I kirish: II. Asosiy qism: 1-bob: fizika o`qitishning amaliy yo`nalishlari
Amaliy mashg'ulotni o'tkazish jarayoni
Download 114.31 Kb.
|
2 5251644791300558360
Amaliy mashg'ulotni o'tkazish jarayoni. Tajribaning ko'rsatishicha, amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish metodikasi bir xil bo'lishi mumkin emas, chunki bu jonli jarayon bo'lganligi uchun, vaziyatga qarab turli o'zgartirishlar kiritishgato'g'ri keladi. Chunki o'qituvchilarning malakasi va tajribasi, talabalarning bilim darajasi turlicha bo'lganligi, bu narsani taqozo qiladi. Amaliy mashg'ulot o'tkazish jarayoni quyidagicha kechadi: talabalarga masalani ishlash taklif qilinadi; ular masalani ishlashadi, o'qituvchi esa, ularning diqqatini yo'naltiruvchi savollar berib. talabalarga yordamiashadi, ular bajarilgan ishlarni nazorat qilib turadi. Masala ko'pchilik talabalaj' tomonidan ishlab bo'lingach, u tahlil qilinadi, so'ngra keyingi masalani ishlashga o'tiladi. Bunday metodikaning kamchiliklari quyidagilardan iborat:
1. O'qituvchi ayrim talabalar bilan ish olib borsa ham, guruhning ko'pchiligi uning nazaridan chetda qoladi. 2. Bilim darajasi yuqori bo'lmagan talabalar masalani ishlash yo'lini tushunmay qolishi mumkin. Masala ishlashni o'rganishningyagona yo'li, uni tushungan holda mustaqil ishlash hisoblanadi. 3. Agarda o'qituvchi o'zlashtirishi past talabalar bilan bog'lanib qolsa, bilimi kuchli talabalarga mashg'ulot zerikarli bo'lishi mumkin. Shuning uchun ularga bilim darajasiga qarab tabaqalashtirilgan asosda yondoshish samarali hisoblanadi. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib. oliy o'quv yurtlarida amaliy mashg'ulotlarni o'tkazishni samarali bo'lishi uchun nimalar qilish kerakligiga to'xtab o'taylik. Fizikadan masalalar ishlash, talabalarning fikrlashini rivojlantirishning bir bosqichi hisoblanadi. Deyarli, har bir fizik masala o'ziga xos vamos tarzdaishlanadi. Shungaqaramasdan, oliy o'quv yurtlari faoliyatida va masala ishlash metodikasida umumiy qoidalar ishlab chiqilgan bo'lib, ular fizik masalalarni ishlashning quyidagicha aigoritmini tashkil qiladi: ♦ masalani ishlash, uni diqqat bilan o'qib chiqishdan va uning shartini o'rganishdan boshlanadi. Masalani ishlash jarayonida, uning fizik mazmunini tahlil qilishda bir qancha qiyinchiliklarga duch kelinadi. Shuning uchun, talabalar mashg'ulotda yoki uyida masalaning shartini to'la holda ish daftariga yozib olishi maqsadga muvofiq; ♦ so'ngra masalaning shartida berilganlarni tartib bilan, fizikada qabul qilingan belgilar orqali yozib olish zarur. Masalani yechish uchun berilganlar yetishmasa, ularni aniqlab, kerakli manbalardan topiladi va yozib olinadi. Masalada berilgan kattaliklar bir xil birliklar tizimiga keltiriladi; ♦ shundan keyin masalaning shartiga ko'ra, kerakli chizmalar chiziladi, masalaning fizik mohiyati tahlil qilinadi, uni ishlash rejasi tuziladi va har tomonlama tahlil qilinadi; ♦ masalaning yechilishi, qoidaga ko'ra, umumiy holda analitik-sintetik metod bilan amalga oshiriladi. Bu vaqtdan unumli foydalanishga imkon beradi, boshqacha aytganda, oraliq sonli hisoblashlarga ko'p vaqt sarflanishini oldini oladi. Umumiy holda masalani yechib olish, kerakli formulani toppish bilan yakunlanadi. Bu formulani to'g'ri topilganligi, kattaliklaming birliklarini qo'yish bilan tekshirib olinadi. ♦ keyingi bosqich, hisoblashlami bajarishdan iborat. Bunga ko'p vaqt ketganligi uchun, hozirda mavjud bo`lgan samarali hisoblash vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir; ♦ masalaning ishianishi, uning fizik mazmuni va javobining to‘g ‘riligini tahlil qilish bilan yakunlanadi, zarur hollarda grafigi yoki chizmasi chizib ko‘rsatiladi. Talabalarda masala ishlashning ushbu algoritmini shakllantirish samarali bo‘lib, ularning kclgusida o'qituvchilik faoliyatida ham katta ahamiyatga egadir.
Download 114.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling