I kirish: II. Asosiy qism: 1-bob: fizika o`qitishning amaliy yo`nalishlari


Download 114.31 Kb.
bet3/10
Sana05.01.2022
Hajmi114.31 Kb.
#222515
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5251644791300558360

Amaliy mashg‘ulotlar - o'quv rejasida ko‘rsatilgan bo'lib, talabalarni ma’ruzada va mustaqil ishlarni bajarishda fizikadan olgan bilimlarini chuqurlashtirishga, kengaytirishga va amalda qo'llashga o'rgatishga xizmat qiladigan, oliy o'quv yurtlaridagi o'quv ishining bir turi hisoblanadi. Amaliy mashg‘ulotni ma’ruza bilan taqqoslab ko'rilsa, shu narsa ayon bo'ladiki, u ma’ruzada o'tilgan materialning mantiqiy davomi hisoblanadi. Agarda, fizikadan ma’ruza, umumlashtirilgan shakldagi bilim berishning poydevorini tashkil qiladi desak, amaliy mashg'ulot ushbu bilimni mustahkamlaydi, kengaytiradi vaoydinlashtiradi. Ma`ruza, o'quv materiali bilan tanishishga va tushunishga imkon yaratsa. amaliy mashg'ulotlarda talabalar o'tilgan material larni yuqori darajada o'zlashtirishlari kerak, boshqacha aytganda, mahorat va ijodkorlik bilan o'zlashtirish malaka va ko'nikmalariga ega bo'lishi zarur, aksariyat hollarda, amaliy mashg'ulotlarda, ma’ruzadan farqli, talabalarning ilmiy fikriashi va nutqi rivojlanadi. Chunki o'qituvchining mantiqini aniqligi va grammatik to'g’ri tuzilgan so'zlarini eshitish boshqa, ularni bajarishi boshqacha bo'iadi. Bunday mashg'ulotlarda, talabalar turli ma’lumot manbalaridan va o'zlari olgan ma’lumotlardan foydalanish malakalariga ega bo'lishadi va tarqoq holdagi bilimini tartibga keltirishadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, amaliy mashg'ulotlar talabalarda ilm-fanga bo'lgan qiziqishini shakllantiribgina qolmasdan, ularda o'qib o‘rganish madaniyatini va ilmiy mehnatni ongli tarzda shakllantirishga xizmat qiladi. Shunga qaramasdan, amalda, oliy o'quv vurtlarining ayrim o‘qituvchilari orasida, ma’ruzaga qaraganda amaliy mashg'ulotlar quyi darajada turadi degan noto'g'ri qarash mavjud. Shuning uchun, fizikadan amaliy mashg’ulotlar o'tkazishni ko'p hollarda yosh, yuqori malakali bo'lmagan o'qituvchilarga topshiriladi, bu esa noto'g'ridir. Imkon darajasida, ma’ruzachi hech bo'lmaganda bir guruhda amaliy mashg'ulot o'tishi maqsadga muvofiqdir. Negaki, mashg'ulot o'tkazish jarayonida talabalar bilan bevosita muloqotda bo'lib, ular ma’ruza inateriallarini qay darajada o'zlashtirib borayotganligini aniqlashi va kerakli tuzatishiar kiritish imkoniyatiga ega bo'ladi. Natijada faqatgina ma’ruza o'qish sifatiniginaemas, balki umumiy fizika kursini o'qitish sifatini va samaradorligini oshirishga olib keladi. Shuni ta’kidlash lozimki, amaliy mashg'ulotlarni o'tkazishga bunday yondoshish, talabalarni bilim darajasiga qarab tabaqalashtirishga imkon beradi. Natijada, o'qituvchining ko'z oldida talabalarning bilim darajasi, malaka va ko'nikmaiarining shakllanishi yaqqol namoyon bo'ladi.


Download 114.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling