I. O’quv materiallar 1- mavzu transport vositalari detallarining ish qobilyatini qayta tiklash texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari reja


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/37
Sana28.03.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1303872
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Detallarni ish qobiliyatini

Botirish yo’li bilan tiklash. Kichik shesternyalar gardishida zarur metall 
zapas qoldirib, botirish yo’li bilan tiklanadi. Shesternya neytral muhitda (ishlatilgan 
karbyurizatorda yoki tuz vannasida) 900...950
0
S temperaturagacha qizdiriladi va 
press yoki to’qmoq ostida maxsus matritsalar hamda puanson yordamida bir yoki ikki 
tomondan sirtqi diametrini kattalashtirib halqa ariqchalar botirish yo’li bilan hosil 
qilinadi. Botirilgandan so’ng detal qumda sovitiladi va so’ngra unga mexanik hamda 
termiq ishlov beriladi. Teshiklar yo’nib hosil qilinib, shesternya toretsi qirqiladi, 
tsilindrrik sirt yo’niladi, tishlar qirqiladi, ularga yangi shesternya kabi termiq ishlov 
beriladi.
Detal qismini almashtirish. SHesternya bloklari va ikki-uch gardishli 
qo’zg’aluvchi shesternyalar ana shu usulda tiklanadi. Gardishlardan biri yaroqsizga 
chiqariladi, qolganlari esa yaxshi holatda bo’ladi.


49 
Eyilgan gardish elektr uchqun bilan ishlov berilib, trubali asbob-eletrod yordamida 
ketkaziladi yoki yumshatilib, tish bo’yi h dan 2...2,5 marta katta bo’lgan yangi 
gardish qalinligini hosil qilish imkonini beruvchi zarur D o’lchamgacha yo’naladi. 
Presslab kiritilgan nardish ikki-uchta vint bilan stoporlab payvandlanadi.
Shesternya gardishlarini almashtirish va parchin mix bilan qayta 
parchinlash. Eyilgan tishli gardishlarning parchin mixlari qirqib tushiriladi, 
gardishlar esa chiqarib olinib, yangisiga almashtiriladi. Tishlar bir tomonlama 
yeyilganda simmetrik gardishlar 180
0
ga burilib, tishlari yeyilmagan tomoni bilan 
ishlash uchun gupchakka mahkamlanadi. Ularning toretslaridagi qo’zg’aluvchan 
shesternyani qo’shish tomonidan faska qilinadi. Presslab kiritishni osonlashtirish 
uchun gardishlar suvdan yoki yaxshisi moyda 95...100
0
S temperaturagacha isitiladi. 
Presslab kiritishda ariqchalarni gardish va gupchakdagi parchin mixga kamida 0,1 
mm aniqlikda to’g’ri keltirishga erishiladi. Agar tor gardishlarni gupchakka 
mahkamlashda parchin mix uzunligining uning diametriga nisbatiga ko’pi bilan 4 ga 
teng bo’lishiga erishilsa, unda parchinni sovuq xolatda parchinlagan ma’qul.
Nazorat uchun savollar: 
1. Kattalashtirilgan o’lchamga moslab tiklash usuli qanday amalga oshiriladi? 
2. Qo’shimcha detal qo’yib ta’mirlash qanday amalga oshiriladi? 
3. Suyuqlantirib qoplab tiklash qaysi detallarda ishlatiladi? 
4. Shlitsali birikmalarni tiklash jarayonini tavsiflab bering.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling