I. Bob. Maqol xalq poetik ijodining kichik janri


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi


Download 278.5 Kb.
bet2/9
Sana19.04.2023
Hajmi278.5 Kb.
#1365680
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kichik janrlarda qoa)

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Bitiruv malakaviy ishimizda xalq poetik ijodining kichik janrlari maqol va topishmoqlarning janriy xususiyatlarinin o‘rgangan Xodi Zarif, Muzayyana Alaviya, B.Sarimsoqov, K.Imomov, T.Mirzayev, O.Safarov, Zubayda Husainova, G‘ani Jahongirov, Rajab Jumaniyozov, To‘ra Mirzayev, Malik Murodov, Asqar Musaqulov kabi olimlarning ilmiy ishlari va risolalaridan ham foydalanildi.
Kurs ishning yangiligi. Xalqimiz yaratgan dostonlar, ertaklar, qo‘shiqlar, maqol va matallar hamda topishmoq kabi janrlar yuzasidan ma’lumot hosil qilish, ular haqida mustaqil fikrni shakllantirish o‘zbek xalq og‘zaki ijodi fanining vazifalari hisoblanadi.
Biz ishimizda xalq og‘zaki ijodining kichik janrlaridan maqol va topishmoqda qofiya va uning qo‘llanilishi, uning o‘ziga xos tomonlari, maqol va topishmoqlarda qofiyaning shakli haqida fikr-mulohaza yuritishni vazifa qilib oldik.

I.BOB. MAQOL XALQ POETIK IJODINING KICHIK JANRI
Maqol deb xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli so‘zlarga aytiladi. Maqol o‘zbek tilida maqol, tojiklarda zarbulmasal, ruslarda poslovitsa, arablarda (jonli so‘zlashuvda) naql, turklarda ata so‘zi atamasi bilan yuritiladi. Maqol atamsi arabcha [قوڶ] – qavlun – gapirmoq, aytmoq so‘zidan olingan.
Maqollarda so‘z qimmati alohida yorqin ifodalanadi. Chunki maqollardagi so‘zlarni boshqasi bilan almashtirish, biron so‘z qo‘shish mumkin emas. Ular milliy til tarkibida qoliplashgan holda namoyon bo‘ladi. Bu janr dunyodagi hamma xalqlar og‘zaki ijodida bor bo‘lib, hajm, shakl, yaratilishi maqsadiga ko‘ra mushtarak hisoblanadi. Hatto nomlanishida ham yaqinlik aniq seziladi. Jumladan, arablarda “qavlun” – gap, so‘z ma’nosini ifodalasa, tojiklarning “zarbulmasal” atamalarida misol keltirish, ruslar “poslovitsa”sida so‘zlar bilan fikrni ifodalash, turklardagi “ota so‘zi”da esa ajdodlar fikrini eslash ma’nosi yetakchi.
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida ham “sav” atamasi otalar so‘zini eslash tarzida keltirilgan.
Xullas, maqol atamasi umumiy mazmun jihatdan “so‘z” tushunchasi bilan bog‘lanadi. Dunyodagi hamma xalqlar og‘zaki ijodida maqollarchalik shaklan va mazmunan o‘zaro yaqin janr deyarli yo‘q. Masalan, ruscha “Shilo v meshke ne utaish” (bigizni qopda yashirib bo‘lmas) – o‘zbekcha “Oyni etak bilan yopib bo‘lmas”; inglizlarda “Yeast and West, home is best” (Sharqmi, G‘arbmi, uying eng yaxshisi) – o‘zbekcha “O‘z uying, o‘lan to‘shaging”; Vyetnamda “Risoval drakona, poluchilsya chervyak” (Ajdar suratini ishlagandim, chuvalchang bo‘lib chiqdi) – o‘zbekcha “Men dedim o‘ttiz – Alloh dedi to‘qqiz”, osetinlarda “Yego v seni ne puskayut, a on lezet v komnatu” – o‘zbekcha “O‘ziga yeng bo‘lmagan, o‘zgaga en bo‘larmi”; tatarlarda “Tovuq tuxum qo‘ymasdan, egasi jo‘ja sotmoqchi” – o‘zbekcha “Jo‘jani kuzda sana”; ruslarda “Na chujoy strane i vesna ne krasna” (o‘zga yurtda bahor go‘zal emas) – o‘zbekcha “O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l” ma’nolarini ifodalaydi.
Folklorshunos olimlar maqollar va matallarni o‘rganuvchi sohani paremiologiya deb atashadi.
Paremiya – yunoncha chuqur ma’noli gap, hikmatli so‘z, ibora, maqol, matal ma’nosini beradi
Maqollarning janr xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Maqollarning hajmi qisqa va cheklangan.
2. Maqollar mazmunan serko‘lam va chuqur ma’noni ifodalaydi.
3. Xalq maqollari shaklan she’riy va nasriy bo‘ladi. Ammo nasriy maqollar ham she’riy misralarni eslatadi. Masalan: Ko‘za kunda emas, kunida sinadi. 
4. Maqollarda hayotiy voqea-hodisa haqida qat’iy hukm ifodalanadi. Bu hukm musbat yoki manfiy mazmunda aks etadi.
5. Maqol shaxs hayotidagi xususiy vaziyatni xalq, omma, hayot nuqtai nazardan umumlashtiradi.
6. Maqol matni tilshunoslikda shaxsi umumlashgan gap hisoblanadi.
Xalq maqollari tarixi o‘nlab asrlar bilan o‘lchanadi. O‘rxun-Enasoy bitiglarida “Oriq va semiz buqani (birov) tezagidan bilsa, birov oriq va semiz buqani ajrata olmaydi”, “Yupqa qalin bo‘lsa, tor-mor qiladigan bahodir emish, ingichka yo‘g‘on bo‘lsa, uzadigan bahodir emish” kabi maqolni eslatuvchi parchalarni o‘qiymiz.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida o‘nlab hikmatli so‘zlarni uchratamiz: 
“Yesa, ichsa oxir bari och to‘yar,
Ko‘zi och ochligin o‘lganda qo‘yar”.
“Kishiga chiroydir uyat-andisha,
U asrar nojo‘ya ishdan hamisha”. 
Aynan shunga o‘xshash fikr Ahmad Yassaviy she’rida shunday keladi: “Al hayoyu minal iymon” – Rasul aytdi”, ya’ni Hadisdan olingan parcha: “Hayo iymondan nishonadur”, - deyiladi.
Ahmad Yugnakiy “Hibatu-l-haqoyiq” dostonida “Vale kiysang atlas, unutma bo‘zing” misrasini yozadi.
Bu misra “Boy bo‘lsang, chorig‘ingni unutma” hikmatli so‘ziga mos keladi.
Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘oti-t-turk” tadqiqotida dala safarlarida yozib olgan 268 maqol matnini keltirgan. Bu namunalar qatorida biroz o‘zgarish bilan yashayotgan quyidagilarni uchratamiz: “Otug‘ uzguch birla o‘churmas” – O‘t alanga bilan o‘chirilmas; “Tog‘ toqqa qavushmas, kishi kishiga qavushar” – “Tog‘ tog‘ bilan uchrashmas, odam odam bilan uchrashar”. Ayni paytda “Õt tesa, ag‘iz kuymas” – o‘t degan bilan og‘iz kuymaydi; “Tulki o‘z iniga ursa, uzuz o‘lur” – tulki o‘z iniga qarab hursa, qo‘tir bo‘ladi kabilar bugungi kunda unutilgan. Ular o‘rniga “Holva degan bilan og‘iz chuchimas”, “Vataniga tosh otgan vatangado bo‘ladi” degan maqollar qo‘llanmoqda. 
Xalq maqollarining mazmun ko‘lami inson hayotining turli sohalarini qamraydi. Inson hayotidagi voqea-hodisalarning cheki yo‘q ekan, maqollar mazmuni chegarasini ham o‘lchab bo‘lmaydi. Maishiy hayotdagi kichik bir e’tiborga arzimaydigandek ko‘rinuvchi lavhadan tortib chuqur falsafiy mushohada ifodasigacha maqollar mazmunida o‘z aksini topgan. Maqollarni tasnif qilishning bir turida mazmun yetakchi hisoblanadi. Unga ko‘ra Vatan, mehnat, xalq, ilm-hunar, mardlik, mehmon, tadbirkorlik, muhabbat va vafo, yaxshi so‘z – jami 30 ga yaqin mavzular qayd etilgan.
Xullas, xalq maqollarida qaysi mavzu, hayotning qaysi sohasi haqida fikr yuritilmasin, tanlangan muammo har tomonlama, atroflicha yoritiladi.


Download 278.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling