vazifasi va maqsadi
4
. HFX - jamiyatimizning mustahkamlanishida xalqning
xavfsizlik faoliyati darajasini ko`tarishda muhim ijtimoiy rol o`ynaydi. HFX fanini
o`rganmay odamlar umumiy inson huquqlarida aytilgan ...hayot, erkinlik, mehnat,
shaxsiy daxlsizlikka erisha olmaydi... (Inson huquqlari deklaratsiyasi, 3-bandi).
Xavf-xatar nima?
Xavf-xatar hayotiy faoliyat xavfsizligining markaziy tushunchasi bo`lib,
odam sog`lig‟iga bevosita yoki bo`shqa yo`llar
bilan zarar yetkazadigan; ya'ni
ko`ngilsiz hodisalar, oqibat yaratuvchilar tushuniladi.
Xavfni ifodalaydigan
beigilar soni tajribaning maqsadiga qarab ko`p yoki kam bo`lishi mumkin.
Xavfning bunday tushunchasi oldingi standart tushunchalarni (ishlab
chiqarishning xavfli va zararli omillari) o`z ichiga oladi,
chunki hayotiy faoliyat
xavfsizligi (HFX) da faoliyatning hamma shakllari va omillarini nazarda tutadi.
Hayotiy faoliyatga to`g`ri kelmaydigan elementlar sistemasi kimyoviy va biologik
aktiv moddalar yashirin xavfga egadir.
Xavflar taksonomiyasi
Taksonomiya - bu murakkab hodisalarning tushunchalarini, kishi faoliyatiga
qaratilgan narsalarni turkumlash (klassifikatsiya) va sistemalash to`g`risidagi
fandir. U faoliyat xavfsizligi sohasida
ilmiy bilimlarni uyushtirishda, xavflarning
tartibini yanada chuqurroq o`rganishda katta ahamiyatga ega. Taksonomiya
yangi
fan bo`lib, hali to`la ishlab chiqilmagan. Shuning uchun bu to`g`rida
taksonomiyaning ishlangan qismi to`g`risida so`z olib boramiz:
1. Kelib chiqishi bo`yicha xavflar
tabiiy, texnik, ekologik va aralash
bo`ladi.
2. Rasmiy standartga asoslanib xavflar xili bo`yicha
fizik, kimyoviy, biologik
Do'stlaringiz bilan baham: