I. O’quv materiallar 1- mavzu transport vositalari detallarining ish qobilyatini qayta tiklash texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari reja


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/37
Sana28.03.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1303872
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Detallarni ish qobiliyatini

Yangi joyda rezba qirqib tiklash shundan iboratki, bunda agar detal 
konstruktsiyasi yo’l qo’ysa, yeyilgan rezbali teshik yonidan yangi teshik parmalab, 
normal o’lchamli rezba qirqiladi. bu usul traktor va avtomobillarni ta’mirlash qilishda 
keng qo’llaniladi.  Avtomobillar g’ildiraklari gupchagidagi yarim o’qni mahkamlash 
shpilkasiga mo’ljallangan rezbalar va boshqa detallardagi rezbalar ana shu yo’l bilan 
tiklanadi. Yangi teshiklar parmalashda tutash detal yoki konduktorli maxsus 
moslamalardan foydalaniladi.
Kichraygan o’lchamga moslab tiklash. Val (o’q) dagi yeyilgan rezba 
yo’nalib, kichik diametrli yangi rezba qirqiladi va shunga moslab yangi gayka 
yasaladi. Bu usul ichki rezbani tiklashdagi kabi o’zaro almashuvchanlikni buzadi va 
bundan tashqari, diametri kichrayishi bilan rezbali birikmaning mustahkamligi 
kamayadi. SHu sababli bir rezbaning o’zini ko’pi bilan bir marta shu usulni qo’llab 
tiklash tavsiya etiladi.
Suyuqlantirib qoplab tiklash. Bu usul bilan val (o’q) dagi kichraygan 
o’lchamni yoki nominal o’lchamni tiklagan ma’qul, 40 sm dan kichik diametrli rezba 
sovitish suyuqligi ishlatilmay 1,2...1,6 mm diametrli Np-30 simini ishlatib vibroyoy 
vositasida suyuqlantirib qoplanadi yoki shu simni ishlatib karbonat angidrid muhitida 
avtomatik suyuqlantirib qoplanadi. Yeyilgan rezba bir o’tishda va detal bir marta 
aylanganda suyuqlantirib qoplashni ta’minlaydigan qukun hamda tebratkichdan 
foydalangan holda plazmaviy oqim bilan muvaffaqiyatli suyuqlantirib qoplanadi. 


48 
Qoplash oldidan shikastlangan rezba yaltiraguncha po’lat cho’tka bilan tozalanadi 
yoki yo’naladi. Suyuqlantirib qoplangach detal yo’nilib, nominal o’lchamda rezba 
qirqiladi.
40 mm dan ortiq diametrli vallardagi rezba flyus qatlami ostida yoki plazmaviy oqim 
vositasida suyuqlantirib qoplab tiklanadi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling