I. Bob. Maqol xalq poetik ijodining kichik janri
II.2 TOPISHMOQ JANRIDA QOFIYA
Download 278.5 Kb.
|
Kichik janrlarda qoa)
II.2 TOPISHMOQ JANRIDA QOFIYA
Kichik janrlar badiiyati, ularda qofiya qollanilishining oziga xos tomonlari haqida fikr yuritishdan oldin qofiya haqida toxtalib otishni lozim topdik. Qofiya turli xalqlar poeziyasida turlicha mavqega egadir. Masalan, fransuzlarda sher qofiyasiz bolishi mumkin emas. Inglizlarda esa sher qofiyasiz ham, qofiyali ham bolishi mumkin. Italyanlarda ham, nemislarda ham shunday. Rus poeziyasida esa qofiyaga alohida etibor beriladi. Sharq xalqlari poeziyasiga kelsak, jumladan, arab tilida sher qofiyasiz bolmagan. Chunki arablar sher deb faqat qofiyali sozlarni aytganlar. Arablar yolidan borgan forslar va suriyaliklarda ham qofiya yaxshi taraqqiy etgan. Ozbeklarning eng qadimgi zamonda yozilgan sherlarida ham qofiya borligini koramiz.Ozbek tili va umuman turk tillari lugatga boyligi, grammatik shakllarning kopligi jihatidan hech bir tildan qolishmaydi. XI asrda yashagan mashhur olim Mahmud Qoshgariy ozining Devonu lugati-t turk asarida turk tili bilan arab tilini malum marragacha barobar chopishib, barobar yetadigan ikki otga oxshatadi, yani u turkiy tillar arab tilidan hech bir qolishmasligini korsatadi. Alisher Navoiy Muhokamatu-l lugatayn asarida lugat boyligi jihatidan ozbek tilining fors tilidan ustunligini isbotlashga kirishganda, lafzlar kopligi, iboratlar kengligi va adolari silliqligini korsatib, fors tilidagi sher sanatlarning hammasini va badiiya ifodalarning turlisini qollashda bu tilning (ozbek tilining) hech bir kamchiligi yoqligini aytadi hamda ozbek poeziyasida qofiya xususida bir qancha imkoniyatlar borligini korsatadi. Mana shunday xususiyatlarga va har taraflama imkoniyatlarga ega bolgan bu tilning poeziyasida qofiyaning keng orin olishi tabiiydir va qofiya ozbek poeziyasining doimiy bezagidir. Qofiya arabcha soz bolib, ketidan boruvchi, ergashtiruvchi manosini anglatadi. U adabiyot ilmida misralar yoki baytlarning oxirlarida aytilishlari oxshash, manolari turlicha bolib takrorlanadigan bolaklarga aytiladi. Qofiya aslida raviy degan bir harfdan iborat bolib, avvalida tasis, dahil, ridf va qayd ismlari bilan va raviydan keyin vasl, xuruj hamda mazid, noira ismlari bilan kiritiladigan harflar keladi. Bu harflardan eng zaruriysi raviy bolib, usiz qofiya bolmaydi, qolgan harflarning bolishi esa zaruriy emas. Raviy arabcha rivo sozidan olingan bolib, tuyaga yuk boglaydigan arqonga aytiladi. Goyo baytga qofiyani shu harf bilan boglaydilar. Raviy harakatsiz undosh yoki uzun unli xarflardan va bazan qisqa unlilardan ham hosil boladi. Qofiya raviydan boshqa harf bolmasa qofiyai mujarrada deyiladi. Bu xil qofiyada raviy kopincha undoshdan iborat boladi. Oz navbatida qofiya xalq ogzaki kichik janrlarning tasirchanligini oshirish va ohangdorligini taminlashda va uning badiiyatini oshirishga hizmat qilib keladi. Qofiya ( arabcha sozdan olingan - qofiya, ergashmoq, izidan bormoq ) ohangdosh sozlarning sher misra ( bayt, band ) larida tizimli bolib kelishi. Topishmoq janrida qofiyadosh sozlar hosil boladi.Qofiyalanuvchi sozlar ham ohangdoshlikda , ham mano jihatidan teng bolavermaydi; ohangdoshlikdan jihatidan teng bolsa , mano jihatidan teng bolmaydi va, aksincha, mano jihatidan teng bolsa, ohangdoshlikda farq qiladi. Qofiya hosil qiluvchi sozlarning ohangdoshligi ozak bilan ozak orasida , ozak bilan qoshimcha ortasida va qoshimcha bilan qoshimcha roasida vujudga keladi. Topishmoq janrida qofiya topishmoqning musiqiyligi va ritmini taminlovchi muhim vositalardan biridir. U topishmoqning goyaviy mazmuni, shakli va mavzui bilan bogliq boladi. Qofiyaning muhim vazifasi topishmoqning goyaviy mazmuni bilan bogliqligi. U topishmoqda mazmunni gozal va tasirchan ifodalashga xizmat qiladi. Qofiya topishmoq goyasini tashuvchi asosiy sozlarni misraning oquvchi diqqatini oziga tortadigan orniga joylashtirishni taqoza qiladi.Shu tarzda birinchi misrada boshlangan fikr keyingi misrada izchil davom etadi va oquvchini mushohada qilishga undaydi. Ayni choqda, qofiya badiiy takt vazifasini ham otaydi. Badiiy takt oz navbatida topishmoq goyasini tasirchan va jozibali qiladi. Takidlash lozimki, qofiyalanuvchi sozlar , odatda, topishmoq goyasini oqimidan kelib chiqadi. Qofiya topishmoq mavzuiga bogliq holda yangi soz va atamalar hisobiga leksik jihatdan boyib boraveradi. Qofiyaning yana bir vazifasi shundan iboratki, u topishmoq qorilishida kompozitsion uyushtiruvchilik vazifasini otaydi: misralarni biri- biriga qovushtirib, topishmoqning yaxlit organizmini vujudga keltiradi. Qofiya kishini oldingi misraga qaytaradi, uni eslashga majbur qiladi Topishmoq janridagi qofiyani tahlil qilishdan avval qofiya haqida olim Fitratntng qarashlariga etiborimizni qarataylik; Abdurauf Fitrat ozbek xalq ogzaki ijodining yirik hajmli janrlari bilan bir qatorda kichik hajmli janrlariga ham alohida etibor qaratgan. Jumladan, u topishmoq, maqol singari paremik janrlar xususida ham oz qarashlarini bayon etib otgan. Abdurauf Fitrat topishmoq janrini shunday tavsiflar ekan, uni topishmoq deb emas, topishma deb ataydi va u haqda shunday yozadi: Bazi narsalarning otini aytmasdan sifatlarini, belgilarini aytib, boshqalarga toptirishga topishma deyiladi. El orasida adabiy oyinlardan sanaladir. Shu mulohazalardan song Fitrat janr namunasi sifatida quyidagi topishmoqlarni misol keltirib otadi: Qishda kelar, Yozda ketadir. (Bug) Eshik orqasida beli bogliq gul yotadur. (Supurgi) Pak-pakana boyi bor, Yetti qavat toni bor. (Sugon) Oltita oyogi bor, Ikkita tuyogi bor. (Tarozi) Hozirgi folklorshunoslikda topishmoqqa quyidagicha nazariy tarif beriladi: Topishmoq manaviy oyin namunalari doirasiga kirsa-da, biroq ogzaki badiiy ijodning alohida va mustaqil janri sifatida etirof etilib organilmoqda. Ozbekistonning turli joylarida uni turli atamalar bilan atash rasmga aylangan. Chunonchi, Toshkentda jumboq, uning atroflarida chopchak yoki top-top, chorchak, Buxoroda shuk yoki chiston, Fargona vodiysida topmacha yoki masala, boshqa joylarda esa top-top matal, jumboq yoki jummoq tarzida nomlangan holda yuritiladi: topmacha va topishmoq istilohlari shu janrga mansub ayrim namunalarda uchraydi: Topmachaning ozi qora, Topmaganning yuzi qora. Topishmoq sozi top buyruq feliga ish-moq yasovchilari qoshilishi bilan chigal, murakkab, belgi xususiyati yashirin berilgan biror nomalum narsani topish mazmunini ifodalaydigan yasama otga aylangan. Tabiat va jamiyat hodisalari kishilar oldiga kop murakkab jumboqlar, muammolar qoygan. Insonning osha masalalarni topishi, sirli bolib koringan narsalarning tub, haqiqiy mohiyatini ochishi uchun aql-idrok va otkir did talab qilingan. Topishmoqlar ogzaki ijodning ommaviy va maxsus janrlaridan biri. Ularing uslubi metafora, kochim, kinoya, qochiriq yoli bilan sozlarni kochma manoda ishlatib, yashirilgan narsa, hodisalarning belgilarini qiyoslash, imo-ishora qilishdan iboratdir. Topishmoqlarning shu xususiyati haqida qadimgi yunon faylasufi Aristotelning Juda yaxshi metafora tuzish yoli, deyishi bejiz emas. Topishmoq aytish qadimgi zamonlardan boshlab turli xalqlarning hayoti, ijtimoiy shart-sharoitlari, dunyoqarashi, urf-odatlari, mifologik tasavvurlari bilan bogliq bolgan. Ozbek xalqi ham boshqa qardosh xalqlar kabi kuz va qish kechalari goza chuvish, charx yigirish, olacha toqish kabi qol mehnati bilan bajariladigan turli-tuman ishlar davomida topishmoq aytishgan. Topishmoq aytish qaysi bir xalqda bolmasin, u aql-ziyraklik musobaqasi, kongil ochish, oyin-kulgu vositasi hisoblangan. Topishmoq aytish, asosan, yoshlarning soz boyliigni oshirish, hayot va uning hodisalari haqidagi bilim tushunchasi, idrok va mulohazalarini kengaytirish uchun zarur tarbiya vositalaridan biri bolgan. Topishmoqlarning mohiyati, marifiy-tarbiyaviy ahamiyati olam sirlaridan kishilarni voqif qilish, bilishga, shu bilan birga, insoniyatning tabiat va hayvonot dunyosi bilan qadimdan uzviy bogliqligini takidlash, ularni sevish, ardoqlash tuygusi ham yashiringanidadir. Topishmoqlar xalq ogzaki badiiy ijodining qadimgi turi sifatida yozma adbiyotga barakali tasir korsatdi. Sharq adabiyoti, jumladan, ozbek adabiyotida chiston, tarix, muammo, muvashshax kabi lirik janrlarning paydo bolishida lirik topishmoqlar muhim rol oynaydi. Oz navbatida yozma adbiyot ham juda kop topishmoqlarning paydo bolishi va el orasida keng tarqalishiga sabab boldi. Topishmoqlar bugungi kunda ham yoshlar zehnini otkirlashtirishda, muhokama doirasini oshirishda muhim marifiy-talimiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega. Topishmoqlar hajmi va shakliga kora maqollarga oxshaydi. Bazan mazmuniga kora ham yaqinlik seziladi. Ammo yaratilish maqsadi boshqa hisoblanadi. Janrning nomlanishiga etibor bering. Top sozining talaffuz etilishidanoq oyla, axtar, solishtir, izla manolari yetakchilik qiladi. Unga ish qoshimchasi qoshilganda, vazifa aniqlashadi: -moq harakat nomi qoshimchasidan keyin qolingdan kelsa, eplasang, uddalay olsang tushunchalari ifodalanadi. Topishmoqlarning quyidagi janr xususiyatlari bor: 1. Hajm jihatdan qisqa va ixcham. 2. Shaklan sheriy, nasriy korinishga ega. 3. Yaratilish maqsadida matnda yashiringan narsani topish vazifasi qoyiladi. 4. Mazmunida hayvonot, osimlik, koinot, maishiy hayotdagi narsalarning xususiyatlari yashirin tarzda ifodalanadi, uni topishga davat etiladi. 5. Topilishi lozim bolgan narsa, kopincha, bitta, bazan ikki va undan ortiq miqdorga ega boladi. 6. Topishmoqlarda qollangan asosiy badiiy sanat istiora (metafora) hisoblanadi Topishmoqlarda topilishi lozim bolgan narsaning shakli, hajmi, rangi, vazifasi va shu kabi xususiyatlari haqida malumot beriladi, ammo bu belgilar istiora sanatidan foydalanilgan holda boshqa narsa bilan boglanadi. Masalan: Qopcha, Qopcha ichida uncha, Uncha ichida ustuncha. Bu mantda yashiringan narsaning uchta belgisi uchta istiora vositasida berilgan. Demak, uning shakli qopga, ichidagi qismi unga oxshatilmoqda. Faqat un ortasida ustuni ham bor ekan. Topishmoqni topayotgan odam matnda jiyda haqida gap ketayotganini topsa, fikriy musobaqada yenggan boladi. Kopincha, yashiringan narsaning faqat korinishi, xususiyatlari haqida malumot beriladi, lekin hech narsaning nomi qayd etilmaydi. Bunday vaziyatlarda izlovchi shaxs faqat ozi bilgan narsalarga xos belgilarni eslab yechimni topishi mumkin. Ogzi ola alomat, Ichi qizil qiyomat, Suv sepsam, quruq chiqar, YO alhazar, salomat. Bu topishmoqda alomat, qiyomat, salomat sozlari asosan qofiya hosil qilish uchun keltirilganini bilishimiz kerak. Endi yashiringan narsaning ogzi borligiga, bu ogizning korinishi ola ekaniga, ichi qizilligiga, uning ichida suv sepiladigan narsa bolishiga diqqat qilamiz. Suv sepsagu u narsa quruq chiqsa, demak qizil qiyomat olov bolishi mumkin. Shundan song nimaning ichida olov bolishini esga olamiz. Va yashiringan narsa tandir ekanini topamiz. Ammo baribir topishmoqning javobini topish oson emas. Topishmoqni topish uchun uning yaratilishida muallif bolgan nomalum shaxsdek fikr yuritish usulini izlash kerak. Agar har bir topishmoqning zaminida muayyan fikriy kashfiyot yotishini nazarda tutsak, uni topadigan shaxs ham aynan shu yangilikni boshqa yol bilan kashf qilishi kerak boladi. Binobarin, u ham muallif hayot tajribasiga, kuzatish nuqtai nazariga, fikr yuritish yonalishiga ega bolishi lozimligi sabab juda murakkab tarzda mulohaza yuritish jarayonini boshidan kechiradi. Topishmoqlardagi savollar tizimi xususiyatlarni sanash tarzda amalga oshirilar ekan, hayratomuz qarama-qarshi mulohazalarga duch kelamiz. Masalan: Qolsiz, oyoqsiz eshik ochar, U yoqqa otdim bildingmi, Bu yoqqa otdim bildingmi, Oq quvrayning boshini, chertib otdim bildingmi? topishmoqlarida hayron qolishga majbur qiladigan muammolar juda kopga oxshaydi. Xususan, bizni qanday qilib qol bolmasa, oyoq bolmasa eshik ochish mumkin, axir eshik ozi nima bilan ochiladi? degan savol oylantiradi. Ikkinchi namunada esa nahotki u yoqdan bu yoqqa otgan narsani men sezmasligim mumkin? U narsaga oq quvray chol-dashtda osadigan yovvoyi otning nima aloqasi bor? Yoki nega chertadi, uzmaydi yoki boshqa narsa qilmaydi, - degan savollar qiynaydi. Bu savollarga javob topish uchun biz savol bergan odamning fikr yuritish usulidan foydalanishimiz lozim boladi. Shundagina har ikki savolning javobi shamol ekanini topamiz. Ammo masalaning ogirligi shundaki, bazi topishmoqlarda bayon qilingan tarifdan foydalanib qanday yonalishda mulohaza yuritish lozimligini aniqlay olmaymiz. Quyidagi matnga diqqat qiling: Bir yarim quyon, Uch tulki, Toqqiz sigir, Besh echki, On ikki tuya, On yilqi. Bu topishmoqda odamning xayolini raqamlar egallaydi. Nega quyon bir yarim yoki tuya on ikki bolishi kerak, deb oylaymiz. Keyin raqamlarni qoshib biror natijaga erishmoqchi bolamiz. Aslini olganda esa, muammo oyni aniqlash bilan yechiladi. YAni quyon bir yarim, tulki uch, sigir toqqiz, echki besh, tuya on ikki, yilqi on oyda tugadi. Biz chorva, mol boqish bilan shugullangan bolsak, topishmoqni topish osonroq kechadi. Juda bolmaganda qayd qilingan hayvonlarning necha oyda tugishini bilib olamiz. Topishmoqning paydo bolishi haqida folklorshunoslikda aniq daliliy malumotlar yoq. Ayrim olimlar uning qadimiy ekanini qayd qiladilar. Ammo maqollar namunalari koplab keltirilgan Devonu lugoti-t turk asarida topishmoq matni uchramaydi. Tabzug sozi topishmoq manosini ifodalashi aytiladi xolos. Topishmoq hajman, shaklan maqolga oxshaganligi uchun bu ikki janrning vujudga kelish vaqti ham bir xil bolishi kerak, degan taxmin bildirilgan. Biz ham shu fikrga qoshilamiz. Ayni choqda quyidagi ikki holatga diqqatingizni qaratmoqchimiz. 1. Ayoz ertagida Ayoz bir cholni yolda uchratib: - Ota, uzoq yolni yaqin qilib ketaylik, - deydi. Bir ozdan keyin: - Ota, ot bolmasa ham toy minib ketaylik, - deydi. Ammo bu safar ham chol indamaydi. Cholning qizi keyinroq otasiga Ayozning avval gaplashib ketaylik deganini, keyingi murojaatida cholga hassa yasab bermoqchi bolganini tushuntiradi. Qiz otasiga ikki pul berib uch xil yeydigan narsa olib kelishini iltimos qiladi. Arzimagan pulga uch xil yeydigan ovqatni yana Ayoz topib beradi. Bu narsa handalak bolib chiqadi. Handalakning etini qiz bilan chol, pochogini echki, urugini tovuq yeydi. Qiz qoshni kampirdan chuchvarani zich joylab, ustiga yog quyib, patir bilan yopib Ayozga olib borib berishni iltimos qiladi. Shunda kampir Ayozga: Havo qorongi, yulduz zich, oy butun, - deyishi kerak edi. Ammo kampir yolda chuchvara va patirdan yeydi, yogdan ichadi, ammo qiz buyurgan gapni aniq aytadi. Yuborilgan narsalarni yegan Ayoz kampirga: Havo yorug, yulduzlar siyrak, oy yarimta, - ekan deng, - deydi. Ayozning javobidan qiz yolda kampirning dasturxondagi narsalardan yeganini anglaydi . 2. Oychinor dostonida yosh Oychinorga uylanmoqchi bolgan Nazarboydan qiz qalin evaziga Onta qozi, yigirmata bori, ottizta arslon, qirqta qoplon, ellikta aygir, oltmish beshta axta, saksonta sarka, toqsonta taxta... talab qiladi. Bori, arslon, qoplonni topishga qurbi yetmagan boy doston qahramonlaridan biri Boburdan yordam soraydi. Nazarboy Boburga bir beva xotinga uylanmoqchi ekanini aytadi. Shunda Bobur boyning gaplarini mulohaza qilib, unga yolgon gapirganini, uylanmoqchi bolgan ayoli beva emas, qiz ekanini aytadi. Oz fikrini isbotlash uchun yigit on yoshida qoziday, yigirmada boriday, ottizida arslonday, qirqda qoplonday, elligida aygirday, oltmish beshda axtaday, saksonida sarkaday, toqsonida taxtaday bolishini misollar bilan isbotlaydi. Shundan keyin Nazarboy cholligini ham, qiz bola Oychinorga uylanmoqchi bolganini ham tan oladi. Yuqoridagi ikki misol topishmoqlarning paydo bolishi haqidagi taxminlarga malum darajada aniqlik kiritadi. Aytmoqchimizki, topishmoqlar dastlab ertak, doston yoki yana qaysidir janrlar tarkibida vujudga kelgan. Keyinroq ana shu janr tarkibidan ajralib chiqib, alohida mustaqil asarlar sifatida xalq ogzaki ijodidan orin olgan. Matnlardagi istiora sanati qollangan toy, oy, yulduz, qozi, bori, qoplon kabilar jumboqli muammoni yechuvchi vosita sifatida foydalanilgan. Muhimi shundaki, ertak va dostondagi topishmoqnamo fikrlar keyinchalik topishmoqlar alohida janr bolib yashay boshlaganda ham ularning yaratilishida asos vazifasini bajargan. Xususan, biron topishmoqning yaratilishi uchun topilishi lozim bolgan narsa predmetlarning xususiyatlari yetakchi malumot beruvchi omil bolgan. Topishmoqlarning yaratilishida topilishi lozim bolgan narsa bir qator xususiyatlari bilan boshqa narsaga oxshatiladi. Bu xususiyatlarni quyidagicha belgilash mumkin boladi: 1. Yashiringan narsaning tashqi qiyofasi. Uning hajmi, shakli, korinishi asos qilib olinadi. Uzun terak yiqildi, Uchi mening qolimda. Zagizgoni sayradi, Sochi mening qolimda. Demak, topilishi lozim bolgan narsa daraxtdan yasalar ekan. Uning boyi ham balandgina terakni eslatadi. Zagizgoni sayradi, malum boldiki, undan ovoz chiqadi. Sochi mening qolimda deyilgandan sochni eslatuvchi narsa ham uning tarkibiy qismini tashkil etadi. Natijada, topishmoqni topish uchun biz uning yogochdan yasalganini, boyi-basti borligini, ovoz chiqishini, uning simi borligini bilib oldik. Ozgina fikr yuritsak, narsaning musiqa asbobi ekanini, xususan, tanbur, dutor, rubob, gijjak haqida gap ketayotganini anglaymiz. 2. Topishmoq matnida rang haqida malumot beriladi. Kok kosani tontardim, Kok sandigim ochildi, ichidan zar sochildi topishmoqlarida osmon, quyosh haqida fikr yuritilmoqda. Qora uyda ming chiroq, uyni yoritmas (Tunda osmondagi yulduzlar). Qora tuyam qochyapti, qumologin sochyapti (Qora bulut va dol). 3. Topmoqchi bolgan narsamizning tuzilishi, tarkibi yuzasidan malumot beriladi: Oltindir, Bu tolning on ikki shoxi bor. Har shoxida torttadan uya bor, Har uyada yettitadan tuxum bor. Har tuxumning yarmi qoradir, korsang, Yarmi oppoqdir topgan bolsang (Yil, on ikki oy, hafta, kun, kecha, kunduz). Tom ustida bir palak, Unda on ikki handalak, On birini yesa bolar, Birini yemay, bolar halak (Yil, on ikki oy, bir oy roza). 4. Narsaning bajaradigan vazifasi tariflanadi. Hayotdagi asosiy belgisi harakat misolida bayon etiladi: Lip etadi kirib ketadi, Chiqazolmay esing ketadi (Tikan). Kunga qarab tolmaydi, Kundan kozin olmaydi (Kungaboqar). 5. Yashiringan narsaning qiyofasi, alohida belgisi qiyoslanadi: Ustidagi koylagi, Xuddi qogozga oxshar. Tograsang, jahli chiqib, Kozingni darrov yoshlar (Piyoz). Topishmoqlarda bir narsaning bir emas, bir nechta belgilari, ikkinchi narsaga taqqoslanishi ham mumkin. Masalan: Yer ostida oltin qoziq topishmogida sabzining shaklan qoziqqa oxshashi, uning rangi oltinni eslatishi va yer ostida osishi uygun tarzda qayd etilgan. Bunday topishmoqlarni topish nisbatan osonroq amalga oshadi. Yana bir xil topishmoqlarda inkor qiluvchi mano yetakchi boladi. Xoppa semiz, Tuki yoq. Terisi qalin, Tuki yoq yoki Qoni bor, Joni yoq (Tarvuz). Odatda, topishmoqlar xalq hayotining hamma sohalarini egallagani bilan ham diqqatga sazovor. Maishiy hayotdagi, ijtimoiy muhitdagi munosabatlar topishmoq mavzularida oz ifodasini topadi. Korpa, qulf, qozondan tortib qozi, sudxorlarning kirdikorlarigacha topishmoqlarda aks etishi mumkin. Xalq topishmoqlarini mukammal organgan Zubayda Husainova 1981-yilda Gafur Gulom nomidagi Adabiyot va sanat nashriyoti tomonidan elon qilingan Topishmoqlar kitobidagi matnlarni tartiblashtirishda ularni yirik ikki guruhga ajratadi: Ananaviy topishmoqlar va Yangi topishmoqlar. Birinchi guruhda Osmon, yer, suv; tabiat hodisalari, yil fasli va mavsum; odam, uning azolari va xislatlari jami 21 mavzu jamlanadi Yangi topishmoqlarda elektrotexnika, radiotexnika, maktab va oquv qurollari jami 9 mavzu jamlangan. Malum boladiki, topishmoqlarda aks etmagan mavzuning ozi yuq ekan. Topishmoqlar shaklan nasriy va sheriy bolishi haqida aytgan edik. Daraxt ustida langar (anjir), Soy ichida saksonboy (burga), Tog ustida ormon bor (soch) kabi namunalarni nasriy topishmoqlar qatoriga qoshamiz. Uzun-uzun oz keldi, Uzun boyli qiz keldi. Qoshi qaltirab keldi, Kozi yaltirab keldi (yomgir). yoki Uzun-uzun iz ketdi, Uzun boyli qiz ketdi. Toshga tegdi tarq etdi, Sirgalari yarq etdi (suv) kabi namunalarni sheriy topishmoqlar deymiz. Malumki, hayotda biz munosabatda bolgan har bir narsa-predmet juda kop xususiyatlarga ega boladi. Ularning rangi, korinishi, vazifasi, vazni turlichadir. Shuning uchun har bir narsa haqida bir nechta topishmoq toqish mumkin. Ayni paytda bir narsa haqidagi topishmoqda ifodalangan belgilar boshqa narsada ham mavjudligi uchun javob ham bir xil bolmasligi mumkin. Masalan, oddiy bir tomchi haqida topishmoqlar toplamida 14 ta namuna keltirilgan. Agar bittasida Tumshuqsiz chumchuq muz teshar deyilsa, ikkinchisida Jingila sichqon yer qazir deyiladi, uchinchisida esa Otmas pichoq yer kavlar tarzida yaratilgan. Lekin ularning hammasida bir tomchi suv haqida fikr yuritiladi. Suv haqida esa 19 ta topishmoq keltirilgan. Bazan bir narsaning xususiyatlari birma-bir sanab otiladi va jumboqning oson topilishi taminlanadi: Kol emas, daryo emas, Ichida muzlaydi suv. Jazirama yozda ham, Issiq otkazmaydi u. Usti boshi temirdan, Shundan joyi tordan (muzlatgich). Bunday topishmoqlarni narsa haqida toqilgan hikoya deyishimiz mumkin. Chunki tarifda har bir belgi va xususiyat erinmay bayon etiladi. Yuqorida qayd qilganimizdek, bitta topishmoqning bir nechta javobi bolishi ham mumkin. Masalan, Uzun terak, ichi govak. Bu topishmoqqa qamish, mori, miltiq javoblarini berish xato bolmaydi. Yoki: Tepdim, tepdim, terakka chiqdimning javobi narvon va egarlangan otga chiqish bilan izohlanadi. Xalq orasida yashab kelayotgan topishmoqlar bir jumboqli va kop jumboqli bolishi mumkin. Avvalroq misol qilib keltirgan suv, jiyda, shamol, tanbur haqidagi topishmoqlar bir jumboqli hisoblanadi. Shseriy misralar soni bu orinda alohida ahamiyat kasb etmaydi: 6 misradan iborat topishmoqning javobi muzlatgich edi. Ammo shunday topishmoqlar ham borki, ularga javob berish uchun ikki va undan ortiq narsalarni eslashga togri keladi: - Togda talaymonni kordim, - Suvda sulaymonni kordim. - Tuzsiz pishgan oshni kordim, - Yumalab yotgan toshni kordim. Bu topishmoqdagi tort misrada tortta narsa yashiringan. Birinchisida bori, ikkinchisida baliq, uchinchisida sumalak, tortinchisida toshbaqa sozlari yashiringan. Olima Zubayda Husainova bazan topishmoqlarda arifmetik raqamlar sonini topish talab qilinishini yozadi. Masalan: Bir toda goz uchib borar ekan. Bir goz robaro kelib: Ey yuz goz, sog-salomat bormisiz, - debdi. Shunda ulardan biri aytibdi: Biz yuz goz emasmiz, yana bir miqdori goz bolsa, yana bizning yarmimiz miqdori va yarmimizning yarmi bolsa, u vaqtda sen qoshilsang, yuz goz bolamiz, - debdi. Havodagi goz qancha edi? Javobi: 36 (36+36+18+9+1)=100 . Xalq ogzaki ijodidagi topishmoqlar badiiy jihatdan ham soz sanati hisoblangan adabiyotda qollangan juda kop sanatlarga boy. Bu sanatlarning topishmoqda uchraydigan eng ommaviysi istioradir. Oyna koz, ilon soch, qizil toychoq til kabi onlab misollarda istiora sanati kelgan. Yozma adabiyotda talmih sanati mashhur. Xususan, Alisher Navoiy gazallarida shunday bayt bor. Kop oqudim Vomiqu, Farhodu, Majnun qissasin, Oz ishimdin bul ajabroq dostone topmadim . Baytdagi Vomiq, Farhod, Majnun ismlari talmih sanatiga misol boladi. YAni shoir oz his-tuygularining oddiy emasligini takidlash uchun ishq yolida iztirob chekkan oshiqlar ramziga aylangan qahramonlarning ismlarini misol qilib korsatadi. Talmih sozining manosi qaratmoqdir. Topishmoqlarda ham ana shunday ismlar uchraydi. Taxmin qilish mumkinki, bu ismli odamlar bir vaqtlar mashhur bolganlar, lekin vaqt otishi bilan asta-asta xalq xotirasidan ochganlar: Sariboy akam ichkari, Soqollari tashqari (sabzi, makkajoxori). Shuningdek, Tokchama-tokcha, Samatjon boyvachcha (sichqon), Osmoni resmon, Mulla Abdurahmon - beustixon (bit) kabi misollarda ham ismlar uchraydi. Topishmoqlarda tazod (qarshilantirish) sanati namunalaridan ham foydalanilgan: Osh ichida tosh, Tosh ichida osh (sumalak, toshbaqa, yongoq). Bu matnda hatto qofiya sanatining murakkab turi tarsi (misralardagi hamma sozlarning qofiyalanib kelishi) ham orin olgan. Badiiy adabiyotdagi jonlantirish (tashxis) sanati topishmoqlarning asosiy tasvir vositalaridan biri hisoblanadi. Qoraboy otdan tushdi, Bolalari yugurishdi (qozon, tovoq, kosa). Ikki singil, Ogir - yengil (tarozi). Bazan jonlantirishning gapirtirish (intoq) usuli ham uchraydi: Zuv etdi bildingmi, Zuvillab ketdi bildingmi? Kolankasi kumushdan, Kulib ketdi bildingmi? (miltiq, oqi). Bunday misollar xalq topishmoqlarining haqiqiy soz sanati namunasi ekanini qayta-qayta dalillaydigan omillardir. Yuqoridagi sahifalarda topishmoqlarning xalq ertaklari, dostonlari bilan aloqasi haqida malumot bergan edik. Topishmoqlar ayni paytda maqollar, qoshiqlar bilan ham yaqin munosabatda shakllangan. Borining ogzi yesa ham qon, yemasa ham qon maqoli topishmoq ornida ham kelishi mumkin va uning javobi yog xumcha, kadi boladi. Asaldan shirin, zahardan achchiq (til) topishmogi esa Shirin soz shakar, achchiq soz zahar tarzda takrorlanadi. Z.Husainova ozining topishmoqlar haqidagi tadqiqotida Yomgir yogaloq, Tarvuz yumaloq, Jaladan qorqmas, Laqqa baqaloq (baliq) va Goq-goq-goq, Dumogim choq, Suvda suzib yuraman, Kop kayflar suraman (goz) topishmoqlari bolalar qoshiqlari sifatida ham aytilishini korsatib otadi. Xalq topishmoqlari maqollar kabi yozma adabiyot vakillari ijodiga ham oz tasirini otkazgan deyish mumkin. Topishmoqlarning yaralishi maqsadidagi Oyla, izla, top tamoyili yozma adabiyotdagi lugz (chiston), muammo va tarix janrlarida yetakchi hisoblanadi. Shunday qilib, chiston, muammo, tarix janrlaridagi boshqotirgich vaziyati xalq ogzaki ijodidagi topishmoqlar bilan mushtaraklikni belgilaydi. Topishmoqlarda ham, yozma adabiyotdagi uchta janrda ham insonni oylashga, qiyoslashga, izlashga chorlovchi fazilat namoyon boladi. Xullas, topishmoq janrida qofiya oziga xos tarzda ifoda etishini, va qofiya asnosida topishmoqning jarangdorligi va sirliligi yanada oshishini misollarda tahlil qildik. Download 278.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling