I. O’quv materiallar 1- mavzu transport vositalari detallarining ish qobilyatini qayta tiklash texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari reja


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/37
Sana28.03.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1303872
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Detallarni ish qobiliyatini



I. O’QUV MATERIALLAR 
 
1- MAVZU TRANSPORT VOSITALARI DETALLARINING ISH
QOBILYATINI QAYTA TIKLASH TEXNOLOGIYALARI
FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI
Reja: 
1. Transport vositalari detallarini ish qobilyatini tiklash texnologiyalari 
fanining maqsadi va vazifalari 
2. Transport vositalari detallarida sodir bo’ladigan qaytmas jarayonlar
Tayanch iboralar: yeyilish, korroziyalanish, toliqish, material magnit 
xossalarining 
yo’qolishi, 
materialning 
strukturaviy 
o’zgarishi, 
deformatsiyalanish, yeyilish, sinish, korroziyalanish 
Avtomobil detallarini ish qobilyatini tiklash texnologiyalari fanining 
maqsadi va vazifalari.
Hozirgi zamon sanoat uchun mashinalar tizimi zarur. Oldiga qo’yilgan 
vazifalarni to’g’ri, sifatli va o’z vaqtida hal etish uchun mashinalar ishonchliligini 
oshirish, mashinalarni tarkibini ta’mirlash, texnik xizmat ko’rsatish hamda saqlash 
bazasini yaratish zarur. Yuqorida ta’kidlangan mashinalar parki tarkibini doimo shay 
holda tutib turish va undan samarali foydalanish uchun milliardlarcha mablag’ sarf 
bo’lmoqda. Shu bois mashinalarning ishonchliligini oshirish, ta’mirlash sifatini 
yaxshilash va texnika sifatini hamda unga ko’rsatiladigan texnikaviy xizmat, TXKga 
ketadigan sarflarni kamaytirish davlat ahamiyatiga molik vazifalardan xisoblanadi. 
Mazqur fan talabalarga quyidagilarni o’rgatishni maqsad qilib qo’yadi:
1.Mashinalar ishonchliligini nazariy asoslarini, ularni oshirish yo’llari va baxolash 
usullarini; 
2.Ishlamay qolish, nuqsonlar paydo bo’lish sabablari, ularni aniqlash va bartaraf etish 
usullari;
3.Mashinalarni buzilmay ishlashi va ta’mirlashga yaroqliligini oshirish yo’llari; 
4.Mashina 
va 
uskunalarni 
ta’mirlashning ishlab chiqarish jarayonlari; 
5.Mashina 
qismlarini 
tiklashning 
zamonaviy 
texnologik 
jarayonlari; 
6.Texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish hamda mexnat 
xavfsizligi 
qoidalari; 
7.Ta’mirlashda 
mehnatni 
tashkil 
etishni 
zamonaviy 
shakllari; 
8.Ta’mirlash 
va 
TXK 
sifatini 
baxolash 
usullari; 
9.Ta’mirlash samaradorligini baholash va uni sifatini boshqarish usullari; 
10.Ta’mirlashning maqsadga muvofiqligini va uni amalga oshirish shart – 
sharoitlarini 
aniqlash; 
11.Ta’mirlash 
va 
TXK 
bazasini 
ishlab 
chiqish 
hamda 
loyihalash; 
12.Muhandislik yechim va qabo’l qilingan qarorlarni texnik iqtisodiy jihatdan 



baholash; 
13.Fanni nazariy va amaliy mashg’ulotlar asosida kolledj talabalariga o’qita bilish.
Ta’mirlash chog’ida mashinalarning ishonchliligini oshirish maqsadida 
firmaviy va xususiy korxonalarda, xo’jaliklararo birlashmalarda, turli vazirliklarga 
qarashli korxonalarda ta’mirlash hamda texnik xizmat 
ko’rsatish 
bazalari 
rivojlantirilmoqda va mustahkamlanmoqda. Yangi ta’mirlash ustaxonalari, texnikaviy 
servis xizmati ko’rsatish maskanlari, stantsiyalar, statsionlari ko’rlib mavjudlari qayta 
ko’rib chiqilmoqda, ular yangi ta’mirlash – texnologik uskunalar bilan 
jihozlanmoqda.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling