I. O’quv materiallar 1- mavzu transport vositalari detallarining ish qobilyatini qayta tiklash texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari reja
Detallarni galvanik – ximik qoplamalar bilan detallarni tiklash
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Detallarni ish qobiliyatini
Detallarni galvanik – ximik qoplamalar bilan detallarni tiklash.
Galvanik qoplash elektr tok ta’sirida metall tuzlarining eritmasidan metallarning ajralib chikish xossasiga asoslangan. Ta’mirlanadigan detal tok manbaining manfiy qutbiga (katodga) ulanganda, uning yeyilgan sirtiga metall utiradi. Tok manbaining musbat qutbiga ulangan anod – ikkinchi elektrod sifatida xizmat kiladi. Xar ikkala elektrod metall tuzlarining eritmasi quyilgan idishga joylashtiriladi. 7.2-rasm. Metallarni galvanik – kimyoviy usulda tiklash. 43 Bu usul detallarning yeyilgan kismini ta’mirlash, ularni zanglashdan saklash yoki pardoz koplamalar koplash sifatida foydalaniladi. Bunda detal katod, metall plastinka anod vazifasini bajargan xolda anod eriydi. Ajralib chikkan ionlar katodga utiradi. Bu usuldan xromlash, temirlash, nikellash, ruxlash va mislash jarayonlarida keng qo’llanadi. Bu jarayonni amalga oshirishda ta’mirlanadigan detallarni tayyorlash ya’ni ularni kislota va ishkorlar yordamida tozalash, koplamalar yotkizish va koplangan detalga ishlov berish kabi boskichma boskich ishlar bajariladi. Bu sulni afzalligi ortikcha issiklik bermay, detalni deformatsiyalamay, yeyilgan sirtlarini tuldirish va ularni boshlangich ulchamlariga keltirish imkonini beradi. 1.Xromlash – xromni yeyilgan sirtlarga yotqizish jarayoni ko’pi bilan 0,25 – 0,30 ni yeyilgan detallarni tiklashda shuningdek zanglashdan saklash uchun qullaniladi. Buni texnologik jarayoni detalni tayyorlash, xromlash, xromlangan detalni yuvish va unga ishlov berish, kerak bo’lsa mexanik ishlov berishdan iborat. Xromlash tartibi ikki qursatkichga, ya’ni tok zichligi va elektrolit xaroratiga karab aniklanadi. Bu qursatkichlar nisbatini uzgartirish xrom koplamasini xossalari bilan farklanuvchi uch turini ya’ni xira (qulrang), yaltirok va sut rang xrom koplamasini xosil qilish mumkin. Bunday koplama juda kattik bo’lib, uning yeyilishga chidamliligi 45 markali toblangan pulatnikiga nisbatan 2 – 3 marta ortik bo’ladi. Ammo tayyorlash ishlarining murakkabligi, jarayonning uzok davom etishi, 0,3 ni ortik koplamaga erishib bo’lmasligi, tokning qup sarflanishi, xromlangan yuzani yomon moylanishi, bu usulni kam qullanishiga sabab bo’lmokda. 2.Temirlash – bu usul xlorli elektrolitlardan yeyilishga chidamli kattik koplamalar xosil qilish jarayonidir. Xromlashga nisbatan 5 – 6 marta kam tok sarf kiladi, soatiga 0,5 mm gacha koplama xosil kiladi (10 – 15 marta katta). 1,5 mm gacha koplash mumkin, shu afzalliklar tufayli bu usul traktor va avtomobillar ta’mirida keng qullaniladi. Ta’mirlashda elektrolit sifatida oz miqdorda xlorid kislota qushilgan xlorli temirning suvdagi eritmasi ishlatiladi. Xlorli temir kontsentratsiyasi 200 – 700 gramm/litr, xlorid kislotaniki esa 1 – 3 gramm/litrni tashkil etadi. Temirlashda past sortli ya’ni kam uglerodli pulatdan tayyorlangan anodlar ishlatiladi. Jarayon davomida pulat anod eriydi. Koplamaning miqrokattikligi tok kuchining zichligini oshishini va elektrolit xaroratini pasayishi bilan aniklanadi. 3.Ruxlash – bunda traktor va avtomobillarni ta’mirlashda, mayda maxkamlash detallari ruxlanib, zanglashdan ximoyalaydi. Ruxlash sulfat kislotali elektrolitlarda bajariladi. Ruxlash jarayonida elektroit xarorati uy xaroratiga teng va tok kuchi zichligi 3- 5 l/di? bo’ladi. 4.Nikellash – elektroit va kimyoviy nikellash, detallarni yeyilishga chidamliligini oshirish, zanglashdan ximoyalash va dekarativ koplama xosil qilishda qo’llanadi. Yonilgi nasoslari, gidravlik asboblarnin pulat, mis, alyumindan tayyorlangan detallarini ta’mirlashda bu usuldan foydalanish tavsiya etiladi. CHunki yuqori unumli va arzonga tushadi. 5.Mislash – yeyilgan va sikilgan bronza vtulkalarini tiklashda, elektr asboblari kontaktlarini ta’mirlashda va xromlash xamda nikkelashdan oldin quyi katlam sifatida foydalaniladi. 6.Plastik deformatsiyalash usuli – metallarning sovuk va issik xolatlarda plastik deformatsiyalanaolish xossasiga asoslangan. Uglerodli po’latlar, rangli metallar, 44 ularning kotishmalaridan tayyorlangan detallar sovuqlayin, tarkibida ko’pi bilan 0,3% uglerod bo’lgan pulat detallar issik xolatlarda plastik deformatsiya usullarida tiklanadi. Amalda detallar cho’ktirib, bosib, kirgizib, kengaytirib, aylanasiga siqib, cho’zib va tug’irlab, tiklanadi. Bu usullarning qaysi birini qo’llash korxonani uskunalar bilan ta’minlanganligiga, ta’mirlanadigan detallarning nuqsonlariga va ularni bajaradigan ishlariga karab tanlab olinadi. Mashinalarni ta’mirlashda detallardagi mexanik nuqsonlar, darzlar, yorilgan, singan joylar va xokazolar bartaraf etishda detallarning yelimlab birlashtirishda, turli sintetik ashyolar (plastmassalar) keng qo’llanadi. Bundagi texnologik jarayon va uskunalarni oddiyligi, mexnat kamsarfligi, plastmassa fizik – mexanik xossaning yuqoriligi, ularni arzonligi bu usulni afzalligini tashkil etadi. Polimer ashyolar tabiiy gaz, neftni qayta ishlashdagi gaz maxsulotlari, yaroqsiz yog’ochlarni qayta ishlash kabi chiqindilardan olinadi. Ularni muxim xossalari: vazni kam, mustaxkam, yeyilishga chidamli, ishqalanishni kamaytirish xossasi yuqori, tok o’tkazmaslik xususiyati va titrashga chidamlilik, plastmassalr tirkibini tashkil etuvchi, sun’iy yoki tabiiy smola boglovchi ashyo vazifasini bajaradi. Uning tarkibiga bu elementdan tashqari to’ldirgichlar, plastefikatorlar, ko’tirgichlar, rang beruvchilar, katolizatorlar (tezlatgichlar) deb ataladi va maxsus xossalar beruvchi boshqa qo’shimchalar kiradi. Polimerlar ikkita katta guruxga bo’linadi. Reaktoplastlar (termoreaktiv) – ular me’yoriy xaroratda suyuk yoki kattik xolatda bo’lishi mumkin. Ular ma’lum xaroratgacha qizdarilganda qovushoq ya’ni oquvchan xolatga keladi. Qizdirish yana davom ettirilsa, ular qotadi va xar qanday xaroratda o’z xolatini o’zgartirmaydi. Ularni qaytadan plastik xolatga o’tkazish bo’lmaydi. Termoplastlar – normal xolatda qattiq bo’ladi, qizdirganda yumshaydi, ularga istalgan shakl berish mumkin, sovutilganda qotadi, qayta qizdirilganda plastik xolatga keladi. Detallarni tiklashda reaktoplastlardan ED – 16 va ED – 20 epoksil smolalar keng qo’llanadi. Ular och sariq rangli qovushoq suyuqlikdan iborat. Ularni zarur fizik – mexanik xossalarini oshirish uchun po’lat yoki cho’yan kukunlari, alyuminiy upasi, talk, asbest va grafit kukunlari qo’shiladi. Termoplatlardan polietilenlar, polistrollar, poliamidlar va ftoroplastlar ishlatiladi. Bu ashyolar metallar bilan yopiladi, yetarli darajada mustaxkam, yeyilishna chidamli va sanoatda donador shaklda ishlab chiqiladi. Epoksidli smola yordamida korpus detallaridagi darzlar, yorik, teshilgan va boshqa mexanik shkastlangan joylar ta’mirlanadi. SHuningdek podshipniklar o’tkaziladigan sirtlar tiklanadi. Ish bajarish oldidan epoksidli pasta tayyorlanadi. Buning uchun epoksidli smola 50 – 60 gradusgacha qizdiriladi, platfikator qo’shilib yaxshilab aralashtiriladi va tayyor bo’lgan pastaga zarur bo’lgan miqdorda to’ldirgichlar qo’shiladi. Olingan tarkib uy xaroratigacha sovutiladi. Epoksid smolani ishlatishdan 30 – 40 minut oldin, unga qotirgich qo’shiladi. Korpus detallaridagi darzlarni yamashdan oldin, bu sirtlar tayyorlanadi. Buning uchun darzning ikki qirrasi 90 – 120 gradus burchak xosil qilib yo’niladi. Darzning oxirlarida teshiklar parmalanadi. Qirralar oksidlardan tozalanadi. Atseton va benzin kabilar yordamida yog’dan tozalanadi. Parmalangan teshiklar asbest tiqinlar yordamida berkitilib va kapgirsimon asbob yordamida chokka ikki qavat epoksid smola surtiladi. Birinchi bo’lib yupqa epoksid qatlami surtiladi. Ikkinchi qatlam bilan esa chok butunlay yopiladi va uni 45 ikki cheti 5 – 10 mm ga kengroq bo’ladi. Yamalgan detal 60 – 70 gradus xaroratda 4- 5 soat davomida ko’rtiladi. Yelimlashdan oldin detallar sirti yaxshilab kirdan tozalanadi va eritgichlar yordamida yog’sizlantiriladi, xamda biroz gadir – budir qilinadi. SHundan keyin yelimlab yopishtiriladigan sirtlarga qalinligi 0,1 mm qilib 2- 3 qatlam yelim surtiladi. Yelimlar tarkibida epoksiddan tashqari bug’lanuvchan eritgichlar borligi sababli xar bir qatlam surtilgandan so’ng ularni tortib olish qulay bo’ladi. Detal korpusidagi darzlani epoksid smola bilan ta’mirlashda darzning atrofi shilish – siliklash mashinasida yoki jilvir kogoz yordamida tozalanadi va darz yuqoriga karatilib gorizontal joylashtirilib, jarayon amalga oshiriladi. Ta’mirlash korxonalarida plastmasani kayta ishlashning va ularni ta’mirlashda qo’llashning quyidagi usullaridan foydalaniladi. 1.Bosim ostida quyish. 2.Taxtakachlovchi shakl berish. 3.Markazdan kochirma usulda quyish. 4.Metal buyumlarga yupqa quyish yoki surtish. 5.Detallarni kavsharlab tiklash. Bu usulda birikmalarning mustaxkamligi va sifati kavsharlash usulini tug’ri tanlashga, bajarish tartibiga, detallar sirtini tayyorlashga, biriktiriladigan detallar orasidagi tirqishlarning kattaligiga, kavshar va flyusdan to’g’ri foydalanishga bog’lik. Kavsharlanadigan sirtlar tozalangandan keyin bir biriga moslanadi, 3 – 4 barobar kattalikda ochiladi. Asosan yumshoq va kattik kavsharlar ishlatiladi. Yumshoq kavsharlar 300 gradusgacha. Kattik kavsharlash esa 450 gradusgacha qizdirilib bajariladi. Yuqoridagi usullar bilan ta’mirlangan detallar maxsus moslamalar yordamida silliqlanadi va zarur bo’lsa puxtalanadi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling