I bob. O’zbekistonning mustaqillikka erishIShi va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yo’lga qo’yilishI


Download 214.5 Kb.
bet4/12
Sana05.11.2020
Hajmi214.5 Kb.
#141215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ММТ Маъруза 2016-2017


- ta’limni insonparvarlashtirishni ta’minlash mexanizmlarini ishlab chiqish, bevosita fanlar bo’yicha ishlab chiqilgan ishchi dasturlarda ta’lim-tarbiya birligini ta’minlash;

- uzviylik va uzluksizlik mezonlariga amal qilgan holda ishlab chiqilgan yangi namunaviy ma’naviy-ma’rifiy ishlar dasturlarining yangi turkumini amaliyotga joriy qilish.

Ma’naviyat- bu kishini, egallagan foydali bilimlari (bilim turidan qat’iy nazar), uning hayotida takrorlanaverishi natijasida, ko’nikma va malaka bosqichlaridan o’tib ruhiga singib, uning hayot tarziga aylanib ketgan bosqichdagi ijobiy ijtimoiy sifatlardir. Demak ma’naviyat asosini bilim tashkil qilar ekan, bilim turlariga mos ravishda ma’naviyat turlarini sanab chiqsak bo’ladi. Bularga diniy ma’naviyat, axloq va odob ma’naviyati, dunyoni ilmiy bilish ma’naviyati, texnik ma’naviyat, kasbiy ma’naviyat va boshqalar kiradi. Axloq va odob ma’naviyati inson ijtimoiy mohiyatini eng ustki qavatini ya’ni, qobig’ini tashkil qilgani uchun, ba’zilar ma’naviyat deganda, kishining axloq va odobga oid bilimlarini uning hayot tarzida aks etishi, deb tushunishadi. Bu ma’naviyatni tor ma’noda tushunishdir.

O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” asarida qayd qilganidek: “Ma’naviyat” tushunchasi jamiyat hayotidagi g’oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va axloqiy qarashlarni o’zida to’la mujassam etadi. Shuning uchun ham bu mavzuda fikr yuritganda, mazkur qarashlarning barchasini umumlashtirib, keng ma’nodagi “ma’naviyat” tushunchasi orqali ifoda qilish mumkin”1.

Haqiqatan ham uzluksiz ta’limni insonparvarlashtirish jarayonida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning maqsad, vazifa va shakllarini ilmiy asosda belgilash, o’quvchi-talabalar ongiga mustaqil fikrlashni, turli mafkuraviy va ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish tuyg’ularini singdirish ularni kelajakka tayyorlashda muhim vazifadir.


4-§. Ma’naviy­ma’rifiy islohOtlar - davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi
XXI asr - axborot asri va O’zbekistondagi tub o’zgarishlar

XX asrning so’nggi o’n yilligi boshida dunyoni etmish yil mobaynida tahlikaga solib kelgan qizil imperiya parchalandi, millionlab odamlar tafakkuri ustidan o’rnatilgan kommunistik mafkura diktaturasi barham topdi. Bir yarim asr mobaynida mustabid tuzum zulmi ostida ezilgan, mislsiz xo’rliklar, kulfat va yo’qotishlarni boshidan kechirgan o’zbek xalqi ozodlikka erishdi.

XXI asrni axborot asri, axborot texnologiyalari asri deb atash tobora rasm bo’lmoqda. Chunki asrimizda inson eshitayotgan, ko’rayotgan barcha-barcha narsalar uning istaklarini, didini o’zgartirishga, fikriga ta’sir qilishga yo’naltirilgan. Tan olish kerak, tomosha qilinayotgan seriallardan tortib bolakaylarga aytib beriladigan ertakkacha, boringki, o’qiyotgan kitoblarimiz ham qandaydir mafkuraviy yukka ega - ularda muayyan g’oyalar targ’ib qilinadi. Bu holat «Eng asosiy narsani ko’z bilan ilg’ab bo’lmaydi» degan fikrni yana bir karra tasdiqlaydi. Bunday ko’zga ko’rinmas qudratli targ’ibot kuchlari kishini hamma erda va har kuni qurshab turadi. Bu kuchlarning maqsadi – insonni nimagadir ishontirish, nimagadir undash, nimagadir og’dirish. Tadbirkor mahsulotini reklama qilib, uni sotib olishga undaydi. Diniy arboblar o’z diniga e’tiqod qilishga chaqiradi. Xalqaro maydonda ba’zi davlatlar o’zining «katta og’a» ekanini uqtirishga harakat qiladi.

Hozirgi globallashuv davrida axborot texnologiyalarining rivojlanish darajasi davlatning geosiyosiy ta’sirini belgilovchi omillardan biriga aylanmoqda. Shuning uchun axborot texnologiyasi yuksalgan davlatlarda bu sohadagi ustunlikdan siyosiy , harbiy, iqtisodiy, axborot va madaniy tajovuzlarni amalga oshirish yo’lida foydalanib qolish vasvasasi yo’q emas.

Globallashuv hayot sur’atlarining tezlashuvini ko’rsatmoqda. Barcha sohalarda qo’lga kiritilayotgan ulkan yutuqlar axborotga ham chuqur ta’sir o’tkazmoqda. Jumladan birgina kitob bosishni olib qaraydigan bo’lsak, agar dastgoh kashf etilgan dastlabki paytlarda Evropada yiliga taxminan 1000 nomdagi kitob chop etilgan bo’lsa, hozirda kuniga 1000 nomdagi kitob chop etilmoqda. (Toffler E. Shok buduщego. - M. 2004.) 1950 yilda kashf etilgan komp’yuter esa bilimlarni egallash jarayonini tezlashtirib yubordi. Umuman yangi texnologiyalarning hayotga joriy ettirish oqibatida oxirgi 100 yil mobaynida siljish tezligi 102 marta, muloqot tezligi 107 marta o’sdi1.

Bu narsa axborotdan foydalanib kishilar ongini boshqaruvchilarga katta yo’l ochdi. G’oyaviy manipulyatsiya kuchaydi. Axborotni tanlab o’qish, undan qanday foydalnish lozimligini hamma ham bilavermaydi. Shuning uchun ham Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” asarida «Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o’rab-chirmab, uni o’qima, buni ko’rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o’rab olish, hech shubxasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to’g’ri kelmaydi”2-deb yozadi. Shu sababli bolalarimizga axborotni baholash, uni tanlash haqida chuqur bilim berilish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda kuchli tashviqot zarur.

O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida”gi Farmonida “ma’naviy va ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishi, deb hisoblansin” deb belgilab qo’yilgan.

Darhaqiqat, mamlakatimiz mustaqilligini mustaxkamlash amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada takomillashtirish, uning samaradorligini ta’minlash sharoitida yosh avlodni, jumladan talaba-o’quvchilarni har tomonlama etuk, zamon talabiga to’la javob beradigan yangi tipdagi yuqori malakali mutaxassis, shu bilan birga ma’naviy va ma’rifiy, axloqiy, ruhiy va jismoniy jihatdan barkamol, Vatanga, el-yurtga sadoqatli kishilar qilib tarbiyalash dolzarb vazifalardan biridir.

Tarbiyaviy maqsad - shaxsda aniq belgilab olingan ma’naviy-ahloqiy sifatlarni shakllantirishdan iborat bo’lib, bu yo’lda amalga oshirilishi zarur bo’lgan vazifalarning aniqlab olinishini taqozo etadi. Har bir tadbirni uyushtirishdan avval asosiy, etakchi g’oya, yo’nalish (masalan, aqliy, ijtimoiy-g’oyaviy, jismoniy, mehnat tarbiyasi, ekologik, huquqiy, estetik, iqtisodiy, vatanparvarlik va boshqalar) aniq belgilanishining muvaffaqiyatini ta’minlash bilan maqsadni to’la amalga oshirilishi uchun xizmat qiluvchi shakl, metod va vositalarni to’g’ri tanlanishiga olib keladi.

Tarbiyaviy maqsadni belgilash bosqichida tadbirlarni tashkil etish va o’tkazishga mas’ul shaxs (o’qituvchi, tarbiyachi, sinf rahbari)ning vazifasi ta’lim muassasasi jamoasi imkoniyatlarini yagona g’oyaga yo’naltirish, tadbirlarni belgilash, tarbiyalanuvchilarning muayyan ta’sir tizimini qabul qilishga tayyorgarlik darajasiga tashxis qo’yishdan iboratdir.

XXI asrda tarbiyaning idealistik, pragmatik, realistik, antropotsentristik, erkin tarbiya, gumanistik va texnokratik modellariga amal qilinmoqda. Mazkur tizimni amalga oshirishda ushbu modellarning ijobiy jihatlari milliy tarbiya xususiyatlari bilan uyg’unlashtiriladi.

Jamiyat taraqqiyotining mavjud bosqichida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalashdan iborat ijtimoiy buyurtmani to’la qonli bajarish uzluksiz tarbiya tizimi mazmunida quyidagi asosiy yo’nalishlarning aks etishini taqozo qilmoqda:

Ma’naviy-ahloqiy, aqliy, vatanparvarlik, ijtimoiy-g’oyaviy (mafkuraviy), iqtisodiy, huquqiy (fuqarolik), jismoniy, gigenik, ekologik, mehnat, baynalminal, jinsiy, kasbiy, badiiy-estetik, oila tarbiyasi.

Ijtimoiy munosabatlar mazmunining tobora murakkab xususiyat kasb etayotganligi, shaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillarning miqdor jihatdan ortib borishi, shuningdek, muayyan hududda tashkil etilayotgan tarbiya jarayoniga salbiy, buzg’unchi g’oyalarni singdirishga bo’lgan urunishlar hamda ularning oldini olish quyidagilarni ham mustaqil yo’nalishlar sifatida e’tirof etish maqsadga muvofiqligini ko’rsatmoqda:

Milliy g’urur tarbiyasi.

Tarixiy tafakkur tarbiyasi.

Jamoaviylik tarbiyasi.

Diniy bag’rikenglik tarbiyasi.

Ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar talablaridan kelib chiqqan holda yo’nalishlarning soni ortib boradi. O’zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida yoshlar tarbiyasini tashkil etishga doir respublika hukumatining qarorlari, mazkur jarayonga mas’ul bo’lgan tegishli vazirlik hamda idoralarning me’yoriy hujjatlari asosida tarbiya samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan davlat dasturlari ham ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilindi.

Ma’lum ma’naviy-ahloqiy fazilat, sifatning shaxsda tarbiyalanganlik darajasi muayyan mezonlar asosida baholanadi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, milliy g’oya va milliy mafkurani shakllantirish taraqqiyotimizning bebaho manbai bo’lmish inson omilini safarbar qilish bilan qimmatli. Zero, islohotlar avval odamlarning ongida, keyin esa ishlarida amalga oshadi.

Ma’naviy barkamollik, mafkuraviy sobitlik namunasini xalq avvalo joylardagi rahbarlarda ko’rishi lozim.

Puxta ishlab chiqilgan strategik yo’nalish davlatning istiqbolini belgilaydi. O’zbekistonning strategik maqsadlari O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning qator asarlarida, jumladan,  «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» hamda «O’zbekiston XXI  asrga intilmoqda» va boshqa asarlarida belgilab berilgan. Shu maqsadlar sari insonlarni safarbar qilish ularni g’oyalar shaklida singdirish zaruratini keltirib chiqaradi.

O’zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o’zgarishlarning taqdiri, so’zsiz, insonning faolligiga bog’liqdir. Bu esa islohotlarning mohiyatini xalqqa tushuntirishni talab qiladi. Shuning uchun rivojlangan mamlakatlarda mafkuraning targ’iboti «hukumat siyosatining tashviqoti» ko’rinishida amalga oshiriladi. Davlatning bosh islohotchi ekanligi ham O’zbekiston hukumatining siyosatini maxsus targ’ib qilishni talab etadi.  Bunday targ’ibot islohotlarni «mafkuraviy ta’minlash»ga xizmat qiladi.

O’zbekiston hayotidagi o’zgarishlar insonlar ongida ham katta o’zgarishlar qilishni talab etadi. O’tish davrini boshidan kechirayotgan har qanday davlat yangi insonni tarbiyalash haqida jiddiy qayg’urishi tabiiy. Demak, O’zbekistonda ham «komil inson» g’oyasiga mos sifatlarni fuqarolarda qaror toptirish  vazifasi ko’ndalang turibdi. «Fuqarolik axloq i»ni bunday tarbiyalash  mafkuraviy siyosatning negizini tashkil etadi.

Hozirgi davrda inson ongi va qalbini egallash uchun kurash borayotgani hech kimga sir emas. Shuning uchun yot mafkuraviy ta’sirlarga qarshi kurashda uzilishlarga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Bunday sharoitda begona mafkuralarning qo’poruvchi ta’siriga qarshi doimiy va uzluksiz qarshi targ’ibotni tashkil etish muhim sanaladi. Bu ishda mamlakatimiz mustaqilligidan keyin qo’lga kiritilgan yutuqlardan unumli foydalanish lozim.



Yovuz kuchlar qilmishlari-ma’naviyatsizlik belgisi ekanligi.

Jannatmonand yurtimizga yovuz maqsadlar bilan kelgan bosqinchilar, mustamlakachilar bunday yuksak ma’naviyat oldida o’zlarini yovvoyi his qilgan va vahshiylarcha go’zal obidalarni vayron etgan, bebaho kitoblarni o’tda yoqqan, ilm­fan, ma’naviyat va ma’rifat taraqqiyotini bo’g’ishga uringan. Ular tomonidan ming­minglab ziyolilar, yozuvchilar, san’atkorlar qatag’on qilingan, tarixiy osori atiqalarimiz, boyliklarimiz shafqatsizlarcha talangan. Bu mudhish jarayon to O’zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar davom etdi.

Masalan, XX asrning 80­yillari o’rtalarida sobiq markaz tomonidan o’ylab chiqilgan “paxta ishi” bahonasida ming­minglab vatandoshlarimiz noqonuniy ravishda qamoqqa olingan, ularning qarindosh­urug’lariga tazyiq o’tkazilgan. Sobiq qizil armiya safiga xizmat qilgan yuzlab vatandoshlarimiz fojiali tarzda halok etilgan. Ommaviy axborot vositalarida buyuk o’zbek millatini “paxta o’g’risi” ga chiqarmoqchi bo’lishgan. Tarixda “so’nggi qatag’on”, - deb nom olgan bu mudhish jarayon respublika ijtimoiy hayotining barcha sohalarini qamrab olgan. Xuddi 30­ yillardagi kabi, sudsiz so’roqsiz minglab odamlar qamoqqa olingan, millatlararo nizolar uyushtirilgan, begunoh vatandoshlarimizning qonlari to’kilgan. Yurtimizga yuzlab “desantchilar” yuborilgan va “o’zbeklar ishi” degan millatimiz sha’niga mutlaqo muvofiq bo’lmagan tuhmatlarni to’qishib, dunyoga jar solishgan. Xalqimizning ma’naviyati va milliy qadriyatlariga qarshi kurash avvalgidan ham shafqatsizroq tus olgan.

Dahriylar jazavasi shu darajaga etib borganki, o’z yaqinlarining janozasiga borganlar ham ta’qib qilina boshlagan. Birgina misol, o’z ukasining janozasiga borgani uchun akademik S.Yo’ldoshev O’zbekiston kompartiyasi 16 plenumida muhokama qilingan va qoralangan. “Yaqinda bo’lib o’tgan dafn marosimiga bag’ishlangan janozada, ­ deb yoziladi o’sha davr hukmron mafkurasi nashrlaridan birida, ­ VASNXIL akademigi S.X.Yo’ldoshev uch fan doktori, besh fan kandidati qatnashgan. Ularning ko’pchiligi partiya a’zolaridir, bu masalada boshlang’ich partiya tashkiloti, Kirov rayon, Toshkent shahar partiya komitetlari sukut saqlab turganligi siyosiy jihatdan zararli va sotsial jihatdan xatarlidir”1.

O’ylab ko’ring: o’z ukasining janozasida qatnashish “siyosiy jihatdan xatarli” deb baholansa­ya?! Tabiiyki, bunday tahdidlar jamiyatdagi tahlikani, sarosimani yanada kuchaytirgan. Natijada ba’zilar ota­onasi yoki yaqinlari olamdan o’tganida janozaga borishdan qo’rqib, zudlik bilan kasalxonaga yotib olishgan yoki “xizmat safari” ga jo’nab qolishgan. Bugina emas. Hatto “alla”, “yalla” kabi so’zlar “Alloh” so’zidan kelib chiqmaganmikan, degan mutlaqo asossiz qarashlar o’rtaga tashlangan2. Bu milliy qadriyatlarimizni, ota­bobolarimiz asrlar osha e’tiqod qilib kelgan muqaddas islom dinini tahqirlashdan o’zga narsa emas edi.

Hattoki, islomdan oldin paydo bo’lgan qadimiy Navro’z bayramini nishonlash ham taqiqlangan. Uning o’rniga “Leninning hayoti va faoliyati targ’ibotiga asoslangan ilg’or, sovet udumlarini joriy etish” ga xizmat qiladigan, milliy xususiyatlarimizga zid bo’lgan soxta “udum” lar zo’ravonlik bilan kiritishgan. Ramazon va qurbon hayiti kunlari KPSS propagandistlari xudosizlikni targ’ib qilishga zo’r berishgan. Ateistik propagandani kuchaytirish to’g’risida maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Hayit namozlarining oldini olish uchun masjid ­ madrasalar atrofiga militsiya xodimlaridan iborat soqchilar qo’yilgan. Butun boshli xalq dahriylikka, e’tiqodsizlikka mahkum etilgan edi.

Amal kursisiga zulukdek yopishib olgan, aslida, xalq manfaatini himoya qilishi lozim bo’lgan “labbaygo’y” mansabdor shaxslar uyma­uy yurib, doshqozonlarda qaynayotgan sumalaklarni ag’darishgan, qoloqlik va feodalizm sarqiti sifatida milliy liboslarimizdan voz kechishga, diniy marosimlarda qatnashmaslikka da’vat qilishgan. KPSS faollari “jangovarlik”ka chaqirilgan qarorlardan birida shunday ta’kidlanadi: “Ideologik, siyosiy tarbiyaviy ishni olib borishda partiya komitetlari jiddiy hatoliklar va nuqsonlarga yo’l qo’ymoqdalar, ko’pgina salbiy hodisa va jarayonlarga printsipial partiyaviy pozitsiyalarda turib qarab chiqilmayotir, ularning mohiyati, asl sabablari ochib tashlanmayotir”.

Odamlar turli “tug’ilgan kun” lar, “yubiley” lar bahonasida farzandlarini ming bir qo’rquv bilan pinhona sunnat qilishgan. Nikohlar ham masjidda maxfiy tarzda o’qilgan. O’zbek tili shunchaki ro’zg’orda axborot almashadigan vosita darajasiga tushirib quyilgan edi.

Xalqimizning boshiga o’sha paytda tushgan ko’rgiliklarni sanab, adog’iga etish qiyin. Eng ayanchlisi shuki, jahon madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan dunyoga ma’rifat ulashgan jafokash xalqimizni “paxta o’g’risi” ga chiqarishdi. Bir umr zahmat chekib, kosasi oqarmagan oddiy dehqonlarni, ularning oila a’zolarini, sochiga oq tushgan mo’’tabar onaxonlarimizni ham “poraxo’r” degan “ayb” bilan qamashgan. “Markaz” da o’tirgan, “uzoqni ko’radigan” rahbarlar O’zbekistonga o’zlari yuborgan “desantchilar” ni xalqimizga qarshi gij­gijlab, ularning o’chog’iga o’t qalab turgan. Bizga “halollikni joriy qilish” uchun yuborilgan gazandalar obdon xalqimizni xo’rlagan, talagan. Ko’z ko’rib, quloq eshitmagan, inson sha’niga mos kelmaydigan noma’qulchiliklar qilishgan, ayrimlari o’zlarini yirtqich hayvonlarday tutishgan.

“Yuksak mukofotlar” ilinjida yurgan, burnidan narini ko’rolmaydigan mahalliy rahbarlar Moskvadagi “katta og’a”larga “yanada ko’proq desantchilar yuboring” deb Xudoning zorini qilishgan. “Yuqori” nima desa, quloq qoqmay ijro etishavergan.

Biz mustaqillikka erishgan paytda jamiyat shunday og’ir, tanazzul komiga tortilgan, xalqning ruhi cho’kkan, odamlar ertangi kunga bo’lgan ishonchini yo’qotgan, jinoyatchilik avjiga mingan, bosqinchilik, odam o’ldirish mashina o’g’irlash kabi mudhish jinoyatlar odat tusiga kirgan edi. Shunday qilib, bu davrda xalqning urf-odatlari, an’analari, madaniyati obdon oyoq osti qilindi, ona tilining qo’llanish sohasi sun’iy tarzda cheklab qo’yildi. Hatto, shundoq ham milliy an’analardan ancha olisda bo’lgan ayrim san’at turlari ham kimlargadir maqbul bo’lmay qoldi va ularni yangilashga urindilar. Hatto, milliy libos ham qoralandi. Kezi kelganda, odamlar milliy an’analar bo’yicha to’y qilish, qarindosh ­ urug’larini dafn etishga ham cho’chib qolgan edilar.

O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov ma’naviy islohotlar tashabbuskori va yo’lboshchisi.

Ana shunday murakkab sharoitda xalqni yangi mustaqil davlat barpo etishga safarbar qilish uchun, avvalo, uning ma’naviyatini, ruhiyatini tiklash lozim edi. Xuddi shu sabab O’zbekiston rahbari o’z faoliyatini ma’naviyatimizni tiklashdan boshladi.

Chunki eski tuzumdan qolgan illatlar o’z kuchini ko’rsatmoqda edi. “Biz shuni tan olishimiz kerakki, deb yozgan edi O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov, - bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan bir paytda, ko’p salbiy oqibatlar yuzaga chiqmoqda. Eski tizim qonunlari ishdan chiqib, yangi tizim qonunlari etishmasligi va hayotda ishga kirmaganligi poraxo’rlik, o’g’irlik, qalloblik illatlarining paydo bo’lishiga va kuchayishiga olib kelmoqda. Lekin bunday holat, qanday tizim hukmronlik qilishidan qat’iy nazar, avvalambor, ayrim kishilarning qonida bor nopokligi, firibgarligi, vatan va millat manfaatlariga befarq qarashi, bugungi va kelguvchi avlodlar taqdiri uchun mas’uliyatsizlik, ochiqroq aytadigan bo’lsak, ularning ma’naviy qashshoqligi tufayli ko’zga tashlanmoqda”1.

O’tgan yillar davomida totalitar tuzum davrida ta’qiqlangan milliy tafakurimiz va tarixiy xotiramizning yorqin ifodasi ramzi bo’lgan milliy va diniy qadriyatlarimiz, urf­odatlarimiz, an’analarimiz bayramlarimiz, qariyb unutilayozgan buyuk ajdodlarimizning muborak nomlari hayotga qaytdi, ularning ezgu ishlari e’zoz va qadr topdi. Tashlandiq joylarga aylantirilib, vayrona bo’lgan minglab masjidu madrasalar, muqaddas qadamjolar ta’mirlandi. Man qilingan kitoblar chop etildi. Tariximiz to’g’risidagi asl haqiqat ro’yobga chiqdi. O’zimizga savol berib ko’raylik: bularsiz biz kimmiz? Hayotimizni ularsiz tasavvur eta olamizmi? Bu savollarga insof bilan, to’g’ri javob bera olsakkina masalaning tub mohiyatiga etishimiz mumkin.

Mamlakatimiz rahbarining tashabbusi bilan 1989 yiliyoq o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Milliy qadriyatlarimiz tiklana bordi. Jumladan, 1991 yil 12 fevralida O’zbekistonning birinchi Prezidenti “Respublikada “Navro’z” umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish haqida” gi Farmoni e’lon qilingan. Unda “asrlar davomida shakllangan urf­odatlar va udumlarni e’ozlash maqsadida “Navro’z” bayramini keng nishonlash yuzasidan chora­tadbirlar” belgilangan. Bayram munosabati bilan sovet davrida qamoqqa olingan bir qator vatandoshlarimiz Prezident farmoyishiga binoan avf etilgan. Mana shundan boshlab “Navro’z” tom ma’nodagi xalq bayramiga aylangan.

O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining Farmoniga binoan, 1991 yil 16 aprelь Ramazon hayiti kuniga to’g’ri kelganligi munosabati bilan dam olish kuni deb e’lon qilingan edi. Xalqimizning xohish va irodasi ifodalangan bu tarixiy Farmonni barcha mo’min musulmonlar katta shodu xurramlik bilan kutib olishgan. Aynan shu sanadan boshlab yurtimizda Ramazon va Qurbon hayitlari bayram qilib kelinmoqda.

Faqat mustaqillik sharofati bilangina minglab yurtdoshlarimiz haj ibodatlarini emin­erkin ado etish huquqiga ega bo’ldi. Sovet davrida muqaddas haj safariga yiliga bir­ikki kishi borgan bo’lsa, hozirgi kunda kelib yiliga 4 mingdan ortiq vatandoshlarimiz hajga borib kelmoqdalar.

Diniy merosimiz sarchashmalari bo’lgan “Qur’on”i karim va hadisi shariflar o’zbek tiliga tarjima qilinib, ko’p ming nusxada bir necha marta nashr qilindi. Xalqimiz bu merosning chinakam sohibiga aylandi.

Demak, shu narsani aniq bilib olish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarda foydalanish kerakki, odamzotning rizq­nasibasi faqat nongina emas. Jumhuriyat hududida o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish to’g’risidagi qonunning qabul qilinishi, ilgari ta’qiqlab qo’yilgan urf­odatlar va an’analarning tiklanishi, xalq e’zozlagan “Navro’z” bayramining qayta tug’ilishi, shu kunning dam olish kuni deb e’lon qilingani, O’zbekistondan xizmatga chaqirilayotgan yigitlar qurilish qismlaridagi harbiy xizmati tartibining o’zgartirilishi va boshqa ko’p tadbirlar insonga g’amxo’rlik, xalqqa izzat ­ ikromning mujassam bo’lishidir. Bularning hammasi, birovlar behuda uqtirishga urinayotganidek, xalqqa xushomad emas, balki davlatimiz rahbarining yo’li edi, biz bu yo’l o’tgan yillar davomida izchillik bilan amalga oshirilib kelinmoqda”.

Shunday qilib, tarix uchun bir soniyadek bo’lgan bu davrda O’zbekiston asrlarga tatigulik taraqqiyot va ma’naviy yuksalish yo’lini bosib o’tdi. Xalqimizning asrlar mobaynida misqollab to’plagan bebaho ma’naviy merosini tiklash va odamlarni undan bahramand qilish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Buyuk ajdodlarimizning tavallud to’ylari, qadimiy shaharlarimiz va “Avesto”, “Alpomish” kabi buyuk asarlarimizning yubileylari o’tkazildi. Bularning ahamiyati nimada?!

Bular tufayli, birinchi navbatda, biz o’zligimizni angladik, o’tganlarning ruhi shod, ko’ngil mulkimiz obod bo’ldi. Shahar va qishloqlar, madrasayu masjidlar qayta tiklandi, qanchadan­qancha kitoblar chop etildi. Ikkinchidan, ma’naviyatimiz orqali millatimiz qadri, sha’nu shavkati tiklandi. Bular hammasi mamlakatimiz kelajagi bo’lgan yosh avlod uchun vatanparvarlik va fidoyilik, elim deb, yurtim deb yonib yashashning, millat istiqboli uchun qayg’urishning yorqin ifodasi bo’lib qoladi. Bunga shubha yo’q. Yuqorida aytib o’tilganidek, yurtimizda boshlangan ana shunday ezgu jarayonlarni islohotlarning ustuvor yo’nalishiga aylantirish maqsadida 1994 yil 23 aprelda O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining Farmoni bilan Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi tashkil etildi. Bu davlatchiligimiz tarixida avallari kuzatilmagan hodisa hisoblanadi. Mazkur Farmonda milliy tafakkurni rivojlantirish, ma’naviyat va ma’rifatni yanada kamol toptirishga ko’maklashish niyatida “Tafakkur” jurnalini chop etish ham belgilab qo’yilgan.

Shundan keyin joylarda ma’naviyat va ma’rifat ishlariga e’tibor yanada kuchaydi, viloyatlarda Markaz bo’limlari, maxsus targ’ibotchilar guruhlari tashkil etildi. Minglab uchrashuv, muloqot, davra suhbatlari uyushtirildi, yuzlab maqolalar, ilmiy risolalar chop etildi. Bularning barchasi jamiyatdagi sog’lom kuchlar ­ yuksak iste’dod va tafakkur sohiblarining aqliy salohiyatini Vatan istiqboli sari yo’naltirish, millatlararo do’stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, odamlarning ma’naviy kamolotini yuksaltirish, ajdodlarimiz tomonidan asrlar mobaynida yaratilgan bebaho madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklashga, eng asosiysi o’zligimizni anglashga katta ta’sir ko’rsatdi, xalqimizning buyuk yaratuvchanlik dahosini ro’yobga chiqarishga xizmat qildi. Muhimi, jamiyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biri ­ sog’lom ma’naviy ­ ma’rifiy muhit yaratildi.

“Tafakkur” jurnalining ta’sis etilishi ham shubhasiz ijtimoiy hayotimizning muhim voqeasiga aylandi. O’tgan yillar mobaynida jurnalda mustaqil taraqqiyotimiz ko’pqirrali jarayonining mazmun va mohiyatini tahlil qilishga qaratilgan ko’plab salmoqli maqolalar chop etildi. Xullas, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ta’sis etilgan mazkur jurnal jamiyatimizda o’ziga munosib o’rin egalladi.

Tarixdan ma’lumki, barcha davlatlarda ham taraqqiyot, avvalambor, insonlarning ma’naviy kamoloti bilan belgilanadi, mutaraqqiy davlat faqat yuksak ma’naviyat zaminidagina vujudga keladi. Shuning uchun ham ma’naviy islohotlarni yanada jadallashtirish, xalqimizni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdek ulug’ maqsadga safarbar etish, ularning imkon va salohiyatini birlashtirish, aholining ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 martda “Ijtimoiy–ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish, diniy aqidaparastlikning oldini olish chora tadbirlari to’g’risida”gi, 1998 yil 24 iyulda “Ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va ularning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorlari e’lon qilindi.

2006 yil 25 avgustda qabul qilingan “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy–ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida”gi qarorda “xalqaro maydonda mafkuraviy, g’oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib boryotgan hozirgi murakkab va taxlikali davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talabi darajasida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan tajovuzlarga qarshi kurash olib borish vazifasi”1 - turganligi ta’kidlanadi.


Download 214.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling