I bob. O’zbekistonning mustaqillikka erishIShi va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yo’lga qo’yilishI


Ma’naviyat va tarixiy voqealarning o’zaro munosabati


Download 214.5 Kb.
bet9/12
Sana05.11.2020
Hajmi214.5 Kb.
#141215
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ММТ Маъруза 2016-2017


Ma’naviyat va tarixiy voqealarning o’zaro munosabati. Tarix hech qachon o’zi mansub xalqdan ayricha yashay olmaydi va uzoqlashmaydi ham. Uning birdan­bir maqsadi, harakat yo’li ­ o’zi mansub elu yurtning taqdiri inshosini qadam­baqadam bag’riga jamlamoqdir. Tarix shu asno asrlar, davrlar osha kelajak ajdodga kechinmalarni loaqal axborot yo’sinida bo’lsa­da o’tkazmoq umidi bilan yashaydi. Ammo tarixda shunday g’addor davrlar bo’ladiki, uning zo’ravon tizim­yo’riqlari zarbidanmi oddiy xalq ichidan qiynala­qiynala o’z ona tarixidan uzoqlashib qoladi. O’z tarixidan uzoqlashish, undan benasiblik xalqning o’zligini nimjon, g’ururini mo’rt qilib qo’yadi, fikr tuyg’usini qovjiratib yuboradi. Buning qanchalik og’ir xastalik ekanligi har bir istibdod davrida boshdan kechirilgan.

Biz bugun ona tariximiz bilan ro’baro’ turibmiz. Ha, uzoq vaqtlar bo’ldi, ona tarix qaddi istiqlol kunlaridagidek bo’y rostlamagan edi. U elu yurtning o’tmish-kechmishlarini hech bir minnat qilmay, balki bir ezgu mas’ullik bilan qay bir qo’lyozmalar bag’rida avaylab asrab keldi deyishga tamoman xaqlimiz. Tarix o’zi mansub xalqning, millatning ma’naviy saviyasiga, e’tiqod tuyg’usini qarab shaklu shamoyil topadi.

Tarix ­ bu xalqning, yurtning, ajdodlarning xotira kitobi Xotirasini yo’qotgan shaxs ma’naviy ­ ruhiy xasta shaxs bo’lgani kabi, xotirasi yo’q xalqning kelajagi bo’lmaydi. “Kim bo’lishidan qat’i nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi”1 – deb yozadi Prezident Islom Karimov. Shu sabab biz yosh avlodda uzoq tariximizga bo’lgan muhabbat va sadoqatni kamol toptirishimiz kerak. Tarix odamlarga o’z ajdodlarini, ularning taqdir yo’llarini tanishtirish bilangina cheklanmaydi, balki ajdodlar ruhiga sadoqat, g’urur va iftixor tuyg’ularini o’stiradi. Tarix bizga bugungina uchun emas, balki buyuk kelajagimiz uchun ham kerak. Binobarin, maktablar va o’quv yurtlarida Vatan tarixini o’rganishni tubdan yaxshilash, ilg’or tajribalarni ommalashtirish, o’quvchi yoshlarni tarixiy manbalar, buyuk ajdodlar qoldirgan muhtasham me’moriy koshonalar, muzeylar bilan yaqindan tanishtirish lozim.

Umr atalmish orzuli, kurashli, bardoshli ham dolg’ali yo’lda necha bir davrlar dovonidan oshib, ajdodlarni biz bilan bog’lagan qanchadan­qancha rasmu taomillar, qadriyatlarimiz bor. Ular har birimizning qalb va shuurimizga bamisli hayotiy zaruriyat bo’lib, singadi, tuyg’ularimizga e’tiqod hissini muhrlaydi. Bularsiz yaxshi kunlarimiz ham, qayg’uli onlarimiz ham o’z tartib ­ qoidasini topmaganday. Ularda milliy ruhiyatimiz, milliy turmush tarzimizning mehri bor. Bu urf­odatlar, qadriyatlar aslida xalqimiz qadrini, o’ziga xosligini mustahkamlaydi. Ularda mehr­oqibat, samimiylik, ko’ngilchanlik, nazokat, odamiylik, saxiylik, hamdardlik, mehmonnavozlik kabi o’nlab azaliy fazilatlarimizning buy ko’rsatib ko’rganligini his etamiz. Bu ajoyib fazilatlar farzand o’zini taniy boshlagandan uning qalbi, shuuriga singib, insonning ichki va tashqi qiyofasini mukammallikka ko’tarishga yo’naltirilgan va samarasi beqiyos omillardir. Garchi ularning barchasini bir xil tenglikka qo’yib bo’lmasa­da, lekin har birining o’z o’rni, o’z mazmuni bor.

Xalqimizning tarixiy taqdirida milliy marosim va urf­odatlar ham to’lishib, sayqallashib axloqiy qiyofamizning eng javohir unsurlari hisoblanib kelgan. Istiqlol esa milliy marosim va urf­odatlarning qaddini rostladi, odamiylik, ezgulik, vatanparvarlik, g’urur, qadr­qimmat, iymon va e’tiqod singari tuyg’ularni kamol optirish bugun va kelajak uchun hayotiy zaruriyat ekanligini ruyobga chiqardi. “Bizlar to’yda ham, azada ham yonma­yon turib, oddiy kunlarda ham bir­birining holidan xabar olib, kattaning hurmatini, kichikning izzatini joy­joyiga qo’yib, beva ­ bechoralarning, etim­esirlarning boshini silab, xullas, odamgarchilikni barcha narsadan ustun qo’yib yashagan insonlarning farzandlari bo’lamiz”2.

Darvoqe, xalqimiz hayotida ulg’ayayotgan ko’ngil pokli, vijdon hokimligi, iymon salomatligi, fikr kengligi aslida ma’naviy hurlikning mevalaridir. Ma’naviy xurlikning eng yuksak maqomi esa vujudda ruhning ustunligi.

Har birimiz doimo turfa mushkulotlar, ziddiyatlar, aloqalar, muammolarda umr o’tkazamiz. Hayot shunday. U turli xil mushkulotlarni tug’diradi, ularni hal etishga undaydi. Hayotdagi qarama­qarshiliklarga ro’baro’ kelish bizni yana harakatga etaklaydi, muammolar har xil echimlarga olib keladi. Ma’naviy ­ ruhiy barkamol inson va ana shu mushkulotu muammolar ta’siriga tushib qolmaydi, balki uni engib o’tishning oqilona yo’llarini hozirlaydi.

Ma’naviyat ­ insonni insoniylik bilan ko’maklashtiruvchi buyuk bir kuch va imkoniyat. Uning ta’rifi ham o’zi kabi keng qamrovli. Ulardan ayrimlarini qayd etish maqsadga muvofiqdir:

Ma’naviyat – shaxsning ruhiyat tarzi, turmush yo’nalishi, dunyoni anglash, uning qonuniyatlarini tan olish va ularga rioya etish malakasidir; shaxsning ruhiyat tarzi, turmush yo’nalishi, dunyoni anglash, uning qonuniyatlarini tan olish va ularga rioya etish malakasidir; harakatning ong, dunyoqarash, iroda, urf ­ odatlar, madaniy qadriyatlar tizimi; shaxsning barkamol ruhiy­axloqiy va jismoniy tarzi, mavjud dunyoni tarixi va o’z zamonasi bilan uyg’un anglay blish hayotiy qonuniyatlarni tan olish va unga amal qilish; insonning buyuk bir haqiqat mavjudligi-ni his etib, uning qoidalari asosida yashash tarzi;

O’zini tanish, o’zini o’zgalar nazari bilan, o’zgalarni esa o’z nazari bilan taftish qila bilish; insonning insoniyligi; inson axloq i va umr mazmuni, iymon ­ e’tiqodning ajralmas o’zagi; har bir kishining umuminsoniy darajasi fazilatlar ko’zgusi; ishtiyoq hosilasi, ma’no ­ maqsad sari talpinib yashash tarzi; Shaxsning o’ziga, qalbiga, shuuriga, hatti­harakati, axloq­odobiga yo’naltirilgan ezgulik, insoniylik nuri.

Ma’naviyat haqida fikr yuritilganda, ayrim olimlar uning mohiyatini “Insonning ongli, ijodiy faoliyati tashkil qiladi”, degan fikr bilan cheklashni lozim topmoqda. Ushbu fikr garchi ma’naviyatning mohiyatiga nisbatan mantiqan to’g’ri bo’lsa­da, uning inson shaxsi, turmush tarzida namoyon bo’lishiga ham e’tibor qaratilishi zarurga o’xshaydi. Inson ongli, ijodiy faoliyat ko’rsatadi deyish bir muncha chegaralanib qolayotganday chamasi. Basharti inson shaxsi, tabiati, ruhiyatida milliy qadriyatlar, an’analardan bahramandlik mavjud bo’lsa, u o’z kundalik turmush tarzi, kasbiy faoliyatida ularga tayansa hamma vaqt xatti­harakatiga nisbatan “ijodiy” sifatlashini qo’llash shartmikan. Ikkinchi tomondan, insonning yashash tarzi mavjud qonunlar, qoidalar, odatlarga tayangan, ularga amal qilgan holda kechadi, deylik. Ana shunday darajaga erishgan kishilarda ma’naviyat mohiyatan kamol topgan bo’ladiki, ularning yurish­turishlari, munosabatlari va mehnat me’yori shunga muvofiqlashgan bo’ladi. Demoqchimizki, ma’naviyatning mohiyatini “ongli, ijodiy faoliyat tashkil qiladi” deb hisoblash, shaxsning kasbiy faoliyat tarzi, milliy an’analar, urf­odatlarga e’tiqod ko’lami, iroda va aqliy zakovat singari jihatlarga nisbatan bir yo’sin ­ “ijodiy faoliyat” mezoni bilan yondashuv qandaydir chegaralanganlik, alohidalikka undash haqidagi mulohazaga etaklaydi. Umuman jamiyatning, millatning ma’naviyatini alohida shaxsning ma’naviyati bilan bir me’yoriy tavsiflash to’g’ri bo’larmikan. Va yana ma’naviyat, jamiyat ma’naviyati, shaxs ma’naviyati, milliy ma’naviyat kabi tushunchalar o’zaro umumiylikdan tashqari o’zaro farqliliklarga ega bo’lishini hisobga olish to’g’ri keladi.

Mamlakatning rivojlanishi sur’ati, istiqbol yo’li yangicha mustaqil fikrlaydigan, fidoyi, ijtimoiy faol, ma’naviy ­ axloq iy etuk, jismoniy salohiyati ko’lamdor milliy mutaxassisga bo’lgan talabni alohida bosqichga olib chiqdi. Mulk shaklining xilma­xilligini, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga ehtiyoj, bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlikning kuchayishi, ishlab chiqarishga yangi­yangi texnologiyaning kirib kelishi jarayoni mutaxassis malakasini taqozo etayapti. Malaka ayni paytda aqliy, ruhiy va jismoniy salohiyatlarni uyg’unligida samara berishi ham aniq. Mustaqil davlatning munosib mutaxassisini shakllantirish uning shaxsiyatida nainki alohida qobiliyat va maylning barqarorligini, balki ijtimoiy daxldorligini ham nazarda tutadi. To’g’ri, inson jamiyatdagi o’z o’rni, taqdiri haqida uylaydi, o’z Vatanini sevishi, millatga mansubligini his etishi mumkin. Biroq bular faoliyatga ko’chgandagina ijtimoiy mazmun kasb etadi. Jamiyatdagi o’z o’rni haqida uylasayu, jamiyat oldidagi burchini anglamasa, burchga sodiqlikni faoliyatida namoyon etmasa yoki Vatanni sevish bilan cheklanib, uning ravnaqi uchun kurashmasa, millatga mansubligini his etsayu, milliy g’urur va iftixor tuyg’ulari uning amaliyotida gavdalanmasa, bundan na jamiyatga, na Vatanga, na millatga manfaat bor. Uning shaxsiyatida ijtimoiy mohiyat, ijtimoiy burch, vatanparvarlik, milliy g’urur va iftixor tuyg’ulari zaif va faoliyatsiz qoladi. Aslida bu holat insonning passiv turmush tarzini bir qolipga soladi. Bunday shaxslardan mustaqillikning ehtiyojlariga xozirjavoblikni kutib bo’lmaydi. Ma’naviy­ axloqiy, ruhiy ­ jismoniy etuk va faol shaxsgina jamiyatning taraqqiyot mazmunini, davlatning istiqbol yo’lini, shaxs, jamiyat ­ davlat manfaatlarini bir butunligini, o’zaro ichki bog’liqligini tushunadi.

Albatta, ma’naviy ­ axloqiy, ruhiy ­ jismoniy sog’lom va etuk kishilarni voyaga etkazish oson gap emas. Buning uchun hatto bir necha o’n yilliklar ketishi mumkin. Bunda, avvalo, odamlar tafakkurini yangilash, tabiatida milliy axloq tamoyillarining barqarorligiga erishish, istiqlol dunyoqarashini shakllantirish zarur. Binobarin, davr taqozo etayotgan keng qamrovli bilimga ega bo’lish, milliy va islomiy axloq madaniyatini qaror toptirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlardan, muazzam tarix va zamonaviy ulug’vor bunyodkorliklardan baxramandlik, ularga sadoqat va iftixor tuyg’ularini o’stirish lozimligi ravshan. Bu esa o’z navbatida ma’naviy ­ ma’rifiy islohotlarning tezkor amalga oshirilishini talab etishi shubhasiz.

Bu sohada ma’rifatga alohida ahamiyat beriladi. Chunki ma’rifatsiz yuksak ma’naviyatga erishishi mushkul.

Ma’rifat-ma’naviyatga eltuvchi yo’l. Jamiyat ma’rifatga, ma’naviyatga yuz burdimi, demak, u insoniylikka, ezgulikka, go’zallik va adolatga, qalb munavvarligiga , ko’rkam hayotga yo’l oldi, deyavering. Darvoqe ma’rifatli jamiyat yaratishga bel bog’lagan xalqning iqboli baland bo’ladi. Insonda insoniylikni kamol toptirish ma’rifatning mashaqqatli va sharafli yo’llari orqali ro’yobga chiqadi. Ma’rifat, bir jihatdan, ma’naviyatning inson aql­idroki, qalbi, harakteri, tuyg’ular olamiga kirib borishdagi amaliyoti deyish mumkin. U qalb va vujudda go’zalliklar, yaxshiliklarni o’stiradi. Ma’rifat ­ irodaning jon tomiri, mijozning hayotiy chashmasi, ko’ngil munavvarligi. Shu bois muhtaram yurtboshimiz “Taraqqiyot taqdirini ma’rifatli odamlar hal qiladi”, deganlarida ma’rifatning ulkan yaratuvchanlik xususiyatlarini nazarda tutadi. Dunyoni tanish, o’zlikni anglash, imkoniyatlarni ishga solish ham, ma’rifat orqali amalga oshadi.

Insoniyat hayotida butun umri davomida, ba’zan esa uzilishlar bilan ham ma’rifat doimo amalda bo’ladiki, bu hozirgi davrga tatbiqan olganda, Sayyoramizning rivojlangan qismida, dast avval, ahloq-odob, siyosat va diniy e’tiqod doirasida amal qilayotgan me’yorlarda kuzatiladi. Ayni vaqtda, ta’kidlash lozimki, xiyla uzoq vaqt mustamlakachilik, ijtimoiy hayotning totalitar tarzda tashkil etilganligi ostida bo’lib, endilikda zamonaviy rivojlanish yщliga kirgan O’zbekiston va boshqa mamlakatlarda ma’rifat masalalari dolzarblik kasb etishi tabiiydir1

Ma’rifat ­ mohiyatdan aql ­ idrok, tafakkurning mayog’i, mijozning murabbiysi, ko’ngilda munavvarlikni qaror toptiruvchi vosita, iymon ­ e’tiqod, lafzning me’mori, vujudning jon tomiridir.

Ma’rifat ­ bilish, tanish, bilim va madaniyatning mazmuni. U bilim va madaniyatdan oziqlanish, yuksaltirishning yo’l­yo’riqlari, usul va vositalaridir.

Ma’rifat, avvalo inson shaxsini ezgulik fazilatlari bilan parvarishlaydi. Aqli, shuuri, tafakkuri, mijozi, irodasini kamol toptiradi. Ma’rifat, bilim va tarbiyani amalga oshirish jarayoniga ma’rifiy nur bag’ishlaydi. U ­ irodaning jon tomiri, aqlning murabbiysi mijozning bebaho chashmasi, qalbining bog’boni. Ma’rifat shaxsga dunyoni tanish, o’zlikni anglash imkoniyatlaridan samarali foydalanish, jismu jahonida ibratli sifatlarni o’stirishning eng qulay usullarini joriy qiladi. U insonni hayotiy yuksakliklarga etaklaydi. Chunki ma’rifatli inson o’zining xalq, jamiyat va vatan oldidagi burchini chuqur anglaydi. Uning ma’naviyati sog’lom bo’ladi. Mafkuraviy immuniteti kuchayadi, turli tahdidlardan o’zini himoya qiladi.

Mafkura-yo’lchi yulduz, inson kamolotining qanoti. Mafkurasiz jamiyat bo’lmaganidek, mafkurasiz tuzum ham bo’lmaydi. Mafkura o’z mohiyati, maqsadi, harakat yo’nalishlari bilan jamiyatning bosh g’oyasiga xizmat qiladi. U ­ ma’naviyatning tarkibiy qismi, ma’naviyat bag’rida shakllanadi, madaniy meros, qadriyatlar zaminida faoliyat ko’rsatadi. Ma’naviyatning barkamolligi, hayotbaxsh qudrati mafkuraning samaradorligiga ta’sir etadi. Bejiz emaski, Mustaqillik Vatan tarixida yangi davrni boshlab berdi. Yangi davr o’z mafkurasini yaratishni kun tartibiga qo’ydi. “Oldimizda turgan eng muhim masala, ­ degan edi Prezidentimiz Islom Karimov, ­ bu milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tadbiq etishdir”1.

Milliy mafkura xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr­oqibat, insof, sabr­toqat, adolat, ma’rifat tuyg’ularini ongimizga singdirishi lozim. Shu bilan birga, bu “Mafkura xalqimizda o’zining qudrati va himoyasiga suyangan holda umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi mutaraqqiy davlatlar orasida teng huquqli o’laroq munosib o’rin egallashiga doimiy intilish hissini tarbiyalamog’i kerak”2. Davlatimiz rahbarining ushbu fikrlarida milliy g’oya va mafkuraning uzoq masalalari, dasturiy vazifasi o’z ifodasini topdi.

Mafkura dunyoqarashning asosini tashkil etadi, jamiyat va xalqning taraqqiyot yo’lini belgilab beradi, jamiyat va millat rivojlanishidagi etakchi g’oyalarni ilgari suradi. Shu g’oyalar asosida insonlar faoliyati, orzu­intilishlari, istiqbol yo’liga ma’lum yo’nalish bag’ishlaydi. Mafkura davlat, siyosat yoki ijtimoiy guruhlar manfaatlariga xizmat qiluvchi qarashlar, g’oyalar tizimi sifatida namoyon bo’ladi. U davlat, jamiyat yoki partiyalarning ijtimoiy barqarorligini, yashovchanligini g’oyaviy jihatdan ta’minlashga ham xizmat qiladi. Shu o’rinda mafkura o’zi mansub jamiyat, millat, yoki ijtimoiy guruhni saqlash, uning harakat dasturiga g’oyaviy yo’nalish berishga qaratilgan targ’ibotlar majmuiga o’xshab ketadi. Binobarin, jamiyat, millat yoki biron­bir guruhga tegishli, asosiy ijtimoiy qadriyatlar haqidagi tasavvurlar ham mafkura orqali hosil qilinishi mumkin.

Mafkura har bir davrning etakchi g’oyalarini o’z maqsad yo’nalishi bilgani va shunga intilgani uchun ham u haqda fikr bildirish, uni ma’naviyatning ishonch tuguni tarzida tushunish bor gap. Shunga ko’ra mafkura ham ma’naviyat kabi turli talqinlarga ega. Ularning ayrimlarini quyidagicha sanash mumkin:

Mafkura-dunyoqarashning asosi, jamiyat va xalqning tutajak yo’lini uzviy tarzda belgilab beruvchi g’oyalar tizimi; muayyan ijtimoiy qatlam manfaatlariga qaratilgan falsafiy, huquqiy, siyosiy, axloqiy, diniy, estetik qarashlar tizimi; tasavvurlar, tushunchalar, g’oyalar majmuasi bilan uyg’un birlikdagi tartibotga xos bo’lgan ma’lum bir maslak, ta’limot, dunyoqarashdir; dunyo va hayot falsafasiga da’vogarlik qiluvchi g’oyalar tizimi; tizim holiga keltirilgan g’oyalar; doktrinani tashkil qiluvchi g’oyalar va fikrlar majmuasi; butun xalqni yagona maqsad sari birlashtiruvchi g’oyalar tizimi.

Bu kabi tasdiqlar mantiqan mafkura haqidagi umumiy tushunchalarni boyitishini nazarda tutishimiz o’z­o’zidan ravshan. Ayni paytda mafkura har bir davrning dasturiy harakterdagi g’oyalarini amaliyotga aylantirish, ijtimoiy hayotning bosh yo’nalishini oydinlashtirish, nazarda tutilgan maqsadlarni amalga oshirilishini tezlashtirish, ma’naviy ­ mafkuraviy muhitning barqarorligini ta’minlashda muhim ijtimoiy omildir.

Milliy mafkura esa o’z mohiyatiga ko’ra xalqimiz manfaatlari va ehtiyojlariga monand kelganligi, unda xalqning o’z orzu­umidlari, armonlari, baxtu­saodati hamda kelajagini maqsad qilib olganligi uchun ham ongimizga keng singishi tabiiy. Jamiyatimizdagi barcha kuchlar iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va ma’naviy jihatdan buyuk davlat qurishga safarbar etilgan. Bu o’z navbatida, ijtimoiy hayotimizning bosh g’oyasi sifatida mafkuraning o’zagini tashkil etadi. Shu maqsadda milliy istiqlol mafkurasini yaratishning dastlabki vazifasi xalqimiz va jamiyatimizni eski dunyoqarashlardan halos qilish, poklanish, tafakkurni yangilash bo’ldi. Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy an’analariga, - deb yozadi Islom Karimov, - udumlariga, tiliga, diliga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg’ularini ongimizga singdirish lozim”1. Bu o’rinda biz istibdod va eski mafkura tufayli vujudimizga singib ketgan mutelik, loqaydlik, boqimandalik, sustkashlik, mas’uliyatdan qochish kabi qarashlar asoratidan qutulishimiz darkor. Bu asoratlar osonlikcha bartaraf etilmaydi.

Avvalo, jamiyatning iqtisodiy ijtimoiy va siyosiy ­ huquqiy hayotida yuz berayotgan ijobiy o’zgarishlar ijtimoiy hayotni harakatlantiruvchi, uni taraqqiy ettiruvchi asosiy omil ­ inson tafakkuri, ruhiyati, his ­ tuyg’ulariga samarali ta’sir etadi. Shu bilan bog’liq ravishda Vatan va xalq tarixi, ma’naviy ­ madaniy merosi, ona tili, din, milliy turmush tarzi, milliy qadriyatlar, urf­odatlarni yangi davrning mohiyat ­ mazmunidan kelib chiqib tiklash, boyitish inson ongi, shuuri, e’tiqodi va milliy g’urur ­ iftixorining yuksalishida juda ulkan rol o’ynaydi. Sababki, milliy mafkuraning moddiylashuv kuchi uning hallollik, adolat, insof, diyonat, axloqiy fazilatlar va qadriyatlarga nechog’lik tayanishiga bog’liq. Xalqimizning tarixiy ma’naviy merosida vatandoshlarimizning qadim ­ qadimdan vatanparvarlik, insoniylik, mehnatsevarlik, jumardlik, nazokat, adolat, poklik, rostgo’ylik, axloq ­ odob haqidagi ta’limotlarini yanada chuqur o’rganish mafkuramizning axloq iy mezonlarini belgilash va amaliyotga yo’naltirishda muhim tayanch manbaidir. Agar biz ana shu manbadan omilkorlik bilan foydalansak, yangi mafkuramiz har bir mo’min musulmon qalbidan chuqur joy olib, o’z taqdirlarini Vatan taqdiri bilan uyg’unlashtirish imkoniyatlari kuchayadi.

Milliy mafkuraning asosiy maqsadlari, avvalo kelajagi buyuk davlatni barpo etish hamda yangi jamiyat haqida tasavvur hosil qilish, odamlarda ana shu yaratilajak yangi jamiyat haqida, bozor munosabatlariga bosqichma­bosqich o’tishning zarurati, yangi ijtimoiy ­ iqtisodiy munosabatlarning qaror topa borishi, islohotlarni inson manfaatlariga tamomila muvofiqligi, zaruriyligi, milliy uyg’onish ijtimoiy taraqqiyot taqozosi, komil insonni voyaga etkazish davr ehtiyoji ekanligi kabi dasturiy vazifalarning hayotiyligi to’g’risidagi g’oyalarni odamlar dunyoqarashida qaror toptirishdir.

Mafkura Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etishning besh tamoyili, iqtisodiy mustaqillikka erishish, siyosiy mustaqillikni mustahkamlash, mulkchilik va mulk egasining qaror topishi, Vatan va mustaqillik, jamiyat va millat munosabatlarining yaxlitligi, mamlakatimizning xalqaro nufuzi va aloqalarning o’sib borishi, tinchlik, osoyishtalik, milliy totuvlik, bahamjihatlikka xizmat qiluvchi g’oyalarga tayanadi.

Mafkuramizning hayotiyligi xalq irodasiga, ruhiyatiga, milliy tuyg’ulari, orzu ­ intilishlariga mosligi bilan belgilanadi. Shuningdek barpo etilajak yangi jamiyat va unga borishning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy ­ ma’rifiy yo’l­yuriqlari xalqimiz ijtimoiy ongida dunyoqarash tarzida aks etishi bilan mafkura o’zining olijanob safarbarlik funktsiyasini samarali bajarish imkoniga ega bo’ladi.

Albatta, yangicha mafkuraviy dunyoqarashni shakllantirish millat va Vatan manfaatlari, istiqbol yo’lidan qadimiy milliy qadriyatlar, madaniy merosdan ayricha bo’lmaydi. Bu hol mamlakatimizda kechayotgan islohotlar jarayoni, insonparvar huquqiy demokratik davlat yaratish yo’lidagi yangiliklar, zamonaviy o’lkan qurilishlar, yurtimiz xalqaro nufuz va aloqalarining o’sib borishi, ma’naviy ­ ma’rifiy sohada yuz berayotgan yangilanishlar, umuman, davlatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy hayotidagi ijobiy o’zgarishlar to’g’risida xalqimizda tasavvur va tushunchalarni hosil qilib borish lozimligini ko’rsatadi.

Odamlarda mafkuraviy dunyoqarashni o’stirishda Ma’naviyat targ’ibot markazi, uning hududiy bo’limlari, ijodiy ­ ilmiy tashkilotlar, ijtimoiy institutlar, siyosiy partiya va harakatlar, jamg’armalarning roli katta. Bu borada davlat organlari, ommaviy axborot vositalari tashabbuskorlik ko’rsatmoqda. Mafkuraviy dunyoqarashni shakllantirishda uning xalqimiz hoxish irodasi, milliy manfaatlariga muvofiqligi, har bir kishida Vatan va millat tuyg’usini o’stirishda yo’naltirilganligi, har bir fuqaroning amaliy faoliyati, turmush tarzi, tabiatidan kelib chiqishi, faoliyatning samarali bo’lishida muhim rol o’ynaydi. Mafkuraning mazmun maqsadi milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhiga tamomila muvofiqligi uning faoliyat ko’lamida katta ta’sirchan ahamiyatga ega bo’ladi.

Milliy mafkuraning birinchi navbatdagi vazifasi odamlar ruhiyatida, tafakkurida, poklanish, yangilanish uchun ta’sir omillari va shart­sharoitlar yaratish bilan birga O’zbekiston Konstitutsiyada mujassam topgan maqsad va g’oyalarni amalga oshirish yo’lida xizmat qilishdir.



Birinchidan, o’zining kelajagini ko’rmoqchi va qurmoqchi bo’lgan har qanday davlat yoxud jamiyat, albatta o’z milliy g’oyasiga suyanishi va tayanishi zarurligi bilan bog’liq;

Ikkinchidan, milliy g’oya O’zbekiston xalqining asosiy maqsad va muddaolarining ifodasi sifatida shuning uchun ham zarurki, odamlar ongini, tafakkurini o’zgartirmasdan turib, ko’zlangan oliy maqsad-ozod va obod jamiyatni, erkin va farovon hayotni barpo etib bo’lmaydi. Buning uchun esa, odamlar muayyan g’oyaga ishonishi va tayanishi zarur. Bu jarayon o’zo’zidan harakatga kelmaydi, albatta. Negaki, keng xalq ommasini biron bir g’oyaning ilg’or va insonparvar ekaniga ishontirmoq uchun, avvalo, mazkur g’oyaning to’g’ri, hayotiy va ilg’or ekanligiga ishontirish zarur. Ishontirmoq uchun uning ilmiy va hayotiyligiga alohida e’tibor qaritish bilan birga milliy g’oyaning o’zi mamlakatimiz xalqining asosiy maqsad va muddaolari hamda manfaatlarini ifodalashi kerak.

Uchinchidan, milliy g’oyaning zarurligi millatning o’zligini to’la anglash jarayoni bilan bog’liq. Negaki, millat o’zligini to’la anglamas ekan, biron-bir buyuk o’zgarishlar qilib bo’lmaydi. Milliy o’z-o’zini anglash u yoki bu millatni o’zga millatlardan ajralib ketishiga emas, balki o’zligini anglagan millatlarning ma’rifatlashgan hamkorliklarining mustahkamlanib borishiga xizmat qiladi. “O’zlikni anglashning yuqori pog’onasi milliy o’zlikni anglashdir. Milliy o’zlikni anglash millat va uning har bir vakilining ekxistentsial borliqda o’z o’rnini idrok etishi, ijtimoiy-tarixiy va ma’naviy-madaniy taraqqiyotda o’zining yaratuvchanlik faoliyati, evristik izlanishlari, intellektual salohiyatiga bog’liqligi, shuning uchun hayoti va faoliyatini taraqqiyot talablari nuqtai nazaridan oqilona tashkil etish, boshqarish zarurligini anglashdir”1. Ana shunday o’ta murakkab vaziyatda milliy o’zlikni anglashda milliy g’oyaga asosiy tayanch kuch, ilmiy-nazariy va amaliy dastur sifatida har bir insonning ruhi, kayfiyati, xissiy kechinmalariga kirib borish orqali uning qalbi hamda ongiga ta’sir ko’rsatadi. Bu milliy g’oyaning xalq hayotiga yaqin, unga bevosita daxldor ekanligini ta’kidlash lozimdir.

Demak, O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda milliy g’oyada bugungi hayotning eng dolzarb muammolari, uning stragetik maqsadlari bilan uyg’unligi uning yashash shartidir.



To’rtinchidan, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda milliy g’oyaning zarurligi yana bir muhim holat bilan ya’ni bugun bizining tarixiy o’zgarishlar davrida totalitar tuzumdan erkin demokratik bozor munosabatlariga asoslangan demokratik tuzumga o’tish sharoitida yashayotganligimizdan kelib chiqmoqda. Bu davrning o’ziga xos xususiyatlarini chuqur tahlil qilgan mamlakatimiz O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov shunday xulosaga keladi: “Tabiiyki milliy g’oyamiz shu yurtda yashayotgan barcha odamlarning olijanob niyatlarini, hayotiy manfaatlarini mujassam etadigan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi xalq farovonligi degan yuksak tushunchalarni o’z ichiga oladi”2.

Beshinchidan, g’oyalar jamiyatdagi turli insonlar, ijtimoiy guruhlar, qatlamlar, xalqlar, millatlar maqsadi, orzu intilishlari, hayotni idrok etish ko’nikma va malakalari, xulq-atvor ko’rinishlari, qadriyatlari manfaati bilan uzviy bog’liq bo’ladi. U yoki bu g’oya qaysi manfaatni qanday tamoyillarga asoslangan holda ifoda etishiga qarab bir-biridan farqlanadi. Shunga qarab uning maqsadiga va qanday g’oya ekanligiga baho beriladi;

Oltinchidan, g’oyalar o’z oldiga qo’ygan maqsadining ko’lami bilan ham bir-biridan farqlanadi. U mutlaqlikka, yagona to’g’ri ekanligiga da’vo qilishi mumkin. Shunday ijtimoiy g’oyalar borki, u o’z maqsadlarini butun insoniyatga, bashariyatga daxldorlikni uning ongiga, ishonch va e’tiqodiga aylantirishni da’vo qiladi. O’ziga mos jamiyat rivojlanish modelini qurishni, dunyo xalqlarini “yagona andoza” shakliga olib kirishni maqsad qilib qo’yadi. O’z maqsadlarini boshqa xalqlarning milliy xususiyatlarini hisobga olmasdan, qanday yo’l bilan bo’lmasin unga “singdirishga” urinadi. Demak, undan ogoh bo’lish uchun ham, o’z xalqi, mamlakatining tarixini, milliy-madaniy meroslarini, qadriyatlarini toptatmaslik, o’ziga xoslikni yo’qotmaslik uchun ham milliy g’oyani o’rganish, bilish kerak bo’ladi.

Milliy g’oya va mafkura yangicha dunyoqarashni shakllantirishda tadbirkorlik va shaxsiy tashabbuskorligi o’sib borishi natijasida shakllanayotgan yangi ijtimoiy kuchning jamiyatimiz taraqqiyotida alohida etakchilik, uyushtiruvchanlik rolini anglagan holda ularning faoliyati, maqsad va intilishlariga yo’nalish berishi lozim bo’ladi. Shu kabi mafkura jamiyatdagi turli ijtimoiy qatlamlarning manfaatlari, bu manfaatlarning mushtarakligi va ma’naviy ­ ma’rifiy, ijtimoiy ­ huquqiy ehtiyojlariga xizmat qiladi.

Milliy g’oya va mafkura mazmun e’tibori, maqsad va harakat yo’llariga ko’ra dunyoviy me’yorlar darajasiga ko’tarilishi, o’zida dunyoviylik mohiyatini ko’proq namoyon eta bilishi muhim ahamiyatga ega. Shundagina u millatimizning mentalitetini ko’rsata biladi.

Milliy g’oya va mafkura shaxsning erkinligi, siyosiy va huquqiy imtiyozlarini qo’llab ­ quvvatlashi, shaxsning faol nuqtai ­ nazarini shakllantirishi, rivojlantirishi, qadriyatlar va me’yorlarning boyitilishi, yangilanishi kishilarda yangicha munosabatlarning qaror topishi uchun kurash olib boradi. Bundan kuzatilgan asosiy maqsad milliy istiqlol ruhida fikrlovchi faoliyatida shunga amal qiluvchi kishilarni voyaga etkazishdir.

Ma’naviyatning eng oliy nuqtasi, milliy g’oya va mafkuraning bosh vazifasi yagona ona Vatanga, mehr ­ muhabbat, unga farzandlik sadoqati, jon qadar payvandlik tuyg’usidir.

Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki ma’naviyat, ma’rifat, mafkura va milliy g’oya yurt ravnaqi uchun xizmat qiluvchi o’zaro bog’liq tushunchalardir.

Ularni o’zaro bog’liqlikda o’rganish, bir birini to’ldiradi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirishda ularni sifatli tashkil etishda hal qiluvchi rol o’ynaydi.


8-§. Ma’naviy-Ma’rifiy ishlarning mohiyati, maqsadi, vazifalari va asosiy yo’nalishlari
Download 214.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling