I bob. O’zbekistonning mustaqillikka erishIShi va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yo’lga qo’yilishI


Download 214.5 Kb.
bet11/12
Sana05.11.2020
Hajmi214.5 Kb.
#141215
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ММТ Маъруза 2016-2017


1. Tashkiliy ishlar. Ta’lim muassasalari rahbariyati va jamoat tashkiloti hamkorligida rektorat va jamoat tashkilotlari hamkorligida professor­o’qituvchilar va talabalar o’rtasida olib boriladigan ma’naviy ­ ma’rifiy ishlar rejalarini ishlab chiqish.

Eslatma. Keyingi paytlarda ayrim o’quv yurtlarida yoshlar jamoat tashkilotlarining tashabbuskorligi susayib, ular faqat oylik badallarni yig’ish bilan, ba’zi joylarda esa tadbirkorlik deb, savdo­sotiq ishlarini tashkil qilish, bilan cheklanib qolganligi sezilmoqda. Professor­o’qituvchilar va talabalar ma’naviyatini yuksaltirishda va ularni ma’rifatli qilishda bu tashkilotlarning rektorat bilan yaqindan hamkorligi juda ham zarur. Asosiy tashkiliy ishlar ularning tashabbusi bilan amalga oshirilsa, yana ham maqsadga muvofiq bo’lur edi.

2. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti va hukumatining ma’naviyat va ma’rifatga oid farmonlari va qarorlarini jamoada keng muhokama qilish, ulardan kelib chiqadigan vazifalarni belgilab olish.

3. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi, viloyat, shahar va tumandagi, tegishli bo’limlar bilan yaqindan hamkorlik o’rnatish, mazkur tashkilotlar xodimlari bilan doimiy uchrashuvlar o’tkazib turish.

4. Barcha fakulьtetlar talabalari o’qiydigan binolar va turar joylarda “Ma’naviyat va ma’rifat” xonalari tashkil etib, uni jihozlash. Oliy o’quv yurti va turar joylarining asosiy kirish joylarida, kutubxona va o’quv zallarida xalqimizning ma’naviy boyligini va ma’rifatliligini tarannum etuvchi “Yuksak ma’naviyat va ma’rifatlilik ­ mustaqil kelajagimiz garovi” mavzuida kitoblar, plakatlar ko’rgazmasini tashkil qilish.

5. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi va uning joylardagi tashkilotlar bilan hamkorlikda ta’lim muassasasida muntazam ravishda kitob savdosi tashkil etib turish.

6. Ixtisosligi yaqin o’quv yurtlari ma’naviyat va ma’rifat ishlari prorektorlari, bo’lim boshliqlari, metodistlar va fakulьtetlar dekanlarining shu soha bo’yicha muovinlar ishtirokida muntazam ravishda qilinayotgan ishlar, tajribalar, vazifalar xususida seminarlar va anjumanlar o’tkazib turish.



2. Ma’naviyat maskanlari faoliyati. Mustaqillik tufayli siyosiy, ijtimoiy ­ iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy ­ ma’rifiy, mafkuraviy sohalarda muhim o’zgarishlar ro’y beradi. Xususan, oliy o’quv yurtlari, akademik litseylar va kasb­hunar kollejlari, barcha vazirliklar, davlat qo’mitalari, uyushmalar, korporatsiyalar, kontsernlar, kompaniyalar, birlashmalar, banklar, muassasa hamda ishlab chiqarish korxonalarida yangi bir “Ma’naviyat xonalari”, “Ma’rifat xonalari”, “Ma’naviyat maskani”, “Ma’naviyat majmuasi”, “Ma’naviyat markazi” va hokazo nomlar bilan nomlanuvchi ma’naviy ­ ma’rifiy maskanlar paydo bo’lmoqda.

Shuni ta’kidlab o’tish joizki, ushbu tashkil etilayotgan majmualar kimningdir ko’rsatmasi yoki buyrug’i bilan vujudga kelayotgani yo’q, aksincha, har bir jamoaning xohish­istagi, irodasi, intilishlari bilan paydo bo’lmoqda. Bu quvonarli hol, albatta. Chunki ushbu yangilik mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ma’naviy ­ ma’rifiy islohotlarning mevasidir. Demak, hozirgi davrda paydo bo’layotgan bunday maskanlar jamiyatning ma’naviy ehtiyoji zarurati, desak, aslo yanglishmaymiz.

Madomiki shunday ekan, tashkil bo’layotgan bunday maskanlar qanday nomlanishi kerak?

Hozircha bunday maskanlarni ba’zilar “Ma’rifat xonasi”, yana kimlardir “Ma’naviyat markazi”, boshqa birovlar “Ma’naviyat burchagi”, “Ma’naviyat markazi” singari nomlar bilan nomlashmoqda. Bizning fikrimizcha, tashkil etilayotgan bunday maskanlarni “markaz” yoki “burchak” deb nomlash to’g’ri emas.

“Markaz” deganda, avvalambor barchaning ko’z oldida o’z hisob raqami va nizomiga ega, Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan jamoatchilik tashkiloti gavdalanadi. Ikkinchidan, “Ma’naviyat burchagi” deb nomlash ham mantiqan unchalik to’g’ri emas. Masalan, maktablarda tashkil qilinayotgan xonalarni aksariyat joylarda “Ma’rifat xonasi” deb yuritilmoqda. Axir, maktabning o’zi aslida ma’rifat maskani ­ ku. Ma’rifat maskanida yana “Ma’rifat xonasi” tashkil etish mantiqqa to’g’ri keladimi? Shuning uchun hozirgi vaqtda bunday joylarni tashkil qilishdan avval uning vazifasi nimadan iborat ekanligini yaxshilab aniqlab olishimiz kerak. Ana shu maqsad va vazifalar mohiyatidan uning nomi ham kelib chiqadi. Tashkil etilayotgan bunday joylarning eng asosiy maqsadi insonni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash ekan, ularni “Ma’naviyat maskani”, deb atasak, maqsadga muvofiq bo’ladi.

Oliy o’quv yurtlari, akademik litseylar, kasb­hunar kollejlari, o’rta umumta’lim maktablari va ishlab chiqarish korxonalarida tashkil qilinayotgan “Ma’naviyat maskani” shunchaki xo’jako’rsinga yoki ko’z­ko’z qilish uchun emas, balki sof ma’naviy ­ ma’rifiy ishlar natijasi o’laroq vujudga kelishi kerak. Kuzatishlar shuni ko’rsatmoqdaki, “Ma’naviyat maskani” da faqatgina ayrim tadbir va yig’ilishlar o’tkazilib, boshqa paytlar yopib qo’yilmoqda. Albatta, “Ma’naviyat maskani” ni bunday tashkil etish to’g’ri emas. Fikrimizcha, “Ma’naviyat maskani” har bir jamoaning yuzi bo’lishi va jamoaning har bir a’zosi u erdan ma’naviy oziq ola bilishi lozim.

“Ma’naviyat maskani” ni tashkil etish uchun butun mamlakatimizda yagona andoza bo’lishi kerakmi?

“Ma’naviyat maskani” ni tashkil etish nuqtai nazaridan olib qaraganda, yagona andoza juda ham kerak. Lekin mazmuni jihatidan olib qaraganda esa yagona andoza bo’lishi shart emas. Chunki har bir maktab, akademik litsey, kasb­hunar kolleji va oliy o’quv yurti yoki muassasa yoki tashkilot o’z imkoniyati, kasbiy yo’nalishidan kelib chiqib mazmunan rang – barang “Ma’naviyat maskanlari” tashkil etishlari maqsadga muvofiq.

Shunga qaramasdan, har qanday “Ma’naviyat maskani” umumiy talablarga javob berishi kerak.

Shu nuqtai-nazardan biz o’z tavsiyalarimizni berishni ma’qul topdik:

1. Oliy o’quv yurtlari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va maktablarda “Ma’naviyat maskani” kutubxonaning qiroatxonasi (o’quv zali) yoki ma’ruza zallarining birida tashkil qilinsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Biroq bu xonaning keng va yorug’ bo’lishiga alohida e’tibor berish kerak.

2. Barcha vazirliklar, Davlat qo’mitalari, uyushmalar, korporatsiyalar, kontsernlar, kompaniyalar, birlashmalar, banklar, muassasalar va ishlab chiqarish korxonalarining majlislar zalida tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.

“Ma’naviyat maskanlari” ni jihozlashda, asosan, quyidagilarga e’tibor berish lozim:


  • O’zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari (Bayroq, Gerb, Madhiya) va ularning to’liq tasnifi;

  • siyosiy-huquqiy qadriyatlarimiz (mamlakatimiz haritasi, Konstitutsiyamiz hamda milliy valyutamizni ifodalovchi lavhalar);

  • ma’naviy-ma’rifiy islohotlarga oid farmonlar, farmoyishlar, qonunlar va qarorlar jamlanmasi;

  • mustaqillik, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarga oid Prezident Islom Karimovning asarlari hamda ularning qisqacha annotatsiyasi;

  • milliy ma’naviyatimizning zabardast vakillari siymolari aks ettirilgan suratlar hamda ularning donishmandona fikrlaridan namunalar;

  • xalqimizning madaniy merosi, an’analari, udumlarini aks ettirvchi ko’rgazmalar;

  • Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi nashrlari, “Tafakkur” va “Jahon adabiyoti” jurnallarining barcha sonlari;

  • “Ma’naviyat” nashriyotida chop etilgan asosiy kitoblar;

  • “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasi, shu fan hamda “Ma’naviyat asoslari”, “Odobnoma”ga doir darslik qo’llanmalar asosiy gazeta va jurnallar taxlamlari;

  • Diniy axloq iy kitoblar, mazkur jamoa a’zolarining aql-salohiyatini va nafosatini ifoda etuvchi namunalar.

Shuningdek, bu ishda o’ta muhim bo’lgan ikkita yangilikni joriy etish tavsiya etiladi:

Birinchisi, elshunos olim, tarix fanlari nomzodi Bilol Aminov tomonidan yozilgan “Hikmat – ibrat” risolasida keltirilgan “Tillo qushchalar parvozi” nomli hikmatlar yo’riqnomasiga binoan “Ma’naviyat maskani”ning bir qismida devorning katta va kichik sathi loyiha asosida ishlanib, “Dono bo’lay desangiz” yoki “Olim bo’lay desangiz” kabi so’zlar zaruriyatga ko’ra turli tillarda yozib qo’yiladi. Bu katta yozuvlar ostiga naqshli hoshiyalarga hikmatli so’zlardan 15 – 20 tasi chiroyli qilib yoziladi. Hoshiyalar atrofida chiroyli qushchalar parvozi, daraxtlarda o’tirgan holatlari gul yoki daraxtda sayrayotgan qushlar tasviri beriladi.

Ostiga 8 – 10 quticha o’rnatiladi. Ularga haftada ikki yoki uch marta “vizitka” shaklidagi turli hikmatlar yozilgan “tillo qushchalar” maketi solib qo’yiladi, ularning soni kishilar soni kishilar soniga qarab ko’paytirilishi mumkin. Chiroyli naqshli “vizitka”da 2 tadan hikmat yozilgan bo’ladi. “Tillo qushchalar” nomini olgan bu “vizitka”larni o’quvchi talaba yoki xodimlar o’z ixtiyorlari bilan oladigan va kelgusida davomini sabrsizlik bilan kutadigan bo’lishlari kerak.

Matnlar muassasa, korxona va tashkilotlarning ma’naviyat va ma’rifat bo’limida tayyorlanadi va kseroks apparatida ko’paytiriladi.

Dastlab haftada bir marta, keyinchalik ikki-uch marta seanslar tashkil etish mumkin. Seanslarni katta tanaffus vaqtida yoki mashg’ulotlardan so’ng o’tkazsa bo’ladi. Seanslarda beriladigan ma’naviy oziq tabiiy ravishda ehtiyojga aylanib ketishi va yoshlar e’tiborini tortishi uchun “chaqiruvchi xabar signallari”dan foydalanish maqsadga muvofiq. Masalan, sun’iy daraxt yoki katta tuvakdagi manzarali daraxt va gullarga, ma’lum vaqtlarda ular orasiga ustalik bilan joylashtirilgan tovush chiqaruvchi karnaycha orqali magnitofondan sayroqi qushlar ovozi berib boriladi. Buni shunday tashkil qilish kerakki, qush sayrashi o’rniga tanburda ijro etilgan mumtoz kuylardan berib borish ham mumkin. Bu oniy lahzalarda kishilar ham madaniy, ham ma’naviy oziq olishiga ishonchimiz komil. Ushbu yangilikni joylarda mutaxassislar soddalashtirib yoki jonlantirib tashkil etishlari ham mumkin. Masalan, hikmatlarni nafaqat “vizitka” shaklida, balki, ko’rgazmali plakatlar yoki texnik vositalar yordamida ham berish mumkin. Jalb qilish borasida mumtoz o’zbek kuylaridan ham foydalanilsa ayni muddao bo’lur edi.

Ikkinchi yangilik – bu juda sodda, lekin g’oyatda ma’suliyatli ish, milliy ma’rifat tizimidagi g’oyatda muhim o’zgarishdir. Xalqimizning madaniy merosi, urf- odatlari, an’analari va qadriyatlari tushirilgan videojamlanma tashkil etiladi. “Ming bor eshitgandan, bir bor ko’rgan afzal”, - deydi dono xalqimiz.

“Odobnoma” hamda “Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari” darslarida, “Ma’naviyat kun”lari har doim og’zaki bayon qilish uslubidan foydalanavermay, videojamlanma vositasida darslar tashkil etish juda katta samara bergan bo’lar edi. To’g’ri ushbu yangilik akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlarida moliyaviy mablag’ talab etadi. Bunday muammoni homiylar va o’ziga baquvvat ishlab chiqarish korxonalari yordamida hal etish mumkin. Madaniy meros, urf-odat, an’ana va qadriyatlarimizni ifoda etuvchi videotasmalar “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, “Oltin meros”, “Mahalla” jamg’armalarining joylardagi bo’limlari hamda tuman xalq ta’limi metodistlari bilan hamkorlikda tayyorlansa maqsadga muvofiq bo’ladi. “Ma’naviyat maskani”da videojamlanmani tashkil etish yosh avlodning ma’naviy kamolotida zamonaviylikka mos vosita usuli bo’lar edi.

Umuman, yoshlarning zamonaviy dunyoqarashini hisobga olib, yuqorida keltirilgan ikki yangilikni imkoni boricha joriy etish samara berishi shak-shubhasiz.

Ma’naviyat maskani” ning old qismini jihozlashga oid tavsiyalar. “Ma’naviyat maskani”ning old eng yuqorisida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning quyidagi so’zlari yoziladi:

“Ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o’giti bilan birga singadi ”

Bundan so’ng:

“O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat!” shiori yoziladi.

Ushbu yozuvlarning yuqoridan chap qismida O’zbekiston davlatining rangli siyosiy haritasi joylashtiriladi.

Haritaning pastki qismida quyidagilar yoziladi:

Davlat tuzumi – Respublika

Qonun chiqaruvchi oliy organ – Oliy Majlis Parlamentimiz Senat va Qonunchilik palatasidan iborat,

Davlatni – Prezident boshqaradi.

Ma’muriy va hududiy tuzilishi: Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 viloyat, Toshkent shahri.

Hududi – 448,9 ming kv.km. Poytaxti – Toshkent shahri.

Haritaning yonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning portreti hamda pastki qismida uning qisqacha tarjimai holi beriladi.

Hozirgi kungacha mavjud bo’lgan “Ma’naviyat maskani”larida Davlat ramzlarini to’g’ri o’rnatish yoki jihozlash masalalarida turli xil qarashlar mavjud edi. Shu sababli bu yo’nalishlarda o’z tavsiyalarimizni berishni ma’qul topdik.

Yuqorida keltirilgan davlat ramzlari va siyosiy haritaga teng hajmda kitob tasviri tushirilib, uning tepa qismida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” deb yoziladi. Pastki qismidan esa “O’zbekiston – mustaqil, demokratik respublika”, “O’zbekiston Respublikasi” va “O’zbekiston” degan nomlar bir ma’noni anglatadi, “Demokratiya – O’zbekiston ijtimoiy–siyosiy taraqqiyotining bosh yo’li” va “Bizning Konstitutsiyamiz yakka partiyaviylik, sinfiy illatlaridan xolidir”, - deb yoziladi.

Davlatchiligimiz tarixining qaysi bir davrini olib qaramaylik, Vatan timsollari aziz va muqaddas sanalgan. Har bir davrda ham davlat ramzlari, timsollari shunchaki siyosatni amalga oshirish vositasi bo’libgina qolmay, balki, juda katta ijtimoiy­ma’naviy ahamiyat kasb etgan. Xalqimizning mustaqil va mustahkam davlat barpo etish g’oyasi, salohiyati va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, eng avvalo, davlat ramzlari va timsollarida o’z ifodasini topgan.

Shuning uchun bo’lsa kerak ajdodlarimiz ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotida ramzlar va timsollarni juda e’zozlagan. Xalqimiz vakillari davlat timsollari uchun, hatto, o’z jonlarini ham fido etgan. Jangu jadallarda bayroqning qulashi yoki dushmanning qo’liga o’tishi mag’lubiyat bilan barobar turgan. Bu borada tariximizdan juda ko’p misollar keltirish mumkin. Masalan, 1221 yilning kuzida mo’g’ul bosqinchilari olti oylik qamaldan so’ng Xorazm poytaxti Gurganjga yopirilib kirganida millatimizning buyuk qahramonlaridan biri Shayx Najmiddin Kubro shahar mudofaasiga rahnamolik qilib tengsiz kurashda o’z ko’ksini dushman nayzasiga qalqon qiladi, yurt ozodligi yo’lida shahid bo’ladi. Aytishlaricha, Shayx o’limi oldidan mo’g’ul yalovbardoridan dushman bayrog’ini tortib olib, u bilan erga qulaydi. Yovga nisbatan nafrat shu qadar shu qadar kuchli ediki, mo’g’ullar keyinchalik shayxning jonsiz qo’lidan bayroqlarini tortib ololmagan va uning panjalarini kesib, o’z bayroqlarini olgan. Shayx Najmiddin Kubroning yurt ozodligi yo’lidagi bu jasorati qariyb sakkiz yuz yildirki, barcha avlodlarga ibrat bo’lib kelmoqda.

Sohibqiron Amir Temur davrida ham davlat bayrog’i juda katta ahamiyat kasb etgan. Shu sababli jangu jadallarda davlat bayrog’ini Amir Temurning eng ishongan bahodir sipohiylari qo’riqlagan. Amir Temur Tuzuklarida ta’kidlanishicha, dushman ustidan shijoat va mardlik ko’rsatib g’alaba qozongan amirlar va sipohiylar Temur davlatining timsollari – tug’, nog’ora bilan mukofotlangan. Bu ham sohibqiron saltanatida davlat ramzlari nechog’li baland turganligidan dalolatdir.

Shonli tariximizdan bunga o’xshash misollarni ko’plab keltirish mumkin.

Xo’sh, bugungi kunda mustaqil davlatimiz ramzlari, xususan, millat g’ururi bo’lgan bayrog’imizga munosabat qanday?

Kelajagi buyuk davlat barpo etish g’oyasi mustaqilligimizning ilk kunlaridayoq qabul qilingan davlatimiz ramzi va timsollarida ham o’z ifodasini topgan. 1991 yilning 18 noyabrida qabul qilingan bayrog’imizda ham xalqimizning xohish –irodasi, aql-salohiyati, asrlar davomida so’nmagan g’ururi, kayfiyati aks etgan.

Davlatimiz bayrog’ida ifoda etilgan yangi chiqib kelayotgan yarim oy, yulduzlar, moviy, oq, yashil ranglar hamda qizil hoshiya chiziqlar xalqimiz g’ururi va kelajakka bo’lgan ishonchining ifodasidir. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq bayrog’imiz xalqimizning g’ururi manbaiga aylandi. Respublikamiz miqyosida o’tkaziladigan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar Davlat bayrog’ini tantanali suratda ko’tarish, madhiyamizni kuylash bilan boshlanadi. Xalqimiz mustaqillik tufayli qaddini tiklagan ma’naviyati, g’ururi 1992 yilning 2 martida BMTga a’zo mamlakatlar safiga O’zbekiston bayrog’ining hilpirashi bilan bir necha bor o’sganligi hech kimga sir emas.

Davlat bayrog’ining huquqiy asosi 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i to’g’risida”gi qonun bilan mustahkamlanib, bu hujjatda bayrog’imizning shakl-shamoyili, undan foydalanishning yo’l-yo’riqlari puxta va aniq ko’rsatib berildi. O’sha paytdan boshlab bolalar bog’chalari, maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida dushanba kungi saboqlar Davlat bayrog’ining tantanali suratda ko’tarilishi, bolalarimizning o’ng qo’llarini ko’ksiga qo’yib, madhiyamizni kuylashidan boshlanishi farzandlarimiz qalbida Vatanga, uning ramzlariga nisbatan muhabbat va sadoqatning paydo bo’lishiga olib keldi. Zero vatanparvarman degan har bir inson, eng avvalo, bebaho ijtimoiy- siyosiy qadriyatlarimiz bo’lgan Davlat ramzlarini bilishlari, hurmat qilishlari shart.

Davlat ramzlariga bo’lgan munosabatlarimizni, eng avvalo, Davlat ramzlari to’g’risidagi qonunlarni o’rganishdan boshlashimiz kerak. “O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida” gi qonun muqaddas bayrog’imizni o’rganishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.

Xo’sh, bugun Davlatimiz ramzlari to’g’risidagi bilimlarimiz etarlimi?

Bu borada, yuqorida ta’kidlaganimizdek, bolalar bog’chalari, maktablar, akademik litseylar, kasb­hunar kollejlari, oliy o’quv yurtlaridagi ahvol yomon emas. Ammo ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va muassasalarda Davlat ramzlarini o’rnatish, jihozlash masalalarida bir oz e’tiborsizlikka yo’l qo’yilmoqda. Ayrim korxona, tashkilot va muassasalarning rahbar xodimlari ish xonalarida bayroqni dastasiga o’rab bir burchakka suyab qo’yishlarini qanday tushunish mumkin? Yoki shu korxona, tashkilot, muassasalarning majlislar zallarida Davlat ramzlari to’g’ri o’rnatilganmi? Shuningdek, ayrim tashkilot, korxona, muassasalarning hududlari devorlarida bayroq tasviri chala chizilayotganligi o’sha tashkilot, korxona, muassasalar mutasaddilarining Davlat ramzlari to’g’risidagi bilimlari o’ta sayoz ekanligidan dalolat beradi.

Ular “O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida”gi qonunning 10­moddasidagi “O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i va uning tasviri, katta­kichikligidan qat’i nazar, hamma vaqt ushbu qonunga ilova qilinayotgan rangli va sxematik tasviriga aniq mos bo’lishi kerak”ligini o’qib ko’rsalar foydadan xoli bo’lmas edi.

Shuningdek, qonunda O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ini davlat hokimiyati va davlat boshqaruv idoralari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar binolarida ko’tarish chog’ida ushbu qonunda bayon etilgan talablarga rioya qilinishi uchun mas’uliyat ularning rahbarlari zimmasiga, bayroq turar­joy binolarida ko’tarilgan vaqtda esa ularning egalari yoki ulardan foydalanishni tashkil etish topshirilgan mansabdor shaxslar zimmasiga yuklatilganligi (11­modda) haqida aniq yozib qo’yilgan.

Bu bilan biz korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlarini ayblamoqchi emasmiz. Biz qurayotgan yangi jamiyat ko’proq tushuntirish ishlarini olib borishni talab etadi. Xuddi shu yo’nalishda Respublikadagi mutasaddi tashkilotlar va ularning hududiy bo’limlari muntazam targ’ibot ishlarini yo’lga qo’ygan. Davlat ramzlarini amaldagi qonunlar asosida to’g’ri o’rnatish yo’nalishida o’z tavsiyalarini berib bormoqda:

– binolarning peshtoqlarida bayroqni to’g’ri o’rnatish, quyosh nuri, yomg’ir, chang-to’zondan rangi o’chib, eskirib qolgan bayroq xalqimizning ruhiyati, kayfiyatiga aslo mos kelmasligini hisobga olib, eskirgan, rangi o’chgan bayroqni yangilab turish;


  • binolarning old tomonida (ochiq maydonda) boshqa davlatlarning bayroqlari bilan birgalikda o’rnatilganda O’zbekiston Respublikasining bayrog’i (binoning old tomoniga qarab turganda) o’ng tomondan, boshqa davlatlarning bayroqlari chap tomondan o’zbek alifbosi asosida va bir xil balandlikda joylashtirilishi;

  • bayroqning tasviri tushirilayotganda qonun asosida belgilangan sxematik va rangli tasvirga qat’iy amal qilinadi;

  • bayroqning ramziy ma’nolarini qabul qilingan tasnif asosida to’g’ri talqin etish kerak.

Bularning barchasi kishilarning siyosiy­ma’naviy kayfiyatiga ijobiy ta’sir etishini unutmasligimiz lozim. Davlat ramzlari va timsollari xuddi ona Vatan kabi aziz va muqaddas. Ularni sevib, ardoqlaylik.

Xonalarda yoki binoning ichki qismida Davlat ramzlarini o’rnatayotganimizda har doim old qismida o’rnatish maqsadga muvofiq. Davlat bayrog’i, gerbi, madhiyasi bilan jihozlashda har doim ramziy tasnif bilan birga berish juda katta samara bergan bo’lur edi.

Ma’naviyat maskani” ning o’ng qismi.Yuqorida chapdan ajdodlarimizdan bizgacha etib kelgan eng qadimiy yozma ma’naviy merosimiz bo’lgan “Avesto” va uning bugungi kundagi tarbiyaviy ahamiyati o’z ifodasini topishi kerak. Yuqorida “Avesto ma’naviy ziyosi” deb yozilgandan so’ng 1­jihoz ostiga kitob surati chizilib, ustiga “Avesto” deb yoziladi.

Undan keyin “Ezgu niyat, ezgu so’z, ezgu amal” so’zlari yoki “Avesto”da oldinga surilgan yana bir muhim ma’naviy da’vatlardan biri – “Ona tabiatga mehr­muhabbatli bo’l, er, suv, olovni e’zozla, yaratuvchilik mehnatini ulug’la”, ­ so’zlari yozilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.

1­jihozning yonidan eni va bo’yi unga teng ravishda 2­jihoz “Turkiy qavmlar ma’naviyati” joy oladi. Ushbu ruknda milliy qahramonlarimiz Alp Er To’nga (Afrosiyob), Shiroq, To’maris, Spitamenlarning Vatan ozodligi yo’lidagi qahramonliklaridan lavha va namunalar keltirish mumkin.

Yoki shu ruknning o’zida eng qadimgi turkiy yozuvlar, bitiktoshlardagi hozirgi davr uchun ibratli bo’lgan hikmatlardan namunalar berish mumkin. Shundan so’ng turkiy adabiy tilning shakllanishiga muhim ta’sir ko’rsatgan buyuk allomalar Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiylarning buyuk asarlari tasviri tushurilib, birinchi kitob ustiga “Devonu lug’otit turk”, ikkinchi kitob ustiga “Hibbat ul­haqoyiq”, uchinchi kitob ustiga “Qutadg’u bilig” deb yoziladi va ushbu asarlardan hikmatli baytlar keltiriladi. Masalan:

Mahmud Qoshg’ariy, Ahmad Yugnakiylarning yuqorida ta’kidlangan asarlaridan ham hikmat namunalarini keltirish mumkin.

3­jihoz “Islom nuri ziyosi” deb yuritilib, muqaddas “Qur’on” tasviri beriladi va quyidagi oyat yozib qo’yiladi.

“Iqra va Robbuka akram, allazi allama bil qalam. Allama – l –insona ma lam ya’lam”. (“O’qi! Sening o’ta karamli pavardigoring qalam vositasi bilan ta’lim berdi. Insonga u bilmagan narsalarni o’rgatdi”. ) Ushbu oyatning pastki qismida kitob tasviri tushurilib, uning ustiga “Al – jomi’ as - sahih”, deb yoziladi va Imom Buxoriy hazratlarining quyidagi hadislari keltiriladi:

Kimki ilm olgan bo’lsa, payg’ambar alayhissalomdan to’liq meros olibdir. Kimki ilm istab qadam qo’ysa, Olloh taolo unga jannat yo’lini oson qilgaydir”.

Tagidan buyuk muhaddis olimlar – Imom Buxoriy, Imom Termiziy hamda buyuk mutasavvuf shayxlar – Abdulxoliq G’ijduvoniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband nomlari yozilib, “Vatanni sevmoq iymondandir”, “Beshikdan qabrgacha ilm izla” kabi va boshqa hadislar “Diling Ollohda, qo’ling mehnatda bo’lsin” singari hikmatlar keltirilsa, bobolarimiz da’vatlarini zamondoshlarimizga etkazib, ularda ilmga ishtiyoq hamda buyuk ajdodlarimizdan faxrlanish tuyg’usini uyg’otgan bo’lamiz.

4­jihoz “Qomusiy ma’rifat yog’dusi”, deb nomlanib, butun bashariyatga daxldor, O’rta Osiyoda yashab ijod etgan buyuk allomalar Muso Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning suratlari hamda tarjimai hollari beriladi.

Har bir alloma suratining ostki qismida kitob tasviri tushurilib, kitobda har birining yozgan asarlari ro’yxati berilishi mumkin. Bundan tashqari buyuk qomusiy olimlarimizning donishmandona fikrlari, hikmatlari, baytlari berilsa yoki ular yaratgan olamshumul ixtirolar sanalsa ham o’quvchilar ma’naviyatini yanada oshiradi.

5­jihoz “Temuriylar davri ma’naviyati”, deb nomlanib, diqqat bevosita Sohibqiron Amir Temur shaxsi, uning hukmronligi yillarida fan va madaniyatning gullab-yashnaganligi, hokimiyatni idora etish usullari singari milliy qadriyatlarga qaratilishi kerak. Bu ruknda Amir Temurning portreti va uning dasturi bo’lmish “Kuch – adolatda. Adolat rahbaringiz va dasturingiz bo’lsin” shiori beriladi. Shu ruknning o’zida Sohibqiron tomonidan bunyod etilgan tarixiy obidalar va unga vobasta ravishda mustaqillik yillarida qurilgan “Temuriylar tarixi Davlat muzeyi” hamda Toshkent, Samarqand, Shahrisabz shaharlarida o’rnatilgan Amir Temurning haykallaridan biri tasvirlanadi. Shuningdek, qomusiy olim, temuriylar davrining buyuk arbobi Mirzo Ulug’bek portreti, uning qisqacha tarjimayi holi, yozgan asarlari keltiriladi. Buyuk shoir, temuriylar davrining eng zabardast vakillaridan biri bo’lmish hazrat Alisher Navoiyning ham mo’’tabar siymosi, uning hayoti va ijod yo’li, asarlaridan namunalar beriladi.

Masalan:

Haq yo’linda kim senga bir harf o’qitmish ranj ila,

Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Yana Temuriyzoda Zahiriddin Muhammad Boburning ham siymosi, tarjimai holi, yozgan asarlaridan namunalar keltirish mumkin.

Bulardan tashqari ushbu ruknda temuriylar davrida juda rivojlangan hattotlik, miniatyura musavvirligi, naqqoshlik, musiqa, zardo’zlik, kulolchilik san’atidan ayrim namunalar keltirilsa yanada yaxshi bo’ladi. Ayniqsa, miniatyura musavvirligi maktabining asoschisi Kamoliddin Behzod siymosi va uning asarlaridan namunalar berilsa, nur ustiga a’lo nur bo’lar edi.

6­jihoz “XX asr ma’naviy inqirozi va yutuqlari”, deb nomlanib, sobiq sho’ro tizimi davrida milliy qadriyatlarimizga nisbatan olib borilgan siyosat hamda uning ma’naviy inqirozga olib kelganligi to’g’risidagi fikrlar o’z ifodasini topishi kerak. Xususan, til, urf-odatlarimiz, an’analarimiz, qadriyatlarimiz, milliy ma’naviy merosimiz toptalganligini ifoda etuvchi ko’rgazmalar, lavhalar o’z ifodasini topsa, xonaning ko’rgazmaliligi oshadi. Shuningdek, milliy g’oya va mafkurani ilgari surgan, kuylagan ulug’ allomalar, shoir va yozuvchilar portretlari, ularning mo’’tabar asarlari, hikmatli so’zlari donishmand fikrlaridan namunalar keltirish mumkin. Masalan, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori, Cho’lpon, Fitrat kabilarning asarlari, she’rlaridan namunalar berish kerak:

“Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo sadoqat, yo falokat masalasidur”.

Abdulla Avloniy.

“Milliy tilni yo’qotmak – millatning ruhini yo’qotmakdir ”

Abdulla Avloniy.

Turkiston shonimiz, turonli unvonimiz,

Vatan – bizim jonimiz, fido o’lsin qonimiz!

Abdulhamid Cho’lpon.



Ma’naviyat maskanlari”ning chap qismi. Maskanning bu qismi “Mustaqillik va ma’naviyat” deb nomlanib, ushbu ruknda “Ma’naviyat” nashriyoti chop etgan ko’rgazmali plakatlar, mustaqillikka erishganimizdan so’ng tiklangan urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz va ma’naviy merosimizga oid hamda umumxalq bayramlarini ifodalovchi lavhalar, shuningdek, buyuk allomalar, davlat va jamoat arboblari tavalludi to’ylarini o’tkazish to’g’risidagi Prezident farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, mustaqillik davrida qad ko’targan inshootlar, madaniy-ma’rifiy binolarning tasvirlari aksini topishi kerak. Shuningdek, maskanning ushbu qismida mazkur jamoa a’zolari aql-salohiyati va nafosatini ifoda etuvchi namunalar, Respublika Milliy g’oya mafkura ilmiy-amaliy markazi, “Ma’naviyat” nashriyotining nashrlari, gazeta va jurnallar taxlamlari, Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat Kengashi muassisligida chop etilayotgan barcha nashrlar, xususan “Tafakkur” va “Jahon adabiyoti” jurnallari, ma’naviy ta’limga oid dasturlar, darslik va qo’llanmalar hamda “Ma’naviyat maskani”ga oid hujjatlar jam bo’lishi kerak.

O’qituvchilar va talabalar bilan o’tkaziladigan ma’rifiy ishlar.

1. Barcha fanlarni o’qitishda ta’lim jarayonida asosiy e’tiborni talabalarni ma’naviyatli va ma’rifatli qilib tarbiyalashga qaratish.

2. Har o’quv yilining sentyabrь oyida birinchi kurs talabalariga mustaqillik tamoyillarini chuqur singdirish maqsadida mustaqillik ramzlariga bag’ishlangan qo’shimcha darslar (10-20 soat) tashkil etish. (Bu darslarni ijtimoiy fanlar va adabiyot fanlari o’qituvchilari o’tkazsalar, maqsadga muvofiq bo’lar edi).

3. Barcha talabalar uchun har chorshanba kuni darsdan so’ng mutazam o’tkazilib turiladigan quyidagi ma’naviy ­ ma’rifiy o’quvlarni tashkil qilish:

1 ­ chorshanba ­ Prezidentimiz asarlari va nutqlarini o’rganish.

2 ­ chorshanba ­ Prezident farmonlari, hukumat qarorlari va respublika qonunlarini o’rganish.

3 ­ chorshanba ­ axloqiy ­ ma’rifiy o’quvlari (bunda Qur’oni karim, hadis va din ilmining ko’zga ko’ringan namoyandalari asarlaridan ham keng foydalanish).

4 ­ chorshanba ­ bozor iqtisodiyoti munosabatlari o’quvi.

Ushbu o’quvlar tasdiqlangan jadval asosida tarix, falsafa, iqtisodiy nazariya, siyosatshunoslik, etika va estetika, odobnoma, huquq kafedralari professor ­ o’qituvchilarini to’liq jalb qilgan holda, Qur’oni karim, hadis ilmi hamda islom tarixini yaxshi biladigan mutaxassislar ham ishtirok etgan holda o’tkaziladi.

4. Barcha professor ­ o’qituvchilar uchun har oyning juma kunlarida muntazam ravishda quyidagi ma’naviy ­ ma’rifiy o’quvlarni tashkil qilish:

a) Mustaqillik darslari (Prezident asarlari, nutqlari, farmonlari, qaror v qonunlar o’rganiladi);

b) bozor iqtisodi munosabatlari;

v) ma’naviyat darsi (talabalarga o’qilayotgan ma’naviyat asoslari buyicha hamda islom tarixi va qonun ­ qoidalarini yaxshi biladigan mutaxassislarni ham jalb etgan holda);

g) sharq pedagogikasi;

d) sharq falsafasi

Ushbu ma’rifiy ishlarni uyushtirish uchun ma’naviyat va ma’rifat bo’limi xodimlari mas’uldirlar. Ular dars mavzusi, reja va dasturlarni, dars jadvallarini, ma’ruzachi professor­o’qituvchilarni, chetdan taklif qilinayotgan ma’ruzachilar tayyorlashlari va ta’minlashlari lozim. Darslarni tashkil etishda esa fakulьtet dekanlarining muovinlari bo’lim xodimlariga yaqindan yordam qilishlari kerak.

Universitet (o’quv yurti) rahbariyati ma’ruzachilar va muloqot darslarini olib boradigan o’qituvchilarga qo’shimcha soatbay haq to’lashlari, ularni har tomonlama rag’batlantirib turishlari lozim.

O’quv yurti miqyosida ma’naviyat va ma’rifat ishlari reja va tadbirlarini tuzish va uni amalga oshirishda yana quyidagi vazifalarga e’tiborni qaratish ham muhimdir:

- talabalar turar joylariga biriktirilgan ijtimoiy va umumiy oliy o’quv yurti kafedralari ma’naviy ­ ma’rifiy, tarbiyaviy ish rejalarini muhokama qilib, ularning bajarilishini nazorat qilish;

- mustaqillik va ma’naviyat mavzuida seminarlar tashkil etish;

- tarixiy yodgorliklar, ma’rifiy maskanlar, san’at koshonalari hamda mustaqillik davrida qad ko’targan inshootlarga o’quvchi yoshlar va talabalarning ekskursiyalarini tashkil qilish;

- o’lkashunoslik va Vatanimiz tarixiga oid to’garaklar ishini jonlantirish;

- “Yil professori”, “Yil dotsenti”, “Yil o’qituvchisi” tadbirlarini o’tkazish jarayonida ishtirokchilarning ma’naviy ­ ma’rifiy, axloqiy, tarbiyaviy ishlarda ishtirokiga e’tibor qaratish;

- ijtimoiy kafedra o’qituvchilari, xotin ­ qizlar uyushmasi hamkorligida talabalar o’rtasida “Odob saboqlari”, “Odobnoma”, “Hayot va turmush odobi” mavzusida davra suhbatlari o’tkazish.

- barcha kurs va guruhlarda “Vatan tarixini bilmay turib, uni to’la sevib bo’lmaydi”, “Vatan ostonadan boshlanadi” mavzuida davra suhbatlari, viktorina, ilmiy ­ tarbiyaviy soatlar o’tkazish;

- harbiy sport to’garaklari ishlarini yanada jonlantirish guruhlarda mardlik ­ jasurlik darslarini tashkil etish;

­ fakulьtetlarda, yotoqhonalarda, shuningdek mahallalarda “Ayol madaniyati”, “Qizlar iffati”, “Ayol ma’rifati”, “Ayol ­ tarbiyachi ustoz”, “Ayol ­ ko’ngil malhami”, “Ayol ­ tadbirkor”, “Ayol ­ jamiyatning faol ishtirokchisi” kabi mavzularda suhbatlar, uchrashuvlar (kechalar) va ilmiy ­ amaliy anjumanlar o’tkazish;

- jamoa yoshlarining umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida ma’naviy, iqtisodiy, huquqiy, ekologik, mehnat, estetik madaniyatini shakllantirish maqsadida taniqli san’atkor, huquqshunos, ta’lim va fan arboblari, mehnat faxriylari, sog’liqni saqlash xodimlari bilan ijodiy kechalar va uchrashuvlar uyushtirish;

- talaba qizlar ongini umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar, milliy istiqlol va mustaqillik mafkurasi asosida shakllantirish hamda ularning oila va jamiyat ishlarida faolligini oshirish maqsadida o’quv yurtida “Qizlar klubi” faoliyatini yanada jonlantirish;

- ma’naviyat va ma’rifat borasidagi yangiliklardan muntazam xabardor bo’lib turish maqsadida jurnal va gazetalarga obuna bo’lishni tashkil etish;

- milliy mafkura va yoshlar tarbiyasi mavzuida universitet (o’quv yurti) professor ­ o’qituvchilarining nazariy konferentsiyasini o’tkazish;

- milliy udumlarimiz bo’lgan “ustoz va shogirdlik” tizimi mohiyatini chuqur o’rganish asosida professor ­ o’qituvchilar va talabalar o’rtasida “ustoz shogirdlik” tizimini yo’lga qo’yish;

- talabalar turar joylarida “namunali xona”, “namunali qavat”, “namunali turar joy” ko’rik ­ tanlovlarini muntazam tashkil etib borish;

- talabalar va professor ­ o’qituvchilar o’rtasida muntazam ravishda milliy an’analarimiz va urf ­ odatlarimizni tarannum etuvchi ko’rik ­ tanlovlarni tashkil qilish;

- o’quv yurtida an’anaviy sport musobaqalarini o’tkazishda milliy uyinlarimizga alohida e’tibor qaratish;

- muallimlar va talabalarning Toshkent shahridagi teatrlarga, muzeylarga, diqqatga sazovor bo’lgan joylarga jamoa bo’lib borishlarini tashkil qilish;

- o’quv yurti professor­ o’qituvchilari va talabalarining shoir va yozuvchilar, davlat va jamoat arboblari, mehnat faxriylari kabi taniqli kishilar bilan uchrashuvlarini uyushtirib borish.

Bularning barchasi ma’naviy va ma’rifiy ishlarning mazmuni va yo’nalishini anglatuvchi tadbirlardir. Zero, o’quv yurtlari talabalari orasida bo’ladigan ma’naviy va ma’rifiy ishlarni shartli ravishda bir necha majmua (bloklar) ga bo’lgandik. Ana shu majmualar bo’yicha tuzilgan rejalar yoshlarga ma’naviy tarbiya berishning qanday saviyada ekanligini ko’rsatuvchi mezondir. Mazkur majmualarning, deylik, birinchisi, talaba­yoshlarning bilim doirasi, umummadaniyati va saviyasini yuksaltirishga bag’ishlangan viktorinalar, guruhlararo, kurslararo bilimdonlik va zukkolik yuzasidan musobaqalar tashkil etishdan iborat. Bunda tashkilotchilar Vatanimiz, qardosh xalqlar, umumjahon adabiyoti, san’ati, umuman madaniyatiga oid savollar tuzib, ishtirokchilarning bu boradagi bilimlarini sinaydilar, g’oliblarga tantanali suratda sovrinlar topshiradilar. Bunday tadbirlar ishtirokchilarni rag’batlantirishdangina iborat bo’lib qolmasligi kerak. Bilag’onlik, zukkolik ko’rsatgan talabalarga nisbatan tengdoshlarida havas uyg’otishi, ularda “Men ham o’shanday bo’lolmaymanmi?”, degan intilish tug’dirishi, g’oliblarni tantanali taqdirlash boshqalarda ham o’shalarning o’rnida bo’lish orzusini uyg’otishi lozim. Bir gap bilan aytganda, bilag’onlikni, zukkolikni talab etuvchi viktorina, musobaqa kabi tadbirlar ma’naviyat va ma’rifatni ulug’lovchi katta tashviqiy ahamiyatga ega bo’lishi lozim. Agar, bordi­yu, bunday tadbirlar xorijiy tillarni bilish musobaqasiga mo’ljallangan bo’lsa, yanada yaxshi. Chunki hozirgi paytda xorijiy tillarni mukammal o’rganmay turib, chinakam, mukammal inson sanalish qiyin bo’lib qoldi. Bu zamonamizning talabi, davr ehtiyojidir.

Ma’naviy va ma’rifiy ishlar yuzasidan o’tkaziladigan tadbirlarning muayyan majmui xalqimizning tarixi, urf­odatlari, rasm­rusmlari asosida tayyorlanib, talaba­yoshlarda milliy qadriyatlarimizga hurmat uyg’otish ruhida o’tkazilishi muhimdir. Shuni ham aytish kerakki bunda milliy o’ziga xoslikka haddan tashqari e’tiborni qaratish, boshqa millatlarning an’analari, urf­odatlarini ozgina bo’lsa­da kamsitish, behurmat qilish kabilarga mutlaqo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Milliy qadriyatlar bo’yicha tayyorlanadigan tadbirlar umuminsoniy qadriyatlar bag’rida, u bilan ichki, uzviy aloqadorlik tarzida o’tkazilishi lozim. Jumladan, xalqimizning to’ylari haqida gap ketganda, bir mintaqada tarixan yonma­yon yashab kelgan, hozir respublikamizda bahamjihat istiqomat qilayotgan turli millat va elatlarning to’ylari bilan qiyoslab, boshqa millat va elatlarning to’ylariga ham hurmat hissini uyg’otgan ma’qul. Ayni paytda, xalqimizning to’ylaridagi ayrim nomaqbul jihatlarga, jumladan ortiqcha sarf­harajatlarga, keragidan ziyod hashamlarga, shuhrat orttirish maqsadida “behuda bel sindirishga” urinishlarni tanqidiy baholashlarga ham ozgina bo’lsa­da, e’tibor berilgani durust. Natijada, bunday tadbirlarning ma’rifiy jihati kuchayadi.

Ma’naviy va ma’rifiy ishlarning muayyan majmui Navro’z bayrami singari xalqimizning ajoyib an’analariga bag’ishlanadi. Bunday sanalarni nishonlaganda ham talaba­yoshlarga ma’naviy va ma’rifiy jihatdan tarbiya berish masalasiga alohida e’tiborni qaratish kerak. Jumladan, Eron va Turonzamin xalqlarining talaygina an’analari, urf­odatlari rusm­rusumlari, umuman turmush tarzidagi umumiylik, mushtaraklik mavjudligi misolida azaldan ushbu mintaqadagi xalqlarning o’zaro iqtisodiy va madaniy aloqalari mavjudligiga e’tiborni qaratish va Navro’z singari bayramlar qardosh xalqlar, qo’shni xalqlar o’rtasidagi do’stlik, hamjihatlik, totuvlikni mustahkamlashga xizmat qilib kelganini ta’kidlash joiz. Bu bilan Navro’z bayrami tashkilotchilari talaba­yoshlarda baynalmilallik, do’stlik va o’zaro xayrixohlik tuyg’ularini kuchaytirishga muvaffaq bo’ldilar. Aslida, qadimdan etib kelgan an’ana va rasm­rusumlarni nishonlashdan ko’zlangan maqsad ham shudir. Ta’kidlash lozimki, Navro’z bayramiga diniy tus berish o’zini oqlamaydi. Umuman, talaba­yoshlarga diniy ­ ma’rifiy tarbiya berishda ham Respublika hukumatining dinga bo’lgan munosabatini aniqlashtiruvchi, belgilovchi, shuningdek vijdon va e’tiqod erkinligiga oid hujjatlari doirasida ish tutmoq kerak. Aks holda kutilmagan, noma’qul natijalar kelib chiqishi mumkin. Quyidagi taxminiy reja beriladi.

Talaba ­ yoshlarga harbiy ­ vatanparvarlik, milliy ­ qadriyatlar mavzuida, ona ­ Vatanni ulug’lash mazmunida ko’rik ­ tanlovlar, viktorinalar, kechalar, munozaralar kabi tadbirlar uyushtirish mumkin. Bunday tadbirlarning xilma ­ xil bo’lishi katta ahamiyatga ega. Shu bois ma’naviy ­ ma’rifiy ishlarning rejasi tuzilayotganida talaba ­ yoshlarning xohish ­ istaklari ham e’tiborga olinsa, yomon bo’lmasdi. Buning uchun “Siz joriy yilda ma’naviy va ma’rifiy mavzudagi qanday tadbirlar o’tkazilishini istardingiz?” degan savol­javob anketasini uyushtirish maqsadga muvofiqdir.

Umuman, talaba­yoshlar orasida ma’naviy ­ma’rifiy ishlarni rejalashtirish va o’tkazish ham maroqli, ham mas’uliyatli vazifa. Shu bois bunda tashkilotchilarning izlanuvchanligi va topqirligi qo’l keladi.



10-§. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarda targ’ibot texnologiyalaridan foydalanish
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish yo’nalishlari. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish usullari, texnologiyalari, ustuvor yo’nalishlari XXI asrda insoniyat o’z taraqqiyotining sifat jihatidan yangi pallasiga qadam qo’ydi. Dunyoda katta o’zgarishlar sodir bo’layotgan bugungi kunda ijtimoiy makonni o’zlashtirishning yangi usullari, jumladan, yangi texnologiyalar keng rasm bo’ldi. Texnologiyalar asri deb atalayotgan XXI asrda ishlab chiqarishda joriy etilgan yangi texnologiyalar mehnat samaradorligini misli ko’rilmagan darajada o’stirib yubordi. Biroq yangi texnologiyalar faqat sanoat va qishloq xo’jaligida qo’llanilmayapti, balki ma’naviy, mafkuraviy jarayonlarda ham o’z samarasini ko’rsatmoqda. Mamlakatimizdagi mafkuraviy jarayonlarga ham shu nuqtai nazardan yondoshish ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zaruratini ko’rsatadi. Ma’naviyat va ma’rifat g’oyalarini xalq qalbi va ongiga singdirish muayyan texnologiya asosida olib borilganida tadbirlarning ketma-ketligi, miqyosi va me’yori, davomiyligi va tamoyillari singari jihatlar qamrab olinadi. Ularning muhimligi shunda ko’rinadiki, masalan, targ’ibotda me’yorning buzilishi, milliy mafkura to’g’risida hadeb va noo’rin gapiraverish, me’yorni bilmaslik teskari samara berishi mumkin. Targ’ibot texnologiyasi ma’naviy-ma’rifiy ishlar, milliy g’oya va mafkura mazmun-mohiyatiga mos bo’lgan taqdirdagina kutilgan natijaga erishish mumkin.

O’zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni va mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishning ustuvor  yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

- belgilangan tadbirlarning yuqori darajada uyushqoqlik bilan o’tkazilishini ta’minlash;

- ma’naviyatning, milliy g’oyaning targ’iboti sifatini muntazam oshirib borish;

- davr talablaridan kelib chiqqan holda ma’naviy-ma’rifiy va mafkuraviy ishlarni tashkil etishning yangi, samarali yo’llarini izlash;

- bu sohada eski uslublarning mutlaqlashtirilishiga, andozalashtirishga yo’l qo’ymaslik;

- ma’naviy-ma’rifiy ishlar va mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishda ijtimoiy muhitni hisobga olish;

- ma’naviy-ma’rifiy ishlar va mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishda uchraydigan rasmiyatchilik va majlisbozlik ko’rinishlariga baxram berish;

- mafkuraviy faoliyatning qanchalik samarali olib borilayotganini bilish maqsadida uning monitoringini tashkil etishdan iborat.

- Milliy g’oyaning targ’ibot-tashviqotini tashkil etishda quyidagi tashkiliy tamoyillarga amal qilinishi maqsadga muvofiq:

- keng qamrovlilik, bunda jamiyatning barcha a’zolariga g’oyalar xilma-xilligi asosida mafkurani singdirish, bu jarayonda aholining barcha qatlamlarini qamrab olish nazarda tutiladi. Natijada, jamiyatning barcha bo’g’inlari mafkuraviy ta’sir doirasida qamrab olinadi;  - umumiy maqsadga yo’naltirilganlik; - faol insonni tarbiyalash va inson salohiyatini yuzaga chiqarish mafkuraning bosh maqsadi qilib olinadi chunki Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek “kommunistik mafkura va axloq normalaridan voz kechilganidan so’ng jamiyatda paydo bo’lgan g’oyaviy bo’shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bo’lgan, ma’nviy va axloqiy tubanlik illatlarini o’z ichiga olgan “ommaviy madaniyat” yopirilib kirib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak”1.

- uzluksizlik - milliy g’oya targ’ibotining makonda va zamonda doimiyligini, uning yaxlit tizim shakliga keltirilishini anglatadi. Uzluksizlik tamoyili milliy g’oya va mafkurasi xalq ongiga singdirish uchun mamlakatda muayyan mafkuraviy maydon yaratishni taqozo qiladi. Bu maydondagi har bir holat va harakat, jumladan, ta’lim tizimidagi o’quv rejalari, dasturlar, darsliklar, o’quv qo’llanmalari, sinf va auditoriyalar, ko’rgazmali qurollar milliy g’oya va mafkuriga uyg’un bo’lishi talab etiladi;

- ketma-ketlik - har bir bosqich uchun istalgan qadriyatlarni singdirish maqsadida mafkuraviy tashviqot rejalashtiriladi;

- bosqichma-bosqichlik - milliy g’oya va mafkurani targ’ib qilishning ruhiy jihatlari bilan bog’liq bo’lib, ham targ’ib qiluvchi, ham qabul qiluvchining muayyan tayyorgarlik bosqichlaridan o’tishini taqozo qiladi. Aytaylik, boshlang’ich sinf o’quvchisiga milliy mafkuraning falsafiy va etnik ildizlari to’g’risida gapirish noo’rin bo’lishdan tashqari mutlaqo samarasiz hamdir. Shuning uchun bog’chada, boshlang’ich sinflarda, to’liqsiz o’rta maktabda, yuqori sinflar, akademik litsey va kollejlar, oliy o’quv yurtlari va mehnat jamoalarida ma’naviy-ma’rifiy va mafkuraviy ish  tinglovchi va o’quvchilarning yoshi, bilimi, ma’lumoti kabi jihatlarini hisobga olib aniq belgilangan reja asosida olib borilishi kerak;

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarda meyor, shaxsiy ibrat va boshqarish.

- me’yoriylik – aksil targ’ibotni keltirib chiqaradigan, hayotdan uzilib qolishga olib keladigan balandparvozlik, rasmiyatchilik va takrorlanishlarga yo’l qo’ymaydi;

- shaxsiy ibrat – ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va mafkuramizni targ’ib qilishda muvaffaqiyatni ta’minlaydigan muhim omillardan biri. Maktab muallimi darsda o’quvchilarga millat manfaatlari, orzu-umidlari, intilishlari to’g’risida balandparvoz gaplarni gapirsa-yu, o’zi hayotda shu manfaatlarga zid ishlarni qilsa, bu targ’ibotning samarasi nolga teng bo’ladi. Mamlakat va millat ravnaqi to’g’risida og’iz ko’pirtirib gapiradigan boshliq bo’shab qolgan lavozimga layoqatli va munosib xodim qolib, o’ziga qarashli, lekin bu o’ringa nomunosib odamni tiqishtirsa, milliy mafkurani aksiltarg’ibot qilgan bo’ladi. Shuning uchun, milliy g’oyani aholi ongiga singdirishda targ’ibotchilar faoliyatida ish bilan so’z birligini ta’minlash, ayniqsa, rahbar xodimlarning shaxsiy ibrat ko’rsatish tamoyiliga amal qilishi muvaffaqiyatni ta’minlaydigan eng muhim omillardan biridir. Korxona, tashkilot, muassasa rahbari, ular davlat sektori yoki xususiy sektorga tegishli bo’lishidan qat’iy nazar o’z jamoasidagi ma’naviy-mafkuraviy jarayonlarga mas’ul bo’lishi kerak;

- ilg’or targ’ibot-tashviqot texnologiyalaridan foydalanish - bunda mafkuraviy targ’ibotga insonlarni mohirona boshqarish usuli sifatida qaraladi. Milliy g’oyaning targ’iboti qotib qolgan narsa emas, faol jarayondir. Shuning uchun uni qadimdan qolgan va’z aytish va ma’ruza o’qish kabi targ’ibot shakllari yordami bilangina keng xalq ommasi ongiga singdirib bo’lmaydi. Maqsadga erishish uchun targ’ibotning faol shakllaridan, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Yoshlar orasida targ’ibot olib borilganda munozara, bahs, davra suhbati kabi shakllardan oqilona foydalanilsa maqsadga tezroq va to’laroq erishish mumkin. Yoshlarning fiziologik va ruhiy xususiyatlari va’z va ma’ruzalarni emas, ko’proq interaktiv usullar va sanab o’tilgan targ’ibot shakllaridan foydalanishni taqozo qiladi.

Mazkur targ’ibot tamoyillari milliy istiqlol g’oyasini inson ongi va qalbiga singdirishning barcha bosqichlari uchun umumiy va bir xil bo’lib, turli bosqichlarda, turli shakl va vositalardan foydalanganda odamlarning yoshi, kasbi, ma’lumoti kabi xususiyatlari hisobga olinadi. Targ’ibot olib borishda sanab o’tilgan tamoyillarning muayyan auditoriya xususiyatlariga mosligini ta’minlash targ’ibot samaradorligini ta’minlaydigan eng muhim omildir.

Targ’ib qilinayotgan g’oyalarning inson ongida axborot, ma’lumot tarzida o’rnashishi kifoya qilmaydi, ular insonning yurak-yuragiga etib borganidagina ular inson qalbiga chuqur o’rnashadi. Buning uchun esa auditoriya targ’ibotchining milliy g’oyaga chuqur ishonchi va qat’iyatini his qilishi kerak. Lekin targ’ibotda g’oyalarga e’tiborni tortish bilan ham qanoatlanish mumkin emas. Chunki e’tiborni jalb qilish - targ’ibotning birinchi bosqichi, xolos.

Targ’ibotning keyingi bosqichi g’oyani to’g’ri va atroflicha tushuntirishni, mafkura bilan bog’liq barcha savollarga javob topib berishni talab qiladi. Chunki milliy g’oyani tushunish - unga ishonish demakdir. Ana shu erda bir savol bilan to’qnashamiz: nima ko’proq ishonch uyg’otadi: jiddiy dalillar bilan asoslangan axborotmi yoki hissiyotlarni uyg’otuvchi ma’ruzami? Targ’ibot davomida insonning hislariga, qalbiga murojaat qilish katta samara beradi, albatta. Lekin ishonchli dalillar, e’tiroz uyg’otmaydigan hayotiy ma’lumotlarning keltirilishi bu g’oyalarni hayotga tatbiq qilishdan hammamiz manfaatdor ekanligimiz haqidagi fikrni uyg’otadi.

Targ’ibot jarayoni shu erda tugaydi, deb o’ylaydiganlar katta xato qiladilar. Zero, mafkura yangi ishlarga ilhomlantiradi, harakatga  undaydi. Harakatsiz mafkura esa safsatabozlikdan bo’lak narsa emas. Demak, insonlar milliy mafkuradan o’rin olgan g’oyalarga mos harakat qila boshlaganlaridagina milliy g’oya xalqning e’tiqodiga aylanganligi haqida xulosa qilish mumkin.



Ma’naviy-ma’rifiy ishlarda fuqaro tarbiyasi. Milliy g’oya va O’zbekiston tajribasi ko’tarilgan masalaning muhimligi O’zbekistonda ham bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilishga undaydi. E’tibor berib qaraydigan bo’lsak, bizda “fuqaro tarbiyasi” haqida kam gapiriladi. Lekin bizda bu vazifa o’z holiga tashlab qo’yilgan emas. O’zbekistonda fuqaro tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor sohasi bo’lib, asosan ikki yo’nalishda: Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida va milliy istiqlol g’oyasini singdirish vositasida amalga oshirilmoqda. Ko’rinib turibdiki, bizda ham fuqaro tarbiyasini amalga oshiruvchi maskan sifatida maktab tanlangan. Chunki maktabda bola bilim olishdan tashqari shaxs sifatida ham shakllanadi. Demak, maorifga millatni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifa yuklangan.

Lekin ta’lim tizimida targ’ibot-tashviqotdan maqsad – faqat bilim berish emas, balki kishini biror harakatga undashdan iborat ekanligini unutmasligimiz lozim. Masalaga ana shu jihatdan qaraydigan bo’lsak, milliy g’oya va mafkura o’qitilayotgani hali  odamlar ongiga mafkura singdirilyapti degani emas. Demak, mafkuraviy maqsadlarni aniq  o’quv vazifalari shakliga keltirishimiz, milliy g’oya va mafkuradagi asosiy g’oyalarning amaliy harakatlarga aylanishiga erishishimiz zarur.

Ta’kidlash joizki, targ’ibotning negizida faqatgina  g’oyaga ishonch emas, g’oyani targ’ib qilayotgan insonga ishonch ham yotadi. Shu bois, maqtash targ’ibotning yagona va hatto eng to’g’ri usuli ham emas. Demak, mafkurani hayotni faqat maqtash, uni benuqson tasvirlash orqali targ’ib qilish mumkin emas.

Bunga bir misol. Bir vaqtlar AQSh fuqarolarida demokratik tamoyillarning bir oz qadrsizlanishi kuzatilgan edi. Mutaxassislar tomonidan bu muammoning turli echimlari taklif qilindi, lekin targ’ibotning bir oz noan’anaviy usuli tanlab olindi: demokratiyaning kamchiliklari oshkora aytildi, uning ba’zan «ishlamayotgani» ochiq tanqid qilindi va unga muqobillar sifatida kommunizm va monarxiya targ’ib etildi. Targ’ibotning bu usuli kutilgan samarani berdi: odamlar «yomon bo’lsa ham, demokratiyadan qo’ymasin» degan fikrga keldilar va demokratiyaning ashaddiy himoyachilariga aylandilar.



Bugungi voqelik milliy g’oya va mafkura targ’iboti masalasiga alohida e’tibor berishni talab qilmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda milliy g’oya va mafkura targ’iboti eng dolzarb masalalardan biriga aylanganligini inobatga oladigan bo’lsak, uning targ’ibot-tashviqotiga ham yangicha texnologiyalar, usullar, vositalarni jalb qilish foydadan holi emas. Milliy g’oya va mafkuri targ’ibotining ta’sirchanligini oshirish vazifasi ham bu jarayonda yangi texnologiyalarni keng qo’llash zaruratini kuchaytiradi. Mafkura targ’ibotida yangi texnologiyalarni qo’llashda jahonning qator davlatlarida bu borada to’plangan ilg’or tajribalardan foydalanish ayni muddao bo’lur edi.

Turt qadamli universal model. Masalan, jahonda keng tarqalgan «to’rt qadamli» universal modeldan ham mafkura targ’ibotida foydalanish mumkin. Shu bois uning mohiyatini batafsil yoritishga harakat qilamiz:

1-qadam: Muammoning qo’yilishi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida singdirilishi zarur bo’lgan g’oyalar belgilab olinadi.  Bundan tashqari, «Nima uchun aynan bu g’oyalarni singdirishga ehtiyoj tug’ildi?», «Bu g’oyani singdirish ishlariga qaysi tuzilmalar jalb qilinishi kerak?», «Bu g’oyalarni singdirish jarayonida qaysi ijtimoiy guruhlar qamrab olinadi?» kabi savollarga javob topish lozim. To’plangan ma’lumotlar asosida singdirilishi zarur g’oyalarga jamiyatdagi ehtiyoj, jamoatchilikning fikri, ommaviy axborot vositalarida bu masalalarning qay darajada yoritilganligi va umuman, shu kungacha qilingan ishlar aniqlab olinadi.

2-qadam: Rejalashtirish va dasturlashtirish. Bu bosqich uzoq muddatga mo’ljallangan kommunikativ (muloqot) vazifalar strategiyasini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Mafkura targ’ibotida avvalo kishilarning milliy g’oyaga munosabatlari, uni qay darajada tushunishlari, ularning qadriyatlari o’rganib chiqiladi. Bundan tashqari, kishilarni milliy g’oya va mafkuraning muayyan yo’nalishi haqida doimiy xabardor qilib turuvchi axborot manbai yaratiladi. Singdirib borilayotgan g’oyalarga kishilarning munosabati o’rganilib, bu axborotlar chuqur tahlil qilinadi. Davlat idoralari va fuqarolar o’rtasidagi muloqotlar muntazam ravishda muvofiqlashtirib boriladi. Umuman bu bosqichda, dasturning maqsadi (harakatlar nima maqsadga xizmat qiladi), ta’sir ko’rsatish auditoriyasi (kimlarga asosiy e’tibor beriladi), kutilayotgan natijalar (har bir auditoriya bilan ishashdan ko’zlangan aniq maqsad nima) belgilab olinadi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida auditorini segmentlash, ya’ni uni bir necha guruhlarga ajratib o’rganish, ularga ta’sir ko’rsatishning shu guruh uchun samarali bo’lgan usullarini ishlab chiqish zarur. Bu guruhlarga qadriyatlari va manfaatlari bir-biridan farq qiluvchi qatlamlarni, masalan, talabalarni, askarlarni, tadbirkorlarni, nafaqaxo’rlarni, ziyolilarni, erkaklarni, ayollarni, yoshlarni yoki keksalarni kiritish mumkin. Tabiiyki, ma’naviyatni milliy g’oyani singdirishda ziyolilarga etkaziladigan axborotlar bilan tadbirkorlarning kayfiyatlariga ta’sir ko’rsatib bo’lmaydi. Shuning uchun vatanparvarlik tuyg’ularini singdirishda talabalarga ham, harbiy xizmatchilarga ham, ziyolilarga ham, dehqonlarga ham bir xil munosabatda bo’lish, bir xil usullardan foydalanish kutilgan samarani bermaydi. Chunki turli ijtimoiy guruh vakillarining dunyoqarashi, manfaatlari va qadriyatlari bir-biridan farq qiladi. Mafkura targ’ibotida aynan mana shu qadriyatlarga, manfaatlarga mos g’oyalarni ilgari surish ko’proq samara berishi mumkin. Umuman olganda, ushbu bosqichda kishilarning ongida, ularning harakatlarida o’zgarishlar yasash uchun nimalar qilish kerakligi aniqlab olishi zarur.

3-qadam: muloqotga kirishish. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish uchun asosiy kommunikativ vazifalar rejalashtirilgan va aniq maqsadlar sari yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Buning uchun birinchi navbatda, kommunikator (axborot beruvchi) va auditoriyaning qarashlari bir-biriga yaqinlashtirilishi lozim. Ushbu yo’nalishdagi ishlarda quyidagi omillarga e’tibor qaratish zarur: 1) auditoriya fikrini eng ko’p ifoda etayotgan ommaviy axborot vositalari turiga e’tibor qaratish; 2) auditoriya ishonchini eng ko’p qozongan ommaviy axborot vositasi turidan keng foydalanish; 3) biror muammo xususidagi kommunikator va auditoriyaning qarashlaridagi farqlarni kamroq ko’rsatish zarur (jumladan, mavjud muammolarni xolis yoritish va auditoriyaning ishonchini qozonish); 4) voqea-hodisalarni yoritishda auditoriyaning manfaatlaridan kelib chiqib yondoshish; 5) kommunikatorning pozitsiyasini ko’pchilikning pozitsiyasi sifatida talqin etish; 6) jamiyatdagi ijtimoiy guruhlarning manfaatlariga mos holda alohida yondoshish. Axborotni etkazishning e’tiborli jihati shundaki, u yangiliklar ko’rinishida bo’lsa-da, faqat bir tomonlama maqtov shaklida emas, balki ko’pchilikni qiynayotgan muammolarning echimi sifatida, barchaga tushunarli tilda bayon etilishi lozim. Shunday qilib, uchinchi bosqich o’z ichiga quyidagi elementlarni qamrab oladi:  harakat strategiyasi, kommunikativ strategiya, dasturni amalga oshirish rejasi.

4-qadam: Yakuniy xulosalar yasash. Yakuniy xulosalar yasash ikki yo’nalishda: baholash mezonini ishlab chiqish va aks aloqalarni o’rganish shaklida amalga oshiriladi. Baholash mezonini ishlab chiqishda kishilarga singdirilgan g’oya ularga qay darajada ta’sir etganligini aniqlashning ob’ektiv mezonlari belgilansa, aks aloqalarni o’rganishda berilgan axborotlar soni, unga kishilar tomonidan qilingan reaktsiyalar, singdirilgan g’oya natijasida kishilar o’z harakatlarini qay daraja o’zgartirganliklari tahlil qilinadi, ularning mafkuraviy ta’sirga javob reaktsiyasi o’rganiladi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini ta’minlashda bu bosqich muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki kishilarning fikrlari, baholari, munosabatlaridagi o’zgarishlarni doimiy o’rganib borish g’oyaviy ta’sirning samaraligini «o’lchash» imkonini beradi. Bundan tashqari, insonlarni bezovta qiladigan muammolar haqida doimiy axborot to’planib, shunga mos ravishda targ’ibot yo’nalishini o’zgartirish yoki muayyan g’oyalarning tashviqotini faollashtirish bo’yicha tavsiyalar beriladi. Jamoatchilik fikridagi bu kabi o’zgarishlarni muntazam ravishda o’rganib borish mafkurani singdirish borasidagi kelgusi ishlar uchun zamin bo’lib xizmat qiladi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarda auditoriyani turkumlashtirish

Yuqorida ta’kidlanganidek, Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etshda yangi texnologiyalaridan foydalanish auditoriyani segmentlashni (turkumlarga ajratishni) taqozo etadi. Auditoriyani segmentlash quyidagi omillar asosida amalga oshiriladi:

- Geografik makonga ko’ra. Kishilarning yashash joyi, mintaqada joylashgan o’rni bir-biridan farq qilishi tufayli milliy istiqlol g’oyasini singdirishda ularning yashash joyiga e’tiborni qaratish lozim bo’ladi. Masalan, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari aholisining qarashlari, urf-odatlari Toshkent shahri yoki Qoraqalpog’iston Respublikasi aholisining qarashlari va urf-odatlaridan ancha farq qiladi;

- Demografik omilga ko’ra. Kishilarning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli bir-biridan farq qilgani bois ularning qarashlarida va qadriyatlarida ham muayyan tavofutlarni uchratish mumkin. Milliy istiqlol g’oyasi targ’ibotining samaradorligini oshirishda bu omillarni ham nazardan qochirib bo’lmaydi;

- Psixologik omilga ko’ra. Kishilarning ruhiy holati ancha o’zgaruvchan bo’lsa-da, bu omil mafkura targ’ibotida katta ahamiyat kasb etadi. Milliy istiqlol g’oyasini insonlar ongi va qalbiga singdirishda ularning ruhiy holati, jamiyatimizda kechayotgan islohotlarga munosabati, qo’llab-quvvatlash darajasiga, voqea-hodisalarga munosabati va kayfiyatlarini hisobga olish darkor;

- Ijtimoiy maqomiga ko’ra. Kishilarning jamiyatda tutgan ijtimoiy maqomi ularning axborotni qay darajada qabul qilishlariga, bu axborotga qanday munosabat bildirishlariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi Obro’-e’tiboriga ko’ra. Targ’ibotda yangi texnologiyalarni qo’llashda fikr etakchilaridan foydalanish axborot etkazishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi. Shu bois kishilarga ta’sir ko’rsatishda ularning obro’-e’tiborli kishilarga bo’lgan ishonchidan mohirona foydalanish talab etiladi. Negaki, muayyan guruhning manfaatlarini ifoda etishda avvalo fikr etakchisini aniqlash va u orqali axborot etkazish targ’ibotning samaradorliligini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.

- A’zolikka ko’ra. Kishilar u yoki bu partiyaning, jamoat birlashmasining a’zosi ekanligi mafkura targ’ibotida qo’l keluvchi omil sanaladi. Odatda, bitta guruhga mansub kishilarning qarashlarida umumiylik, o’xshashlik bo’ladi. Bu esa mafkura targ’ibotini bir qadar engillashtirishga xizmat qiladi.

- Qarorlar qabul qilishdagi ishtirokiga ko’ra. Kishilarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtiroklari va faolliklari ularning axborotni qabul qilishlariga ta’sir ko’rsatgani bois bu omil milliy istiqol g’oyasi targ’ibotida hisobga olinishi lozim. Qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etishni xohlovchilar yoki o’zini hech narsani hal qilmaydigan «kichkina odam» deb hisoblaydigan kishilar bitta axborotni qabul qilishda turli nuqtai nazar bilan yondoshadilar.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda auditoriyani segmentlash, kishilarni alohida guruhlarga bo’lib ta’sir ko’rsatish katta ahamiyat kasb etadi. Aksincha, bir vaqtning o’zida juda keng auditoriyani va ko’p ob’ektlarni qamrab olishga intilishning samarasi kam bo’ladi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazishning bizda keng rasm bo’lgan turi    voizlarning faoliyati bilan bog’liq. Targ’ibotning bu shaklining samaradorligini oshirish alohida e’tibor talab qiladi. Chunki, birinchidan, voizlar nutq so’zlaydigan auditoriyalarga odamlarni to’plash ba’zida majburiy tus oladi. Auditoriyaga ixtiyoridan tashqari boshlab kelingan insonda esa hali va’zni eshitmayoq, ichki qarshilik paydo bo’ladi. Demak, hali targ’ibot boshlanmasidanoq u teskari samara berishi ehtimoli kuchayadi. Ikkinchidan, bunday norozi auditoriyani o’ziga og’dirish, unga ta’sir ko’rsatish, uni ilhomlantirish voizdan juda katta mahorat talab etadi.

Milliy g’oya va targ’ibot, tashviqot tushunchasi, milliy g’oyaning targ’ibot-tashviqoti haqida to’xtalishdan avval «targ’ibot» va «tashviqot» tushunchalarining o’zagiga e’tibor qaratish zarur. «Targ’ibot» tushunchasining o’zagini «rag’bat» so’zi tashkil etgani bois ham, u insonni biror harakatga rag’abatlantirishni nazarda tutadi. «Tashviqot» tushunchasining o’zagi esa «shavq» so’zidan olingan bo’lib, u kishida biror narsaga shavq uyg’otishga yo’naltiriladi. Ochig’i targ’ibot insonning ongi va qalbini egallashga qaratilgan. Targ’ibotchilarni, yangi voizlarni bekorga «inson qalbining sozlovchilari» deb atamaydilar. Demak, targ’ibot-tashviqotdan maqsad-bilim orttirish emas, balki kishini biror harakatga undashdan iborat. Masalaga ana shu jihatdan qaraydigan bo’lsak, «milliy g’oya» haqida ma’lumot berish bilan cheklanmasdan, mafkuraviy maqsadlarni aniq vazifalar shakliga keltirish milliy mafkuradagi asosiy g’oyalarning amaliy harakatlarga aylanishiga erishish zarur. Chunki milliy g’oya chuqur e’tiqodga aylangan taqdirdagina u ulkan kuch va qudratga ega bo’ladi. Buning uchun esa halqda mafkuradan o’rin olgan g’oyalarga kuchli ishonch, e’tiqod va unga amal qilish bo’lishi lozim.

Ma’naviy-ma’rifiy targ’ibotda manipulyatsiya. Ta’kidlash joizki, ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligini oshirishdagi eng asosiy shartlardan biri -  miliy g’oya mafkuraning targ’iboti manipulyatsiya, ya’ni zimdan amalga oshirilishi zarurligidir. Inson unga ta’sir o’tkazilayotganini sezmasligi lozim. Aslida targ’ibot davomida mafkura so’zining ishlatilishi ham shart emas. Muxtasar qilib aytganda targ’ibot-tashviqot ishlarida quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish muhim:

- oldimizga qo’yilgan maqsadlarga erishishdan har birimiz shaxsan manfaatdor ekanligimizga kishilarni ishontirish;

- kelajagimizni ko’z oldimizga keltirish imkonini beradigan,  ertangi kunimiz qanday bo’lishini ko’rsatadigan materiallar tayyorlash;

- dolzarb qadriyatlarni singdirish maqsadida jamoatchilik fikriga shu qadriyatlarni jozibali qilib etkazish;

- ommaviy axborot vositalaridan bilim ulashish va insonlarni aqliy boyitish quroli sifatida mohirona foydalanish;

- insonlarning erkin fikrlashini rag’batlantirish, ularni o’z fikrlarini himoya qilishga o’rgatish orqali mustaqil fikrlovchi insonni tarbiyalash;

- taraqqiyotimiz yo’lida g’ov bo’layotgan illatlarni fosh etish va tanqid qilish yo’li bilan ularni samarali «davolash»;

- ommaviy axborot vositalaridan haqiqat ko’zgusi sifatida foydalanish orqali insonlarning ularga ishonchini kuchaytirish;

- insonlarda chuqur taassurot qoldirish maqsadida badiiy obrazlar orqali milliy mafkurani singdirish. Bunda targ’ibot-tashviqot ishlarini puxta rejalashtirish, hissiyotlarga kuchli ta’sir qilish, jozibalilik, noan’anaviy usullarni qo’llash, oshkoralik, qadriyatlar doirasidan chiqmaslik, ommabop va tushunarli bo’lish, takrorlanishlar bilan kishilarning «me’dasiga tegmaslik» talab qilinadi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va mafkuraning targ’ibotiga aynan shunday yondashish ko’proq samara beradi. Shundagina insonlarning salohiyati, mehnati, vaqti, mulki va mablag’larini tanlangan maqsad sari yo’naltirish mumkin. Bu esa mafkuraviy siyosatning natijasini moddiy narsalarda - yuqori sifatli mahsulotlarda, badavlat turmushimizda, bunyodkorlik ishlarida, erkin va farovon hayotda, iqtisodiy o’sishda «o’lchash» imkonini beradi1.

Milliy mustaqillik qo’lga kiritilgandan keyin dastlabki oylardan boshlaboq, Prezident Islom Karimov Milliy g’oya va mafkurani shakllantirish masalasini jiddiy vazifa qilib qo’ydi. Buning sababi “Milliy mustaqil davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an’ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o’z ta’siriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o’z manfaatlari yo’lida foydalanishga qaratilgan intilishlar va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrarligidir»2.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va milliy g’oya bajaradigan yana bir muhim funktsiya tarbiyaviy funktsiyadir. Bu funktsiya globallashuv jarayonlari tezlashib borayotgan hozirgi murakkab davrda yana ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Globallashuv faqat iqtisod va siyosat sohasida emas, balki ma’naviyat va mafkura sohasida ham jadallashib bormoqda. Aytish mumkinki, ma’naviyat va mafkura sohasidagi globallashuv boshqa sohalarga nisbatan jadalroq yuz bermoqda. Buning sababi – o’z manfaatlarini ko’zlayotgan ba’zi davlatlar mamlakatimizga mafkuraviy jihatdan zararli va vayronkor ta’sir o’tkazishga urinayotganida.

Ma’naviyat va mafkura sohasidagi o’zaro ta’sir, afsuski, faqat ijobiy tomonlar bilan cheklanmaydi. Bu jarayonda salbiy va vayronkor g’oyalar ham o’z ta’sirini o’tkazmoqchi bo’ladi. Shuning uchun ham milliy ma’naviyatimizni tahdidlardan himoya qilish borasida milliy istiqlol g’oyasidan kuchliroq va samaraliroq g’oya yo’q. Bu haqda «Milliy istiqlol g’oyasi» darsligida quyidagi fikr bildirilgan: «Ma’naviyatni bir uyga to’plangan boylikka qiyoslasak, tashqaridan kirayotgan shamol uy ichidagi narsalarni ostin-ustun qilib tashlashini hech bir xonadon sohibi istamaydi. Xuddi shu kabi, biz ham yot g’oyalar, oqimlar va mafkuralar ma’naviyatimizga vayronkor ta’sir o’tkazishiga qarshi himoya choralari ko’rishimiz tabiiy»1. Shu o’rinda milliy g’oyaning yoshlarni tarbiyalash, milliy va ma’naviy o’zlikni himoya jarayonidagi muhim funktsiyasi namoyon bo’ladi. Milliy g’oya va ma’naviyatning ana shu funktsiyasini to’laqonli bajarishida madaniy-ma’rifiy tadbirlar muhim o’rin tutadi.

O’quvchi va talabalar ongiga milliy g’oya va mafkurani, ma’naviyatni singdirish bugungi kun ta’lim tizimida olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning markazida turibdi. Bu maqsadga erishish yo’lida ta’lim-tarbiyaning turli usul va vositalaridan foydalanilmoqda.

Mamlakatimiz ta’lim tizimida interfaol usullardan foydalanishga katta ahamiyat berilayotgan hozirgi kunda madaniy-ma’rifiy tadbirlarni qo’llash muhim ahamiyat kasb etadi. Ilg’or o’qituvchilarning tajribasi shuni ko’rsatadiki, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o’tkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Ilg’or o’qituvchilarning tajribasi shuni ko’rsatadi, madaniy-ma’rifiy tadbirlardan ta’lim jarayonida foydalanish o’quvchi va talabalar faolligini keskin oshiradi. Bundan tashqari, mashg’ulot o’tkazishning roli o’yin, xizmat o’yinlari singari shakllari, asl mohiyatiga ko’ra, madaniy tadbirdir. Chunki ular ta’lim shakllari bilan san’at elementlarining qo’shilib ketishi natijasida vujudga kelgan2.

Mashg’ulotlar davomida madaniy-ma’rifiy tadbirlar elementlaridan foydalanish muayyan uslubiyat asosida amalga oshiriladi. Bu holat mazkur tadbirlarni o’tkazishning umumiy xususiyatlari bilan bog’liq.



Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda islom ma’rifatidan foydalanish. Islom dini musulmonlarga taraqqiyot yo’lidan yurishni farz qilgan, kishilarni ilmga undagan. Olloh Qur’oni Karimda shunday deydi: “Aytgin, ilmlilar bilan ilmsizlar teng bo’la oladilarmi, albatta bu haqda faqat aqlli kishilargina eslaydilar” (“Zumar” surasi, 9-oyat). Buning yaqqol isbotini Islom olamida tarbiyalangan buyuk mutafakkirlarimiz: Ahmad al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek va boshqa o’nlab allomalarning ijtimoiy – tabiiy fanlar sohasida dunyo ilm ahlini hayratda qoldirgan beqiyos kashfiyotlari misolida ko’rishimiz mumkin.

Islom tarixidan mukammal xabardor bo’lmagan kishilarning jamiyatimizga mos kelmaydigan, ayrim guruhlar manfaatini ko’zlovchi ta’limotlarini ko’r-ko’rona o’zlashtirib, atrofdagilarga “yuqtirishga” harakat qilishlari, yoshlarimiz ongida milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda Islom dinining ahamiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi muqarrardir. Chunki mamlakat ijtimoiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlar tarixiy merosimiz, ma’naviy madaniyatimizning boy va qudratli qatlamlari ochilishiga samarali ta’sir etib, xalqimizning ruhiyati milliy iftixor va butun dunyo uchun bag’rikenglik tomonga o’zgarmoqda.

Shu o’rinda, bunday munosabatlar qaror topishi jarayoniga xalaqit berishi mumkin bo’lgan turli harakterdagi salbiy harakatlar, mezonlar va boshqa bir qator illatlar ham namoyon bo’ldiki, ularning namoyandalari xalq orasiga qutqu solish kabi o’z qora niyatlari yo’lida har qanday vositadan, hatto qonundan chekinishlardan ham tap tortmadilar.

Din jamiyat rivojiga asrlar davomida ta’sir etib kelayotgan omillardandir. Shunday ekan, ushbu ta’sirchan targ’ibot vositasidan keng foydalanish istiqlol mafkurasi va axloqini shakllantirishga, jamiyat a’zolarini zamonamiz talab qilayotgan yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalashga ham yaqindan yordam beradi. Lekin, shu bilan birga, mamlakatimizda ba’zi doiralarning g’arazli maqsadlarga etishish vositasi sifatida, hatto mutaassiblik, ya’ni fanatizm yo’lida ham dindan foydalanayotgani sir emas. Shu bois, O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” deb nomlangan kitobida o’sha davrdagi murakkab vaziyatni chuqur his etgan holda, e’tiborni odamlarning diniy e’tiqodlari bilan bog’liq har qanday muammo g’oyat nozik ekanligiga, xususan, Islomni qayta tiklash shiorlaridan foydalanayotgan muayyan kuchlar ko’zlayotgan, dinga aloqasi bo’lmagan siyosiy va boshqa tajovuzkor maqsadlar o’rtasidagi farqni tushunib olishlari zarur ekanligiga qaratgan edi. Darhaqiqat, ommaning chinakam Islomga zid bo’lgan, zo’ravonlikka da’vat etuvchi g’oyalarning mohiyatini atroflicha anglab etishuviga erishish muhim ahamiyatga ega.

Barcha dunyoviy davlatlar kabi O’zbekistonda ham din davlatdan ajratilgan. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi”, deyiladi.

Dunyoviy davlatlar erishayotgan yutuqlar dunyoning siyosatini belgilayotgan bir paytda, davlat bilan din o’rtasidagi yoki uning bir oqimi o’rtasidagi kelishmovchilik kimga xizmat qilishini hamma tushunishi kerak. hozirgi davrda dunyo haritasiga nazar tashlasak, rivojlangan, iqtisodi baquvvat, harbiy jihatdan qudratli, ilmiy-texnika taraqqiyotida oldinda turgan davlatlar asosan dunyoviy davlatlardir. Lekin bu davlatlardagi odamlar dinga. Xudoga ishonmaydi, degan so’z emas, aksincha, ularda ham diniy erkinlar yo’lga qo’yilgan, hatto davlat siyosatida asosiy rolь o’ynaydigan ko’pgina mo’’tabar arboblar ham dinga amal qilib, ibodatni kanda qilmaydilar. Ularda din o’z yo’lida barqaror rivojlanmoqda. Din bilan davlat o’rtasida mustahkam ittifoq tuzilgan bo’lib, din davlat taraqqiyotiga, osoyishtalikka, fuqarolarni Vatanga fidoyilik, Ollohga ishonch, imonli – e’tiqodli, rostgo’y, pokiza, o’z mehnati evaziga kun ko’radigan, haromdan hazar qiladigan, kishining haqidan qo’rqadigan, adolatli, o’z huquqini taniydigan, boshqalarni hurmat qiladigan, mamlakatda mavjud qonunlar asosida ish yuritadigan ruhda tarbiyalashga ko’maklashadi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda har tomonlama puxta ishlangan reja asosida ish ko’rilsa, turli xil ta’limotlardan, jumladan, islom ma’rifatidan to’g’ri foydalanilsa tadbirlarning samarasi kuzatilganidek bo’ladi. Buni biz o’z tajribamizda, kundalik ishlarimizda ko’rib turibmiz. Masalan, diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi o’tkazilgan tadbirda tuman prokuraturasi, ichki ishlar xodimlari va diniy idoralarning vakillari ishonarli faktlar, misollar asosida masalaning mohiyatini tushuntirib bergan edi. Talabalar bu tadbirdan ko’p narsa o’rganganligiga iqror bo’ldilar.

Demak, auxta o’ylangan tadbirlar besamar ketmaydi, tarbiyaga chuqur ta’sir o’tkazadi.




Download 214.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling