I. Bob. Maqol xalq poetik ijodining kichik janri
I.1. MAQOL JANRIGA XOS XUSUSIYATLAR
Download 278.5 Kb.
|
Kichik janrlarda qoa)
I.1. MAQOL JANRIGA XOS XUSUSIYATLAR
Xalq maqollarining badiiy jihatdan mukammalligi taniqli olimlar va shoir, yozuvchilar tomonidan tan olingan. Bu jihatdan maqollar soz sanatining oliy namunasi sifatida baholanishga loyiq. Hajm jihatdan kichikligi, mazmunan sermanoligi, mavzu jihatdan hayotiyligi maqollarning asrlar davomida ogizdan ogizga otib yashashini taminlagan omillardir. Sanat asari qimmatini belgilovchi eng talabchan sinov vaqt hisoblanadi. Ayniqsa, vaqt sinovi talabiga ogzaki asarning javob berishi ota muhimdir. Har qancha tashviqotlarga qaramay shoro tuzumida kolxoz afzalligi maqtalgan maqollarning umri qisqa boldi. Shoro tuzumi haqidagi maqtov dostonlar ham yaratilgani zahoti esdan chiqib ketdi. Haqiqiy maqollarning shakllanishi uzoq davrni qamraydi, ammo badiiy mukammal va hayot tajribasi aks etgan maqolning umri boqiy boladi. Qonni qon bilan yuvib bolmas maqolini Mahmud Koshgariy Qanig qan bilan jumas tarzda keltirgan. Bu maqol olim qalamiga tushguniga qadar necha asrlar yashaganini faqat taxmin qilish mumkin. Korinib turibdiki, maqollarning badiiy mukammalligi ularning hayotiyligini, umrboqiyligini izohlar ekan. Ayni choqda badiiy gozallikning bevosita soz tanlash, tasvir vositalaridan unumli foydalanish jihatlari ham bor. Ularning ayrimlarini esga olib otamiz: 1. Qarshilantirish (tazod) Yaxshidan bog qolar, yomondan dog. Bu maqolda yaxshi, yomon; bog, dog sozlari qarama-qarshi manolarni bildiradi va shu bilan birga bog dog sozlari chiroyli qofiyani taminlaydi. 2. Tovushdoshlik ( alliteratsiya, assonans). Boy boyga boqar, suv soyga oqar. Maqolda B, Y, R, S kabi undosh tovushlar alliteratsiya undosh tovushlar uygunligini, O, Alar esa assonans unli tovushlar oxshashligini korsatadi va maqol qimmatini oshiradi. 3. Metafora kochim (istiora). Otning yagiri toyga qolar.Bu maqolda ot sozidan qarindosh-urugchilikdagi katta avlod vakilining ramzi sifatida foydalanilgan. Odatda mahallada biror odamga baho berish lozim bolsa, birinchi navbatda, u shaxsning ota-onasi esga olinadi. Katta avlod tomonidan yol qoyilgan kamchilik shu zahoti farzandga kochiriladi. Natijada, inson hayoti davomidagi har bir xatti-harakat mahalladoshlar, qarindoshlar tomonidan nazoratda ekani anglashiladi. Maqol mazmunan har bir inson yoshidan qati nazar kelajakda ota, ona bolishni orzu qilsa, keyingi avlodiga yagirini qoldirmasligi kerak, degan mano anglashiladi va katta, yosh avlod tarbiyasining muayyan togri tizimda bolishi uchun asos tayyorlanadi. Maqolda istiora sanati yetakchilik qiladi. Et bilan tirnoqni ajratib bolmas maqolidagi et va tirnoq sozlari qarindosh-urug; ota-bola; aka-uka manolarini bildiradi. Bu misolda sinekdoxa sanati ham bor. Yani butunning tarkibiy qismi orqali yaxlit narsa ifodalangan. 4.Sifatlash.Bugdoy noning bolmasin, bugdoy sozing bolsin. Maqolda insonlar ortasidagi munosabat faqat moddiy narsa bilan emas, shirin muomala bilan qadrlanishi qayd qilinmoqda. Bugdoy non, bugdoy soz birikmasida sifatlash sanati qollangan. 5. Jonlantirish. (tashxis). Otin ayirgan bolta maydonda qolar. Bu maqolda odamlarni toifalarga: pulli-pulsiz, amalli-amalsiz, foydali-foydasizga ajratib muomala qilish osha shaxsning xalqdan ajralib qolishiga sabab bolishi aks etgan. Ikkinchidan, biror muammoni hal qilishda faol ishtirok etgan odam, kopincha, ish bitganidan song esdan chiqishi ifolangan. Xullas, maqollar badiiyati ularning yaratilishi ustida avlod-avlod millat vakillarimizning ijod qilish saviyasi qanchalar yuqori bolganidan darak beradi. Yozma adabiyot vakillari asarlarida xalq maqollari ogzaki va yozma adabiyot ijodiy hamkorligining koprigi darajasida muhimdir. Har bir ijodkor mumtoz adabiyot davrida boladimi, hozirgi zamonda boladimi xalq vakili hisoblanadi. U iqtidorli shaxs, avvalo, ozbekning tarbiyasida voyaga yetadi. Xalq bilan birga yashaydi, millat vakili mentalitetini ozlashtiradi. Shu bilan birga ijodida asarlarini oqiyotgan ommaga ozining xalq vakili ekanini uqtirmoqchi ham boladi. Bu maqsadni amalga oshirishda maqol eng samarali omil sifatida xizmat qiladi. Yozma adabiyotda maqollardan foydalanishning uch korinishi mavjud: 1. Xalq maqoli aynan keltiriladi. Alisher Navoiydan Muqimiygacha, Cholpondan Otkir Hoshimovgacha oz asarlarida fikrni ixcham va tushunarli ifodalash maqsadida maqol matnidan aynan foydalanganlar. Masaldurkim uyqu olimdir (Alisher Navoiy). Otning olimi, itning bayrami (Abdulla Qahhor). 2. Maqoldagi ayrim sozlar ozgaradi, mano saqlanadi. Otalarda bir soz bor, eshit ogajon, Bosgan izidan qaytmas, olsa ham arslon (Hamza). Bu misralarda shoir Arslon izidan qaytmas, yigit sozidan maqolidan ijodiy foydalangan. 3. Shoir biror fikrni maqoldagi manodan foydalanib ifolaydi. Bir qarashda bu fikr mustaqildek korinadi. Fikr yuritsak, adibning xalq maqollaridagi manoni oziga xos boshqa sozlar bilan ifolaganini anglaymiz. Masalan, Alisher Navoiy gazallaridan birida Olturur mahramni sulton, ganji pinhon aylagach, - degan misra bor. Unda xojayin, sulton, hokim xazinasini yashirishni mahramiga, yani eng yaqin xizmatlarini bajaruvchi xizmatkoriga buyurishi, xazina biror yerga komilganidan song ortiqcha guvohdan qutulish uchun uni oldirishi aytilgan. Ehtimol, shoir zamonasida aynan shundoq maqol bolgandir. Ammo biz bu maqolning borligidan bexabarmiz. Lekin undagi mano bugungi kunda mavjud va biz avvalroq esga olgan Otin ayirgan bolta maydonda qolar yoki Ishim bitdi, eshagim loydan otdi kabi maqollar mazmunini ifodalaydi. Bazan mumtoz shoirlar gazaldagi baytlarning har birida biror maqolni misol qilib ham keltirgan hollar uchraydi. Xususan, XIV-XV asrlarda yashagan taniqli shoir Lutfiyning quyidagi gazaliga etibor bering Ayoqingga tushar har lahza gesu, Masaldurkim: Chirog tubi qorongu. Tutarmen kozki korsam orazingni, Ki derlar Oqqon oriqqa oqar suv. Yuzingni tuttum ortuq oyu kundin Kishining kozidur ore torozu. Kozung qonimdin iymonmas ajabdur, Ki Qorqar qaydakim qon korsa hindu. Tilar vaslingni Lutfiy, qil ijobat Ki ayturlar: Tilaganni tilogu. Bu gazalda ajoyib soz sohibi mavlono Lutfiy ozining mashuqasiga bolgan kongil izhorini soz marvaridlaridan tizilgan marjondek ifodalay olgan. Gazalning mazmuni gozal va mojaz doston manosini beradi: Ayoqingga tushar har lahza gesu, Masaldurkim: Chirog tubi qorongu. Baytda yorning qaddi tik shamga oxshatilmoqda. Shamning yonayotgan pilikdan pastki qismi qorongu boladi. Yorning yuzi yonayotgan shamga qiyoslanmoqda. Uning sochi shu qadar uzunki, yuzi yorug, pastki qismi qorongi korinadi. Tutarmen kozki korsam orazingni, Ki derlar Oqqon oriqqa oqar suv. Shoir ozini bir paytlar suv oqqan ariqqa oxshatadi. U oqqan ariqqa suv oqishini kutib umid qilmoqda: koz tutib yorning visoliga yetmoqchi. Mashuqaning oshiq huzuriga kelishi oshiq uchun qaqrab yotgan ariqdan yana suv oqishiga tenglashtirilmoqda. Yuzingni tuttum ortuq oyu kundin Kishining kozidur ore torozu. Xalqda odamning kozini toroziga oxshatish haqida maqol bor. Mening kozim taroziga oxshagani uchun bir pallasida oy va quyosh bolsa, ikkinchi pallada mashuqa. Mashuqamning yuzini ortiq korganim uchun tarozi pallasining shu tomoni bosib turibdi. Oy va quyosh esa ikkinchi pallaga joylashgan va mashuqa gozalligiga chidash bermay osmonga uchib ketgan. Kozung qonimdin iymonmas ajabdur, Ki Qorqar qaydakim qon korsa hindu. Mumtoz adabiyotda mashuqaning kozi va xolini qoraligi uchun hindga oxshatish ananasi bor. Bu orinda shoir yorining kozini hindga oxshatmoqda. Hind qondan qorqadi, degan tushuncha bor. Ammo men ajablanamanki, sening kozing hind bolsa ham koz yoshlarimning qondek oqishidan qorqmayapti. Agar qorqqanida edi, rahm qilardi, men vaslingga yetar edim va koz yoshlarim toxtar edi. Tilar vaslingni Lutfiy, qil ijobat Ki ayturlar: Tilaganni tilogu. Mazkur bayt gazalda ifodalangan hamma orzu-istaklarning xulosasi hisoblanadi. Unda shoir oz mashuqasidan oxirgi marta muruvvat, lutf qilishni soramoqda. Men odamlar Tilagan tilagiga yetadi deganlaridek, senga vaslingga yetish uchun iltijo qilaman va agar odamlarning gapida haqiqat bolsa, maqsadimga yetaman, deb umid bildiraman, demoqchi. Malum boladiki, bir jihatdan, maqollar shoir mahoratining namoyon bolishi uchun ajoyib vositaga aylangan. Ikkinchi jihatdan, gazal vositasida biz XIV-XV asrlarda xalq orasida mashhur bolgan maqollar matni bilan tanishish imkoniga ega bolmoqdamiz. Ayrim iqtidorli yozuvchilar badiiy asarlarida qahramon nutqida qollagan maqol orqali ularning dunyoqarashi, feli haqida kitobxonda tasavvur hosil qilishga erishganlar. Misol uchun Abdulla Qodiriy ozining Otkan kunlar romanida Yusufbek hoji nutqida Zori behuda miyon meshi- kanad (tojik maqoli: ortiqcha zoriqsang, belingni sindirasan), xizmatkor ayol Toybeka nutqida Teng tengi bilan, tezak qopi bilan maqolini keltiradi. Maqollarni qollashdanoq Yusufbek hojining ilmli, fors tilini biluvchi ziyoli ekani, Mirzakarim qutidor xizmatkorining esa sodda, ilm kormagan, bor gapni londa va aniq aytishga organgan ayol ekani seziladi. Xullas, xalq maqollari yozma adabiyot vakillari tomonidan ularning iqtidorini namoyon qilishga yordam bergan. Xalq ogzaki ijodidagi maqollar janri tarixiy hayot davomida son va mazmun jihatdan boyish xususiyatiga ega. Yani maqollar zamon otishi bilan istemoldan chiqishi va ayni paytda yangi-yangi namunalari vujudga kelishi mumkin. Maqollarning istemoldan chiqishida quyidagi omillar sabab boladi: 1. Tarixiy hayotning ozgarishi. Ijtimoiy hayotda maqolni qollash ehtiyojining yoqolishi oqibatida maqol xalq esidan chiqadi. Omoch seni toydirgay, Omboringni toldirgay. Omoch ishlatish asta-sekin yoqola borgan sari bu maqol ham istemoldan chiqqan. 2. Tarixiy sozlar ishtirokidagi maqollar vaqt otishi bilan yoqoladi. Qoziga bersang suyar, Bermasang soyar. 3. Ayrim maqollar ogzaki ijodning ogzakiligi belgisi tasirida yoqolishi ham mumkin. Bir avlod qollamagan maqol olimga mahkum. Xitoy xonining gazmoli kop, lekin olchamay kesilmaydi. Bazan maqolning bir qismi yashaydi, ikkinchisi yoqoladi. Ash tatigi tuz, jugrin jemes. (Osh tuz bilan totli, lekin lagan bilan yolgiz tuzning ozi yeyilmaydi). Bu maqolning birinchi qismi hozir ham bor, ammo ikkinchi qismni biz tasavvur ham qilmaymiz. Yuqoridagi sabablar maqolning yoqolishiga olib keladi. Ayni paytda maqollarimiz namunalarining boyish manbalari ham yoq emas. Ular quyidagilardan iborat: 1. Ijtimoiy hayotdagi ozgarishlar natijasida yangi maqollar vujudga keladi. Masalan, Ozbekiston mustaqillikka erishganidan song Vatanni sevmoq iymondandir hikmatli sozini qollash ommalashdi. Dastlab, bu maqolsifat jumlaning Abdulla Avloniy yozgan Turkiy guliston yoxud axloq kitobida Muhammad Paygambarimiz (s.a.v.) hadisi ekani aytilgan edi. Ammo bu hikmatli soz xalqimiz orasida kop qollanmagan. Mustaqillikdan song eng ommaviy maqolga aylanib ketdi. 2. Xalq maqollarining yangi-yangi namunalari xalqlar ortasidagi iqtisodiy, ijtimoiy aloqalarning rivojlanishi natijasida paydo boldi. Olma ogochidan olisga tushmas maqoli Yabloka ot yabloni daleko ne padayetning tarjimasi. Bugungi kunda bu maqolning kelib chiqishi bizni deyarli qiziqtirmaydi. 3. Yangi maqollarning paydo bolishi allomalar, dono adiblar aytgan hikmatli sozlar bilan bogliq boladi. Tarixda biz Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy ijodi bilan tanishar ekanmiz, aforizm deb atalmish muallifi aniq dono va hikmatli sozlarga duch kelamiz. Oz-oz organib dono bolur, qatra-qatra yigilib daryo bolur kabi misollar shular jumlasidandir. Maqollar oz va kochma manolarga ega bolishi bilan yana ham diqqatga sazovordir. Yomon xotin olguncha, boydoq yurgan yaxshiroq, Qizi borning nozi bor, Quda bolguncha, kop sinash, quda bolgach, kop siylash kabi maqollar oz manosida qollanadi. Ayrim maqollar faqat kochma manoda qollanadi. Shamol bolmasa, daraxtning uchi qimirlamas, Egrining omochi yerga botmas, Otin ayirgan bolta maydonda qolar kabi maqollar bilan tanishganimizda kochma mano yashiringanini his qilamiz. Bir qarashda Shamol bolmasa, daraxtning uchi qimirlamas maqoli oz manosida ham qollanadigandek tuyiladi. Ammo bu hikmatli sozni hech kim oz manosida deyarli qollamaydi. Aslida, hayotda uchrab turadigan turli mish-mishlarning rost ekanligini takidlash maqsadida bu maqolni esga olish odat tusiga kirgan. Tuhmatchining omochi yerga botmas maqolida bir oz galati fikr ilgari surilgandek tuyiladi. Omochning yerga botmasligi bilan tuhmatchining qanday aloqasi bolishi mumkin, degan mulohaza paydo boladi. Ammo aynan shu orinda omoch deganda, bevosita yer haydashda foydalaniladigan asbob emas, balki tuhmatning natijasi nazarda tutiladi. Yer sozi iymonli, rostgoy odamga nisbatan qollangan. Yani tuhmatchining tuhmati rostgoy va pokiza odamga hech qanday salbiy tasir korsata olmasligi takidlanmoqda. Binobarin, maqol matni bilan tanishganda, yoki uni eshitganda, qanday maqsadni nazarda tutib qollanganiga etibor berishimiz lozim. Aks holda aytilgan maqolning asl manosini tushunmay qolishimiz mumkin. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, olim Fitratning maqol janriga munosabatiga diqqatimizni qarataylik. Abdurauf Fitrat xalq ogzaki ijodiga mansub maqol janri haqida ham malumot berar ekan, tushunarli va londa fikrni aytib qoya qoladi: Elning kun korgan, ish otkargan sinalishli qarilari tomonidan aytilgan hikmatli, qisqa, manoli gaplardirkim, el orasida yashash qonunlari kabi hukm surib, tildan tilga yururdur. Etiborli jihati shundaki, Fitratning maqol janriga bergan bu tarifi unga nisbatan berilayotgan hozirgi tarifdan jiddiy farq qilmaydi. Hozirda maqol xalq ogzaki ijodining ixcham shaklga, ammo chuqur mazmunga ega bolgan, xalqning kop asrlik hayotiy kuzatishlari, tajribalari asosida vujudga kelgan hikmatli sozi sifatida tariflanadi.1 Korinyaptiki, maqolning Fitrat tomonidan ham, undan keyin yetishib chiqqan olimlar tomonidan ham aytilgan tarifida, asosan, uning xalq turmush tajribasida sinovdan otgan bolishi, shaklan ixcham, mazmunan teran korinishda ogizdan-ogizga kochib yurishi bir xilda takidlanmoqda. Faqat Fitrat tarifida maqolning qarilar tomonidan aytiladi deb korsatilishiga qoshilish biroz qiyin. Chunki maqollar kattayu kichik tomonidan aytilaveradi. Shuning uchun bolsa kerak, maqolga nisbatan berilayotgan hozirgi tariflarda bunday takid uchramaydi. Negaki, maqollar, odatda, bolalarga yoshlikdan orgatilib boriladi. Hatto hozirgi paytda boshlangich sinflar uchun moljallab tuzilgan darsliklarga ham maqol namunalari koplab kiritilgan. Shu tarifdan song u quyidagi maqollarni janr namunasi sifatida korsatib otadi: Sinamagan otning sirtidan otma. Otang bolasi bolma, odam bolasi bol. Chumchuq soysa ham qassob soysin. Chumchuqdan qorqqan tariq ekmas. Och qornim tinch qulogim. Oz uyim olan toshagim. Bozchi belboqqa yolchimas. Mulla bilganin oqir, tovuq korganin choqir. Yotib qolguncha otib qol. Ogzi qiyshiq bolsa-da boy bolasi sozlasin. Misol keltirilayotgan ushbu maqollarning har biri badiiy ijodning oziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan bolib, folklorda ixcham shakliligi, ammo teran mazmunga egaligi bilan alohidalik kasb etadi. Shuningdek, har biri tilimiz korkini, nutqimiz nafosatini, aql-farosot va tafakkurimiz mantiqini hayrotomuz bir qudrat bilan namoyish etgan va eta oladigan badiiyat qatralari sifatida etiborni tortadi. Ular xalqimizning kop asrlik hayotiy tajribalari va maishiy turmush tarzining bimisoli bir oynasidir. Bu badiiy oynada xalqning hayotga, tabiatga, inson, oila va jamiyatga munosabati, ijtimoiy-siyosiy, manaviy-marifiy, axloqiy estetik va falsafiy qarashlari, qisqasi ozi va ozligi tola namoyon bolgandir. Shuning uchun ham maqollar goyatda keng tarqalgan bolib, asrlar davomida jonli sozlashuv va ozaro nutqiy munosabatlarda, badiiy, tarixiy va ilmiy asarlarda, siyosiy va publitsistik adabiyotda doimiy ravishda qollanib kelgan va qollanilmoqda. Maqol, matal, masal, zarbulmasal, naql, hikmat, hikmatli soz, tanbex, mashoyixlar sozi, donolar yoki donishmandlar sozi, oqinlar sozi va otalar sozi atamalari bilan el orasida yurgan bu janr namunalari goyat ommaviy bolib, umumfolklor hodisasi hisoblanadi. Maqol arabcha qavvala sozidan olignan va aytmoq, sozlamoq manolarini anglatadi. Biroq Fitrat maqol sozi ornida kopincha el sozi atamasini qollagan. Maqollar ota-bobolarimizning asrlar davomida toplagan hayotiy tajribalarini zamonlar osha yetkazishda manaviy koprik bolib, avlodlarning bir-biriga boglanishida beminnat xizmat qilib kelmoqda. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Abdurauf Fitratning maqollar haqidagi qarashlari, ayrim ilmiy kuzatishlari va xulosalari ularning janriy tabiatini organishda, mazmuni va tuzilishida roy bergan ozgarishlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb eta oldi. Xullas, xalq poetik ijodining kichik janri maqol yuqorida biz sanab otgan oziga xos xususiyatlari bilan folklor ilmining boshqa janrlaridan farqlanib toradi. Download 278.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling