I bob. O’zbekistonning mustaqillikka erishIShi va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yo’lga qo’yilishI


Download 214.5 Kb.
bet12/12
Sana05.11.2020
Hajmi214.5 Kb.
#141215
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ММТ Маъруза 2016-2017

XULOSA

Hozirgi davrda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni ma’rifatli va yuksak madaniyatli qilib tarbiyalash oliy o’quv yurtlarining ham zimmasidagi mas’uliyatli, biroq sharafli vazifadir. Yoshlarga ma’naviyat tarbiyasi berishning bosh maqsadi ularda mustaqillik tafakkurini shakllantirishga qaratilmog’i lozim. Mustaqillik tafakkuri esa, Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, yoshlarda O’zbekistonning istiqboli va istiqloli haqida qayg’urish, o’zining va o’z xalqining, vatanining qadru qimmati, or-nomusini anglab, uni himoya qilish, yuksak g’oyalar, yangi fikriy kashfiyotlar og’ushida mehnat qilib, iste’dodi bor imkoniyatini, kerak bo’lsa, jonini yurt istiqboli, eliga baxshida etish”1 kabi buyuk xislatlarni shakllantirishdan iboratdir. Shu jihatdan ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaga e’tibor mustaqilligimizni mustahkamlash vazifalaridan kelib chiqmoqda.

Ma’naviy va ma’rifiy ishlar tushunchasi keng qamrovlidir. U o’z yo’nalishiga ko’ra komil insonni tarbiyalash maqsadini qo’yar ekan, bu vazifani ado etish murakkab va chuqur mazmunli vazifalarni bajarishni talab qiladi. Shu bois barcha ta’lim muassasalarida 1996-1997 o’quv yilidan e’tiboran rahbarlarning ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha muovinlari lavozimlari ta’sis etildi. Ularning zimmasiga yoshlarni ma’naviy barkamol, ma’rifatli, yuksak madaniyatli qilib tarbiyalashdek sharafli vazifa yuklangan. Bu ishlarni ko’ngildagidek bajarish uchun izlanish, harakat qilish taqazo etiladi. Ma’naviyat va ma’rifat sohasiga mas’ul kishilar bu yo’lda bor imkoniyatlarini ishga solishlari kerakligini yaxshi tushundilar.

Xalqaro maydonda globallashuv sharoitida mafkuraviy, g’oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga dahldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish vazifasi ushbu sohadagi ishlarni, yanada kuchaytirish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining faoliyati va tarkibiy tuzilishini qayta ko’rib chiqish davr talabidan kelib chiqdi.

Mamlakatimizda milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini, ularning hayotiyligi va ta’sirchanligini yanada oshirish maqsadida hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining navbatdagi yig’ilishida bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda 2006 yil 25 avgustda Milliy g’oya va mafkura markazi tashkil etilgan.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, milliy g’oya va mafkurani, O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasini, o’zbek xalqining buyuk davlat barpo etish to’g’risidagi maqsad-muddaolarini hisobga olgan xolda, yoshlar qalbi va ongiga singdirishning muayyan tizimi va ustuvor yo’nalishlari bor. Bunda jamiyat xayotining barcha sohalarini qamrab olishi ta’lim tarbiya, targ’ibot tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanishini taqozo etadi.

Milliy g’oya va mafkurani singdirishda har bir ota-ona o’z farzandining maktabgacha tarbiyasi, uning keyingi taraqqiyot davrida qanchalik ahamiyat kasb etishi, bu davr uzluksiz ta’lim va tarbiyaning muxim bosqichi ekanligini anglab etishi kerak. Bunda oilaning ta’lim muassasalari tizimiga izchil uyg’unlashuviga erishish zarur. Bu davrdagi barcha ta’lim beruvchi muassasalar mafkuraviy tarbiyaning asosiy o’choqlaridir. Mafkuraviy ta’lim jarayonida, barcha o’quv qo’llanmalari va darsliklar, qo’shimcha adabiyotlarda Vatan tuyg’usini shakllantirish, ona tilimizga muxabbat uyg’otish, milliy qadriyatlarga xurmatni kuchaytirish, ezgulik timsoli bo’lgan ayolni ulug’lash oilaning vatanparvarlik hissini tarbiyalashdagi rolini ko’rsatish, mahalla demokratik darsxonasi va o’z-o’zini boshqarish maktabi ekanligi to’g’risidagi omillar ustuvor ahamiyat kasb etishi lozim. Jamoatchilik fikrini shakllantirish, milliy g’oya va mafkurani yosh avlod ongiga singdirishda ommaviy axborot vositalari alohida o’rin tutadi.

Ta’lim va tarbiya berish jarayonida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va mafkuraviy tarbiyaning eng ta’sirchan vositalaridan biri muloqot hisoblanadi, chunki inson qalbi va ongida shakllanadigan ruhiy qarash, e’tiqod, iymon, vijdon, mas’suliyat kabi fazilatlar tarbiyasida radio-televideniya, gazeta, junallar, badiiy hamda ilmiy adabiyotning o’rnini e’tirof etgan holda shuni aytish mumkinki, yuzma-yuz keladigan fikr almashuv, insonnin yuzi-ko’ziga qarab turib aytiladigan bamaьni so’z va hissiyotlarning o’rni beqiyos. Shuning uchun ham har bir ota-ona bir gapni aytishi lozim bo’lsa, bolasining yuzini o’ziga qaratib olib zarur yuz qiyofasi va ko’zidagi samimiyat bilan fikrni uqtira boshlaydi bunday muloqot samarali buladi. Shu bois auditoriyalarda o’qituvchi bilan o’quvchi, talaba va domla o’rtasidagi muloqot ta’lim va tarbiya jarayonida katta ahamiyatga ega.

Mafkurani amalga oshiruvchi shaxs, ziyoli pedagoglardan avvalo tajriba, bilimdonlik ishontira olish qobiliyati uning nutqi, o’ziga ishonch va boshqalar talab qilinadi. O’qituvchilar o’zida mavjud bilim, tushuncha g’oyalarni asos qilib olgan holda, yoshlar, o’quvchilar ongida mustaxkam e’tiqodni shakllantirish, ta’sir ko’rsatishdir. Bunda u muloqotning barcha samarali va ta’sirchan vositalaridan monolog, dialog, bahs-munozara kabilardan foydalanadi, aynan ana shu faoliyat har bir o’qituvchi, ta’sir ko’rsatuvchining ritorika asoslaridan xabardor bo’lishini nutq mahoratini egallashini talab qiladi. So’zlovchi nutqiy va nutqiy bo’lmagan vositalardan o’z o’rnida maqsadga muvofiq foydalnishi kerak. Hissiy ta’sir usullari o’rinli ishlatilgan qarashlar, imo-ishora, mimika kabilar ham ta’sirni kuchaytiruvchi psixologik mexanizmlar ekanligini unutmaslik kerak.

Mafkuraviy g’oyalar turli badiiy va xujjatli filьmlar, bolalar yoki kattalar uchun yaratilgan multfilьmlar orqali ham etkazilishi mumkin, muhimi ular xalq ma’naviyati, o’lmas merosimiz, kelajakka ishonch uyg’otuvchi maьno-mazmun bilan yo’g’irilgan bo’lishi kerak.

Eng muhimi mamlakatimizda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi har tomonlama, barkamol, bilimli, malakali yoshlarni voyaga etkazishni jamiyatimiz tomonidan qabul qilingan tarixiy xujjat ekanini tushuntirish va uni amalga oshirishga butun kuchni safarbar etishimiz, yurt tinchligi, vatan ravnaqi, xalq farovonligi uchun xizmat qiladigan komil insonlarni tarbiyalash bizning muqaddas burchimizdir.

Hozirgi voqelikda Milliy istiqlol g’oyasi va yot mafkuralar orasidagi munosabatlar mafkuraviy kurash, mafkuraviy qarshi turish, psixologik urush shakllarida kechmoqda. Yot mafkuralar mafkuraviy kurashlarning ming yillik uslublarini, shuningdek, zamonaviylashtirilgan uslublari: axborot maydonini egallab olish; mafkuraviy diversiya, siyosiy indoktrinatsiya, mafkuraviy infilьtratsiya, dezorientatsiya, mafkuraviy qo’poruvchilik harakatlarini qo’llash orqali xalqimizda O’zbekistonning buyuk kelajagiga ishonchsizlik uyg’otishga, davlat siyosatini obro’sizlantirishga, odamlarning o’zini Vatan, millat himoyasidan chetga tortishga, loqaydlikka erishishga intiladilar. Bunda ular biror xususiy faktni umumlashtirish (ekstrapolyatsiya), yolg’onni haqiqatga o’xshatib tasvirlash, kichik muammodan katta yolg’on yasash, bir narsani takrorlayverish, tuyg’uni aqldan ustun qo’yish, tinglovchining shaxsiy manfaatini birinchi o’ringa qo’yib, (unga do’st bo’lib ko’rinish) «hasratlashish», hukumatlarni xalqlarga yomon ko’rsatish, millat dushmanlariga rahmdillik, hamfikrlik tuyg’ularini uyg’otish, masalan odamlarga tanish, qadrdon ma’lumotlarni ishlatib, (falon joyda falon voqea bo’ldi), deb rostga yolg’onni ulab yuborish uslublaridan mafkuraviy kurashda foydalanayapti.

Har qanday jamiyat bunday makkor tahdidlarni engishi uchun  o’zida ogohlik, mafkuraviy xavfsizlik, to’kislik, jangovarlik, safarbarlik, umummilliy birlik kabi ijtimoiy sifatlarga ega bo’lishi kerak. Buning uchun  Milliy istiqlol mafkurasining yot mafkuralarga qarshi kurash uslublari, jumladan, buzg’unchi g’oyalar mohiyatini fosh qilishga qaratilgan targ’ibot, mafkuraviy monitoring va tahdidlar mohiyatini xalqimiz ongi va qalbiga etkazish, jaholatga qarshi ma’rifat tarqatish uslublaridan doimo va hamma joyda foydalanish taqozo qilinadi.

Diniy aqidaparastlik va boshqa yot mafkuralar eng avvalo yoshlarning ayrim qismining g’oyaviy-siyosiy tajribasizligiga tayanadi. Yot mafkura va buzg’unchi ta’sirlar bilan kurash mafkuraviy tarbiyada loqaydlik, befarqlik kayfiyatining har qanday ko’rinishlariga murosasizlikni taqozo qiladi.

Qarshi targ’ibot samaradorligining zaruriy tamoyillaridan biri - uning tezkorligida bo’lib, unda muayyan mintaqaviy sharoitlarni, kishilarning yosh xususiyatlarini, oliy o’quv yurtining u yoki bu muddatda hal qila olishi mumkin bo’lgan mafkuraviy imkoniyatlarini hisobga olish ko’zda tutiladi. Shaxsning mamlakat ichkarisida va tashqarisida sodir bo’layotgan voqealarni mustaqil tahlil qila olishi, mafkuraviy immunitetni mustahkamlaydi.

Chunki mafkuraviy tahdid o’zining mazmuni, tamoyillari,  uslublari  va shakllariga ko’ra murakkab hodisadir. Unga:  Mustaqil O’zbekistonning hayotiy yutuqlarini dalil-isbotsiz ataylab qoralash, mustaqillikka erishgan mamlakatlarning hammasida bor bo’lgan umumiy muammolarni «faqat O’zbekistonda bor» deb talqin qilish, erishilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat yutuqlari mohiyatini, hukumatimizning tashqi va ichki siyosatini soxtalashtirish, buzib ko’rsatish; ayrim mamlakatlar turmush tarzi, siyosiy tizimini  bir yoqlama ko’kka ko’tarish; milliy g’oyalarimizni obro’sizlantirish; ko’p millatli O’zbekistonda aholi o’rtasida ijtimoiy hamkorlikni buzishga qaratilgan kayfiyatlarni tarqatish va nizolar keltirib chiqarishga urinish; odamlarning diniy tuyg’ularini junbushga keltirish, diniy yovqarashni paydo qilish kabi yo’nalishlar xosdir.



Globallashuvning ana shunday murakkab sharoitida Prezidentimiz Islom Karimov atrofiga jipslashib u olib borayotgan siyosatni xalqimiz, yoshlarimiz ongiga singdirish uchun bor kuchi bilan harakat qilayotgan juda katta ziyolilar otryadi mavjud. Ular Vatan manfaatlarini, xalqimizni turli xil ma’naviy taxdidlardan himoya qilishga doimo shaydirlar. “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” asarida aytilganidek “o’qituvchilar va shifokorlar, madaniy oqartuv muassasalaridagi va boshqa sohalardagi ko’plab mutaxassislar-chinakam ziyolilardir. Ayniqsa, olimlar va ijodkor xodimlarimizga e’tiborni kuchaytirish kerak.Chunki ma’naviy boyliklarni aynan shular yaratadi. Ularga g’amxo’rlik qilish, samarali faoliyati uchun barcha zarur moddiy-ma’naviy sharoitlarni yaratib berish davlat hokimiyati va xo’jalik tashkilotlari rahbarlarining burchi va masuliyatli vazifasidir”1.


11 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. – Тошкент, «Ўзбекистон», 2000, 3-бет

11 Удовик С.Л. Глобализация: семиотические подходы. – М., «Ваклер», 2002, с. 389.

22 Каримов И.А. Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари ҳамда манфаатлари – энг олий қадрият. 14-жилд, Тошкент, “Ўзбекистон”, 2006, 71-бет.

11 Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, “Маънавият”, 2008, 4-бет

11 Абу Наср Форобий. Рисолалар. Тошкент, Фан, 1975, 134-бет.

11 Халқ сўзи. 1996 йил 10 сентябрь.

22 Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, “Маънавият”, 2008, 107-бет

11 Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, “Маънавият”, 2008, 19-бет

11 Каримов И.А. Биздан озод ва обод Ватан қолсин. Тошкент, Ўзбекистон, 1994, 43-44-бетлар.

11Каримов И.А. Асосий мақсадимиз – юртимизда эркин ва обод, фаровон ҳаёт барпо этиш йўлини қатъият билан давом эттиришдир. 16-жилд, Тошкент, «Ўзбекистон», 2008, 163-бет.

11 Қаранг: Эргашев И. ва бошқ. Миллий истиқлол ғояси: Ўзбкистон Республикасининг Олий таълим бакалавриат босқичи учун дарслик.-ТОШКЕНТ, Академия, 2005. 80-91-бетлар.

11 Каримов И.А. Ўзбекистон Конституцияси – биз учун демократик тараққиёт йўлида ва фуқаролик жамиятини барпо этишда мустахкам пойдевордир. Тошкент, “Ўзбекистон”, 2009, 30-бет.

11 Халқ сўзи газетаси, 2006 йил 26 август.

11 Каримов И.А “Юксак маънавият-енгилмас куч”, Тошкент, “Маънавият” 2008, 117-бет

11 Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. –ТОШКЕНТ, Ўзбекистон, 1997. 326 б. 37-бет.

22 Каримов И.А. Шанхай ҳамкорлик ташкилоти саммитидаги нутқ. 11-жилд, Тошкент, “Ўзбекистон”, 2003, 274-275-бетлар.

11 М.Қуронов. Мафкуралар тортишуви тўхташи йўқ. Жамият ва бошқарув. 1998. 2-сон. 24-бет.

22 Қаранг: Каримов И.А. 7-жилд, Тошкент, “Ўзбекистон”, 1999, 35-56-бетлар.

33 Қаранг: Каримов И.А. 12-жилд, Тошкент, “Ўзбекистон”, 2004, 243-275-бетлар.

11 Каримов И.А. Ўзбекистон Конституцияси – биз учун демократик тараққиёт йўлида ва фуқаролик жамиятини барпо этишда мустахкам пойдевордир. Тошкент, “Ўзбекистон”, 2009, 30-бет.

22 Баркамол авлод-Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. Кадрлар тайёрлаш миллий дастури. Тошкент, “Шарқ”нашрёти, 1997, 44-бет.

11 Баркамол авлод-Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. Кадрлар тайёрлаш миллий дастури. Тошкент, “Шарқ” нашрёти, 1997, 42-бет.

11 Каримов И.А “Юксак маънаият - енгилмас куч” . Тошкент, “Маънавият” 2008, 20-бет

11 Маънавий юксалиш йўлида. Тошкент, “Маънавият”, 2008 51-бет.

22 Каримов И.А “Юксак маънаият-енгилмас куч” . Тошкент, “Маънавият”, 2008, 114-бет

11 Қаранг: Қуддус Аъзам. Оғир синовлар даври. Тошкент, 2004, 15-бет.

22 Ўша жойда.

11 Каримов И.А. Маънавий юксалиш йўлида. Тошкент, “Ўзбекистон”, 1998, 278-бет.

11 Ўзбекистон овози, 2006 йил, 26 август.

11 Каримов И.А. Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига. 17-жилд, Тошкент, “Ўзбекистон”, 2009, 21-бет.

11 Каримов И.А. Соғлом авлод – бизнинг келажагимиз. Тўплам. – Тошкент, Абу Али ибн Сино номидаги тиббиёт нашриёти, 2000. 40-бет.

11 Каримов И.А. Ватанимиз тинчлиги ва хавфсизлиги ўз куч-қудратимизга, халқимизнинг ҳамжиҳатлиги ва букилмас иродасига боғлиқ. 12-жилд, Тошкент, “Ўзбекистон”, 2004, 271-бет.

11 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент, “Маънавият”, 2008, 63-бет.

11 Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида. хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. – Тошкент, “Ўзбекистон”, 1998, 35-бет.

22 Ўша жойда, 31-бет.

11 Каримов И.А. Биринчи чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг XI сессиясида сўзлаган нутқ. 6-жилд, Тошкент, “Ўзбекистон”, 1999 33-бет.

11 Каримов И.А. Биринчи чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг XI сессиясида сўзлаган нутқ. 6-жилд, Тошкент, “Ўзбекистон”, 1999, 36-бет.

11 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент, “Маънавият”, 2008, 172-бет.

11 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент, “Маънавият”, 2008, 74-бет.

11 Каримов И.А. “Юксак маънавият-енгилмас куч”, Тошкент, “Маънавият”, 2008, 56-бет

11 Каримов И.А. Ўзбекистон миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. 1-жилд, Тошкент, “Ўзбекистон”, 1993, 81­бет.

11 Каримов И.А. Маънавий юксалиш йўлида. – Тошкент, “Ўзбекистон”, 1998, 432-бет.

22 Каримов И.А. Истиқлол ва маънавият. - Тошкент, “Ўзбекистон”, 1994, 13­бет.

11 Азизов Ш., Азизова С. Маърифатпарварлик – ижтимоий-маданий ҳодиса. – Тошкент, “ABU MATBUOT-KONSALT”, 2008, 8-бет.

11 Каримов И.А. Истиқлол ва маънавият. Тошкент, “Ўзбекистон”, 1994 й., 121-бет.

22 Ўша жойда 121-бет

11 Каримов И.А. Истиқлол ва маънавият. – Тошкент, “Ўзбекистон”, 1994, 121-бет.

11 Қўчқоров В. Маънавият ва миллий ўзликни англаш. – Тошкент, “Akadtmia”, 2008, 7-бет.

22 Каримов И.А. “Юксак маънавият-енгилмас куч” ТОШКЕНТ, “Маънавият”, 2008, 72-бет

11 Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Т., «Маънавият», 2008, 79 бет.

22 Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли. – 1-жилд, Тошкент, “Ўзбекистон”, 1996, 80-бет.

11 Каримов И.А. “Юксак маънавият-енгилмас куч”, ТОШКЕНТ, Маънавият, 2008 80-бет.

11 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент, “Маънавият”, 2008, 57-бет.

11 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент, “Маънавият”, 2008, 80-бет.

11 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент, «Маънавият», 2008, 127-бет.

11 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент, «Маънавият», 2008, 119-бет.

11 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. - Тошкент, “Маънавият”, 2008, 117-бет.

11©Миллий ғоя ва мафкура илмий амалий марказ. Designed by Md.

22 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. – Тошкент, «Ўзбекистон», 2001, 3-бет.

11 Миллий истиқлол ғояси: Ўзбекистон Республикаси Олий таълим бакалавр босқичи учун дарслик. – Тошкент, «Академия» нашриёти, 2005, 83-бет

22 Бегматов А., Рустамова Р. Миллий ғоя тарғиботи ва маданий-маърифий тадбирлар. – Тошкент, «Маънавият», 2007, 37-46-бетлар

11Каримов И.А. Ўзбекистоннинг сиёсий-ижтимоий ва иқтисодий истиқболининг асосий тамойиллари. 3-жилд, Тошкент, “Ўзбекистон”, 1996, . 36 бет.

11 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент, “Маънавият”, 2008, 79-бет.




Download 214.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling