I bob. O’zbekistonning mustaqillikka erishIShi va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yo’lga qo’yilishI


Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishda


Download 214.5 Kb.
bet7/12
Sana05.11.2020
Hajmi214.5 Kb.
#141215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ММТ Маъруза 2016-2017


Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishda O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov asarlarining roli.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar nazariyasi va uslubiyati uchun O’zbekistonning birinchi Prezidenti asarlarining roli juda ulkandir. Chunki Vatan ongimiz, munosabat tarzimizni ulg’aytiradi, qalbimiz va shuurimizni insoniylik nuri bilan parvarishlaydi. Garchi biz Vatan bag’rida uning mehri bilan qad rostlasak-da, o’zligimiz, ruhiyatimiz diyordan kuch olib turishini har doim ham his etavermaymiz. Xuddi shu o’rinda bizda xushyorlikning, shukronalikning etarli bo’lmayotganligi sezilib qoladi. Qachonkim, Vatan istiqboli, taqdiri, hayotimizda yuz berayotgan zalvarli bunyodkorliklar, odamlarga munosib shart-sharoit yaratish yo’lida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar haqida o’ylaganingda beixtiyor iftixor hissi ruhiyatingga kuch­qudrat bag’ishlaydi. Shu bois Vatan va millat taqdiri, istiqboli, tinch va osoyishta turmush tarzi, uning sobitqadam rivojlanishi uchun har qanday xavf­xatardan xoli bo’lishini ko’zlab, mavjud tahdidlar, ularga qarshi tura oladigan imkoniyatlarni siyosiy xushyorlik va ilmiy teranlik bilan tahlil qilgan, amaliy yo’l­yo’riqlar bergan asarlar jamiyat hayotida muhim voqea hisoblanishi tayin. Muhtaram yo’lboshchimiz Islom Karimovning “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida. xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” (TOShKENT, “O’zbekiston”, 1997 yil) kitobi siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy ­ mafkuraviy hayotimizda ana shunday ulkan voqea bo’ldi. Bejiz emaski, kitob tezda xalqaro jamoatchilik e’tiborini tortdi, ko’plab xorijiy tillarda nashr qilindi.

Kitob mamlakatimizda ham, xorijda ham katta qiziqish bilan o’qilayapti. Buning asosiy sababi, avvalo, jahonning bugungi eng yuksak tsivilizatsiyasi darajalariga etish sari dalil intilayotgan O’zbekistonning taraqqiyot yo’li, xavfsizlikni saqlashning shart­sharoit va imkoniyatlari aniq belgilab berilganligidadir.

“Bugun O’zbekiston ­ faqat juda boy tabiiy ­ xomashyo zaxiralari, cheksiz bozor va sarmoya sarflanadigan sohagina emas. Ayni chog’da mamlakatimiz g’oyat ulkan aql­zakovat, ma’naviy va madaniy imkoniyatlarga ega. Bularning barchasi dunyoda yangi siyosiy va iqtisodiy tartib faol shakllanib borayotgan bir sharoitda, yurtimizning noyob jo’g’rofiy o’rin bilan qo’shilgan holda juda katta jo’g’rofiy­siyosiy va jo’g’rofiy ­ strategik qiziqish uyg’otadi... Sayyoramizning juda katta maydonida kuchlar nisbati ko’p jihatdan Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar qaysi yo’ldan borishlariga bog’liq. Hozir xalqaro munosabatlarning sifat jihatidan yangicha tartibini shakllantirish jarayonida ishtirok etayotganlar buni e’tirof etmasliklari mumkin emas”1. Ushbu fikrlarning o’zidayoq Markaziy Osiyoga, shu jumladan, O’zbekistonga bo’lgan e’tiborning tub sabablari ifodalab berildi. Kitob tinchlik, osoyishtalik, barqaror turmush tarzi ko’p jihatdan odamlar dunyoqarashi, ongi, siyosiy xushyorligiga bog’liq ekanligini kuchli samimiyat bilan dalillab beradi.

Ayonki, kitobning birinchi sahifasidanoq har birimizni o’ylantiradigan, mulohaza qilishimiz, o’zimizda siyosiy xushyorlikni kuchaytirishimiz zarur bo’lgan fikrlar diqqatimizni tortadi. “Bu yorug’ olamda biz kimmiz va ne bir sir­sinoatimiz, qayoqqa qarab ketayapmiz? Insoniyat yangi ­ XXI asrga qadam qo’yganida bizning o’rnimiz qaerda va qanday bo’ladi?”2. Darvoqe, nainki muhtaram yo’l boshchimiz, balki har birimiz kimligimiz, qaysi avdodga mansubligimiz, erkimiz va tinchligimizni saqlay olamizmi, buyuk kelajak yaratishga ishonchimiz komilmi, yaqin kelajakda yuksak taraqqiy qilgan davlatlar safiga chiqib olish niyatimiz va mehnatimiz etadimi kabi o’nlab savollarga javob topish to’g’risida o’ylamog’imiz, intilmog’imiz shart. Chunki bevosita xalq, millat va Vatanning barqaror hayoti, kelajagi haqidagi qayg’urishlardan tug’ilgan dolzarb savollarga aniq va hayotiy javob bugungi taraqqiyotning sur’ati, harakteri va yo’llarini chuqur, atroflicha tahlil qilish, mulohazalarni o’rtaga tashlash, jahon hamjamiyati boshdan kechirayotgan vaziyatni to’g’ri baholash orqali berilishini tushunish qiyin emas.

Ayni paytda hozirgi davrning ichki va tashqi tabiati, jahonda yuz berayotgan o’zgarishlar, yangi mustaqil davlatlarning xalqaro siyosiy ­ iqtisodiy, ijtimoiy ­ mafkuraviy jarayonlarga ta’siri, O’zbekiston, umuman, markaziy Osiyo davlatlari boshdan kechirayotgan jarayonlarni siyosiy hushyorlik bilan mushohada qilish, tegishli xulosalar berish juda muhim ahamiyatga ega. Buning alohida qimmatli tomoni shundaki, yosh mustaqil davlatlar kabi O’zbekiston oldida ham “zamonaviy bozor iqtisodiyotiga ega bo’lgan, odamlar munosib turmush kechirishini ta’minlay oladigan, insonning huquq va erkinliklarini himoya qila oladigan chinakam demokratik jamiyat qurishdek murakkab vazifani hal etish” turibdi. Bu ulug’vor vazifani hal etish odamlarning ongi, dunyoqarashi, salohiyatiga ko’p jihatdan bog’liq. Binobarin, odamlar buyuk kelajak yaratish bugundan boshlanganligini, ana shu maqsad va vazifalarni, ijtimoiy hayotning barqarorligi va xavfsizlikka tahdid muammolarini anglab etishlari zarur. Muhtaram yurtboshimiz aytganlaridek, yosh mustaqil davlatlar “o’z xavfsizligi va barqarorligi yo’lida tahdid bo’lib turgan muammolarni baholashga etarli darajada jiddiy munosabatda bo’lmayapti... Bu tahdidlarni oldindan ko’ra bilishga hamma vaqt ham muvaffaq bo’linmayotir. Ko’pincha ular kutilmaganda ro’y bermoqda. Beqaror, adovatli vaziyat vujudga kelmoqda... Ijtimoiy rivojlanish va taraqqiyot jarayonlari sekinlashmoqda. Aholida ertangi kunga ishonchsizlik, o’z hayotidan, qarindosh­urug’lari va yaqin kishilarning hayotidan xavotir hissi uyg’onmoqda. Va eng muhimi, voqealarning oldindan bilib bo’lmaydigan tarzda bunday rivojlanishi mamlakat tanlab olgan siyosiy va iqtisodiy yo’lni amalga oshirish mumkinmi, yo’qmi degan masalani ko’ndalang qilib qo’yadi”1.

Xavfsizlikka tahdidning oddiy bo’lmasligi ham aniq. Xushyorlik boy berilsa, imkoniyatlar ishga solinmay tahdidning oldi o’z vaqtida olinmasa, millat, Vatan taqdiri og’ir ko’rguliklarga duch kelishi tabiiy. Shunday ekan, xavfsizlikka tahdidning oldini olish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali va oqilona foydalana bilish barqarorlikning ham, taraqqiyotning sobitqadam rivojlanishi uchun ham hayotiy zaruriyatdir. Hozirgi paytda dunyo miqyosida vaziyat va kuchlar nisbatining shiddatli o’zgarib borayotganligi xavfsizlikning yangicha modellarini yaratishga undamoqda. Ushbu ehtiyojni anglab etgan muhtaram O’zbekistonning birinchi Prezidenti har bir davlat rahbari o’zining Vatan va xalq oldidagi burchi va mas’uliyatini “teran anglab, o’y-xayolini hamisha tinchlik, osoyishtalikni saqlash, avaylash va mustahkamlashga qaratmog’i” lozimligini ta’kidlaydi. Hozirgi paytda poydevori barpo qilingan yangi uyni qurish uchun o’rnimizga keladigan avlod oldidagi ma’suliyatimizni bir daqiqa bo’lsin unutishga haqqimiz yo’qligini uqtiradi. Ana shu burch va mas’uliyat tufayli yo’lboshchimiz xavfsizlikni saqlab qolish yo’llari, barqarorlikni ta’minlash omillari hamda taraqqiyot yo’lidan sobitqadam rivojlanish kafolatlarini batafsil yoritib berdi.

Jahonni tashvishga solgan, o’ylantirgan muammolar – xavfsizlikni saqlash, barqarorlik va taraqqiyot yo’lidan sobitqadam rivojlanishning har bir millat, mamlakat taqdiridagi o’rni, bu muammolarning strategik echimlari, hozirgi jo’g’rofiy – siyosiy vaziyatdan kelib chiqib, tahdidlarning oldini olish yo’llari, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlarini to’g’ri baholash O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovdagi o’z xalqi va vatani taqdiri, kelajagi uchun qayg’urish, XXI asrda ham barqaror taraqqiyotga erishish yo’lida barcha omillar va imkoniyatlarni to’la safarbar eta bilishga intilish, xalqning siyosiy dunyoqarashini o’stirish istagining juda kuchlidir. Shu bois, muhtaram yurtboshimiz Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlarning qaysi yo’ldan borishi jahondagi kuchlar nisbatiga, islom dunyosida yuz berayotgan murakkab jarayonlarning, shuningdek, jahon hamjamiyati uchun kelib chiqadigan oqibatlarga, xalqaro munosabatlarning sifat jihatidan yangicha tartibining shakllanishiga ta’sirini tushunish “O’zbekiston Respublikasining va butun Markaziy Osiyoning XXI asr bo’sag’asidagi taqdiri rivojlanish istiqbollari haqida yuritilayotgan hamma fikr- muloxazalarning tayanch nuqtasi bo’lib qolishi kerak” deb hisoblaydi. Chunki “barqarorlik va jo’g’rofiy – siyosiy muvozanat saqlanib qolgan sharoitdagina” Markaziy Osiyo sobitqadam rivojlanadi, “xalqaro hamjamiyat uchun munosib sherik bo’la oladi”. Shu maqsadda turli siyosiy, iqtisodiy, harbiy, transportga va ekologiyaga oid muammolar to’planib qolgan Markaziy Osiyoda birdan-bir maqbul tamoyil ichki va tashqi muvozanatni saqlash, qo’llab quvvatlashdir.

Ichki va tashqi muvozanatni saqlash va qo’llab- quvvatlash bevosita odamlarga bog’liqligi, buning uchun ular siyosiy hushyor bo’lishlari, mustaqillik, tinchlik va totuvlikning qadriga etishlari zarur. Binobarin, ma’naviyat xodimlari odamlarda ana shu his – tuyg’uni o’stirishga e’tiborni ko’proq jalb etmog’i shart. Toki har bir fuqaro muhtaram yo’lboshchimizning “Ogoh bo’ling, odamlar!”- degan da’vati hamisha bong urgandek yangrab turishi kerak. Olimlarimiz, ta’lim-tarbiya dargohlarining tarbiyachilari, o’qituvchilari, O’zbekistonga bo’lgan xavf va tahdidlarni to’g’ri tahlil qilib, bolalarimiz taqdiri uchun birinchi navbatda yonib harakat qilish, bolalarimizni bunday yovuz xavfdan himoya qilishlari kerak”1 Shundagina barqarorlik yo’lida paydo bo’layotgan tahdidlarga qarshi munosabatning o’zigina etmasligi, balki ana shu tahdidlarning tabiati, manbalari, o’zaro aloqalarini ham atroflicha tushunib etish lozimligi ochiq – oydin tushuntirib beriladi.

Yurtboshimiz asarlarini qayta – qayta o’qishimiz, kerak bo’lsa, ular haqida tez-tez suhbatlar o’tkazib turishimiz lozim. Bu narsa har safar siyosiy ongimizga, fuqarolik burchimizni anglashga ijobiy ta’sir etadi. Shu bilan birga muammolarning bunday asosli yoritilishi va kun tartibiga qo’yilishi odamlarda o’z hayoti, oilasi, hududi, Vatani haqida qayg’urishni kuchaytiradi. O’zining Vatani xavfsizligini saqlashga daxldorligini his etadi.

Aytaylik, milliy o’zlikni anglash uchun ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi juda ulug’vor xodisa bo’ldi. Chunki ma’naviy qadriyatlardan bahramand inson o’zligini, o’z qadri, g’ururi, iymon – e’tiqodini anglaydi. Vatani va xalqining tarixi unda o’z ajdodlaridan faxrlanishni voyaga etkazadi. Bu, o’z navbatida, xalqning, millatning o’zligini, qadrini anglashga olib keladi. O’z qadrini bilgan millat boshqa millatlar qadrini tan oladi. Ko’p millatli O’zbekistondagi havas qilsa arzigulik bahamjihatlikning manbai ana shunda. Ma’naviyati boy millat ham, jamiyat ham tinchlik va osoyishtalikni ulug’laydi, farovonlik sari yo’l oladi. Yana bir muhim tomoni shundaki, ma’naviylik va ma’rifiylik uzoq tarixda ham, hozirda ham xalqimizning eng kuchli o’ziga xos xususiyatidir. Istiqlol esa ana shu fazilatga tayanib, uni rivojlantirmoqda. Birgina misol keltirsak. Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash bilan biz jahon xalqlari oldida qanday ajdodlarga mansubligimizni yana bir bor namoyish etdik. Yubiley tufayli o’rta asr tariximiz bo’yicha qanchadan – qancha yangi fikrlar yuzaga keldi. Bular har birimizda o’z xalqimiz, millatimiz va Vatanimizdan, ajdodlar tarixidan faxrlanish tuyg’usini kuchaytirib yubordi.

Milliy dastur bir joyda qotib qolgan vazifa emas. Uning eng muhim xususiyati davrga qarab moslashib, yangi-yangi vazifalarni qo’yaolish va doimo rivojlanishdaligidir. XXI asrga kelib yurtimiz ravnaqi yo’lida ba’zi muammolar paydo bo’ldi. Endi faqat o’z kasbiga sodiq bilimdon kadrlar emas, yuksak ma’naviyat sohibi bo’lgan, turli xil tahdidlarga qarshi kurashaoladigan siyosiy etuk kadrlarga ehtiyoj sezilmoqda.

Shu sababli yangi g’oyalar, yangi vazifalar kun tartibiga qo’yilmoqda. Bu borada Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” asarining chop etilishi shu o’n yillikning katta voqeasi bo’ldi. Asarda ma’naviyatni anglash, uni shakllantiradigan asosiy mezonlar, ma’naviy va moddiy hayot uyg’unligi, milliy g’oyaning ma’naviyatdagi o’rni, ma’naviyatning jamiyat yangilanishdagi ahamiyati, islohatlarning ma’naviy mezonlari, globallashuv jarayonlari va ma’naviy tahdidlar, fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya bilan kurashmoq, inson qalbiga yo’l topish va ma’naviy jasorat hamda boshqa masalalar o’z ifodasini topgan.

Prezidentimiz ushbu asarida “Xalqimiz tarixning murakkab jarayonlarida irodasi chiniqib, har qanday hujum va tazyiqlarga qaramasdan, ma’naviy olami kuchayib va yuksalib borayotgani, bizni ko’raolmaydigan kuchlar ham bu haqiqatni tan olayotganini mamnuniyat bilan qayd etamiz” deb yozadi1.

Bu haqiqat ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada yuqori saviyada olib borishni taqozo etadi.
6-§. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining tashkil etilishi va faoliyati

Istiqlolning to’rtinchi yilida mamlakat ma’naviy taraqqiyoti uchun jiddiy hodisa – Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (1994 yil, 23 aprel), Vazirlar Mahkamasi Qarori (1994 yil, 8 iyun) asosida umummilliy zarurat taqozosiga ko’ra tashkil etilgan bu Markaz tom ma’noda mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy taraqqiyot va ma’naviy islohotlarning dastlabki jiddiy mevalaridan edi. Markaz tashkil topganiga qadar mavjud bo’lgan, sobiq tuzumning yakkamafkuraviy andozalari asosida ishlagan “Bilim” jamiyati va bu jamiyat tugatilgandan keyin tashkil topgan O’zbekiston ziyolilari ilmiy-ma’rifiy uyushmasi yangidan qurilayotgan jamiyatimizning ma’naviy ehtiyojlari va talablariga javob bera olmay qolgan edi. Markaz barpo etilishining o’ziga xos boshqa zaruratlari ham bor edi.

Birinchidan, O’zbekiston ma’naviy taraqqiyotida yangi, ma’naviy tozarish, poklanish davri boshlanayotgan edi. Milliy mustaqillik milliy ong erkinligi, tafakkur ozodligi, ma’naviy-ruhiy barkamollikni taqozo etardi. Buning uchun esa O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov aytganlaridek, “jamiyatda insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning imon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg’otadigan qudratli botiniy kuch”ni qaror toptirish lozim edi. Mana shu ko’rsatkichlarga umumxalq miqyosida erishilgandagina ma’naviyat sohasida to’laqonli mustaqillikka erishiladi, degan nuqtai nazar ilgari surildi o’shanda.

Ikkinchidan, mustaqil O’zbekiston uchun totalitar tuzumdan meros bo’lib qolgan ma’naviy inqirozga xotima yasash, xalqning dunyoqarashi, imon-e’tiqodi, axloq-odobi, ma’naviyati va ma’rifatini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida rivojlantirish, yakkamafkuraviy tuzumdan ko’pmafkuraviy jamiyatga o’tish jarayonida o’ziga xos bo’lgan ma’naviy-ma’rifiy, g’oyaviy-mafkuraviy targ’ibot tizimini shakllantirish zarur edi.

Uchinchidan, jamiyatda kechayotgan barcha islohotlarning harakatlantiruvchi kuchi bo’lgan insonlar ongida ma’naviy-mafkuraviy o’zgarishlar qilmasdan turib ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy islohotlarni amalga oshirib bo’lmas edi.

To’rtinchidan, bizning jamiyatimiz mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg’unligiga asoslangan fuqarolik jamiyatini qurishni maqsad qilib qo’ygan va yangi tashkil topgan “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi fuqarolik jamiyati talablariga to’liq javob berar edi.

Ehtimol, dunyoda har xil targ’ibot-tashviqot ishlari bilan shug’ullanayotgan tashkilotlar ko’pdir, ammo inson va jamiyat ma’naviyati masalalari bilan shug’ullanadigan va shu yo’l bilan ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotni ta’minlashni ko’zlaydiganlari juda kam. Ko’p mamlakatlarda bevosita inson va jamiyat ma’naviyati masalalari bilan shug’ullanadigan ana shunday jamoatchilik markazlarining yo’qligi talaygina muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Ezgu maqsad va vazifalar. “Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazining faoliyatini tashkil etish to’g’risida” 1994 yil 8 iyundagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorida quyidagi etti yo’nalish Markazning asosiy vazifasi etib belgilandi:

– sotsiologik tadqiqotlar, so’rovlar o’tkazish orqali o’zbek xalqining boy ma’naviy-madaniy merosi, sharqona va umuminsoniy qadriyatlar asosida mamlakat, millat kelajagini belgilaydigan ilg’or g’oyalarni yuzaga chiqarish hamda hayotga tatbiq etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqarish;

– jamiyatdagi sog’lom kuchlar – yuksak iste’dod va tafakkur sohiblarining aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan istiqboli sari yo’naltirish;

– millatlararo do’stlik, hamjihatlikning ahamiyatini, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlashni, mintaqamizda yashayotgan millatlarning madaniy, ma’rifiy, ma’naviy taraqqiyot ildizlari mushtarakligini targ’ib qilish;

– madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy taraqqiyot yo’nalishlari bilan bog’liq omillarni, milliy davlatchilik qadriyatlarini o’rganish va targ’ib qilish;

– jahoniy, umumbashariy boyliklarga ega bo’lish maqsadida mamlakatdagi va dunyodagi xilma-xil mafkura, e’tiqod, g’oyalarni o’rganish, sog’lom dunyoqarashni hamda siyosiy madaniyatni shakllantirishda ishtirok etish;



  • jamoat birlashmalari, ilmiy, ijodiy muassasa va tashkilotlarning, ommaviy axborot vositalarining o’zaro samarali hamkorligiga ko’maklashish;

  • ma’naviy-ma’rifiy masalalarga doir ma’ruzalar, anjumanlar, suhbatlar o’tkazish.


Rivojlanish yo’li. Markazning rivojlanish tarixini quyidagi uch bosqichga bo’lish mumkin:

Birinchi bosqich. 1994 yil 23 aprel – 1999 yil 3 sentyabr. Markazning shakllanish davri.

Ikkinchi bosqich. 1999 yil 3 sentyabr – 2006 yil 25 avgust. Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi orqali ma’naviy-ma’rifiy, g’oyaviy-mafkuraviy ishlarining o’zaro muvofiqlashtirilishiga erishish davri.

Uchinchi bosqich. 2006 yil 25 avgustidan keyingi davr. Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligiga erishish davri.

Endi shu uch bosqich xususiyatlari, shu davrlarda amalga oshirilgan ishlar haqida to’xtab o’tsak.

Markazning shakllanish davri. (1994 yil 23 aprel – 1999 yil 3 sentyabr). 1994 – 1999 yillar Markaz uchun shakllanish yillari bo’ldi. Tashkilot rasman O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olindi. Markazda “Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati”, “Umuminsoniy va milliy qadriyatlar”, “G’oyalar, fikrlar va dasturlar jamg’armasi”, “Sotsiologik tadqiqotlar” bo’limlari tuzildi, etuk kadrlar bilan ta’minlandi, ish faoliyati yo’lga qo’yildi. Shuningdek, Markazning mahalliy byudjetdan ta’minlanadigan mintaqaviy (Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) hamda jamoatchilik asosida faoliyat olib boradigan hududiy (shahar va tuman) bo’limlari tashkil etildi.

Markaz tashkil topganligining birinchi yilida mamlakatimiz aholisining barcha qatlamlari orasida ma’naviy-ma’rifiy, g’oyaviy-mafkuraviy targ’ibot ishlarini tashkil etib, sobiq tuzum davridan saqlanib kelayotgan loqaydlik, beparvolik, boqimondalik kabi illatlarga qarshi kurash boshladi. “G’oyalar, fikrlar va dasturlar jamg’armasi” bo’limi milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, to’ylarimiz va marosimlarimiz to’g’risida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinayotgan eng yaxshi g’oyalarni to’plab, “Eng yaxshi g’oyalar” jamg’armasini tashkil etdi va shular asosida barcha vazirlik, uyushma, korxona va muassasalarda keng targ’ibot ishlari olib bordi. 1995 yili Markaz faoliyati bilan baqamti ravishda O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti “Istiqlol va ma’naviyat” kitobi nashrdan chiqib, unda milliy ma’naviyatizning asoslari, mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari asoslab berildiki, Markaz o’z faoliyatida bu ma’naviy-axloqiy negizlarni uyg’unlashtirdi.

Bular quyidagilardan iborat edi:

umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

vatanparvarlik

Markazning targ’ibot-tashviqot strategiyasi asoslarini belgilashda shu g’oyalarga tayanildi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti “Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni asosida “Tafakkur” jurnali ham tashkil etildi va uning nishona soni chop etildi.

Jurnal Markaz faoliyatini yanada rivojlantirish, xalqimiz ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga munosib hissa qo’shdi. Haqiqiy ma’noda Markazning yuzi, obro’siga aylandi. Jurnal sahifalarida urf-odatlarimiz, an’analarimiz, milliy ma’naviy merosimiz va ularni ko’z qorachig’idek asrab-avaylash, milliy g’oya va mafkura asoslari to’g’risida materiallar berib borilyapti.

Shunday qilib, 1994 – 1999 yillar Markaz shakllanishining ilk yillari bo’lib, ma’naviy-ma’rifiy masalalarga doir minglab anjuman, davra suhbatlari, ma’ruzalar o’tkazildi, aholimizning turli qatlamlari orasida targ’ibot-tashviqot ishlari tashkil etildi.

1996 yil Markaz faoliyatida tarixiy burilish yasadi. 1994 – 1995 yillarda Markaz faoliyatini shakllantirishda ayrim viloyat hokimlari, mintaqaviy-hududiy bo’limlar rahbarlari hamda ba’zi o’rta bo’g’in rahbarlari ongida sobiq tuzum davridan saqlanib kelayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlarga ikkinchi darajali islohotlar deb qarash hollari uchrab turar edi. Bu esa, tabiiyki, mamlakatda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning borishiga jiddiy to’siq bo’lib, nafaqat ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, balki ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga ham xalaqit berar edi. Shuning uchun ham mamlakat Prezidentining “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida” 1996 yil 9 sentyabrdagi Farmoni e’lon qilindi.

Bu hujjatda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarga davlat siyosati darajasida e’tibor berilib, jumladan, shunday deyildi:

Ayrim katta-kichik rahbarlar eski mustabidlik, zo’ravonlik mafkurasining sarqitlaridan haligacha qutula olmay, bu borada kechirib bo’lmaydigan oqsoqlik qilib, ma’naviyatning asl mohiyatini tushunib etmaslik tufayli unga ikkinchi darajali ish sifatida qaramoqdalar. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bo’lgan bunday e’tiborsizlik kelajagi buyuk demokratik, ozod davlat qurishdek ezgu maqsadimiz ro’yobi uchun mutlaqo ziddir.

Ma’naviyat sohasida olib borayotgan ishlarimizni yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida:

1. Ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy, ustuvor yo’nalishi deb hisoblansin.

Joylarda ma’naviyat bilan bog’liq ishlarning amalga oshirilishi uchun butun mas’uliyat shaxsan Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat, shahar va tuman hokimlari, respublikamizdagi barcha vazirliklar, idoralar, tashkilotlar birinchi rahbarlarining zimmasiga yuklansin.”

Farmonda Markazni tizim sifatida shakllantirishga alohida e’tibor qaratilib, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’limlari rahbarlarini qayta sinovdan o’tkazish, mintaqaviy bo’limlar rahbarlari tegishli hokimliklar tavsiyasiga binoan “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi tomonidan tayinlanishi belgilandi.

Mazkur hujjatning yana bir muhim jihati shundan iboratki, yosh avlodni buyuk an’analarimiz, yuksak ma’naviy qadriyatlarga sodiqlik ruhida porloq kelajak egalari etib tarbiyalash maqsadida 1997 yildan boshlab 1 oktyabrь “O’qituvchilar va murabbiylar kuni” deb e’lon qilindi. Shuningdek, Markaz muassisligida chop etilayotgan “Tafakkur” jurnalini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, xususan, mualliflik qalam haqi miqdorini amaldagidan ko’ra oshirish va “Ma’naviyat” nashriyotini tashkil etish vazifalari yuklatildi. “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi, uning joylardagi bo’limlari, xo’jalik hisobidagi korxonalari hamda “Tafakkur” jurnali nizomlarida ko’rsatilgan maqsad va vazifalarga qat’iy mos keladigan faoliyat yo’nalishlari bo’yicha barcha turdagi soliqlardan besh yil muddatga ozod etilishi qayd etildi, “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi huzurida “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg’armasi tuzilishi ko’rsatib o’tildi.

1996 – 1997 yillarda Markaz mazkur Farmon asosida o’z faoliyatini shakllantirish borasida bir qator tashkiliy-amaliy ishlarni bajardi, “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg’armasi tashkil etildi. Shu bilan birgalikda, Markaz joylarda minglab ma’ruzalar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, muloqotlar o’tkazib, milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, qadriyatlarimizning tiklanishiga munosib hissasini qo’shdi. Markaz faoliyatini yanada jonlantirish maqsadida 1998 yil 24 iyulda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori e’lon qilindi. Qarorda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning mohiyatini hamon teran anglamaslik, rasmiyatchilik, tadbirbozlik va kampaniyabozlik illatlarining mavjudligi, tashabbuskorlikning etishmasligi, yoshlarni ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga jalb etishda qat’iyatsizlik, kishilar ongini o’zgartirishning xalqchil va ta’sirchan usullaridan foydalana bilmaslik hollari ko’zga tashlanayotganligi ta’kidlandi. Sohada faoliyat ko’rsatayotgan “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi hamda bir qator davlat va nodavlat tashkilotlarining kamchiliklari ko’rsatib o’tildi. Quyidagi vazifalar shular jumlasiga kiradi:

1. Madaniy-ma’rifiy ishlar bilan shug’ullanuvchi davlat va jamoat tashkilotlari, xususan, “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazining ma’naviy-ma’rifiy ishlarini tashkil qilish, o’tkazilayotgan keng ko’lamli islohotlar mohiyatini targ’ib etish, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda ma’muriyatchilik va rasmiyatchilik usullaridan voz kecholmayotganliklari hamda sustkashlikka yo’l qo’yayotganliklari ko’rsatib o’tilsin.

O’zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlar vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijtimoiy fanlar bilan shug’ullanuvchi barcha muassasalari hamda ommaviy axborot vositalarining bu boradagi ishlari zamon talablariga javob bermayotganligi ta’kidlansin.

2. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimliklarining joylarda ma’naviyat va ma’rifat bilan bog’liq ishlarning ahamiyatiga etarli darajada e’tibor bermayotganligi, istiqlol g’oyalarini keng targ’ib qilishda mahalliy ziyolilar, adabiyot, san’at namoyandalari va obro’-e’tiborli faollarni jalb etishni izchil yo’lga qo’ymayotganligi ta’kidlansin. Ular o’z faoliyatlarini “Nuroniy”, “Kamolot”, “Mahalla”, “Navro’z”, “Oltin meros”, “Sog’lom avlod uchun” jamg’armalari va ijodiy uyushmalar bilan muvofiqlashtirgan holda olib bormayotganliklari qayd etilsin”.

Shuningdek, Qarorda davlat idoralari va jamoat tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan “Ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va ularninig samaradorligini oshirish bo’yicha tadbirlar dasturi” ma’qullandi va ma’naviy-ma’rifiy ishlarga daxldor tashkilotlarning barcha bo’g’inlari rahbarlari 1998 yil 1 noyabrigacha attestatsiyadan o’tkazilishi belgilandi.

Shu yili Markaz mintaqaviy va hududiy bo’limlari ishini biroz bo’lsa-da jonlantirdi, mamlakatimizning olis shahar, tuman, qishloq va ovullarida “Muloqot” jamoatchi targ’ibot guruhi targ’ibotchilari ishtirokida minglab davra suhbatlari, uchrashuvlar va ma’ruzalar tashkil etildi. Markaz muassisligida “Ma’naviyat” nashriyati tashkil qilindi. Ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy targ’ibot-tashviqot ishlari uchun alohida nashriyotning ish boshlashi mazkur soha faoliyatini yanada jonlantirdi. Nashriyot tezda mamlakatimiz ma’naviy hayotida o’z o’rnini topdi. Ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy masalalarga oid ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy qo’llanmalar, risolalar, tavsiyalar hamda targ’ibot-tashviqot ishlarini zamonaviyligi va ta’sirchanligini ta’minlash maqsadida turkum plakatlar majmuini chop etib, joylarga etkazib berdi. Ayniqsa, “Jadid adabiyoti namoyandalari”, “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” turkum plakatlar majmui, shu seriyadagi ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar joylarda ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borishda ma’rifiy asos bo’lib xizmat qildi. Nashriyot tomonidan chop etilgan badiiy adabiyotlar ham aholining barcha qatlamlari ong-tafakkuri, dunyoqarashini kengaytirishga hissa qo’shdi.


Download 214.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling