7. Xavfni namoyon bo`ladigan muhiti bo`yicha –
maishiy, sport, yo`l
transport, ishlab chiqarish va harbiy.
8. Odamga ta'siri bo`yicha xavf -
aktiv va passiv, o`ta ta'sirchan (zaharlar,
kislotalar) va sust (narkotik moddalar, aroq, sigareta) bo`ladi.
Passiv deganda
odamning o`zi sababchi bo`ladi.
Xavflar ro`yxati. Bu aniq bir tartiblar bo`yicha qo`yilgan nomlar, atamalar,
ro`yxati (o`zgaruvchan harorat,
havo tezligi, bosim, yorug`lik, havoni
ionizatsiyalash, portlash, gerbetsid, shovqin, tebranish, yong`in, zaharli moddalar,
lazer nuri va h.k.).
Har bir tekshiriladigan obyektda o`tkaziladigan aniq tekshirishlar uchun shu
obyektda (sexda,
ish joyida, texnologik jarayonda, kasbda)
uchraydigan xavflar
ro`yxati tuziladi.
Xavflarning kvantifikatsiyasi. Bu hayotiy faoliyat xavfsizligi (HFX) ni
ta'minlashga qaratilgan, tadbirlar uchun yetarli darajada kerak bo`lgan
miqdoriy,
vaqtincha, fazoviy va boshqa xususiyatlarni aniqlab, amalga oshirish jarayonidir.
Tenglashtirish jarayonida aniq bir masalani hal qilish xavflar ro`yxati,
fazodan
tashqariga chiqarmaslik (jamlash), mumkin bolgan zarar va boshqa omillar
aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: