I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy tarbiya berishning pedagogik asoslari
– shakl. MTM dagi ta’lim – tarbiya jarayonini olib borishning
Download 0.68 Mb.
|
2 5220116763525519013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vazifalar
- Pedagogik mahorat
- Umumlashtirish
1 – shakl. MTM dagi ta’lim – tarbiya jarayonini olib borishning
tamoyilli tizimi. Shakldagi maqsad – bu pedagogik maqsad bo’lib, unda bu mashg’ulot nima uchun tashkil qilinayotganligi va nima uchun o’tkazilayotganligi belgilanadi hamda bu orqali tarbiyachi yoki murabbiy va bola nimaga erishmoqchiligi aniqlanadi. Vazifalar maqsadni amalga oshirishning algoritmik ketma – ketligidir. Loyihalashtirish – tarbiyachi yoki murabbiylarning bolalar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotni o’tkazish va bunda qo’llaniladigan shakl, usul va uslublardan foydalanish amalga oshirish ketma – ketligining amaliy jihatini ta’minlaydi. Pedagogik mahorat – bu tarbiyachi yoki murabbiyning pedagogik kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarining uyg’un holatdagi faoliyatidan iborat bo’lib, u maqsadni aniq qo’yish, vazifalarni puxta belgilab olish, ta’lim – tarbiyaviy jarayonni mukammal tashkil etish, bolalarni qiziqtirish va ulardagi mashg’ulotga mustaqil qatnashish hamda ijodiy ishlashga xohish uyg’otish, bolalarning imkoniyatlarini to’g’ri belgilay olish va ularning mashg’ulotga ehtiyojlarini to’g’ri belgilay bilish uchun har qanday tarbiya shakl, usul va uslublardan samarali foydalanishlari orqali baholanadi. Ular asosida mashg’ulot jarayonini nazorat qilish boshlanadi va joriy hamda oraliq natijalari monitoringi olib boriladi. Umumlashtirish qismida natijalar tahlili asosida xulosaviy fikr shakllantiriladi. Unda quyidagi savollarga javob izlanadi: nima yaxshi-yu, nima yomon? nima yoqdi-yu, nima yoqmadi? kim yoqdi-yu, kim yoqmadi (ertak yoki videofilm qahramonlari bo’yicha ham bo’lishi mumkin)? nimani olib qolish kerak-u, nimadan voz kechish kerak? kim faol-u, kim ajralib qoldi? bolalar nimani o’rgandi-yu, nimalarga befarq bo’lib qoldi? kimlar faol bo’ldi-yu, kimlar ahamiyatsiz bo’lib qoldi va h.k. Demak, bola tarbiyasida MTM ning ahamiyati katta. Hattoki, onalari uy bekasi bo’lgan xonadon bolalari uchun ham ahamiyatlidir. Bu haqda quyidagi fikr ahamiyatlidir. Taniqli pedagog Xoji Muin (1883 - 1942) bolalar bog’chasining bola tarbiyasidagi nechog’lik zarurligini uqtirib, bolalarning ko’pchilik ota – onalar kabi to’rt – besh yoshdanoq maktabga berish o’rniga bolalar bog’chasiga berish lozimligi haqida ko’plab qimmatli fikrlarni bildirgan. Jumladan, “.... Bolani yosh chog’ida ko’ngli xohlamaydirg’on biron ishga majbur qilishsa, badani oriq bo’ladi. Dimog’ va miyasiga halal keladir, qoni buziladir, a’zosi o’sishdan qoladir va boshqa kasalliklarga uchraydir... . Bolalar bog’chasining birinchi foydasi bolalarni mazkur hollardan, ya’ni 4 – 5 yoshdanoq maktabxonalarga qatnash, yoshiga nomunosib o’quv – yozuv ishlari bilan mashg’ul bo’lishdan – ona – onani behuda tashvishlardan qutqarmoqdir, ikkinchi foydasi bolalarni yaxshi tarbiya qilib, lozim ishlarga o’yin yo’li bilan o’rgatib, maktabdan burun maktabga hozir qilmoqdir”, deb yozgan edi Xoji Muin [28. 302 – b.]. Demak, MTM dagi bolalar faoliyatini chinakam bolalik davri, deb atash mumkin. Shuning uchun ham bolalik buyuklik va ezgulikka yo’g’rilgan bo’ladi. Bunga sabab bu davr bolalarning beg’am, betashvish, o’yin – to’polonlari g’uborsiz, yuragi toza, fikri – xayoli musaffo, muomala – munosabatlari samimiy bo’lgan davridir. Ularning shaxs yuksalishiga va taraqqiyotiga, uning kelgusida jamiyatni harakatlantiruvchi kuch bo’lib yetishishiga qo’yilayotgan tamal toshi bo’lishi mumkin. Tadqiqotimizning ushbu qismida xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, bolalar ta’lim – tarbiyasiga oilada ham, MTM da e’tiborni kuchli qaratish lozim bo’ladi. Bunga yetarlicha asos bor. Bu borada birgina dastlabki asoslarni e’tiborga oladigan bo’lsak, ular tinimsiz kattalarga taqlid qiladi, ular hattoki o’yinchoqlar tanlash va o’ynashda ham faqat ulg’ayish ehtiyojlarini qondiradigan jarayonlar to’g’risida bosh qotiradi. Demak, ota – onalar va MTM dagi tarbiyachi va murabbiylar farzandlarning qanday muhitda shakllanishiga va bunday jarayonlardagi bolaning istiqbolli ehtiyojlarini qondirishga burchlidurlar va bu sohada ularga ko’maklashishga insoniylik jihatdan mas’uldirlar. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling