I kirish: II. Asosiy qism: 1-bob: fizika o`qitishning amaliy yo`nalishlari
-BOB: FIZIKA O`QITISHNING AMALIY YO`NALISHLARI
Download 114.31 Kb.
|
2 5251644791300558360
1-BOB: FIZIKA O`QITISHNING AMALIY YO`NALISHLARI.
1.1. Umumiy fizika kursi bo‘vicha amaliy mashg'ulotlar Oliy o'quv yurtlarida fizikadan amaliy mashg'ulotlarga masalalar ishlash, laboratoriya mashg'uiotlari va seminarlar o'tkazish kiradi. Masalalar ishlash ilmiy bilish tizimida alohida o'rin egallaydi, ya'ni olgan nazariy bilimni mustahkamlash va uni amalda qo'llash vositasi hisoblanadi. Ushbu jarayonda talabalarda amaliy va fikrlashga tegishli usul, malaka va ko'nikmalar shakllanadi. Ijodkorlik ishlarida qatnashishga tayyorlashda, fikr yuritishning rivojlanishida mustaqii ishlashda, dars unumdorligini oshirishning samarali yo`llarini izlab topishda masalalar ishlash muhim ahamiyatga ega. Ilm va texnikaning yutuqlari,vatanimiz olimlarining ilmiy kashfiyotlari, ilg‘or g‘oyalari va ilmiy qarashlari bilan talabalarni tanishtirishda, masala ishlash muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Masala ishlashning tarbiyaviy jihati shundaki, u talabalarni mehnat qilishni sevishga irodali bo'lishga, maqsadga intilishga, tirishqoqlik bilan kelajakdayosh avlodni o'qitish uchun o'zlarining metodik tayvorgarligini yetarli darajada bo'lishini ta'minlashdan iborat. Talabalarning bilimini sayoz va yuzaki boiib qolishining oldini olishda va egallagan bilimini amalda qoilashga o'rgatishning muhim shartlaridan biri bo`lib, masala ishlash hisoblanadi. Talabalarni umumiy fizikadan masala ishlashga o`rgatish, o'qitishning eng murakkab muammolaridan biridir. Masala ishlashning samarali boiishi, o'qituvchining qoilagan metodikasiga va talabalarni masala ishlashning umumlashtirilgan metodlarini o'zlashtirganligiga bog'liqdir. Masala ishlash jarayonini quyidagi to'rt bosqichga bo'lish mumkin: 1. Masalaning sharti bilan tanishish. 2. Masalaning ishlash rejasini tuzish. 3. Masalani ishlash. 4. Masalani to'g'ri ishlanganligini tekshirish. Masala ishlashning har bir bosqichi o'ziga xos harakat ta’sirida amalga oshadi. Bu harakatlar quyidagilardan iborat:
masalani ishlash yo'nalishini aniqlash, ya’ni harakat maqsadini belgilash, o'zgartirish mumkin bo'lgan obektlaming xususiyatlarini ajratib olish va boshqalar; rejani o'zgartirib tuzish tarkibini va bajarishni aniqlash: masalani ishlashni amalga oshirish; olingan natijani tekshirib ko'rish. ya’ni uni bajarilgan ishning maqsadi bilan taqqoslash. Talabalarni masala ishlashga o'rgatishning asosini, ularga mtisala ishlash algoritmini o'rgatish tashkil qiladi. Fizikadan masala ishlashning umumiy algoritmi quyidagilardan iborat: 1. Masalaning shattini diqqat bilan o'qib chiqish, asosiy savolni aniqlash, masalada berilgan jarayonlar va hodisalarni tasavvur qilish. 2. Masalaning shartini takroran o'qib chiqish tufayli, undagi asosiy savol, ishlashning maqsadi, ishlashga kerakli maMumotlarning berilganligi yana bir bor aniqlanadi. 3. Qabul qilingan belgilashlardan foydalanib, masala shartini “SI” tizimida yozish. 4. Masalaga taalluqli zarur chizmalarni chizish. 5. Masalani yechish usulini aniqlash va uni ishlash rejasini tuzish. 6. Masalaning shartidagi jarayonlarga tegishli asosiy va qo'shimcha formulalarni yozish. 7. Izlanayotgan kattalikni ma’lum kattaliklar orqali ifodalab, tenglamani umumiy holda topish. 8. Topilgan tenglamaga kattaliklaming o'lchov birliklarini qo‘yish orqali tekshirib ko'rish. 9. Formulaga, berilgan kattaliklaming son qiymatini qo'yib, hisoblashni bajarish. 10. Olingan natijani haqiqatga to'g'ri kelishini tekshirib ko'rish. 11. Masalani ishlash tufayli topilganjavobni yozish. Agar, masala ishlashning yuqorida ko'rsatilgan algoritmi talabaiarda, o'rta ta’lim tizimida o'qiganda shakllangan bolsa, uni umumiy fizikaning har bir bo'limi bo'yicha tuzish ancha oson kechadi. Afsuski, ular quyi kurs talabalarida yaxshi shakllanmaganligi tufayli, umumiy fizikadan amaliy mashg'ulotlar o'tkazishda qiyinchiliklami yuzaga keltirmoqda. Ikkinchi tomondan, oliy o'quvyurti fizika kursidagi masalalar ancha murakkab. Shuning uchun, fizikadan amaliy mashg'ulotlarning shakllariga toxtab o'taylik. Download 114.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling