I. Bob. Maqol xalq poetik ijodining kichik janri


Download 278.5 Kb.
bet8/9
Sana19.04.2023
Hajmi278.5 Kb.
#1365680
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kichik janrlarda qoa)

Beshinchidan topishmoqlar poetikasi topishmoqlar misolida tahlil qilindi
Oltinchidan topishmoq janrida qofiya masalasi topishmoq haqidagi ilmiy qarashlar bilan uzviy holda o‘rganildi.
Xullas, maqollarda go‘zal o‘xshatishlar, tovushdoshlik, mubolag‘alar, majoziy obrazlar yetakchi o‘rinni egallaydi. Ayniqsa, xalq maqollarining qofiyalanishi xarakterlidir. Masalan, “Boy boyga boqar, suv soyga oqar” maqolini olib ko‘raylik. Bu maqolda “boyga” va “soyga” so‘zlari ichki qofiyani, “boqar” va “oqar” so‘zlari tashqi qofiyani tashkil etadi. Qizig‘i shundaki, har ikkala qofiyadosh so‘zlarda ham faqat bitta tovushda farq seziladi. Bu esa maqolning badiiy jihatdan mukammalligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Topishmoq xalq ijodining boshqa janrlari: doston, ertak, qo‘shiq, maqol kabi xalqning ma’naviy boyligini jamoa ijod mahsulidir. U inson, ijtimoiy hayot, tabiat hodisalarining mavjud barcha tomonlari bilan keng bog‘langan bo‘lib, hamma vaqt real zaminga asoslanadi. Unda atrofimizni qurshab turgan real, moddiy dunyodagi turli obyektlar aks etadi. Har bir topishmoq o‘ziga xos shakl va mazmunga ega bo‘lgan mustaqil bir butun badiiy asardir. Unda falsafiy, tarixiy etnografik belgilar, tushunchalar, hodisalarning mohiyati go‘zal obrazli ifodalarda aks etadi.
Xalq topishmoqlarida tazod /qarshilantirish / san’ati namunalari ham uchraydi: Osh ichida tosh, Tosh ichida osh. /sumalak, toshbaqa/
Bu matnda qofiya san’atining murakkab ko‘rinishi tarse’ /misralardagi hamma so‘zlarning qofiyalanishi/ ham o‘rin olgan.
Topishmoqlarning matnida asosiy e’tibor, maqsad mazmunga qaratiladi. Ammo she’riy topishmoqlarda so‘zlarning tanlashiga alohida e’tibor berilgan.
Olti tegirmon toshi,
Oltin egarning qoshi.
Uni topgan kishining
Yuz yigirmada yoshi. /tish /
E’tibor bersak, “tosh”, “qosh”, “yosh” faqat bir tovush bilangina farqlanuvchi shakldosh so‘zlardan iboratdir. Topishmoqlardagi bunday fazilat ularning so‘z san’atida tal;ablariga to‘liq javob bera olishini ta’minlaydi.
Xalq og‘zaki ijodi namunalari bo‘lgan maqol va topishmoqlardan bunday go‘zal misollarni ko‘plab keltirishimiz mumkin.
Bir so‘z bilan aytganda, xalq og‘zaki ijodi namunalari milliy qadriyatlarimizning tarkibiy qismi sifatida yosh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasining asosini tshkil etadi. Davlatimiz tomonidan milliy mafkuraga bo‘lgan e’tiborning salmoqli qismi og‘zaki ijodimizdagi san’at namunalari bilan bevosita aloqadordir. Chunki xalq og‘zaki ijodi durdonalari farzandlar qalbida vatanparvarlik, xalqparvarlik, mehnatsevarlik, ezgulik, sahiylik, ilm-hunarga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish bilan birga ahloqiy jihatdan ham go‘zal inson bo‘lib yetishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 278.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling