I. O’quv materiallar 1- mavzu transport vositalari detallarining ish qobilyatini qayta tiklash texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari reja


TXK va ta’mirlashlar turi, xamda tizimi


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/37
Sana28.03.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1303872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
Bog'liq
Detallarni ish qobiliyatini

TXK va ta’mirlashlar turi, xamda tizimi. Texnik xizmat ko’rsatish. TXK 
mashinalardan foydalanish va ularni saqlash chog’ida soz xolatda tutib turish 
maqsadida bajariladigan ishlar majmuidir. Bu ishlar oldini olish xarakteriga ega 
bo’lib, mashinadan foydalanish davrida, davriy ravishda amalga oshiriladi.
TXK yuvish, tozalash, nazorat qilish, diagnostika (tashxislash), texnik 
kamchiligini aniqlash, rostlash, moylash, montaj – demontaj qilish va saqlashga 
tayyorlash ishlarini o’z ichiga oladi. Texnik xizmat ko’rsatishda mashinaning ayrim 
tarkibiy qismlari almashtirilishi mumkin.
Ta’mirlash — ishlash qobiliyatini tiklash maqsadida mashinaning (yoki ayrim 
qismlarining) nuqsonlarini bartaraf etish ishlari majmuidir. Mashinalar ta’mirlash 
korxonasida ta’mirlanadi. Bu korxona mashinasozlik korxonasining bir turi bo’lib, 
unda mashinaning yaxshi ishlash qobiliyatini yo’qotgan, ammo xali ta’mirlash 
qilishga yaroqli bo’lgan hamda ushbu ishlab chiqarish uchun asosiy detallar 
vazifasini bajaradigan qismlari (agregatlar, uzellar, detallar va hokazo) texnik 
shartlarga muvofiq tarzda ta’mirlanadi. Mashinasozlikdan farqli o’laroq, ta’mirlash 
korxonasi o’ziga xos texnologik jarayonlar: mashina qismlarini yuvish, qismlarga 
hamda nuqsonli-nuqsonsizga ajratish va ta’mirlash qilishni o’z ichiga oladi. 
Mashinani ta’mirlashishlab chiqarishi rivojlanishi bilan yangi atamalar va 
tushunchalar (GOST 13377—67) yuzaga keldi, ular bilan tanishish ana shu ishlab 
chiqarishdagi jarayonlarning mohiyatini to’laroq va to’g’ri tushunish imkonini beradi.
Joriy ta’mirlash Mashina, agregat, uzelning ishlash qobiliyatini ta’minlash 
yoki tiklash uchun hamda ularning ayrim qismlarini almashtirish (tiklash) maqsadida 
joriy ta’mirlasho’tkaziladi. Oldini olish xarakteridagi joriy ta’mirlash asosan berilgan 
rusumdagi mashinalar uchun belgilangan texnik xizmat ko’rsatishning muayyan turi 
bilan birga bajariladi. Ishlamay qolish oqibatlari esa bu nuqson paydo bo’lganidan va 
sabablari aniqlanganidan keyin bartaraf etiladi. Joriy ta’mirlashuning murakkabligiga 
qarab mashinadan foydalaniladigan joyning o’zida ham, maxsus texnik xizmat 
ko’rsatish ustaxonalari va punklarida ham amalga oshirilishi mumkin.
Joriy ta’mirlash qilishda asosan agregat usulidan foydalaniladi. Bu usulda mashina 
ayrim qismlarining nuqsonlari ularni yangilari yoki ta’mirlashlab qo’yilganlari bilan 
almashtirish orqali bartaraf etiladi. Bunda agar mashinaning qolgan asosiy agregatlari 
ancha katta resurs zahirasiga ega bo’lsagina uning ishdan chiqqan agregatlari 
yangilari yoki kapital ta’mirlashlanganlari bilan almashtiriladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling