I. O’quv materiallar 1- mavzu transport vositalari detallarining ish qobilyatini qayta tiklash texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari reja


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/37
Sana28.03.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1303872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Detallarni ish qobiliyatini

Ishlamay qolish — ob’ektning ishlash qobiliyati buzilishidan iborat bo’lgan 
hodisa. Ishlamay qolish mezonlari me’yor belgilovchi — texnik xujjatlarda 
keltiriladi. To’satdan, konstruktiv, asta-sekin. ishlab chiqarish, ekspluatatsion va 
boshqa ishlamay qolishlar, shuningdek, muntazam, qisman hamda butqul ishlamay 
qolishlar bo’ladi. Turli kamchiliklar (GOST 17102— 71), foydalanish qoidalari va 
me’yorlarining buzilishi (GOST 17527—72), turli xil shikastlanishlar, shuningdek, 
tabiiy yeyilish va eskirish jarayonlari ishlamay qolishlarga sabab bo’lishi mumkin.
Xizmat muddati — ob’ekt ishlatila boshlangandan yoki kapital 
ta’mirlangandan to texnik xujjatlarda izohlangan oxirgi holatga kelgunga (GOST 
27.002—83) yoki hisobdan chiqarilgunga qadar kalendar ishlash davomliligi.
Resurs — buyumning texnik xujjatlarda izohlangan oxirgi holatga qadar 
bajaradigan ishi. Birinchi ta’mirlashgacha bo’lgan resurs, ta’mirlararo resurs, 
belgilangan resurs va boshqa resurslar farq qilinadi. Ta’mirlararo resurs birinchi 
ta’mirlashgacha bo’lgan resursdan kamroq bo’ladi.
Ta’mirlararo xizmat muddati yoki ta’mirlararo resurs — ta’mirlangan 
mashinaning texnik xujjatlarda izohlangan oxirgi holat yuzaga kelgunga qadar 
bajaradigan ishi. Oxirgi holat yuzaga kelganda mashinalar ta’mirlanadi yoki 
agregatlari almashtiriladi.
Detal nomi va rusumi bir xil bo’lgan ashyodan yig’ish ishlarini bajarmasdan 
tayyorlangan buyumdir. Lemex, tirsakli val, porshen barmog’i, porshen xalqasi, bolt, 
gayka va shu kabilar detallarga misol bo’la oladi.
Yig’ish birligi — yig’ish jarayonida tarkibiy qismlari o’zaro biriktirilgan 
buyum. Yig’ish birliklariga dvigatel, uzatmalar qutisi va boshqalar misol bo’la oladi. 
Ishonchlilikning tushunchalari, ta’riflari va asosiy ko’rsatkichlarini bilish uni 
baholash uchun ob’ektiv mezonlarni tanlash imkonini beradi.
Buyum (mashina yoki uning detali) ning oxirgi (chekli) holati bundan keyin 
undan foydalanish mumkin emasligi yoki samaradorligining pasayishi yoxud 
xavfsizlik talablariga ko’ra belgilanadi va texnik xujjatlarda izohlanadi (GOST 
13377— 67).
Nazorat uchun savollar 
1. Mashinalar ishonchliligini nazariy asoslarini, ularni oshirish yo’llari qanday? 
2. Transport vositalarida sodir bo’ladigan qaytmas jarayonlarni sanab bering? 



3. Yeyilish qonunini aytib bering 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling