I kirish: II. Asosiy qism: 1-bob: fizika o`qitishning amaliy yo`nalishlari


Download 114.31 Kb.
bet4/10
Sana05.01.2022
Hajmi114.31 Kb.
#222515
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5251644791300558360

Amaliy mashg'ulotga tayyorlanish. Umumiy fizika kursi bo'yicha amaliy mashg'ulotni samarali o'tkazish, mas’uliyat bilan tayyorlanishni taqozo qiladi. Bu tayyorgarlik quyidagilarni o'z ichiga oladi:

• o'qilayotgan bo' limning materialini didaktik nuqtayi-nazardan asoslagan holda amaliy mashg'ulot mavzulariga bo'lib chiqish;

• talabalarning bilimini tekshirib, ularning mashg'ulotga tayyorgariigini aniqlash;

• mashg'ulotning maqsadi, metodlari va uni o'tkazishda foydalaniladigan vositalami aniqlash;

• talabalarning ishlarini tashkillashtirish va mashg'ulotning borishini nazorat qilish;

• keyingi mashg'ulotga taalluqli mustaqil ishlar uchun topshiriqlar

tuzish. Agar amaliy mashg'ulotlarni o'tkazishni rejaiashtirishga kelsak, u quyidagicha amalgaoshiriladi. Oliy o'quv yurtining har bir o'qituvchisi mazkur

semestrda o'tiluvchi amaliy mashg'ulotlaming har bir mavzusi bo'yicha kalendar reja tuzadi, unda mavzuning nomi va o'tish vaqti ko'rsatiladi. Uni tuzishda o'qituvchi fakultetning o'quv-metodik komissiyasi ko'rsatmasiga asoslanadi. Bu rejada auditoriyada ishlanuvchi, uyda ishlanuvchi va mustaqil ishlar uchun masalalaming raqamlari ko'rsatiladi. Talabalar kafedrada saqlanuvchi kalendar mavzu-rejasi bilan tanishishadi va o'zlariga qo'yilgan talablarni ongli tarzda bilib olishadi.




Download 114.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling