I. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari


Download 1 Mb.
bet24/51
Sana14.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1198495
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   51
Bog'liq
Majmua 2-kurs Samarqand tarixi

Transporti. Samarqand Yangi Buyuk ipak yo‘li chorrahasidagi tarixiy yo‘llar kesishgan muhim shahar hisoblanadi. Shaharda turizmni rivoj­lanishida transort infrastrukturasining o‘rni katta. Viloyatda umumiy avtomobil yo‘llarining uzunligi 12510 km. bo‘lib, shundan qattiq qoplamali yo‘llar 4072 km.ni tashkil etadi. Xalqaro va mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘llari viloyatning aksariyat tumanlarini kesib o‘tadi. Xususan, ular Bulung‘ur, Jomboy, Toyloq, Urgut, Pastdarg‘om, Kattaqo‘rg‘on, Narpay va Paxtachi tumanlarida katta mavqega egadir. Ayni paytda Samarqand shahri­ning geografik joylashuvida avtomobil yo‘llarining halqasi tuman­larni bir-biri bilan bog‘laydi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, viloyatdagi aksariyat turistik ob’ektlarning avtomobil yo‘llariga yaqin joylashganligi ham o‘z o‘rnida turizmni rivojlantirishda qulay sharoitlar tug‘diradi.
Samarqand shahar turizmi tarkibi va geografiyasi xilma-xil bo‘lib, mintaqada o‘ziga xos turistik marshrutlarni yo‘lga qo‘yish qulay. Uning turistik imkoniyatlari va resurslarini quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin:
Madaniy turistik ob’ektlari. Inson tomonidan yaratilgan asrlar davomida saqlanib kelinayotgan tarixiy binolar, arxitektura yodgorliklari, arxeologik topilmalar, xarobalar, diniy ziyoratgohlar, muqaddas qadam­jolar, qabristonlar, milliy hunarmandchilik, urf-odatlar, to‘y-tomo­shalarni o‘z ichiga olib, shahar turizmining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi;

Samarqand tarixiy-me’moriy obidalarga boy shahar. Samarqanddagi obidalar 2001 yilda YuNESKOning Finlyandiyada o‘tkazilgan 25-sessiyasida Jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi va shahar “Samarqand jahon madaniyat o‘chog‘i” nominatsiyasini oldi. Samarqand shahar alohida tarixiy markaz hisoblanib qolmay, balki turli madaniyatlar tutashgan sivilizatsiya markazi bo‘lgan. Masalan, Ilk o‘rta asrlar davri madaniyati, Temuriylar davri madaniyati. Bunday madaniyatlar dunyo miqyosida ham ko‘pchilikni qiziqishni uyg‘otadi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling