Joriy tamirlash. Mashina, agregat, uzelning ishlash qobiliyatini ta’minlash
yoki tiklash uchun hamda ularning ayrim qismlarini almashtirish (tiklash) maqsadida
joriy ta’mirlasho’tkaziladi. Oldini olish xarakteridagi joriy ta’mirlashasosan berilgan
rusumdagi mashinalar uchun belgilangan texnik xizmat ko’rsatishning muayyan turi
bilan birga bajariladi. Ishlamay qolish oqibatlari esa bu nuqson paydo bo’lganidan va
sabablari aniqlanganidan keyin bartaraf etiladi. Joriy ta’mirlashuning murakkabligiga
qarab mashinadan foydalaniladigan joyning o’zida ham, maxsus texnik xizmat
ko’rsatish ustaxonalari va punklarida ham amalga oshirilishi mumkin.
Joriy ta’mirlash qilishda asosan agregat usulidan foydalaniladi. Bu usulda
mashina ayrim qismlarining nuqsonlari ularni yangilari yoki ta’mirlashlab
qo’yilganlari bilan almashtirish orqali bartaraf etiladi. Bunda agar mashinaning
qolgan asosiy agregatlari ancha katta resurs zaxirasiga ega bo’lsagina uning ishdan
chiqqan agregatlari yangilari yoki kapital ta’mirlanganlari bilan almashtiriladi.
Kapital tamirlash. Kapital ta’mirlash deganda mashinaning istalgan
qismlarini, shu jumladan, bazi qismlarini almashtirish yoki tiklash yo’li bilan
buyumning resursini to’lik yoki shunga yaqin darajada tiklash hamda sozligini tiklash
uchun butun mashinani (yoki agregati, uzelini) ta’mirlash tushuniladi. Mashinani,
agregat yoki boshqa tarkibiy qismni kapital ta’mirlash shunga ko’ra farq qilinadi.
Kapital ta’mirlash qilishda quyidagi ishlar bajariladi: mashina, uning agregatlari va
uzellari detallarga ajratiladi. Nuqsonli detallar ta’mirlash qilinadi yoki almashtiriladi,
mashina yig’iladi, rostlanadi, asta-sekin ishga solinadi, bo’yaladi, sinaladi.
Ishonchlilik
— mashinaning berilgan vazifalarni belgilangan ish
ko’rsatkichlari qiymatlarini saqlagan holda texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash va
tashish tartibotlari (rejimlari) shartlariga mos kelgan holda bajarish xususiyati.
Ishonchlilik kompleks xususiyat bo’lib, ob’ektning vazifasiga va undan foydalanish
sharoitiga qarab buzilmasdan ishlash, chidamlilik, ta’mirlash qilishga yaroqlilik va
saqlovchanlikni alohida-alohida yoki birgalikda o’z ichiga olishi mumkin.
Ishonchlilikka oid atamalar GOST — 27, 002—83 da belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |