I. O’quv materiallar 1- mavzu transport vositalari detallarining ish qobilyatini qayta tiklash texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari reja
Detallarni tiklashda qo’llanadigan ilg’or texnologiyalar
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Detallarni ish qobiliyatini
Detallarni tiklashda qo’llanadigan ilg’or texnologiyalar.
So’nggi yillarda avtomobillarning detallarini ta’mirlash qilishda sintetik materiallar ko’p ishlatilmoqda. Sintetik materiallar ishlatilganda mehnat unumi oshadi, detallar ta’mirlashiga ketadigan mehnat va ta’mirlashning tannarxi pasayadi. Yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari, sintetik materiallar ishqalanish koeffitsientining pastligi, yaxshi ishlovdan o’tuvchanligi va yeyilishga yuqori darajada chidamliligi kabi ko’rsatkichlari tufayli ularni qimmatbaho rangdor metallar va qorishmalar o’rniga ishlatish sohalari borgan sari kengaymokda. 1-gruppaga turli kompozitsiyadagi (ED-5 va ED-6 epoksid smolalari) termoreaktiv plastmassalar kiradi, Ulardan quzovlarning metall qoplamalaridagi pachoq joylarni tekislashda ishlatiladigan har-xil pastalar tayyorlashda, korpus detallaridagi yoriqlarni berkitish uchun ishlatiladigan yelim kompozitsiyadir, 2-gruppaga turli detallar yasash va ularning ishlash imkoniyatini tiklashda ishlatiladigan plastmassalar kiradi. Bo’lar jumlasiga( kapron), P-68, AK-7 va boshqalar kiradi. Termoreaktiv plastmassalardan ED-5 va ED-6 epoksid smolalari ta’mirlash qilishda eng ko’p ishlatiladi. Smola och-jigar rang tusli, kovushok modda bo’lib, turli kompozitsiyalarda asosiy bog’lovchi modda vazifasini o’taydi. Smolaning suyuqq xolatdan suyuqqlanmaydigan xolatga o’tishi uchun unga qotiruvchi moddalar ko’shiladi. 46 Ta’mirlash ishlarda termoplastlardan poliamid smolalari ishlatiladi, Poliamidlar yaxshi antifriktsion materiallar bo’lib, har-xil podshipniklar uchun vtulkalar tayyorlashga ketadi, rangli metallar va qotishmalar o’rniga ishlatiladi. Avtomobillarni ta’mirlash qilishda korpus detallaridagi yoriqlarni berkitish va korpus detallaridagi dumalash podshipniklari bor tutashmalarning va sirpanish podshipniklarning ishlash imkoniyatini tiklash, shuningdek quzovlardagi yoriqlarni berkitish va ezilgan joylarni tekislash ishlarida sintetik materiallar keng ko’lamda ishlatiladi. Korpus detallaridagi darzlarni berkitish va teshiklarni tiklashda epoksid smolalar asosida tayyorlangan yelimli kompozitsiyalar ishlatiladi. Epoksid smola asosida tayyorlangan yelimli kompozitsiya bilan boshqa detallardagi: tishlashish muftasi karteri, uzatmalar qutisi, reduktorlar, suv va moy nasoslari, tishlashish muftasi karteri va uzatmalar qutisinig qopqoqlaridagi darzlarni ham berkitish mumkin. Vkladishlarning ishlash imkoniyati koprolaktam yordamida ikki usul bilan: bosim ostida qo’yish va purkash usullari bilan tiklanishi mumkin. Detallarning ishlash imkoniyatini tiklashda sintetik materiallardan ham keng ko’lamda foydalaniladi. Elim yordamida metall, friktsion materiallar, plastmassalar, shisha va boshqalarni turli kompozitsiyalarda birlashtirish mumkin. Bunda hosil bo’ladigan birikma germetik, surkov joylari va benzin ta’siriga chidamli bo’ladi. Elimlangan birikmalarni kamchilliklari jumlasiga issiqqa chidamliligining pastligi bir detal bilan ikkinchi detalning yopishish xususiyati, jism molequlalarining tortishish ta’siri kiradi. SHuning uchun, yelim tanlashda yelimlanayotgan detallarning materialini, tutashuv detallari ishlaydigan temperatura sharoitini, yelimlangan birikmaga tushadigan quch xarakterini, yonilg’i, moy va nam ta’sirini hisobga olish zarur Detallarni tiklashda reaktoplastlardan ED – 16 va ED – 20 epoksil smolalar keng qo’llanadi. Ular och sariq rangli kovushoq suyuqlikdan iborat. Ularni zarur fizik – mexanik xossalarini oshirish uchun po’lat yoki cho’yan kukunlari, alyuminiy upasi, talk, asbest va grafit kukunlari qo’shiladi. Termoplatlardan polietilenlar, polistrollar, poliamidlar va ftoroplastlar ishlatiladi. Bu ashyolar metallar bilan yopiladi, yetarli darajada mustaxkam, yeyilishna chidamli va sanoatda donador shaklda ishlab chiqiladi. Nazorat uchun savollar 1. Termoplastlarni qo’llanish sohalari. 2. Epoksidlarni ishlatilishi. 3. Detallarning ishlash imkoniyatini tiklashda sintetik materiallarning ahamiyati. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling