I bob. Matematika fanida noma’lum absolyut miqdor belgisi ostida qatnashgan tenglama va tengsizliklarni o‘qitish usullari


Noma’lum absolyut miqdor belgisi ostida qatnashgan tenglama va tengsizliklar yechishda ta’limiy o’yinlardan foydalanishning ahamiyati


Download 251.6 Kb.
bet18/20
Sana19.06.2023
Hajmi251.6 Kb.
#1622575
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Noma\'lum absolyut miqdor belgisi ostida qatnashgan tenglama va tengsizliklarni yechishda ta\'limiy o\'yinlar

2.2. Noma’lum absolyut miqdor belgisi ostida qatnashgan tenglama va tengsizliklar yechishda ta’limiy o’yinlardan foydalanishning ahamiyati.
Biz ushbu paragrafda boshlang’ich sinflarda algebra elementlarini o’rgatishda foydalanish mumkin bo’lgan yangi pedagogik texnologiyalardan namunalar keltiramiz.

  1. «Kichik guruhlarda ishlash» metodikasi

Kichik guruhlarda ishlash - o’qituvchi tomonidan berilgan ma'lum bir topshiriqni hamkorlikda bajarish uchun o’quvchilarni kichik guruhlarga ajratib, berilgan topshiriqni yechish yo’llarini ishlab chiqshni taqozo etuvchi metoddir.
Ushbu metod qo’llanilganda o’quvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo’lishga, bir-biridan o’rganishga va turli nuqtai-nazarlarni qadrlash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Kichik guruhlarda ishlash metodi qo’llanilganda o’qituvchi boshqa noan'anaviy metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo’ladi. Chunki, o’qituvchi bir vaqtning o’zida barcha o’quvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholash imkoni bo’ladi.
Kichik guruhlarda ishlash metodining afzalligi:
O’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib keladi;
Muloqotga kirishish ko’nikmasining takomillashishiga olib keladi;
Vaqtni tejash imkoniyati mavjud;
Barcha o’quvchilar jalb etiladi;
O’z-o’zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo’ladi.
Kichik guruhlarda ishlash metodining kamchiliklari:
Kuchsiz o’quvchilar bo’lganligi sababli, kuchli o’quvchilarning past baho olish ehtimoli bor;
Barcha o’quvchilarni nazorat qilish imkoniyati past bo’ladi;
Guruhlararo o’zaro salbiy oqibatlar paydo bo’lishi mumkin.
l Guruh ichida o’zaro nizo paydo bo’lishi mumkin.

  1. «Bahs-munozara» metodi - o’quvchilami ikki guruhga bo’lgan holda, biror mavzu bo’yicha o’zaro bahs, fikr almashinuv tarzida o’tkaziladigan metodidir.

Har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda, ushbu metod qo’llaniladi. Bahs - munozarani boshqarib borish vazifasini o’quvchilarning biriga topshirish mumkin. bahs-munozarani erkin holatda olib borish va har bir o’quvchini munozaraga jalb etishga harakat qilish lozim. Ushbu metod olib borilayotganda o’quvchilar orasida paydo bo’ladigan nizolarni darhol bartaraf etishga harakat qilish kerak.
Bahs-munozara metodining afzalliklari:
O’quvchilami mustaqil fikrlashga undaydi;
O’quvchilar o’z fikrining to’g’riligini isbotlashga intiladilar;
O’quvchilarda eshitish qobiliyatining rivojlanishiga yordam beradi.
Bahs-munozara metodining kamchiliklari:
O’qituvchidan boshqarish mahoratini talab etadi;
O’quvchilar bilim darajasiga mos va qiziqarli bo’lgan mavzu tanlash kerak.

  1. «Davra suhbati» metodi:

Davra suhbati - o’quvchilar o’rtasida va kichik guruhlarda aylana stol atrofida o’z fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o’qitish metodidir.
«Davra suhbati» metodi qo’llanilganda stol-stullarni doira shaklida joylashtirish kerak. Bu har bir o’quvchining bir-biri bilan «ko’z aloqasi»ni o’rnatib turishiga yordam beradi. Davra suhbati og’zaki va yozma shakllari mavjud. Og’zaki davra suhbatida o’qituvchi mavzuni boshlab, o’quvchidan ushbu mavzu bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so’raydi va aylana bo’ylab har bir o’quvchi o’z fikr-mulohazalarini og’zaki bayon etadi. So’zlayotgan o’quvchini barcha qiziqish bilan tinglaydi, agar muhokama qilish lozim bo’lsa, barcha fikr-mulohazalar tinglanib bo’lingandan so’ng muhokama qilinadi. Bu esa o’quvchilarning mustaqil fikrlashishiga va nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi.
Yozma davra suhbatida ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir o’quvchiga konvert qog’ozi beriladi. Har bir o’quvchi konvert ustiga ma'lum bir mavzu bo’yicha o’z savolini beradi va yonidagi o’quvchiga uzatadi.
Konvertni olgan o’quvchi o’z javobini qog’ozga yozib, konvert ichiga solib qo’yadi va yonidagi o’quvchiga uzatadi. Barcha konvertlar aylana bo’ylab harakatlanadi. Yakuniy qismda barcha konvertlar yig’ib olinib, tahlil qilinadi.
Davra suhbati metodining afzalliklari:
O’tilgan materialni yaxshi esda qolishiga yordam beradi; «barcha o’quvchilar o’zaro muloqotda bo’ladilar;
Har bir o’quvchi o’zining ishtirok etish mas'uliyatini his etadi;
O’z fikrini erkin ifoda etish imkoniyati mavjud.
Davra suhbati metodining kamchiliklari:
Ko’p vaqt talab etiladi;
O’qituvchi o’zi ham rivojlangan fikrlash qobiliyatiga ega bo’lishi talab etiladi;
O’quvchilar bilim darajasiga mos va qiziqarli mavzu tanlash talab etiladi.

  1. «Ishbop o’yin» metodi

Ishbop o’yin - berilgan topshiriqlarga ko’ra yoki o’yin ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan har xil vaziyatdagi boshqaruvchilik qarorlarini qabul qilishni imitatsiya qilish (taqlid, aks ettirish) metodi hisoblanadi.
O’yin faoliyati biron bir tashkilot vakili sifatida ishtirok etayotgan ishtirokchi hulq-atvori va ijtimoiy vazifalarini imitatsiya qilish orqali beriladi. Bir tomondan o’yin nazorat qilinsa, ikkinchi tomondan oraliq natijalarga ko’ra ishtirokchilar o’z faoliyatlarini o’zgartirish imkoniyatiga ham ega bo’ladilar. Ishbop o’yinda rollar va rollarning maqsadi aralashgan holda bo’ladi. Ishtirokchilarning bir qismi qat’iy belgilangan va o’yin davomida o’zgarmas rolni ijro etishlari lozim. Bir qism ishtirokchilar rollarini shaxsiy tajribalari va bilimlari asosida belgilaydilar. Ishbop o’yinda har bir ishtirokchi alohida rolni maqsadni bajarishi kerak. Shuning uchun vazifani bajarish jarayoni individual-guruhli xarakterga ega.
Har bir ishtirokchi avval o’zining vazifasi bo’yicha qaror qabul qiladi, so’ngra guruh bilan maslahatlashadi. Ushbu shaxsiy vazifa bo’yicha maqsadga erishish butun guruh a'zolari erishgan natijalarga bog’lashdir. O’yin yakunida. har bir ishtirokchi va guruh erishgan natijalariga qarab baholanadi.
«Ishbop o’yin» metodining afzalliklari:
O’quvchilarning bilimlarini va tajribalarini o’z qarashlari va xulqlari orqali ifoda etishga yordam beradi;
O’quvchining boshlang’ich bilimlari va tajribalarini safarbar etish uchun yaxshi imkoniyat yaratiladi;
O’quvchilar o’z bilimlari doirasidan kelib chiqqan holda imkoniyatlarini namoyish etishlari uchun sharoit yaratiladi.
Ishbop o’yin» metodining kamchiliklari:
O’qituvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi, vaqt ko’p sarflanadi;
Tanlangan mavzu o’quvchining bilim darajasiga mos kelishi talab etiladi;
O’quvchining xis-hayajoni tug’ri qaror qabul qilishga xalaqit berishi mumkin.

  1. «Loyihalash» metodi

Loyihalash metodi - bu o’quvchilarning individual yoki guruhlarda belgilangan vaqt davomida, belgilangan mavzu bo’yicha axborot yig’ish, tadqiqot o’tkazish va amalga oshirish ishlarini olib borishidir. Bu metodda o’quvchilar rejalashtirish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, tekshirish va xulosa chiqarish hamda natijalarni baholash jarayonlarida ishtirok etadilar. Loyihalash metodi yakka tartibda yoki guruhiy bo’lishi mumkin, lekin har bir loyiha o’quv guruhining birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirilgan natijasidir. Bu jarayonda o’quvchining vazifasi belgilangan vaqt ichida yangi mahsulotni ishlab chiqish yoki boshqa bir topshiriqning yechimini topishdan iboratdir. O’quvchilar nuqtai-nazaridan topshiriq murakkab bo’lishi va u o’quvchilardan mavjud bilimlarini boshqa vaziyatlarda qo’llay olishni talab qilgan topshiriq bo’lishi kerak.
Loyiha o’rganishga xizmat qilishi, nazariy bilimlami amaliyotga tadbiq etishi, o’quvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirish, tashkillashtirish va amalga oshirish imkoniyatini yarata oladigan bo’lishi kerak.
O’qituvchi loyihalash metodini qo’llashi uchun topshiriqlarni ishlab chiqishi; loyiha ishini dars rejasiga kiritishi; topshiriq o’quvchilarning imkoniyatlariga moslashtirib, ularni loyiha ishi bilan tanishtirishi; loyihalash jarayonini kuzatib turishi va topshiriqni mustaqil bajara olishlari ta'minlanishi lozim.
Loyihalash metodidan nazariy bilimlami berishda hamda o’quv amaliyoti darslarini o’tkazishda foydalanish mumkin.
«Loyihalash» metodining afzallik tomonlari:
O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini oshishiga yordam beradi mustaqil o’rganishning eng faol yo’li;
O’quvchilarda birgarlikda ishlash ko’nikmasi shakllanadi.
Loyihalash» metodining kamchiliklari:
Ko’p vaqt talab qiladi;
Tanlangan mavzu o’quvchining bilim darajasiga mos kelishi talab etiladi.

  1. «Yo’naltiruvchi matn» metodi

Yo’naltiruvchi matn - o’quvchilar mustaqil ravishda yo’naltiruvchi savollar yordamida ma'lumot yig’ish, rejalashtirish, amalga oshirish vazifalarini bajaradigan metoddir.
«Yo’naltiruvchi matn» metodi «loyihalash» metodi bilan chambarchas bog’liqdir. Ushbu ikki metodni bir-biridan quyidagi nuqtai-nazar bo’yicha farqlash mumkin:
«Yo’naltiruvchi matn» metodi o’quvchilarning mustaqil o’rganishiga qaratilgan;
«Loyihalash» metodi esa o’quvchilarning mustaqil o’rganishidan tashqari, e'tiborni kasb o’rganishda kerak bo’ladigan shaxsiy qobiliyatlar va ko’nikmalarni takomillashtirishga qaratilgan.
«Yo’naltiruvchi matn» metodidan o’quv amaliyoti darslarida foydalaniladi. Ushbu metodni o’tkazish bosqichlari loyihalash metodining bosqichlari bilan bir xildir. Ma'lumot yig’ish, rejalashtirish, amalga oshirish va tekshirish bosqichlarida o’quvchi mustaqil ishlaydi. Qaror qabul qilish va xulosa qilish bosqichlarida o’quvchi va o’qituvchi orasida «qaytar aloqa» o’rnatilib, vaziyatni birgalikda muhokama qiladilar. O’quvchilarga boshlang’ich bosqichlarda o’qituvchi tomonidan tuzilgan yozma hujjatlar beriladi. Bunday hujjatlarga texnik chizmalar, jadvallar, yo’naltiruvchi savollar, tarqatma materiallar, topshiriqlar varaqasi, baholash varaqasi va boshqalar kiradi.
«Yo’naltiruvchi matn» metodining afzalliklari:
O’quvchilarning ko’nikma va malakalari shakllanishiga olib keladi;
O’quvchilarning mustaqil o’rganish ko’nikmalarini shakllantiradi;
O’quvchilarda muloqot qilish, o’z natijalarini o’zi tekshirish kuniklmalarini rivojlantiradi;
O’quvchilarda ish-harakatlarni rejalashtirish, mustaqil qaror qilish kabi ko’nikmalarini rivojlantiradi.
«Yo’naltiruvchi matn» metodining kamchiliklari:
Ko’p vaqt talab qiladi;
Tanlangan mavzu o’quvchining bilim darajasiga mos kelishi talab etiladi;
O’qituvchidan katta tayyorgarlik ko’rish talab etiladi.

  1. «Muammoli vaziyat» metodi

Muammoli vaziyat - o’quvchilarga muammoli vaziyatlatni tahlil qilish va ularning yechimini topishga asoslangan metoddir.
«Muammoli vaziyat» metodi uchun tanlangan topshiriqning murakkabligi o’quvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qo’yilgan muammoning yechimini topishga qodir bo’lishlari kerak, aks holda yechimni topa olmagach, o’quvchilarning qiziqishlari so’nishiga, o’zlariga bo’lgan ishonchlarining yo’qolishiga olib keladi.
«Muammoli vaziyat» metodining afzalliklari:
O’quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi;
O’quvchilar sabab, farq va ta'sirlarni topishni o’rganadilar;
O’quvchilar bilim va tajribalarini baholash uchun yaxshi imkoniyat yaratiladi;
O’quvchilar fikr va natijalarni tahlil qilishni o’rganadilar. «Muammoli vaziyat» metodining kamchiliklari: o’quvchilarda yuqori motivatsiya talab etiladi;
Qo’yilgan muammo o’quvchilarning bilim darajasiga mos kelishi kerak;
Ko’p vaqt talab etiladi.

  1. «Aqliy hujum» metodi

Aqliy hujum - g’oyalarni generatsiya (ishlab chiqish) qilish metodidir. «Aqliy hujum» metodi biror muammoni yechishda o’quvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to’plab, ular orqali ma'lum bir yechimga kelinadigan eng samarali metoddir. Aqliy hujum metodining yozma va og’zaki shakllari mavjud.
Og’zaki shaklda o’qituvchi bergan savol o’quvchilarning har biri o’z fikrini og’zaki bildiradi. O’quvchilar o’z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar.
Yozma shaklida esa berilgan savolga o’quvchilar o’z javoblarini qog’oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko’rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki «pinbord» doskasiga (ilgaklar yordamida) mahkamlanadi.
«Aqliy hujum» metodining yozma shaklida javoblarni ma'lum belgilar bo’yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to’g’ri va ijobiy qo’llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o’rgatadi.
Aqliy hujum metodidan foydalanilganda o’quvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo’ladi, shu jumladan, o’quvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. O’quvchilarda o’z fikrini faqat og’zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko’nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlarning baholanmasligi o’quvchilarda turli g’oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod o’quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
«Aqliy hujum» metodi o’qituvchi maqsadiga qarab amalga oshiriladi:

  1. O’quvchilarning boshlang’ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo’yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.

  2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog’lash maqsad qilib qo’yilganda - yangi mavzuga o’tish qismida amalga oshiriladi.

  3. O’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib quyilganda -mavzudan so’ng, darsni mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.

Quyidagi rasmda «Aqliy hujum» metodi tarkibiy tuzilmasi keltirilgan (1-rasm).
«Aqliy hujum» metodini qo’llash bosqichlari quyidagilardan iborat:

  1. O’quvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo’yicha o’z javoblarini (fikr, mulohaza) bildirishlarini so’raladi;

  2. O’quvchilar savol bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirishadi;

  3. O’quvchilarning fikr-g’oyalari (magnitofonga, videotasmaga, rangli

qog’ozlarga yoki doskaga) to’planadi;

  1. Fikr-g’oyalar ma'lum belgilar bo’yicha guruhlanadi; •

  2. Yuqorida qo’yilgan savolga aniq va to’g’ri javob tanlab olinadi.


1-rasm.. «Aqliy hujum» metodining tarkibiy tuzilmasi.


«Aqliy hujum» metodini qo’llashdagi asosiy qoidalar:

  1. Bildirilgan fikr-g’oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.

  2. Bildirilgan har qanday fikr-g’oyalar, ular hatto to’g’ri bo’lmasa ham inobatga olinadi.

  3. Bildirilgan fikr-g’oyalami to’ldirish va yanada kengaytirish mumkin.

«Aqliy hujum» metodining afzallik tomonlari;
Natijalar baholanmasligi o’quvchilarni turli fikr-g’oyalarning shakllanishiga olib keladi;
O’quvchilarning barchasi ishtirok etadi;
Fikr-g’oyalar ochiq-oydin namoish etiladi;
O’quvchilar boshlang’ich bilimlarini kengaytirib ko’rish imkoniyati mavjud;
O’quvchilarda mavzuga qiziqish uyg’otish mumkin.
«Aqliy hujum» metodining kamchilik tomonlari:
O’qituvchi tomonidan savolni to’g’ri qo’ya olmaslik ehtimoli;
O’qituvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi.

Download 251.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling