47
Tayanch iboralar: parmalash, shlitsalar, parchinlash, botirish yo’li bilan
tiklash
Rezbali birikmalarni ta’mirlash.
Korpus va boshqa cho’yan detallar teshiklaridagi yeyilgan (brak qilingan) rezba katta
o’lchamli
yangi rezba qirqib, qo’shimcha detal qo’yib va yangi joyda rezba qirqib
tiklanadi.
Po’lat detallarda
yeyilgan rezbali teshiklar, bundan tashqari,
elektr payvandlash va
nominal o’lchamli rezba qirqish mashinalarida foydalaniladi. Val va o’qlardagi sirtqi
rezba kichik o’lchamli rezba qirqish, shuningdek suyuqlantirib
qoplash va normal
o’lchamli rezba qirqish bilan tiklanadi.
Kattalashtirilgan o’lchamga moslab tiklash. Yeyilgan rezbali teshik
parmalash stanogida yoki elektr drel bilan navbatdagi o’lchamda
parmalab
kengaytiriladi, keyingi yangi rezba qirqiladi.Tiklashning oddiyligi va ishonchliligiga
qaramay bu usul har vaqt teshiklarini parmalab kengaytirish va katta o’lchamli boltni
ishlatish talab ilinadi. Natijada detallarning o’zaro almashinuvchanligi buziladi va
navbatdagi ta’mirlash qiyinlashadi.
Qo’shimcha detal qo’yib ta’mirlash.. Yeyilgan
rezbali teshik parmalab
kengaytiriladi, unda oldinda tayyorlangan probka uchun chala (ikkita birinchi
metchik bilan) qirqiladi Probka maxsus kalit yordamida
teshikka tiralguncha burab
kirgio’iladi, probkaning o’tish qismi kesiladi va detal tekisligi bilan bir xil sathda
tozalanadi. Burab kirgizilgan probka diametri 3 mm va uzunligi kamida 10 mm
bo’lgan yassi shtift bilan mahkamlanadi arobkani unga BF-2
tipidagi yelim surkab
yoki epoksidli asos bilan mahkamlash mumkin. O’rnatilgan probkada tutash detal
yoki yaxshisi konduktor bo’yicha teshik parmalab, normal o’lchamli rezba qirqiladi.
rezba qirqilgandan keyin probka devorining qalinligi kamida 4 mm bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: