I bo`lim. 1 Ma`ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta`minlash asоslari


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana29.01.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1139273
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
1- MARUZA. KIRISH. HAYOT FAОLIYATI ХAVFSIZLIGINI TAMINLASH ASОSLARI..

 
 
Xavfsizlikning sistemasi 
- Bu xavfsizlikning murakkab masalalarini xal qilish yo`llarini tayyorlashda 
va asoslashda foydalaniladigan metodologik choralar yig`indisidir. 
O`zaro ta'siri bilan aniq bir maqsadga erishtiradigan aloqador qismlar 
yig`indisi - sistema deb ataladi. 
Qism - (komponent) - deganda birgina moddiy obyektdan tashqari aloqalar 
va bog`lanishlar ham tushuniladi. Har qanday sozlangan mashina texnik 
sistemasining misoli tariqasida ko`rinishi mumkin. 
Tarkibiga odam ham kiradigan sistema - ergatik sistema deb ataladi. 
Ergatik sistemaning misollari "odam-mashina’, "odam-mashina-atrof 
muhit". 
Sistemalash printsip hodisalarga o`zaro bog`liq ravishda bir dasta yoki 
to`plam (yig`indi) tariqasida qaraydi. 
Kran-balka ilgagidan yukning 
tushib ketishi
Saqlagich 
qulfining yo`qligi 
Fiksator 
kuchining 
yo`qolishi 
Chiqish yoki 
kirish 
Trosning uzilishi
Trosning 
zanglashi 
(korroziyasi) 
Tehnik 
nazoratning 
yo`qligi 


Sistema beradigan maqsad yoki natija sistema yaratuvchi element deb 
aytiladi. Masalan, yong`in - yonuvchi modda, oksidlovchi kislorod, yondiruvchi. 
Bu yerda yong`in sistema, yonuvchi modda, oksidlovchi, yondiruvchi uning 
elementlari. 
Agar birorta elementni shulardan chiqarib tashlasak, sistema buziladi. 
Sistemada bor sifat uning elementlarida bo`lmaydi. Bu sistemaning muhim 
xususiyati bo`lib, xavfsizlik masalalari taxlili asosida joylashgan. 
Ko`ngilsiz voqealarning paydo bo`lish sabablarini aniqlash, ularni 
kamaytirishga qaratilgan tadbirlar xavfsizlik sistemasi tahlilining asosiy 
maqsadidir. 
"Sabablar va xavflar "daraxti" - sistema tariqasida. 
Har qanday sabab(lar) natijasida vujudga kelgan xavflar zarar keltiradi. 
Sababsiz chinakam (xaqiqiy) xavf ham zarar ham yo`q. Demak, xavfdan 
saqlanish uning kelib chiqish sabablarini bilishga asoslangan. 
Sodir bo`lgan xavflar bilan sabablar o`rtasida sabab - oqibat aloqasi bor. O`z 
yo`lida bir sabab ikkinchi sababiy oqibat bo`lib chiqadi va h.k. Shunday qilib, 
sabablar va xavflar zanjirsimon sistemani yaratadi. Bunday grafik ko`rinishi 
(tasvir) shoxli daraxtga o`xshaydi. Xorijda "Sabablar daraxti", "Inkorlar daraxti", 
"Xavflar daraxti" va bo`lak har xil "daraxtlar" degan tushuncha va u "daraxtlar"ni 
tuzish uchun kerakli raqamlar mavjud. Quriladigan "daraxtlar"da sabab shoxlari va 
xavflar shoxlari bor. Ularni o`zaro ajratib tashlash mumkin emas. Shuning uchun 
xavfsizlikni tahlil etishda tuzilgan daraxtni "sabablar va xavflar" daraxti deb atash 
lozim. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling