I. O’quv materiallar 1- mavzu transport vositalari detallarining ish qobilyatini qayta tiklash texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari reja


Alyumniy va uning qotishmalarini payvandlash


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/37
Sana28.03.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1303872
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
Bog'liq
Detallarni ish qobiliyatini

Alyumniy va uning qotishmalarini payvandlash. Alyumniy va uning 
qotishmalari gaz alangasi yordamida faqat nomal alanga bilan yaxshi payvandlanadi. 
Tarkibi payvandlanuvchi metall tarkibiga yaqin bo’lgan qo’shilma material 
ishlatiladi. Alyumniy oksid pardasini yo’qotish uchun litiy, natriy, kaliy va bariy 
ftorid tuzlari bor AF-4A, AN-4A, AN-A201 flyuslaridan foydalaniladi. 
Payvandlangandan keyin flyus qoldiqlari issiq suv bilan yuvib ketkaziladi. Yoy bilan 
payvandlashdagi kabi oksid pardani maxsus qirg’ich yordamida qirqib olib tashlash 
mumkin. Payvandchi bunday holda katta malakaga ega bo’lishi lozim, chunki chokka 
oksid pardasining qoldiqlari tushib, metall suyuqlanmay qolishi mumkin 
Titrama yoy usuli bilan avtomatik tarzda eritib qoplash. 
Vibroyoy yordamida suyuqlantirib qoplash jarayoni ancha unumli bo’lib, 
po’latdan, bolg’alanuvchi va qulrang cho’yanlardan yasalgan detallarning ishlash 
imkoniyatini tiklashda qalinligi 0,3 mm dan'2,5 mm gacha va undan ortiq qoplamlar 
hosil qilishga imkon beradi. Bu usuldan sirtki va ichki tsilindrik yuzalarni, rezbali 
yuzalarni hamda shlitsalarni qalinlashtirishda foydalaniladi.
Avtomatik suyuqlantirib qoplash ko’rlmasi (6.8-rasm) tok manban, suyuqlantirib 
qoplash golovkasi va elektr taksimlash moslamasi, simni uzatish tezligini o’zgartirish 
asbobi, tokni o’lchash asbobidan iborat.


34 
6.8-rasm. 1-detal; 2-suyuqlantirib qoplash golovkasi; 3-elektromagnitoviy vibrator; 4-elektrod sim 
o’ralgan kasseta; 5-sim uzatish mexanizmi; 6-tok manbai; 7- sovitish suyuqqligi uzatishga 
mo’ljallangan dvigateli bor nasos; 8-induktiv qarshilik; 9-suyuqqlik bak. 
Vibroyoy yordamida suyuqlantirib qoplashda elektrod simning tebranib turishi 
natijasida yupqa va puxta qatlam termiq ta’sirning uncha chuqur bo’lmagan zonalari 
hosil qilinadi va detal ozroq qiziydi. Bundan tashqari yoy qisqa bo’lganligi yoy 
razryadining davom etish vaqti va ajralib chiqadigan issiqlik miqdorini o’zgartirish 
mumkinligi tufayli elektrod simdagi legirlovchi elementlarning qo’yishi kamayadi. 
Vibroey yordamida suyuqlantirib qoplashda ish unumi dastaki usuldagiga qaraganda 
yuqori, ammo flyus qatlami ostida payvandlashdagiga qaraganda past bo’ladi.
Avtomobil detallariga elektrod suyuqqlantirb qoplash ishlari tokarlik stanoklarida 
bajariladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling