I. Bob. Maqol xalq poetik ijodining kichik janri
Download 278.5 Kb.
|
Kichik janrlarda qoa)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
X U L O S A
Ozbek xalq ogzaki ijodi ajdodlarimiz badiiy salohiyatining asrlar mobaynidagi taraqqiyoti davomida shakllangan qudratli manaviyat xazinasidir. Zukko ajdodlarimizning voqelikka bolgan mifologik qarashlari tafakkur taraqqiyoti davomida badiiy estetik xodisaga aylanib, voqelikni soz vositasida poetik ifodalash natijasida xilma xil janrlardan tashkil topgan folklor ananalari shakllangan. Folklor ananalari asrlar davomida xalq badiiy salohiyati sarchashmasidan oziqlanib, rivojlanib kelgan. Xalqimizning asriy orzularini royobga chiqargan mustaqillik madaniy merosga bolgan munosabatni tubdan yangilab, ajdodlarimiz tarixi, madaniyati, manaviy qadriyatlar tizimini keng kolamda tadqiq va targib etishning misli korinmagan imkoniyatlari ochildi. Xususan, ozbek xalq maqollari va topishmoqlarini tadqiq etishda ajdodlarimiz tafakkurining taraqqiyoti bilan bevosita aloqadorlikda organish, folklor xalq tarixi munosabatini chuqur yoritib berish, ozbek folklorining dunyo madaniyati rivojidagi ornini belgilashga doir yangi izlanishlar, tadqiqotlar yoritila boshlandi. Bizning mazkur bitiruv malakaviy ishimiz ham shu nuqtai nazardan oziga xos dolzarb mavzulardan biridir. Chunki, xaqimizning nodir namunalaridan xalq maqollari va topishmoqlarining oziga xos jihati yani ularda qofiya sanatini oz ornida ishlatilishini tadqiq etish asosiy vazifalarimizdandir. Biz bitiruv malakaviy ishimizning mundarijasida belgilab olgan maqsad va vazifalarimizni baholi qudrat bajarishga orindik hamda yuqoridagi fikr mulohazalarimizdan qoyidagicha xulosalar chiqarishga orindik. Birinchidan maqol xalq poetik ijodining kichik janri ekanligini maqollar tasnifida tahlil qildik. Ikkinchidan maqol janriga xos xususiyatlari alohida alohida organilib, tadqiq etildi. Uchinchidan maqol janrida qofiyaning vazifasi maqollar misolida tahlil qilindi. Tortinchidan topishmoqlarning genizisi yani ildizlari juda qadimga borib taqalishi ilmiy asarlar misolida qiyosiy organildi. Download 278.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling