I. O’quv materiallar 1- mavzu transport vositalari detallarining ish qobilyatini qayta tiklash texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari reja
Avtomobil detallarida sodir bo’ladigan qaytmas jarayonlar
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Detallarni ish qobiliyatini
Avtomobil detallarida sodir bo’ladigan qaytmas jarayonlar .
Mashinalardan foydalanishda ularning tarkibiy qismlari detallarning ish tavsif (xarakteristika)larining yomonlashuvi yuz beradi, buni detallarning eskirishi deyiladi. Detallar ish tavsiflarining yomonlashuvi mashinalarda sodir bo’ladigan qaytmas jarayonlar: yeyilish, korroziyalanish, toliqish, material magnit xossalarining yo’qolishi, materialning strukturaviy o’zgarishi va boshqa jarayonlar bilan bog’liq. Buning oqibatida mashina ishlash qobiliyatini yo’qotadi va undan foydalanishning texnik imkoniyati qolmaydi yoki iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Mashinalarning ishlash qobiliyatini talab etilgan sifat bilan tiklashga deformatsiyalanish, yeyilish, sinish, korroziyalanish va boshqa shikastlanishlarning yuzaga kelish sabablarini bilmasdan turib erishib bo’lmaydi. Eskirish qonunlarini, ya’ni shikastlanish darajasining vaqtga bog’liqligini bilish ishonchlilik masalasini hal etishning asosidir. Bu eskirish jarayonini oldindan belgilash, uning jadal o’tishga ta’sir etuvchi muhim omillarni aniqlashga imkon beradi. Bunday bog’liqliklarning o’ziga xos misoli materiallarning yeyilish qonunidir. Yeyilishning vaqt mobaynida o’zgarishi, odatda, uchta uchastkadan iborat egri chiziq bilan tavirlanadi. Sirtning boshlang’ich (texnologik) relefi foydalanish relefiga aylanganidagi miqreyilish davri I da yeyilish tezligi v const qiymatgacha bir maromda kamayadi, bu xol turg’un (me’yoriy) yeyilish davri II ga xosdir. Ta’mirlash — ishlash qobiliyatini tiklash maqsadida mashinaning (yoki ayrim qismlarining) nuqsonlarini bartaraf etish ishlari majmuidir. Mashinalar ta’mirlashkorxonasida ta’mirlashlanadi. Bu korxona mashinasozlik korxonasining bir turi bo’lib, unda mashinaning yaxshi ishlash qobiliyatini yo’qotgan, ammo xali ta’mirlash qilishga yaroqli bo’lgan hamda ushbu ishlab chiqarish uchun asosiy detallar vazifasini bajaradigan qismlari (agregatlar, uzellar, detallar va hokazo) texnik shartlarga muvofiq tarzda ta’mirlashlanadi. Mashinasozlikdan farqli o’laroq, ta’mirlashkorxonasi o’ziga xos texnologik jarayonlar: mashina qismlarini yuvish, qismlarga hamda nuqsonli-nuqsonsizga ajratish va ta’mirlash qilishni o’z ichiga oladi. Mashinani ta’mirlashishlab chiqarishi rivojlanishi bilan yangi atamalar va 3 tushunchalar (GOST 13377—67) yuzaga keldi, ular bilan tanishish ana shu ishlab chiqarishdagi jarayonlarning mohiyatini to’laroq va to’g’ri tushunish imkonini beradi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling