nazariy fizika, fizika va matematika, fizika va maxsus kurslar orasidagi bog'lanish va izchillik.

Download 79.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling