I bob. O’zbekistonning mustaqillikka erishIShi va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yo’lga qo’yilishI


Ma’naviyat va ma’rifat kengashi orqali ma’naviy-ma’rifiy, g’oyaviy-mafkuraviy ishlarining o’zaro muvofiqlashtirilishiga erishish davri


Download 214.5 Kb.
bet8/12
Sana05.11.2020
Hajmi214.5 Kb.
#141215
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ММТ Маъруза 2016-2017


Ma’naviyat va ma’rifat kengashi orqali ma’naviy-ma’rifiy, g’oyaviy-mafkuraviy ishlarining o’zaro muvofiqlashtirilishiga erishish davri

(1999 yil 3 senyabrь – 2006 yil 25 avgust)
Markaz o’z faoliyatini har qancha kuchaytirmasin, mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, yon atrofimizda sodir bo’layotgan voqelar hamda dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari targ’ibot-tashviqot ishlarini yangi bosqichga ko’tarishni talab etayotgan edi. Ana shunday zaruratdan kelib chiqib, bir qator maqsad va vazifalari ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot bilan bog’liq davlat va nodavlat tashkilotlari, xususan, “Ma’rifatchilar”, “Faylasuflar”, “Tarixchilar” jamiyatlari, “Sog’lom avlod uchun”, “Mahalla”, “Kamolot”, “Nuroniy”, “Navro’z”, “Oltin meros”, Ommaviy axborot vositalarini qo’llab-quvvatlash jamg’armalari, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, Yozuvchilar, Bastakorlar, “Tasviriy oyina” uyushmalari, Badiiy akademiya, Xotin-qizlar qo’mitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o’rta maxsus, Xalq ta’limi, Madaniyat ishlari vazirliklari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashini ta’sis etdi (1999 yil, avgust).

Shu yili 3 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmoni qabul qilindi. Shu tariqa amalda mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot ishlarining ikkinchi bosqichi boshlandi. “Jaholatga qarshi ma’rifat” g’oyasini o’zining asosiy shiori etib belgilagan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi a’zo tashkilotlar, “Ma’rifatchilar”, “Faylasuflar”, “Tarixchilar” jamiyatlari, “Sog’lom avlod uchun”, “Mahalla”, “Kamolot”, “Nuroniy”, “Navro’z”, “Oltin meros”, Ommaviy axborot vositalarini qo’llab-quvvatlash, “Ustoz”, “Umid”, “Ulug’bek”, Imom al-Buxoriy, Ibn Sino, Amir Temur, Bobur, “O’zbekmuzey”, Xalqaro “Ekosan” jamg’armalari, O’zbekiston Bolalar jamg’armasi, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat”, “Huquqiy ma’rifat targ’iboti”, Respublika “Oila”, “Ijtimoiy fikr”, Respublika Baynalmilal madaniy markazlari, Yozuvchilar, Bastakorlar, “Tasviriy oyina”, “Olima” uyushmalari, Badiiy akademiya, Xotin-qizlar qo’mitasi, Oliy va o’rta maxsus, Xalq ta’limi, Madaniyat ishlari vazirliklari, Din ishlari bo’yicha, Matbuot, Sport qo’mitalari, O’zteleradiokompaniya, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, O’zbekiston musulmonlari idorasi, Davlat fan va texnika qo’mitasi, Mudofaaga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Ma’naviyat” nashriyoti, O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, “Hunarmand” assotsiatsiyasi, O’zbekiston Fanlar akademisi, “Jahon adabiyoti”, “Tafakkur” jurnallari, “O’zbekkino” va “O’zbekturizm” kompaniyalarining ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot yo’nalishidagi imkon va salohiyatlarini birlashtirish, faoliyatlarini muvofiqlashtirishni o’zining asosiy maqsadlaridan biri etib belgiladi.

Prezidentning mazkur Farmoniga asosan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashiga O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari, Kengashning joylardagi bo’limlariga Qoraqalpog’iston Respublikasi Juqorg’i Kengesi raisi, viloyat, shahar va tuman hokimlari rahbar etib saylandi.

Shuningdek, Farmonda bir qator tashkiliy o’zgarishlar amalga oshirildi: Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining qarorlarini joylarda amalga oshirish va targ’ibot-tashviqot tadbirlarini uyushtiruvchi tashkiliy guruhga aylantirildi, “Oltin meros” jamg’armasi, “Ma’naviyat” nashriyoti, “Tafakkur” va “Jahon adabiyoti” jurnallari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi huzuridagi tashkilotlar etib belgilandi, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining mintaqaviy-hududiy bo’limlari tegishli hudud hokimliklari binosida joylashtirilishi ko’rsatilib o’tildi.

Kengash tuzilganidan keyin joylarda ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirishda ijobiy o’zgarishlar amalga oshirildi. Kengash har ikki oyda bir marta o’z yig’ilishlarini o’tkazib, bu yig’ilishlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning amaldagi holati, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqdi, kerakli amaliy tavsiyalar berildi.

2000 yil 25 avgustda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi huzurida yana bir jamoatchilik asosida ishlovchi Markaz – Milliy mafkura ilmiy targ’ibot markazi Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatdan o’tkazildi. Milliy mafkura ilmiy-targ’ibot markazi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining milliy g’oya va milliy mafkurani shakllantirish va rivojlantirishga oid qarorlarini ilmiy-nazariy, uslubiy hamda targ’ibot-tashviqot yo’nalishlarida amalga oshiruvchi tashkilot bo’lib, bosh maqsadi milliy istiqlol mafkurasi va milliy g’oyaning ilmiy-nazariy asosini takomillashtirish va uni keng jamoatchilikning ongiga etkazishning zamonaviy, ta’sirchan vosita va shakllarini yaratishdan iborat bo’ldi. Shuningdek, jamiyat, ayniqsa, yoshlar o’rtasida milliy g’oya va milliy mafkuraga tayangan holda milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatini ulug’lashga, jismonan sog’lom, aqlan etuk, dunyoqarashi keng va mustaqil fikrlovchi fuqarolarni kamol toptirishga, milliy mafkura asosida tarbiyalash yo’nalishida ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, ma’ruzalar, suhbatlar va ilmiy-amaliy konferentsiyalar o’tkazish, ta’lim-tarbiya muassasalari, aholi turarjoylari, ishlab chiqarish sohalarida ma’naviy-mafkuraviy muhitning ahvolini, ommaning kayfiyati, intilishini hisobga olgan holda mavjud muammolarni, ularni ijtimoiy-siyosiy muhitga ta’sirini tahlil etish hamda mazkur muammolarni bartaraf etish yo’llarini topish, ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq etdi.

Asosan davlat grantlari va xo’jalik hisobidan faoliyat ko’rsatgan bu Markaz olti yil davomida bir qator ishlarni amalga oshirdi. Xususan, u Respublika Baynalmilal madaniyat markazi bilan hamkorlikda “Milliy g’oya – bizning g’oya” mavzuida doimiy harakatdagi amaliy seminarlar tashkil etib, turli millat va elat vakillari orasida milliy g’oya va mafkura tushunchalarini singdirish yo’nalishida ijobiy ishlarni amalga oshirdi. Milliy mafkura ilmiy-targ’ibot markazi amalga oshirgan xayrli ishlardan yana biri shuki, milliy g’oya va mafkura tushunchalarini aholining ta’lim bilan qamrab olinmagan qatlamlari orasida targ’ib etish uchun ommabop turkum risolalar nashrini yo’lga qo’ydi.

Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligiga erishish davri. (2006 yil 25 avgust – to hozirgacha)

O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida” 2006 yil 25 avgustidagi PQ-451-son Qarori Markaz rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berdi.

Xalqaro maydonda mafkuraviy, g’oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgani hech kimga sir emas. Hozirgi murakkab va tahlikali davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, ularda yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish vazifasi bu sohadagi ishlarni, jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi faoliyati va tarkibiy tuzilishini qayta ko’rib chiqishni taqozo etgani uchun shu Qaror qabul qilindi.

Mazkur hujjatda milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy­ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish uchun bu tizimga jiddiy o’zgartirishlar kiritildi.

B i r i n ch i s i – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashiga Raislik qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri zimmasiga yuklatildi. O’n bir kishidan iborat Kengash Boshqaruvi tashkil etildi.

I k k i n ch i s i – Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha yordamchisi shtati joriy etildi. Respublikamizning barcha mintaqa va hududlarida birinchi rahbar mintaqaviy­hududiy Ma’naviyat va ma’rifat kengashining raisi hisoblanadi. Yordamchilar amalda ana shu mintaqaviy Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisining o’rinbosari bo’lib, joylardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish hamda o’zaro muvofiqlashtirishda u Jo’qorg’i Kenges Raisi va hokimlarga bevosita yordam berib, joylardagi quyidagi tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy faoliyatlarini muvofiqlashtirib boradi.

Qarorda ko’zda tutilgan u ch i n ch i yangilik shuki, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining tashkiliy guruhi – ijroiya idorasi hisoblanmish Respubika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi Respublika Ma’naviyat targ’ibot markaziga aylantirildi. Uning tarkibiy tuzilishida ham muayyan o’zgarishlar qilindi. Qo’shimcha ravishda yangi Targ’ibotchilar faoliyatini muvofiqlashtirish va malakasini oshirish bo’limi ochildi. Ijtimoiy-siyosiy, huquqiy targ’ibot bo’limi Ijtimoiy-siyosiy targ’ibot bo’limiga, Ijtimoiy-iqtisodiy targ’ibot bo’limi Huquqiy targ’ibot bo’limiga aylantirildi.



T o’ r t i n ch i yangilik shuki, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi huzurida shu paytgacha faqat yutib olgan grantlari asosida faoliyat olib borgan Milliy mafkura ilmiy targ’ibot markazi davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan Milliy g’oya va mafkura ilmiy­amaliy markaziga aylantirildi, unga 9 ta shtat birligi ajratildi. Uning zimmasidagi vazifalar qatoriga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi huzuridagi “Ma’naviyat” nashriyoti, “Oltin meros” jamg’armasi, “Tafakkur” va “Jahon adabiyoti” jurnallari faoliyatini muvofiqlashtirish ham kiritildi.

Shu tariqa Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi amalda ikki qanotga ega bo’ldi. Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi ilmiy-nazariy va uslubiy qanot va Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi esa amaliy-targ’ibot qanotga aylandi.

Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi ilmiy-nazariy, uslubiy-metodik tavsiyalar, dasturlar, ishlanmalar, risolalar, qo’llanmalar, plakatlar va boshqa nashriy bosma mahsulotlar ishlab chiqish bilan birga, milliy g’oya va mafkura targ’iboti bo’yicha joylarda monitoring olib bordi. Ayniqsa, respublika bosma nashrlarida Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tomonidan e’lon qilingan umummilliy bayramlarimiz, milliy qahramonlarimiz, allomalarimiz va shaharlarimiz yubileylariga hamda turli tarixiy sanalarga bag’ishlangan ilmiy-amaliy tavsiyalari keng jamoatchilikning nazariga tushdi. Nashr ettirilgan turli turkum plakatlar joylarda ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy targ’ibotning ko’rgazmaliligini ta’minladi.

Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi bevosita amaliy targ’ibot ishlari bilan shug’ullanib, barcha vazirlik, qo’mita, korporatsiya, kontsern, uyushma, bank, kompaniya, birlashma, agentlik, markazlar, jamoat tashkilotlari, muassasa va korxonalar, qishloq xo’jaligi mehnatkashlari orasida ma’ruzalar, davra suhbatlari, muloqotlar tashkil etib, mamlakatda ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot tizimini takomillashtirish, ma’naviy­ma’rifiy ishlarni uyushtirish, muvofiqlashtirish, joylarda, tashkilot va muassasalarda bu boradagi ahvolni o’rganib, ularga yordam ko’rsatish, shu soha mutaxassislarining malakasini oshirish tizimini yo’lga qo’ydi. Birgina 2007 yil davomida Markaz huzuridagi “Ma’naviyat targ’ibotchisi” kursida 520 nafar ma’naviyat targ’ibotchisining malakasi oshirildi.



7-§. Ma’naviy – ma’rifiy ishlarni tashkil etishda ma’naviyat, ma’rifat, mafkura tushunchalarining o’zaro bog’liqligi
Ma’naviyat va inson manfaatining uyg’unligi. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” asarida “bu dunyoda har bir odam to’q va badavlat hayot kechirish, el-yurt uchun munosib farzand tarbiyalash, ularga bilim berish, uyli-joyli qilish, ularning baxtu-kamolini ko’rish orzusi bilan yashaydi”1 deyiladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar xalq manfaatiga xizmat qiladi.

Istiqlol tufayli vatan va xalq hayoti hayratli o’zgarishlarni boshdan kechirayotgani, zalvorli qadamlariyu bag’ri butun g’oyalari bilan o’zligimizni anglash, tafakkurimizni yangilash, shuurimizda g’urur, vujudimizda komillik g’unchalari ulg’ayib borayotganligi sir emas. O’zini tanigan millat lafzida yangicha talqinlar, munosabatlarning zabtkor sur’ati, jamiyat hayotidagi yangilanishlar buyuk kelajak yaratish yo’lidagi bunyodkor turmush tarzimiz bilan bog’liq. Zotan ma’naviy – ma’rifiy islohotlar o’zlikni anglashning mehvari –tarix, milliy ma’naviyat va milliy ma’rifat, milliy ruhiyat va an’analarni, ulug’vor siymolarning betakror merosini tiklamoqda. Inson imkoniyatlarning cheksizligi, yaratuvchan kuchi dorilomon kunlarga ulug’vor mazmun bag’ishlamoqda. Har birimiz islohotlar bag’rida, bozor munosabatlari sharoitida, turfa mulkiy shakllar ro’baro’sida milliy g’oya va mafkuradan ruhlanib yangilanayapmiz. Boqimandalik, loqaydlik, ruhiy turg’unlikni rad etib, tadbirkorlik, ishbilarmonlikning siru asrorlaridan saboq ola boshladik. Endilikda erk va e’tiqod, Vatan va istiqlol tuyg’ulari ongimiz ham vujudimizda milliy uyg’onish kurtaklarini parvarishlayapti.

Inson va jamiyat, Inson va Vatan, Inson va millat tushunchalari, munosabatlari mazmunan boyib borayapti, odamlarda o’zining shaxsiy ijtimoiy omillarini samarali ishga solish, yangi jamiyatning ongli, axloq an pok a’zosi bo’lish, buyuklikka yuz burgan Vatanga muhabbat tuyg’usi, millat qadri, milliy g’urur tobora ulg’aymoqda. Shu asno shaxsning ijtimoiy maqsadi, ijtimoiy faoliyat tarzi yangilanayati. Muhimi, shaxsni ma’naviy – ma’rifiy kamol toptirish uchun tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar , demokratik tamoyillar hamda zamonaviy samarali imkoniyatlar yaxlitligiga tayangan ijtimoiy– pedagogik vaziyat yuzaga keldi.

Binobarin, mamlakat hayoti, bunyodkorlik ruhi bilan yo’g’rilgan turmush tarzi, iqtisodiy – ijtimoiy, ma’naviy – ma’rifiy, huquqiy – siyosiy rivojlanishning xususiyati dasturiy rejalarning mahrajiga fuqarolik jamiyati, huquqiy demokratik davlat yaratish g’oyasini qo’ydi. Bu g’oya o’z navbatida Inson manfaatlariga tamomila muvofiqligi bilan ajralib turadi.Inson manfaati hech vaqt moddiy maqsaddangina iborat emas. Balki haqiqiy ma’nodagi insonparvarlik muhitini qaror toptirish orqali yosh avlodni davrning ehtiyojiga muvofiq tarbiyalashning yangi shaklu shamoyillari, yangicha ma’naviy – ma’rifiy usul – yo’llarining ilmiy – nazariy asosini yaratish va hayotga tadbiq etish ham Inson manfaati uchun kurashdir. Bu esa amaldagi ta’lim – tarbiya tizimi, ichki tuzilishi, uslubiy yo’riqlarini oqilona isloh qilishni ko’zlaydi. Chunki ta’limni butunlay isloh qilishning zaruriy shart – sharoitlari vujudga keldi.

Mustaqillik yillarida mamlakat taraqqiyotining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy asoslari shakllandi. Natijada fuqarolik jamiyatini barpo qilish omillari yaratildi. Ayni paytda taraqqiyotning hozirgi tezkor sur’ati inson shaxsi, ongi, dunyoqarashi, qobiliyati va mayllarini tezda kamol toptirishni taqozo etayotganligi o’z – o’zidan aniq. Shuning uchun ham yangi iqtisodiy– ijtimoiy rivojlanish talabiga mos malakali , etuk ma’naviyatli, fidoyi va vatanparvar mutaxassis kadrlar tayyorlash dolzarb vazifaga aylandi. Bu vazifaning muvafaqqiyatini ta’minlash uchun maxsus Milliy dastur yaratish kun tartibiga qo’yildi. Milliy dastur asosida butun ta’lim – tarbiya jarayoniga istiqlol ruhi, Vatan tuyg’usi, millat kelajagi, jamiyat ravnaqi, komil insonni voyaga etkazish g’oyalari singdirilib, aqliy-ma’naviy, axloqiy-ruhiy, jismoniy- ijtimoiy barkamol avlodning o’sib ulg’ayishini ta’minlashga qaratilgan ilmiy-nazariy, ma’rifiy-moddiy shart-sharoitlar ro’yobga chiqarilmoqda.

“Bugungi kunda bizning qilayotgan barcha ishlarimiz farzandlarimizning baxtu-saodati ularning yorug’ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda... Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir”1 deb yozadi Islom Karimov.

O’zligini bilgan inson o’zini xalqidan ayri ko’ra bilmaganidek, yurt ishqiga ham begona emas. Qadr ham, mehr-muhabbat ham, toliqmas fidoyilik ham yolg’izdan qochadi. Yolg’izlikkina tiriklikning, sevish-sevilishning, izzat- e’tibor, g’urur va iftixorning ulug’vor kuchini his etish zokovatidan benasib. U o’zini ham, o’zgalarni ham qadrlay olmaydi. “Dunyoni suv bossa, to’pig’iga chiqmaydi”, degan gap yolg’izlik kasriga kirgan siyratlarga atalgan bo’lsa ne ajab. “Yolg’iz” inson shaxsi, taqdiri, yurish-turishida qandaydir kemtiklikni fahmlaymiz. Bordiyu, jamiyatda ko’ngli tor, imoni darz ketgan, turfa riyokorliklar zanjiriga bog’langan, fikri qashshoq, shaytoniy ruhiyatda tebrangan va hullas, ma’naviy xastallikka mubtalo bo’lgan shaxslar mavjud ekan, sog’lom ma’naviyat, sog’lom tafakkur, sog’lom jamiyat uchun kurash hayotiy zaruriyatga aylanishi ham tabiiydir. Jamiyat avomlik balosidan forig’ bo’lganda, qudratli va istiqboli yorqin bo’ladi. Bu yurtning sog’lomligiga ko’p jihatdan bog’liq. Shu bois “Sog’lom avlod uchun” kurash g’oyasini mohiyatan mamlakatning, jamiyatning sog’lomligi uchun zaruriy shart sifatida anglaymiz va bunga burchlimiz. Busiz amaliy ishlarga, zamona ehtiyojiga muvofiqlashish mushkul ekanligini hayotning o’zi ko’rsatib turibdi.

Agar biz har bir insonda o’zi mansub xalqning jajji qiyofasi mavjudligini fahmlay bilsak, xalqimiz o’tmishda qalbiyu tafakkuri toza, imoniyu diyonati butun, bag’ri mehr-oqibatga to’liq, juvonmardlikda dovrug’ taratgan xalq bo’lganligini, ming yillar osha o’z tartib qoidalari, ezgulik va ulug’vorlik salohiyati bilan Mag’ribu - Mashriqning etiborini qozonganligini unutishga haqqimiz yo’q. Uzoq o’tmishdayoq xalqimiz hayratli ezgu fazilatlari bilan boshqa xalqlarning havasini keltirgan, ibrat olishga arzigulik sifatlari ko’p bo’lgan. Shu bois arab sayyohi ibn Batuta (13-asr) “Safarnoma” kitobida: “Men dunyoni kezib, bunday odamlardan ko’ra ezgu niyatli va ezgu xulqli kishilarni ko’rmadim. Ularga tobe joylarda adolat rasmi shunday rivojlanganki, ularning lashkargohlari, xonalarida oltin va kumush tangalar erda sochilib yotadi va egasi topilmaguncha hech kim bu pullarga tegmaydi”, deb xotira bitdi. Qaranki, bu gaplarga ham VII asr bo’libdi.

XI asrda yashab o’tgan zahmatkash olim Mahmud Qoshg’ariy “Tangri ularga o’zi ot qo’ygan, ism bergan, ularni eng baland erlarga, xushhavo joylarga o’rnatgan va o’zining botirlaridan sanagan. Turklarda ko’rkamlik kabi maqtashga sazovor xulqlar soni sanoqsizdir”, ta’riflagan edi. Bunday ulug’vor fazilatlar o’sha uzoq moziydayoq Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Yusuf xos Hojib, Rabg’uziy, Imom Buxoriy, At-Termiziy, Bahouddin Naqshband, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy singari daho salohiyatli farzandlarda komillikka ko’tarilgan. Bu nasli toza xalq alla aytgan beshikdan har bir davrda ne bir salohiyatli juvonmardlar, allomayu ulamolar, ijodkoru san’atkorlar etishib chiqmadi, deysiz.

Xalqimiz ma’naviyat daraxtining o’zi ham, ildizi ham benihoya ulkanligi rost. Uning baquvvat ildizlaridan oziq olgan noyob fazilatlarning ta’rif-tavsifi o’nlab kitoblarda ham mukammalligicha o’z aksini topa olmaganligini tushunamiz. Istiqlol ana shu ta’rif-tavsifi olamjahon ma’naviyat daraxtini parvarish qilishga, xalqimizning qadr-qimmati, izzat-nufuzi, ezgulik va insoniyligining bo’ydor bo’lishiga eng qulay muhit yaratdi.

Ma’naviyatni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, islom odobi, necha ming yilliklarda to’plangan tajribalar hamda istiqlol mohiyati, maqsadlariga tayanib, millat va davlatning qaddini tiklash yo’lidagi dasturiy rejalarga to’laligicha monand yuksaltirishning hayotiy ehtiyojga aylanishi buyuk bir baxtdir. Mustaqillikni qo’lga kiritgan har bir davlat ma’naviy­ma’rifiy sohada ham o’z yo’lini belgilab olishi aniq. Ammo ma’naviy ­ ma’rifiy jarayon o’z mazmuni, harakat yo’nalishi, ommaviylik harakteri bilan O’zbekistonda tamomila yangicha ruh, yangicha siyrat kasb etdi. Sababki, Prezident istiqlolning dastlabki yillaridayoq “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” dasturiy kitobida ma’naviyatning shaxs va jamiyat taqdiridagi o’lkan yaratuvchan rolini lo’ndagina qilib ko’rsatib berdi: “Ma’naviyat ­ insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch­qudratidir. U yo’q joyda hech qachon baxt­saodat bo’lmaydi”1.

Darhaqiqat ma’naviyat, bu butun bir xalqning, jamiyatning buguni ham kelajagiga tamomila daxldor soha. U insonni aqliy, ruhiy, axloqiy, jismoniy komillikka, o’zligini, o’zgalarni jamiyat va vatanni anglashga, anglab qadrlashga yo’llaydi. Ma’naviyatning betimsol imkoniyatlari tufayli inson aql­zakovati, vujudi, ruhi, salohiyati, oljanob fazilatlarda barqarorlashadi. Inson tabiatida ezgulik, ruhiyatida ulug’vorlik, munosib olamida nazokat va samimiylikka e’tiqod, yomonlikdan forig’likni ravnaq toptiradi. Garchi ezguligu yovuzlikning, yaxshiligu yomonlikning, go’zalligu xunuklikning millati bo’lmasa­da har bir xalq, millatning milliy ma’naviyati bo’ladi. Buning tag­zamini har kimning qalbi, ruhi, tuyg’usini o’z xalqining, o’z vatanining ma’lum sifatlari mavjud bo’lganligidadir. O’zbekona fazilat, o’zbekona juvonmardlik, o’zbekona mehmonnavozlik, o’zbekona bag’ri kenglik singari tushunchalar bejiz aytilmagan. Ana shunday o’nlab fazilatlar har bir shaxsda millatga, xalqqa tegishli butunlikning zarrasi, belgisi mavjud bo’ladi. O’z xalqi, o’z Vatani qadrini anglagan, unga mansubligini tan olgan insonda milliy shuur, milliy tuyg’u, milliy odob va milliy qiyofa bo’lishini fahmlaymiz. Ayni paytda vujudida xalqi, millati va vatan qadrini etarli anglab olmagan kimsalar mavjudligini ham inkor etish qiyin. O’z xalqi, millati, yurtini qadrlay bilmagan, undan yuz o’girganlar o’z vijdoniyu iymonidan ham yuz o’giradilar. Bundaylarni aslo oqlab bo’lmaydi.

Davlatki, fozillik salohiyati timsoli bilan jahon hamjamiyatida o’zining ibratli nufuziga ega bo’lar ekan, buning zaminida ma’naviy­ma’rifiy komillik, unga qat’iyatli va oqilona munosabat yotgan bo’ladi. Mamlakatimizda ma’naviy­ma’rifiy islohotlarning ustuvor yo’nalishiga qo’yilishida ham ana shu tamoyilning o’rni borligini har tomonlama chuqur anglash zaruriyati bor. Endilikda foyda, foydali mehnat faqatgina moddiy ne’matlarning miqdoriy va sifat o’zgarishlarigagina qarab emas, balki aqliy ­ shuuriy, bilim va tadbirkorlik singari sohalarning uyg’unligini taqozo etayapti. Chunki oqilona tafakkur, kasbiy salohiyat mahsulot sifatini oshirishga yo’naltirilishi bilan birga sarf­harajat me’yorini ham kamaytiradi.

Umuman, ma’naviyat bozor munosabatlari sharoitida fidoyilik bilan manfaatdorlikni, jamiyat manfaati va shaxs manfaatini uyg’unlashtirishda, inson shaxsini yuksaltirishda ulkan ta’sir kuchiga ega.

Qadim­qadimdan hayotda ulug’larga hurmat ­ e’tibor, ular hukmiga rizolik, bo’ysunish, ajdodlar ruhiga sadoqat hissi elu yurt shuurini anglash tuyg’usining ilk kurtaklari bo’lgan bo’lsa ajabmas. Shundandir balkim, ajdodlar yodi, xotira­ tarix bilan umriguzaronlik pallasidagi mohiyatan o’xshash “qaytariq” lar o’sha o’tmish odamlar lafzida afsona, ertak ­ hikoya va hatto dostonday ijod mevalarining yaratilishiga zamin bo’lganligini fahmlash mumkin. Bu jarayon aslida odamzod tafakkuri, tuyg’usini shakllantirishda ancha zalvori omil rolini o’ynagan deyilar, ehtimol. Garchi o’sha davrda odamlar to’pori jamoa tarzida hayot kechirsalar­da, baribir, ajdodlar e’zozi, o’z qavmi, sha’ni xislatlari bilan insoniy va xalqona tuyg’ularning qad rostlashida o’z imkoni darajasidagi tarixiy vazifani o’tadi. Demoqchimizki, Vatan tuyg’usi, ajdodlar hurmati o’sha uzoq moziydayoq chingbarg chiqara boshlagan edi. Aks holda oddiygina yilqiboqar Shiroq o’z qavmlari erki va sha’ni uchun o’limga tik bormagan, malika To’maris qilich yalang’ochlab jangga otlanmagan bo’larmidi. Zotan erk va Vatan tuyg’usi botiniy tuyg’ularning o’q tomiriga aylangan edi. Ajdodlar ketidan avlodlar asrlar osha ayni shu zamonaga etib kelibdiki, erk va Vatan sevgisi, xalq va millat qadri, g’urur va iymon tobora ulg’ayib kelmoqda. Uning jon tomiri necha ming yillarki, asrlar osha qanchadan ­ qancha to’fonu dovullarga duch keldi. Baribir xalqning vujudida o’zligidan darak beruvchi fazilat va tuyg’ular tarixning ko’pdan­ko’p sinovlaridan eson­omon o’tdi.


Download 214.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling