I. Bob. Maqol xalq poetik ijodining kichik janri


Download 278.5 Kb.
bet1/9
Sana19.04.2023
Hajmi278.5 Kb.
#1365680
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kichik janrlarda qoa)


R EJ A


K I R I Sh.....................................................................................................
I.BOB. Maqol xalq poetik ijodining kichik janri......................................
I.1. Maqol janriga xos xususiyatlar...............................................................-17
I.2 Maqol janrida qofiyaning vazifasi.........................................................-28
I.3.Maqol janrini o'qitish va o'rgatish metodikasi.............................
II.BOB. Topishmoqlarning genizisi
II.1. Topishmoqlar poetikasi........................................................................
II.2 Topishmoq janrida qofiya.......................................................................
Il.3.Topishmoqlarni o'qitish va orgatish metodikasi..................................
X U L O S A..................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar..........................................................................57-58


K I R I SH
Mavzuning dolzarbligi. Folklor asarlari hozirgi yosh avlodga ildizi uzoq zamonlarga borib taqaladigan madaniyatimizni, badiiy ijod an’analarimizni, elu yurtimiz ozodligi va erki yo‘lida olib borgan kurashlarimizni bilib olish barobarida vatanparvarlik va bunyodkorlik tuyg‘usi ajdodlarimizga meros ekanini to‘la his qilishlariga yordam beradi. Shu orqali yoshlar o‘z yurtida abadiy ekanini, o‘ziga xos muqaddas tarixi va betakror an’analari, milliy qadriyatlari borligini anglaydi.
Shuni inobatga olib, juda qadimdan olimu shoirlar el adabiyoti namunalarini alohida to‘plab o‘rganishga ahamiyat qaratib kelishgan. Hatto ko‘pgina ijodkorlar yaratayotgan asarlarining xalq ko‘ngliga tez yetib borishini ko‘zlab, folklor asarlariga xos sodda ifoda shakli va uslubdan, an’anaviy epik obraz va motivlardan, o‘ynoqi va serjilo ohangdan foydalanib, betakror folklorizmlarni yaratishgan.
Biz xalq og‘zaki ijodidan tug‘ilganimizdanoq bahramand bo‘lamiz: ya’ni onalarimizning allalarini tinglab ulg‘ayamiz. Keyinchalik ota-onalarimiz, bobo-buvilarmiz bizlarni sevimli ertaklar olamiga olib kiradi. Bizga topishmoq, tez aytishlar, maqol va matallarni o‘rgatishadi. Xalq qo‘shiqlari, dostonlar bilan tanishamiz. Xullas, hayotimizni xalq og‘zaki ijodi namunalarisiz tasavvur etish qiyin. Shuning uchun ham istiqlol yillarida xalq og‘zaki ijodiga va uni o‘rganishga bo‘lgan e’tibor kuchaytirildi.
Shu jihatdan olganda xalq og‘zaki ijodi kichik janrlarida qofiya masalasini o‘rganish ishimizning dolzarbligini belgilovchi omillardan biridir. Chunki biz kundalik turmushimizda ishlatib kelayotgan maqol, va topishmoqlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ulardagi qofiya qo‘llanilishini o‘rganish folklorshunosligimiz oldida turgan muhim vazifalardan biridir.

Download 278.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling