I bob. O’zbekistonning mustaqillikka erishIShi va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yo’lga qo’yilishI


Download 214.5 Kb.
bet2/12
Sana05.11.2020
Hajmi214.5 Kb.
#141215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ММТ Маъруза 2016-2017

Tayanch so’z va iboralar

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya, uzluksiz ta’lim, ta’limni insonparvarlashtirish, ustuvor yo’nalish, eski mafkuradan xolos bo’lish, ma’naviyat, milliy g’oya, ma’rifat, mafkura, dolzarb muammo, bozor muammolari, taraqqiyot yo’limiz.


2-§. Ma’naviy –ma’rifiy ISh MAZMUNI, jamiyat va yoshlar
O’tish davrining yoshlarga ta’siri. Bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga o’tishda albatta “o’tish davri” bo’lishini tarix tasdiqlaydi. O’zbekistonning birinchi Prezidenti ta’kidlaganidek, “Bir tuzumdan ikkinchisiga, “markazlashtirilgan tartibda rejalashtirilgan va boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik uslubidan bozor iqtisodiyotiga o’tish – bu mavjud xo’jalik yuritish usulini yangilash yoki takomillashtirish emas, balki tamoman yangicha xo’jalik yuritish tizimini joriy etishdir. Bu bir sifat holatidan ikkinchisiga o’tishdir. Bu odamlar uchun mutlaqo yangi hayot falsafasidir. Shunga ko’ra, u bir vaqtning o’zida bo’ladigan tadbir sifatida, amalga oshirilishi mumkin emas, balki bir qancha bosqichlarni o’z ichiga oluvchi uzoq davrni talab qiladi1.

Shu sababli o’tish davrida eski mafkura zaiflashadi va yangisi hali tayyor bo’lmaydi. Natijada, turli xil g’oyalar, oqimlar, mafkuraviy tazyiqlar ko’payadi. Ayniqsa, ular bilimi sayozroq, g’o’r yoshlarni mo’ljalga olishadi. Shu sababli ba’zilar ularning tuzog’iga tushib jamiyat uchun ancha noxushliklar keltiradi.

Mamlakatimizda bu narsaga katta e’tibor qaratilib yoshlar o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar kuchaytirilmoqda.

Sog’lom va barkamol avlodni voyaga etkazish orzusi aynan mustaqillik bilan bog’liq ezgu intilish bo’lgani bois istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab uni amalga oshirish eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo’lib kelmoqda. Yurtimizda 2008 yilning “Yoshlar yili”, 2009 yilning “Qishloq farovonligi va taraqqiyoti yili”, 2010 yilning “Barkamol avlod yili” deb nom berilishi va shu munosabat bilan maxsus davlat dasturining qabul qilinishi bu borada amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlarning yangi va yanada yuksak bosqichga ko’tarilishiga olib keladi.

Avvalo, shuni ta’kidlash lozimki, ushbu dasturlarning ma’no mazmuni, g’oyasi, maqsadi, amal qilish tamoiyillari davlatimiz rahbari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bayramiga bag’ishlangan tantanali yig’ilishlarida so’zlagan nutqlarida chuqur asoslab berilgan.

Aholimizning aksariyat qismini tashkil etadigan yoshlar ijtimoiy qatlamining echilishi lozim bo’lgan muammolariga e’tiborni jalb qilish, yoshlarni hayotimizda haqiqatan ham hal qiluvchi bunyodkor kuchga aylantirish bilan bog’liq keng ko’lamli vazifalarni amalga oshirish ushbu dasturlarning asosiy maqsadidir.

Avvalo, bu dasturlar aynan bizning mamlakatimiz rivojiga taraqqiyotning o’zbek modeli tamoyillariga xos xususiyatlarni, yurtimizning buguni va ertangi kunini belgilab beradigan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan aniq chora tadbirlarni o’zida mujassam etishi bilan e’tibor tortadi. Ta’kidlash joizki, istiqlolning ilk kunlaridan boshlab yurtimizda o’sib kelayotgan yosh avlodni jamiyatning haqiqiy tayanchi va suyanchiga aylantirish masalasiga e’tibor kuchaytirilgan.

1991 yil 20 noyabrda “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi. Mazkur qonun hozirgi kungacha yoshlar manfaatini himoya qilish, ularning jamiyatimizda munosib o’rin egallashlari uchun tegishli imkoniyatlarni yaratishga xizmat qildi. Ammo, shiddat bilan o’zgarib borayotgan bugungi kun, bugungi davr bu sohadagi ishlarni yaxshilash, yoshlarning manfaatlarini ta’minlashga va huquqlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani yanada takomillashtirish va shu asosda yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlarni ochib berishni taqazo etmoqda. Hozirgi globallashuv sharoitida yosh avlodimizni turli ma’naviy tajovuzlardan himoya qilish haqida gapirganda, nafaqat xalqimizni ulug’laydigan buyuk xususiyatlar, ayni paytda uning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatgan, eski zamonlardan qolib kelayotgan noma’qul odatlar haqida ham ochiq so’z yuritishimiz zarur. Birinchi navbatda xudbinlik va loqaydlik, qarindosh-urug’chilik va mahalliychilik, korruptsiya va manfaatparastlik, boshqalarni mensimaslik kabi illatlardan jamiyatimizni butunlay xalos etish to’g’risida o’ylashimiz lozim. Bu o’ta muhim vazifa keng jamoatchiligimizning, ayniqsa, ziyolilarimiz, olim va adiblarimiz, san’at va madaniyat ahli, o’zini ma’naviyat sohasiga bag’ishlagan barcha insonlarning doimiy diqqat markazida bo’lishi lozim.

Ma’lumki, 2008 yil oxirida mamlakatimizda 18 yoshgacha bo’lgan yoshlar 10 million 360 ming nafarni yoki umumiy aholining taxminan 40 foizini, 30 yoshgacha bo’lganlar esa – 17 million 80 ming nafarni yoki 64 foizni tashkil etdi1.

Respublikamiz aholisining aksariyat qismini yoshlar va o’smirlar tashkil qiladi. Har yili 500 ming atrofida yoshlar maktab quchog’idan chiqib, katta hayotga qadam qo’ymoqda. Ularning 10 foizdan ortig’i test sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tib oliy, o’quv yurtlariga kirib o’qishmoqda. “O’zbekiston oliy maktab tizimi 63 oliy o’quv yurtini o’z ichiga oladi, ularda 250 mingdan ortiq talaba ta’lim olmoqda”. Respublika kasb-hunar ta’limi tizimida esa hozirgi kunda jami 0,5 mlndan ortiq kishini qamrab olgan 1400ga yaqin o’quv yurti ishlab turibdi.

Aholining aksariyat qismini tashkil etadigan ana shu ijtimoiy qatlamning echilishi lozim bo’lgan muammolariga e’tiborni jalb qilish, yoshlarni hayotimizda haqiqatan hal qiluvchi bunyodkor kuchga aylantirish bilan bog’liq keng ko’lamli vazifalarni amalga oshirish lozim.

Mamlakatimizda ta’lim tizimini yangi yuqori bosqichga ko’targan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ham yoshlarning tarbiyasiga alohida o’rin beriladi. Bu ishlarni amalga oshirish jarayonida milliy g’oya va mafkurani yoshlar ongiga singdirish vazifasi qo’yildi.

Darhaqiqat yoshlarni milliy g’oyani anglashi, ishonch va e’tiqodiga aylanishi, qanday yangi qadriyatlar shakllantirilganligi bilan ham bog’liq bo’ladi. Chunki milliy g’oya bir tomondan yoshlarni o’zining ob’ekti sifatida qarasa, ikkinchi tomondan yoshlar milliy g’oyaning ilg’or rivojlantiruvchilari va kelajak avlodga etkazuvchilari hisoblanadilar. Uchinchidan, yoshlar qanchalik milliy g’oya bilan qurollangan va uni anglab olgan bo’lsa jamiyat shunchalik taraqqiyotga erishadi. Bu holat milliy g’oya va yoshlarning o’zaro bog’liqligini belgilaydi. Boshqacha aytadigan bo’lsak, milliy g’oya qanchalik mazmunli va millat kelajagi uchun xizmat qiladigan va har bir kishining uzoqqa mo’ljallangan maqsad va manfaatlari, pirovardida esa millatning istiqbolini belgilashga xizmat qiladigan bo’lsa, uni yoshlar shunchalik tez qabul qiladi va unga nisbatan o’zining ijobiy munosabati shakllanadi. Demak, jamiyat milliy g’oya orqali yoshlarga qanday g’oya va fikrlarni taklif etsa, shunga mos ravishda mafkuraviy jihatdan chiniqqan vatanparvar zamonaviy bilimlarni egallagan yoshlarga ega bo’ladi. Eng muhimi shundaki, har bir jamiyatda qanday shaklda qanday maqsadda bo’lmasin har qandy yangi g’oyaga turli yangi kontseptsiyalarga nisbatan yoshlar o’z munosabatini bildiradi va aholining boshqa qatlamiga nisbatan tezroq qabul qiladi. Chunki yoshlar fiziologik va psixologik jihatdan hali shakllanish bosqichida bo’lgani uchun ularni anglab olish va e’tiqodiga aylnishiga ehtiyoj katta bo’ladi. Shuningdek yoshlar yangilikni tez ilg’ab oluvchi hamda salbiy hodisalarga tez beriluvchanlik xususiyatlari bilan ham ajralib turadi. Yoshlar o’zlarining ijtimoiy-ruhiy va boshqa jihatlariga ko’ra, jamiyatda tez o’zgaruvchan sharoitga moslashish qobiliyatining yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. Ular jamiyatning shunday ijtimoiy guruxiga mansubki, ushbu gurux vakillarining ongi shakllanish jarayonida bo’lib, ular turli xil g’oyalar (shu jumladan buzg’unchi g’oyalarning ham) ta’siriga tez beriluvchan bo’ladilar. Ular shuningdek, o’tkir hissiy bilish qobiliyatiga ega bo’lib, so’z bilan amaliyotning nomutanosibligi xolatlarini aniqroq sezadilar. Kattalar tomonidan o’ziga xos qabul qilinadigan ayrim “adolatsizlik” ko’rinishlari yoshlarning xali to’liq shakllanmagan ongiga, dunyoqarashiga kuchli ziyon etkazishi mumkin.

Shuning uchun xozirgi kunda yoshlar orasida milliy g’oya, milliy g’urur va or-nomus bilan bog’liq ma’naviy-ruhiy holat va fazilatlar muxim ahamiyatga ega.

Mustaqillik mohiyati va ahamiyatini sarhisob qiladigan bo’lsak , bu ijtimoiy o’zgarishda yoshlarning o’rni muxim. Mustaqillik tufayli yoshlarning dunyoqarashi o’zgardi. Ularning g’urur, oriyat, sha’n va nomus tuyg’ulari kuchaymoqda. Hayotga va mehnatga munosabati, Vatanga, ona zaminga mehri, egalik va mas’uliyat xissi kuchaydi. Bir so’z bilan aytganda yoshlar o’zligini anglay boshladi. Qanday zaminda yashayotganimizni xis qilish, umuminsoniy qadriyatlarga intilish bilan birga, Sharq falsafasi, o’zbekona tafakkur nuri barchaning dilidan o’rin ola boshladi. Milliy an’analarimiz va udumlarimizni tiklash va rivojlantirish tamoyili kuchaydi. Islom dinimizni qadrlash ma’naviyatimizni yangi ma’nolar bilan to’ldirishga olib keldi. Ulug’ bobokalonlarimiz madaniy xazinasiga haqiqiy vorislik qila boshladik. Ulardan faxrlanish imkoniyatiga ega bo’ldik. Yurtimizda yashayotgan barcha millat, elat vakillarining tinch-inoq yashashi uchun sharoit yaratildi. Bundan yoshlar bahramand bo’lmoqda.

Yoshlarni oldida haqiqatni aytishdan cho’chimaslik, soxtakorlikdan qochish, mavjud qiyinchiliklar, muammolarni ochiq-oydin bayon etish lozim. Ayni paytda davlatimiz rahbariyati olib borayotgan ijobiy ishlar va mavjud muammolarni bartaraf etish uchun olib borilayotgan ijobiy ishlar va mavjud muammolarni bartaraf etish uchun olib borilayotgan sa’y-harakatlari va erishilayotgan amaliy natijalar xususida targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borishga yoshlarni ruhlantirish, uning jamiyatimiz, davlatimiz, mustaqilligimizga bo’lgan ishonch-e’tiqodini mustahkamlash olimlarimiz, peshqadam ziyolilarimiz, ma’ruzachilarimiz, mafkuraviy ishlar bilan shug’ullanuvchi barcha targ’ibot-tashviqotchilarning birinchi darajali vazifasi hisoblanadi1.

Milliy g’oyaning yoshlarga nechog’li ta’siri, safarbar etuvchilik, ilhomlantiruvchilik, buyuk kelajak sari chorlovchilik sohasidagi ahamiyati, ta’lim va tarbiyada tutgan o’rni va roli uning xayot haqiqatlariga, real borliqqa xalq turmushiga qanchalik mos va muvofiqligiga qarab belgilanadi.

Chunki milliy g’oyaning kuchi bir tomondan ma’rifat-targ’ibot ishlari, uning samaradorligiga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan yoshlarning kundalik xayotda duch kelayotgan muammolarning tushunishlari, ularning munosabatlariga, fikrga fikr bilan, g’oyaga g’oya bilan javob bera olish, uni qanday hal etayotganliklariga bevosita bog’liqdir. Millat ravnaqi, Vatanga kerak bo’lsa jonini jabborga berib faoliyat ko’rsatadagan yoshlar bo’lmasa milliy istiqlol mafkurasida ko’zda tutilgan maqsadlarga erishib bo’lmaydi. Bu yoshlarda milliy g’ururni baland bo’lishini taqozo etadi.

Bularning barchasi oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan talaba va o’quvchilarning ma’naviy tarbiyasiga davlat siyosati darajasida katta ahamiyat berilayotganini yorqin dalilidir. Shunday bo’lishi ham lozim edi. Chunki o’tish davrining murakkab kechuvchi jarayonlari yoshlarning ma’naviy va madaniy tarbiyasiga turlicha ta’sir ko’rsatishi tabiiy edi. Jumladan, bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan muayyan muddat moddiy boylik, pul, valyuta jamg’arish harakati avj oladi. Bu esa yoshlarning ma’lum qismida nima bo’lsa­da, boylik to’plash hirsini kuchaytirib, ularda ma’naviy boyliklarga e’tiborsizlikni tug’diradi. Bundan oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining talaba va o’quvchilari ham mustasno emaslar. Ularning ma’lum qismi bozorga, savdo­sotiqqa o’zini urishga intiladi. Boylik, pul, puldorlikka nisbatan ularda moyillik hislari uyg’onadi. Dang’illama uylarni, “boyvachcha” larning chet el rusumidagi avtomashinalarini, ularning yalt­yult kiyimlarini ko’rib, yoshlarning ayrimlarida bunday turmush tarziga havas uyg’onib, hayotning asosiy mazmunini mana shunday “boyvachchalarcha” yashashdan iborat degan bir yoqlama, noto’g’ri tushuncha o’rnashadi.

Natijada, moddiy boylikning quliga aylanish ulardagi ma’naviyat chashmasining ko’zini butunlay bekitib qo’yishi mumkin. Bunday yoshlarda o’qishiga havas so’na boshlaydi, hatto gazeta va jurnallarni, badiiy adabiyotni mutlaqo o’qimay qo’yishadi. Ularning o’ziga xos va mos “ma’naviy va madaniy muhiti” yuzaga kelishi mumkin. Bu restoran, kafe va choyxonalarda beriladigan ziyofatlar, gapxo’rlik, dahshat yoki behayolik mavzuidagi videolar, “qittaq­qittak”, kayf qilish va hokazolar bunday “ma’naviy va madaniy muhit” ning mazmunini tashkil etadi. Oqibatda, jamiyatdagi muhim ijtimoiy, madaniy, ma’naviy hodisalarga nisbatan bunday yoshlarda befarqlik, loqaydlik, hatto ijirg’anish bilan qarash hissini tug’dirishi ehtimoldan xoli emas. Mana shunday salbiy, noxush hodisalarning oldini olish muhim vazifadir. Jumladan, oliy va o’quv maxsus o’quv yurtlarida ham bu vazifalar hamisha diqqat e’tiborda bo’lmog’i talab qilinadi. Shu bois oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimidagi muassasalarda ma’naviyat va ishlari bo’yicha prorektorlar, bo’lim boshliqlari, metodistlar lavozimlari tashkil etildiki, ular yoshlar o’rtasida ma’naviyat va madaniyat ishlarini hozirgi talablarga javob beradigan tarzda puxta olib borishlari nazarda tutilgan.

O’tish davrining yoshlar kamolotiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi xususiyatlari ham mavjud. Respublikamiz davlat mustaqilligiga erishgach, dunyo miqyosiga chiqdi, madaniy va ma’rifiy sohada ham jahon integratsiyasiga bog’lanib bormoqda. Xorijiy tillarni yaxshi egallagan, iqtidorli, bilimli yoshlar jahonning nufuzli oliy o’quv yurtlariga o’qish uchun bormoqdalar. Davlatimiz bu borada g’amxo’rlik ko’rsatib, iqtidorli, qobiliyatli yoshlarning iste’dodlari yuzaga chiqishi uchun barcha ishlarni qilmoqda, bu yo’lda mablag’ni ayamayapti. “Kimki bu haqiqatni o’z vaqtida anglab olmasa, intellektual bilim intellektual boylikka intilish har qaysi millat va davlat uchun kundalik hayot mazmuniga aylanmasa-bunday davlat jahon taraqqiyoti yo’lidan chetda qolib ketishi muqarrar”1- deb ta’kidlaydi O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov.

Yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash.

Fan va texnika sohasidagi katta­katta kashfiyotlar va yutuqlar qo’lga kiritilib, hayotga tatbiq etilayotgan hozirgi davrda talaba yoshlarga ma’naviy va madaniy jihatdan tarbiya berish vazifasining mazmuni va shakllariga sezilarli ta’sir ko’rsatishi tabiiy. Bu omilni hamisha e’tiborda tutish lozim bo’ladi. Shuning uchun talaba­yoshlarga ma’naviy va madaniy tarbiya berishda milliy qadriyatlar bilan birga umuminsoniy qadriyatlardan ham samarali foydalanish, ayni paytda, bularga umumtaraqqiyotning zamonaviy yutuqlarini ham payvand qilish talab qilinadi. Ma’naviy barkamol yosh avlod o’z xalqi, Vatani tarixini, ulug’ siymolarini, milliy va tarixiy qadriyatlarini, urf­odatlarini, rasm­rusmlarini, ularning mohiyatini chuqur bilgani holda jahon adabiyoti, san’ati, madaniyati durdonalari bilan yaxshi tanish bo’lmog’i, kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixi davomida qo’lga kiritilgan yutuqlar bilan oshno bo’lmog’i darkor. Bularning barchasini talaba­yoshlarga ma’naviy va madaniy tarbiya berishi uyushtirish va rejalashtirishda diqqat­e’tiborda tutmoq talab qilinadi.

Ma’naviy va madaniy jihatdan barkamol talaba buyuk Alisher Navoiy, Lutfiy, Bobur, Mashrab, Nodira, Muqimiy asarlarini etarli darajada bilmasa qusur hisoblanadi. Odatda, ulug’ bobokalonimiz Alisher Navoiy haqida so’z ketganda, ko’pchilik yoshlar to’lqinlanib, hayajon bilan buyuk mutafakkirning insoniyat madaniyati xazinasiga qo’shgan hissasi haqida gapiradilar. Bordi-yu, shunday to’lqinlanib so’zlayotgan talabadan “Alisher Navoiyning qancha g’azalini yoki ruboiysini yoddan bilasiz?”, “Alisher Navoiyning “Hamsa” siga kirgan dostonlarini to’la o’qib chiqqanmisiz?” ­ deb so’rasangiz, o’zingizni qoniqtiradigan javob ololmaysiz. Yoshlarimiz orasida Alisher Navoiyning bironta g’azalini yoddan bilmaydiganlari ham topiladi. Shunday gap borki, Gruziyada bo’lajak kuyov Shota Rustavelining qanchadir misra she’rini yoki “Yo’lbars terisini yopingan pahlavon” dostonidan yod bilmasa, qiz berishmas ekan. Aslida, Shota Rustaveli asarlarini bilmasa ham, kun kechirish mumkin. Lekin atoqli adibning she’rlarini, xususan “Yo’lbars terisini yopingan pahlavon” dostonidan katta­katta parchalarni yod bilgan yigitga elning munosabati ham bo’lakcha bo’lishi tabiiy. Shota Rustavelidek ezgulikni, insonparvarlikni targ’ib etgan adibning asarlaridan yod bilgan gruzin yigitining qalbida yaxshilik urug’lari nish urmagan bo’lishi mumkin emas.

Ma’naviy barkamollik qo’shni xalqlar, shuningdek jahon xalqlarining asrlar davomida yaratgan adabiy badiiy asarlaridan bahramand bo’lishida ham shubhasiz ko’rinadi. Firdavsiyning “Shohnoma” sini, qirg’iz xalq dostoni “Manas”ni, Abay va Muxtor Avezovning asarlarini, Maxtumquli she’rlarini, Mirzo G’olib, Rabindranat Tagor asarlarini, “Ming bir kecha”, “Qobusnoma” singari noyob durdonalarni o’qimagan talabaning ma’naviy va madaniy saviyasi qay darajada ekanligini anglasa bo’ladi. Bular ham, aslida, etarli emas. Jahon adabiyotining shoh asarlari borki, bular haqida turli millat vakillari yig’ilganda, albatta gap ketadi. Xususan, Homer, Shekspir, Servantes, Bokachcho, Balьzak, Charlz Dikkens, L.Tolstoy, F.Dostoevskiy, N.Gogol, A.Pushkin, Volьter, E.Zolya, G.Mopassan, E.Xeminguey, Jek London, Tomas Mann, U.Folkner, G.Markes, Chingiz Aytmatov, Abo Kabe, Al­Maarriy, Husayn Jovid, Aziz Nesin va h.q. Bu ulug’ siymolarning asarlari bilan tanish bo’lmagan insonning ma’naviy barkamolligi, baribir, kemtik bo’ladi. Aslida, bular ham chegara emas. Rafael, Kamoliddin Behzod, Repin, Ayvazovskiy, Ivanov, O’rol Tansiqboev, A.Abdullaev, Chingiz Ahmarov singari musavvirlarning o’lmas asarlari bilan kinosan’atining, haykaltaroshlikning, me’morlikning, umuman barcha san’at turlarining, hech bo’lmaganda, minimum namunalari haqida o’rtacha tasavvurga ega bo’lmagan yoshlarni ma’naviy etuk deb bo’ladimi? Shu bois san’atning, ma’naviyatning barcha sohalarida insoniyat yaratgan mumtoz asarlar bilan yoshlarning, xususan talabalarning tanish bo’lishlari maqsadga muvofiqdir.

Tabiiyki, shu o’rinda “Bularning barchasini o’rganish uchun vaqt ham, imkoniyat ham etmasa kerak?”, “Audiovizual texnika taraqqiy etib ketgan bir zamonda bularni o’rganishga talabalarda xohish va moyillik bo’lishiga imoningiz komilmi?” tarzidagi savollar tug’ilishi tabiiy. Talaba­yoshlar bilan ma’naviy va madaniy tarbiya olib borishni tashkil etishda bularning barchasini hisobga olish kerak. Talaba­yoshlar orasida ma’naviy va madaniy tarbiya masalasiga kompleks tarzda yondashish talab qilinadi. Bu, mazkur tarbiya rejalari bir qancha turkum (bloklar) dan tashkil topadi degani. Mazkur bloklarning turlari haqida gapirishdan oldin talabalarning yashash sharoiti, muhiti, madaniy saviyasiga ko’ra farqlanishlari mumkin bo’lgan jihatlar haqida ham to’xtalmoq joiz. Ularning bu boradagi imkoniyat va salohiyatlarini nazar­e’tibordan qochirib bo’lmaydi. Oilalarida yashab o’qiyotgan talab va o’quvchilar to’g’risida ham shuni aytish mumkin. Demak, yoshlar orasida ma’naviy va madaniy ishlarni tashkil etish bir qarashda jo’ndek tuyulsa­da, aslida unday emas. Bunda turli omil va xususiyatlarni hisobga olgan holda yondashish talab qilinadi. Talaba­yoshlar orasida olib boriladigan ma’naviy va madaniy ishlarning metodikasini yaxshi bilish mazkur sohadagi muvaffaqiyatli faoliyat olib borishning garovidir.

Bilim maskanlarida olib boriladigan ma’naviy­ma’rifiy ishlarning samarasi, eng avvalo, to’g’ri tuzilgan reja va tadbirlarga bog’liqdir. Biz Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Oliy pedagogika institutiga malaka oshirishga kelgan kasb-hunar kollejlari direktorlarining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha muovinlaridan referatlar o’rniga o’z jamoalarida ma’naviyat va ma’rifat ishlarini olib borish yuzasidan reja tuzishni iltimos qildik. Taassufki, ular tuzgan rejalarning aksariyatida o’tkaziladigan tadbirlar eskidan nishonlanib kelinadigan bayramlar, sport musobaqalari, ota­onalar yig’ilishi va qisman suhbatlar o’tkazishdan iboratligining guvohi bo’ldik. Ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar nazar­e’tiborga olingan bo’lsa ham, ma’naviy tarbiya sohasidagi ishlar etarli hisobga olinmagan. Shu bois bilim maskanlari o’quvchi va talabalari o’rtasida olib boriladigan ma’naviy­ma’rifiy ishlarning taxminiy reja va tadbirlari, rejadagi vazifalarni bajarishda nimalarga e’tibor berilishi katta ahamiyatga egadir. O’zbekiston Respublikasi O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2006 yil 25 avgustda imzolangan «Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida»gi qarorida shunday deyiladi: «Aholining keng qatlamlari, avvalambor, yoshlar o’rtasida Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash, milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarning hayotimizdagi o’rni va ahamiyatini har tomonlama ochib berishga yo’naltirilgan suhbat va uchrashuvlar, ma’rifiy tadbirlar o’tkazish»1 – zamonning dolzarb muammolaridan biridir. O’zbekistonning birinchi Prezidenti qarorida milliy g’oyani targ’ib qilishda madaniy-ma’rifiy tadbirlarga alohida o’rin ajratilishi mazkur tadbirlarning bir qator xususiyatlari bilan bog’liq. Bu tadbirlardan milliy g’oyani targ’ib qilishda samarali foydalanish uchun mana shu xususiyatlar haqida aniq tasavvurlarga ega bo’lish zarur.



Yoshlarni globallashuv sharoitida yot mafkuraviy g’oyalardan himoya qilish

O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov asarlarida yoshlarimizni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularni turli xil yot mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish har doim birinchi darajali ish ekanligi uqtirilib kelinadi. Jumladan, uning “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” asarida “biz yurtimizda yangi hayot asoslarini barpo etar ekanmiz, bir masalaga alohida e’tibor berishimiz lozim, ya’ni, kommunistik mafkura va uning axloq normalaridan voz kechilgandan so’ng jamiyatda paydo bo’lgan g’oyaviy bo’shliqdan foydalnib, chetdan biz uchun mutloqa yot bo’lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o’z ichiga olgan “ommaviy madaniyat” yopirilib kirib kelishi mumkinligini aslo unutmaslik kerak”1-deb yozadi, haqiqatan ham hozirgi globallashuv sharoitida xorijdagi bir qator markazlar bunday xurujlarni ko’paytirib yubordilar.

Hozirgi voqelikda milliy g’oya va yot mafkuralar orasidagi munosabatlar mafkuraviy kurash, mafkuraviy qarshi turish, psixologik urush shakllarida kechmoqda. Yot mafkuralar mafkuraviy kurashlarning ming yillik uslublarini, shuningdek, zamonaviylashtirilgan uslublari: axborot maydonini egallab olish; mafkuraviy diversiya, siyosiy indoktrinatsiya, mafkuraviy infilьtratsiya, dezorientatsiya, mafkuraviy qo’poruvchilik harakatlarini qo’llash orqali xalqimizda O’zbekistonning buyuk kelajagiga ishonchsizlik uyg’otishga, davlat siyosatini obro’sizlantirishga, odamlarning o’zini Vatan, millat himoyasidan chetga tortishga, loqaydlikka erishishga intiladilar. Bunda ular biror xususiy faktni umumlashtirish (ekstrapolyatsiya), yolg’onni haqiqatga o’xshatib tasvirlash, kichik muammodan katta yolg’on yasash, bir narsani takrorlayverish, tuyg’uni aqldan ustun qo’yish, tinglovchining shaxsiy manfaatni birinchi o’ringa qo’yib, (unga do’st bo’lib ko’rinish) «hasratlashish», hukumatlarni xalqlarga yomon ko’rsatish, millat dushmanlariga rahmdillik, hamfikrlik tuyg’ularini uyg’otish, masalan odamlarga tanish, qadrdon ma’lumotlarni ishlatib, (falon joyda falon voqea bo’ldi), deb rostga yolg’onni ulab yuborish uslublaridan mafkuraviy kurashda foydalanayapti.

Har qanday jamiyat bunday makkor tahdidlarni engishi uchun  o’zida ogohlik, mafkuraviy xavfsizlik, to’kislik, jangovarlik, safarbarlik, umummilliy birlik kabi ijtimoiy sifatlarga ega bo’lishi kerak. Buning uchun  milliy istiqlol mafkurasining yot mafkuralarga qarshi kurash uslublari, jumladan, buzg’unchi g’oyalar mohiyatini fosh qilishga qaratilgan targ’ibot, mafkuraviy monitoring va tahdidlar mohiyatini xalqimiz ongi va qalbiga etkazish, jaholatga qarshi ma’rifat tarqatish uslublaridan doimo va hamma joyda foydalanish taqozo qilinadi.

XXI asr boshida mafkuraviy kurashlarning sho’ro davrida ko’rilmagan, yangi tahdidlar bilan va ilmiy-texnologik asosga qurilgan targ’ibotlar kurashi davri, deb ham tavsiflash mumkin.  Chunki Sho’ro davrida qo’llanilgan targ’ibot-tashviqot, mafkuraviy kurash usullari hozir ishlamaydi. Bizga tahdid solayotgan   mafkuralar «maftunkor» ko’rinsa-da, yoki «ommabop» bo’lsa-da, puxta, ilmiy texnologik asosga qurilganligi sir emas. Chunki ularning targ’iboti oldingi va hozirgi zamonaviy mafkuraviy kurash usullariga ega. Faqat g’oya, maqsadning shakli o’zgargan. Masalan, ana shunday g’oyalardan biri «xalifalik davlatini tuzish» g’oyasidir. Bu g’oyaning mazmun va mohiyat jihatdan zararli ekanligini chuqur anglash zarur.

Xalifa so’zining lug’aviy ma’nosi, o’rinbosar, terminologik ma’nosi musulmon jamoasi va musulmon davlatining diniy hamda dunyoviy boshlig’i deb tushuniladi. Xalifalik davlati mutloq monarxiya tipidagi davlat bo’lib, davlatni xalifa boshqaradi. Xalifalik davlatini boshqaruv tizimi islom-shariat qonunlari bilan belgilanadi. «Hizbut- tahrir» da’vo qilgan xalifalik davlati esa «Islom Nizomi» nomli kitobida bayon qilingan qonunlarga asosan boshqariladi. Vaholanki, Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) dan rivoyat qilingan ushbu Hadisi sharifda aniq aytilgan: «Xalifalik mendan so’ng, ummatim ichida 30 yildir, undan keyin podshohlik bo’ladi».

Bu harakatlar mohiyati haqida O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov «Insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bo’lgan odamlardagi e’tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki, buzg’unchi kuch, hatto, fanatizm (o’ta ketgan mutaassiblik) sifatida foydalanilganligini ko’rsatuvchi misollar ko’p. Aynan fanatizm illatiga yo’liqqan odamlar yoki ularning guruhlari jamiyatda beqarorlik to’lqinini keltirib chiqarishga qodir bo’ladilar»1 deya alohida ta’kidlaydi.

Shuningdek, O’zbekistonning Markaziy Osiyodagi o’rnini hisobga olib, ular diniy oqimlar O’zbekistonda rivojlantirilsa, buning ta’siri tezda Markaziy Osiyoga yoyilishiga umid qiladilar. Chunki diniy allomalar ayni Movarounnahrdan chiqqanligi bu o’lka xalqi milliy harakteri, ma’naviyatining shakllanishiga sezilarli hissasini qo’shganligini biladilar. Shu asosda ular diniy niqob ostida yoshlarning mafkuraviy immunitetini susaytirib, ularga davlatimizning demokratik siyosati tamoyillarini qoralab, davlat va xalq o’rtasida ziddiyat keltirib chiqarishga umid qiladilar. Shu sababli Hizbut tahrir dastlab yoshlarda soxta islomiy fikrlarga ishonchni oshirishni o’zining asosiy vazifasi deb bildi. Buni ular saqofiy (tushunchaga oid) amallar, ya’ni siyosiy amal-tadbirlaridan eng muhimi, deb hisobladi. Boshqacha qilib aytganda, yoshlarning mafkuraviy immunitetini susaytirish, engish va o’zlarining soxta g’oyalarini singdirishni birinchi vazifa qilib oldilar.

Ular bo’lajak jangarilarni o’z safiga jalb qilish va jo’natib yuborishning odatdagi stsenariysi quyidagi ko’rinishda bo’ladi. “Juma-nomoz” vaqtida masjidlar dindorlar bilan to’lib ketadi. Sig’inuvchilar qatorining orasida yaxshi o’qitilgan va yo’riqlangan tashviqotchilar joylashib oladilar. Ular dindorlar orasidan nomozga kelib turuvchi yosh, jismoniy rivojlangan, eng mutaassib (fanatik) shaxslarni tanlaydilar va ular bilan dastlabki suhbat o’tkazadilar. Nomzod bilan suhbat o’tkazib, unga boshqa “haqiqiy musulmonlar” bilan birga “haqiqiy islom”ni o’rganish kursini o’tashni taklif qiladilar hamda shariat me’yorlarini qat’iy bajarishdek shior ostida tegishli ruhda o’z ta’sirini o’tkazadilar. Bir oz vaqtdan so’ng yangi yollanganni “jamoat”ning maxfiy, yashirin o’quv guruhiga (odatda, tartibida 7-8 kishi) qo’shib qo’yadilar. O’quv jarayonida gurux a’zolariga ekstremistik dunyoqarash singdiriladi, g’ayridinlarga qarshi “jihod”ni amalga oshirish, dunyoviy tuzumni ag’darib tashlash va “xalifalik” turida islom davlatini barpo qilish g’oyalarining muqaddasligi targ’ib qilinadi.

Mavzu asta-sekin “xijrat” burchiga, ya’ni respublikadan chetga islomni o’rganish va “jihod”da ishtirok etish maqsadida maxsus tayyorgarlik uchun jangarilar lagerlariga chiqish zaruratiga o’tadi. Ushbu bosqichda ekstremistlar tomonidan jangarilarning lageridagi mashg’uloti yozib olingan, ularning dunyoning turli burchaklaridagi to’qnashuvlarda ishtiroki, go’yo “g’ayridinlar”ning musulmonlarga nisbatan amalga oshirgan vahshiyliklari hamda jahonga mashhur terrorchilarning “jihod” va h.q.larda qatnashuvining targ’iboti va chaqiriqlari aks ettirilgan videokasetalardan ko’rgazmali qurollar sifatida foydalaniladi. Bir oz vaqtdan so’ng yollangan ko’ngillilar zarur bo’lgan pul mablag’lari bilan ta’minlanadilar va jangovar tayyorgarlikka: dastavval ularning shaxsiyati, kelish sabablari va h.k. puxta tekshirish uchun o’ziga xos qabul bazalariga yuboriladi; tekshiruvdan keyin ular guruhlarga bo’linadilar va bevosita jangarilar tayyorlanayotgan lagerlarga jo’natiladi.

Shunday qilib, targ’ibotchilar-tashviqotchilar “jamoat” o’qituvchilari “jamoat” amirlari yollovchilar, jo’natuvchi-kurьer, yo’l boshlovchilar, qabul qiluvchilar va lagergacha kuzatib qo’yuvchilardan iborat bo’lgan murakkab zanjir (tizim) yaratiladi.

Ushbu zanjir etarlicha universaldir, ammo uning boshi nafaqat diniy topinish muassasalari (masjidlar) yoki diniy o’quv yurtlari (madrasalar), balki boshqa jamoa va tuzilmalarda: oilada, urug’-aymoqlarda (qarindoshlarda), qo’shnilar jamoasida, sinfdoshlar (kursdoshlar) va xakozolarda bo’lishi mumkin. Kerakli yo’nalishda ta’sir o’tkazish uchun masalan, odat bo’lib qolgan munosabat (aloqa) shakllaridan (“gaplar”) foydalaniladi.

So’nggi paytlarda “harakat” saflarini to’ldirishning yangikanallari belgilanib qroldi.


Download 214.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling