I bob iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish shakllari va uni ijtimoiy iqtisodiy oqibatlarining nazariy asoslari


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/24
Sana19.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1364996
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
Inflyasiyaga qarshi siyosat samaradorligini oshirishning jahon tajribasi

Inflyatsiya ko`rsatkichlari. Inflyatsiyada nafakat chakana baho, balki ulgurji 
baho ham oshib boradi. G`arb mamlakatlarida inflyatsiyaning asosiy kursatkichi 
kilib chakana baholarning uzgarishi (oshishi) kabul kilingan. Agar ma`lum davrda 
baholar ikki marta oshsa, pul ham ikki marta kadrsizlangan deb hisoblanadi.
Chakana baholar usishini h isoblash maxsus davlat organlari tomonidan 
aniklanadigan baxolar indeksiga asoslanadi. Baxolar indeksini hisoblashning 
boshlangich nuktasi kilib (yuz foiz deb) bazis yili olinadi va joriy yilda baholar 
uzgarishi, urtacha yillik usishi sur`ati hisoblanishi mumkin.
Baholar indeksi bu joriy yildagi tovarlar va xizmatlar bahosi yigindisi, ya`ni, 
tovarlar bozor savati baxosining shu tovar va xizmatlarning bazis yildagi umumiy 
bahosi, ya`ni bozor savati bahosiga nisbati sifatida aniklanishi mumkin.
Bahol ar indeksini hisoblashda iste`mol tovarlar bahosining indeksi katta 
axamiyatga ega. Baholar indeksi turli usullarda baholar darajasini solishtirishga 
imkon beradi. Joriy yildagi baholar indeksining bazis yildagi baholar indeksiga 
nisbatan oshish i - inflyatsiya - ―Baholar darajasining oshishi‖ dan, baholar 
indeksining kamayishi-deflyatsiya-―Baholar darajasining kamayishi dan dalolat 
beradi.
Aytalik , bazis davr 1990 yil bulsin (Baholar darajasi 100% deb olamiz) va 
1997 yilda baho darajasi 350. Demak 1990 - 1997 yillarda baholar 3,50 marta yoki 
250% ga oshgan, yoki 1990 yilda biror tovar 100 sum turgan bulsa, 1997 yilda shu 
toavar 350 sum turadi.


32 
Iste`mol tovarlar bahosi indeksidan tashkari ba`zi guruh tovarlar va xizmatlar 
masalan, kipim, oyok kiyimlar, transport, uy joy xizmatlari va bophalar buyicha
baholar indekslarini hisoblash mumkin.
Inflyatsiyaning usish sur`atlari tugrisida gapirganda, uning rivojlanishini 
son jihatdan aniklanishning boshka yuli ham mavjud. Buning usul ―70 lar koidasi‖ 
deb ataladi. Agar har yili inflyatsiya darajasi ma`lum bulsa, baholar ikki karra 
oshishi uchun necha yil kerak ekanligini aniklash mumkin. Buning uchun ―70‖ ni 
har yilgi inflyatsiya darajasiga bulish kerak. Masalan, inflyatsiyaning har yillik 
darajasi 5% bulsa, baholar darajasi 14 yildan keyin, ikki karra oshishi kerak. Agar 
har yillik inflyatsiyasi darajasi 20% bulsa, baholar darajasi 3 yildan keyin ikki 
karra oshishi kerak.Shuni ta`kidlash kerakki, bu usul hamma vakt ham, masalan, 
inflyatsiyaning usishi sur`atlari yukori, (har kuni, oyda uzgarib boradigan) bulsa, 
kulay hisoblanmaydi ―70 lar koidasi‖ aholi jamgarmalarining, real yoki milliy 
maxsulot hajmining ikki marta oshishi uchun necha yil kerak ekanligini tutri 
aniklab berishga imkon beradi.
«O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida» gi Qonunning 3-
moddasiga muvofiq Markaziy bankning bosh maqadi milliy valyutaning 
barqarorligini ta`minlashdan iborat. Bunda milliy valyutaning ichki va tashqi 
barqarorligini ta`minlash ko`zda tutiladi.
Milliy valyutaning ichki barqarorligi inflyatsiyaga qarshi siyosatni yuritish 
orqali so`mning to`lov qobiliyatini doimiy darajada ushlab turish, ichki to`lovlar va 
hisob-kitoblar tizimining talab darajada ishlashi hamda so`mning respublika 
xududida yagona qonuniy to`lov vositasi sifatida muomalada bo`lishini 
ta`minlashni ko`zda tutadi.
2018 yilda Markaziy bank monetar siyosatni inflyatsiya sur`atlari va aholining 
inflyatsion kutishlari darajasini keskin kamaytirish vazifalaridan kelib chiqqan 
holda amalga oshirdi.
Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar narx-navo 
o`sishini sezilarli darajada pasaytirish imkonini berdi.2018 yilda iste`mol tovarlari 


33 
narxlari asosida hisoblangan inflyatsiya darajasi 2017 yildagi 21,6 foizdan 3,8 
foizgacha pasaydi.
Shuningdek, inflyatsiyani pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar monetar 
agregatlar zaxira pullar va pul massasining maqsadli parametrlarini belgilash orqali 
ham amalga oshirilmoqda.
2018 yilda ham Markaziy bank monetar siyosatining asosiy yo`nalishi 
inflyatsiya darajasini yanada pasaytirish va uning past darajada ushlab turilishini 
ta`minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat bo`lib qoladi. 
Inflyatsiya darajasining bosqichma-bosqich pasayishi iqtsiodiyotning real sektoriga 
ajratiladigan kreditlar hajmining oshishiga va shu asosda barqaror iqtisodiy o`sish 
jarayonlarini qo`llab-quvvatlashga zamin yaratadi. Pul-kredit siyosatining 2019 
yilga mo`ljallangan asosiy yo`nalishlari inflyatsiya darajasini yaqin yillar ichida 
yiliga 5-6 foiz, shu jumladan 2019 yilda 6-8 foiz darajasidan oshirmaslikni ko`zda 
tutadi.
Pul agreatlari va bank tizimi likvidligini yanada samaraliroq boshqarish 
maqsadida, Markaziy bank zaxira pullar hajmini tartibga solish uchun 
iqtsiodiyotning pulga bo`lgan real talabidan kelib chiqqan holda pul-kredit 
siyosatining bozor mexanizmlarini keng qo`llashni davom ettiradi. Bu esa ortiqcha 
likvidlik va ehtimoliy inflyatsiyaning oldini olishga qaratilgan qator aniq 
choratadbirlar ko`rishni taqozo etadi.
Milliy valyutaning tashqi barqarorligini ta`minlashga doir chora-tadbirlar 
valyuta bozorining faoliyat ko`rsatishi, ijobiy to`lov balansini ta`minlash va etarli 
darajada oltin-valyuta zaxiralarini shakllantirish, barqaror va yagona almashuv 
kursini saqlab turish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni o`z ichiga oladi.
2018 yilda milliy valyutaning erkin ayirboshlanishini ta`minlashga qaratilgan 
chora-tadbirlarning amalga oshirilganligi barcha xo`jalik yurituvchi sub`ektlar 
uchun talab va taklifdan kelib chiqqan holda yagona almashuv kursi 
belgilanganidan ochiq valyuta bozorini shakllantirish imkonini berdi.
Valyuta bozorining erkinlashtirilganligi va eksportchilar uchun qulay 
ayirboshlash kursining saqlab turilganligi noxom ashyo tovarlar eksportini keskin 


34 
oshirish hamda mamlakatimizda import o`rnini bosuvchi ishlab chiqarishni 
kengeaytirish imkonini berdi. Bu esa xom ashyo turiga kiruvchi eksport 
mahsulotlari bilan savdo qilish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan bir 
qatorda to`lov balansi qoldig`ining ijobiy bo`lishini va oltin-valyuta zaxiralarining 
sezilarli darajada o`sishini ta`minladi.
Hozirgi paytdagi mavjud xalqaro zaxiralar darajasi va to`lov balansi holati 
almashuv kursini barqaror saqlab turish va valyutaga bo`lgan talabni to`liq 
qondirish imkonini beradi.
Markaziy bank 2020yilda ham so`mning talab va taklif asosida shakllanadigan 
o`zgaruvchan almashuv kursini qo`llab-quvvatlashni davom ettiradi. Ayni paytda 
Markaziy bank ichki va tashqi narxlar dinamikasi, to`lov balansi ko`rsatkichlarini 
hisobga olgan holda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarining jahon 
bozorlaridagi raqobatbardoshligini qo`llab-quvvatlashga doir tegishli chora-
tadbirlarni amalga oshiradi.
Qat`iy pul kredit siyosatini amalga oshirish va iqtisodiyotning real o`sishini 
qo`llab-quvvatlash vazifalaridan kelib chiqqan holda maqbul foiz stavkalari 
siyosatini yuritish moliya tizimini rivojlantirish yo`nalishlaridan biri bo`lib 
hisoblanadi.
2020yilda inflyatsiya sur`atining sezilarli darajada pasaygani Markaziy 
bankka qayta moliyalash stavkasini yiliga 30 foizdan 20 foizgacha 
bosqichmabosqich kamaytirish imkonini berdi. Qayta moliyalash stavkasining 
pasayishi moliya tizimidagi foiz stavkalarining ham mos ravishda o`zgarishiga olib 
keldi.
Markaziy bank tijorat banklari depozitlari va kreditlari foiz stavkalari, pulga 
(kredit resurslariga) bo`lgan talab va taklif ustidan doimiy monitoring o`rnatgan 
holda banklararo bozorda kredit mablag`larini jalb qilish va joylashtirish 
operatsiyalarini amalga oshirib bordi.
Shuningdek, bank tizimining samarali faoliyat yuritishi milliy valyuta 
barqarorligini ta`minlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Markaziy 
bankning ushbu yo`nalishdagi asosiy vazifasi iqtisodiyotda moliyaviy vositachilik 


35 
darajasini oshirish uchun zarur sharoitlarni, jamg`armalarni investitsiyalarga 
yo`naltirishning samarali tizimini yaratishdan iboratdir.
2020yilda bank tizimida iqtisodiyotnin real sektoridagi jarayonlarni aks 
ettiruvchi sifat o`zgarishlari ruy berdi. Iqtisodiyotning barqarorlashuvi banklarda 
omonatlarning keskin o`sishiga, tijorat banklari tomonidan aholiga kursatilayotgan 
xizmatlar ko`lamining, shu jumladan iste`mol kreditlari hajmining ortishiga olib 
keldi.
Xususiy sektorni rivojlantirish banklar tomonidan kredit liniyalari ajratish, 
boshlang`ich kapitalni moliyalashtirish, tadbirkorlarga konsalting va boshqa 
xizmatlarni ko`rsatish orqali qo`llab-quvvatlanmoqda. Bank ishida yangi 
texnologiyalarni qo`llash tijorat banklarida hisob kitoblarni jadallashtirish, aktiv va 
passivlani yanada samarali boshqarishga o`tish, naqd pulsiz to`lovlarning yangi 
turlarini joriy etish imkonini berdi.
Ma`lumki, milliy valyutaga bo`lgan ishonchni yanada oshirish, bank tizimi 
uchun mablag`larning barqaror manbaini shakllantirish maqsadida 2017 yilda 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Fuqoralarning banklardagi 
omonatlarini himoyalash kafolatlari to`g`risida» gi Qonun qabul qilingan va ushbu 
qonunga muvofiq fuqoralarning banklardagi omonatlarini kafolatlash tizimi 
yaratilgan.2018 yilda esa bank sirining saqlanishini ta`minlash hamda bank 
mijozlari 
haqidagi 
ma`lumotlarni 
oshkor 
qilishga 
yo`l 
qo`yiladigan 
shartsharoitlarni belgilab beruvchi «Bank siri to`grisida» gi Qonun qabul qilindi.
Shuningdek, bozor tamoyillariga asoslangan sog`lom va barqaror bank 
tizimini shakllantirish maqsadida2018 yilning aprelida Respublika Bank Kengashi 
tomonidan xususiylashtirishni kengaytirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi, shu 
jumladan, plastik kartochkalar tizimini yanada rivojlantirish, bank nazorati tizimini 
yanada takomillashtirish, banklarning chakana xizmatlari ko`lamini kengaytirish, 
ularning moliyaviy barqarorligi va kapitallashtirilishini oshirishga doir keng 
qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi «2018-2019 yillarda 
Bank tizimini isloh qilishning navbatdagi bosqichi Dasturi» tasdiqlandi.


36 
2020 yilda ham Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda iqtisodiyotdagi 
moliyaviy xizmat turlari va ularning sifatini oshirishga qaratilgan ishlarni davom 
ettiradi. Xususan, real vaqt rejimidagi naqd pulsiz to`lovlar tizimiga o`tish, tashqi 
savdo operatsiyalarini hisobga olishning yagona elektron tizimini yaratish ishlari 
nihoyasiga etkaziladi, banklarni nazorat qilish va ularni soliqqa tortish tizimini 
takomillashtirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko`riladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling