I. O’quv materiallar 1- mavzu transport vositalari detallarining ish qobilyatini qayta tiklash texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari reja


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/37
Sana28.03.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1303872
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
Bog'liq
Detallarni ish qobiliyatini

Ta’mirlashga yaroqlilik — mashina (agregat, uzel)ning texnik xizmat 
ko’rsatish va ta’mirlash yo’li bilan ishlamay qolishi hamda nuqsonlarining oldini 
olish, aniqlash va bartaraf etishga moslashganligidan iborat bo’lgan xususiyati.
Saqlovchanlik — buyumning o’z ish ko’rsatkichlarini saqlashi va saqlanish 
muddati davomida va bu muddat tugagandan keyin ham texnik xujjatlarda (GOST 
27.002—83) ko’rsatilgan qiymatlarda saqlanib turish xususiyati.
 
Bajargan ishi — ob’ektning ishlash davomliligi yoki xajmi. Agar ob’ekt 
tanaffuslar bilan ishlaydigan bo’lsa, u holda jami bajargan ishi hisobga olinadi. 
Ob’ektning bajargan ishi vaqt, uzunlik, maydon (gektarda), xajm, massa va boshqa 
birliklarda o’lchanishi mumkin. Ushbu atama GOST 27.002—83 ga kiritilgan
Ishlamay qolgunga qadar bajargan ishi — ta’mirlanayotgan buyumning 
ishlamay qolishlar oralig’ida bajargan ishining o’rtacha qiymati. Mazqur atama 
GOST 27.002—83 ga kiritilgan.
Nosozlik buyumning shunday holatiki, bunda u texnik xujjatlardagi 
talablarning loaqal bittasiga ham mos kelmaydi. Bu atama GOST 27.002—83 ga 
kiritilgan.
Ishlamay qolish — ob’ektning ishlash qobiliyati buzilishidan iborat bo’lgan 
hodisa. Ishlamay qolish mezonlari me’yor belgilovchi — texnik xujjatlarda 
keltiriladi. To’satdan, konstruktiv, asta-sekin. ishlab chiqarish, ekspluatatsion va 
boshqa ishlamay qolishlar, shuningdek, muntazam, qisman hamda butqul ishlamay 
qolishlar bo’ladi. Turli kamchiliklar (GOST 17102— 71), foydalanish qoidalari va 
me’yorlarining buzilishi (GOST 17527—72), turli xil shikastlanishlar, shuningdek, 
tabiiy yeyilish va eskirish jarayonlari ishlamay qolishlarga sabab bo’lishi mumkin.



Xizmat muddati — ob’ekt ishlatila boshlangandan yoki kapital 
ta’mirlashlangandan to texnik xujjatlarda izohlangan oxirgi holatga kelgunga (GOST 
27.002—83) yoki hisobdan chiqarilgunga qadar kalendar ishlash davomliligi.
Resurs — buyumning texnik xujjatlarda izohlangan oxirgi holatga qadar 
bajaradigan ishi. Birinchi ta’mirlash qilishgacha bo’lgan resurs, ta’mirlash 
qilishlararo resurs, belgilangan resurs va boshqa resurslar farq qilinadi. Ta’mirlash 
qilishlararo resurs birinchi ta’mirlash qilishgacha bo’lgan resursdan kamroq bo’ladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling