I. O’quv materiallar 1- mavzu transport vositalari detallarining ish qobilyatini qayta tiklash texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari reja
TXK va ta’mirlashlar turi, xamda tizimi
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Detallarni ish qobiliyatini
- Bu sahifa navigatsiya:
- Joriy ta’mirlash
TXK va ta’mirlashlar turi, xamda tizimi. Texnik xizmat ko’rsatish. TXK
mashinalardan foydalanish va ularni saqlash chog’ida soz xolatda tutib turish maqsadida bajariladigan ishlar majmuidir. Bu ishlar oldini olish xarakteriga ega bo’lib, mashinadan foydalanish davrida, davriy ravishda amalga oshiriladi. TXK yuvish, tozalash, nazorat qilish, diagnostika (tashxislash), texnik kamchiligini aniqlash, rostlash, moylash, montaj – demontaj qilish va saqlashga tayyorlash ishlarini o’z ichiga oladi. Texnik xizmat ko’rsatishda mashinaning ayrim tarkibiy qismlari almashtirilishi mumkin. Ta’mirlash — ishlash qobiliyatini tiklash maqsadida mashinaning (yoki ayrim qismlarining) nuqsonlarini bartaraf etish ishlari majmuidir. Mashinalar ta’mirlash korxonasida ta’mirlanadi. Bu korxona mashinasozlik korxonasining bir turi bo’lib, unda mashinaning yaxshi ishlash qobiliyatini yo’qotgan, ammo xali ta’mirlash qilishga yaroqli bo’lgan hamda ushbu ishlab chiqarish uchun asosiy detallar vazifasini bajaradigan qismlari (agregatlar, uzellar, detallar va hokazo) texnik shartlarga muvofiq tarzda ta’mirlanadi. Mashinasozlikdan farqli o’laroq, ta’mirlash korxonasi o’ziga xos texnologik jarayonlar: mashina qismlarini yuvish, qismlarga hamda nuqsonli-nuqsonsizga ajratish va ta’mirlash qilishni o’z ichiga oladi. Mashinani ta’mirlashishlab chiqarishi rivojlanishi bilan yangi atamalar va tushunchalar (GOST 13377—67) yuzaga keldi, ular bilan tanishish ana shu ishlab chiqarishdagi jarayonlarning mohiyatini to’laroq va to’g’ri tushunish imkonini beradi. Joriy ta’mirlash Mashina, agregat, uzelning ishlash qobiliyatini ta’minlash yoki tiklash uchun hamda ularning ayrim qismlarini almashtirish (tiklash) maqsadida joriy ta’mirlasho’tkaziladi. Oldini olish xarakteridagi joriy ta’mirlash asosan berilgan rusumdagi mashinalar uchun belgilangan texnik xizmat ko’rsatishning muayyan turi bilan birga bajariladi. Ishlamay qolish oqibatlari esa bu nuqson paydo bo’lganidan va sabablari aniqlanganidan keyin bartaraf etiladi. Joriy ta’mirlashuning murakkabligiga qarab mashinadan foydalaniladigan joyning o’zida ham, maxsus texnik xizmat ko’rsatish ustaxonalari va punklarida ham amalga oshirilishi mumkin. Joriy ta’mirlash qilishda asosan agregat usulidan foydalaniladi. Bu usulda mashina ayrim qismlarining nuqsonlari ularni yangilari yoki ta’mirlashlab qo’yilganlari bilan almashtirish orqali bartaraf etiladi. Bunda agar mashinaning qolgan asosiy agregatlari ancha katta resurs zahirasiga ega bo’lsagina uning ishdan chiqqan agregatlari yangilari yoki kapital ta’mirlashlanganlari bilan almashtiriladi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling